1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə3/12
tarix07.01.2024
ölçüsü60,59 Kb.
#206653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asos-fayllar.org

Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan jismlarda vaqt o‘tishi bilan
ma‘lum qonuniyatlar asosida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga aytiladi. Bu o‘zgarishlar o‘lchov
vositasida miqdoriy baholanadilar.
Fizik hodisalarni o‗rganish tajriba asosida boshlanadi. Hodisalarni tabiiy sharoitlarda
o‗rganish asosida tajriba orttirish - kuzatish deb, hodisalarni sun‘iy sharoitda, ya‘ni laboratoriya
sharoitlarda amalga oshirib tajriba o‗tkazishni esa eksperiment deb atash odat bo‗lib qolgan.
Albatta, eksperiment kuzatishga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, eksperimentda
axborot olish uchun sarflanadigan vaqtni tejash mumkin. Masalan, tabiiy sharoitlarda biror
hodisa ro‗y berishi uchun bir necha sutkalab, hattoki oylab kutishga to‗g‗ri keladi.
Laboratoriyalarda esa bu hodisani istalgan vaqtda amalga oshiriladi. Ikkinchidan, tabiiy
sharoitlarda amalga oshayotgan tajribada hodisaga bir necha faktorlarning ta‘siri aks etgan
bo‗ladi. Laboratoriyada esa suniy ravishda shunday sharoitlar yaratish mumkinki, natijada
faktorlardan faqat birining o‗zgarishi hodisaning o‗tish jarayoniga qanday ta‘sir ko‗rsatishini
tekshirish imkoniyati tug‗iladi. Boshqacha qilib aytganda, eksperimentda ―tozaroq sharoitlar‖
yaratish mumkin. Bu esa tajribada aniqlanayotgan kattaliklarni aniqroq o‗lchashga imkoniyat
yaratadi.
Umuman, tajriba deganda faktlarni qayd qilishnigina emas, balki faktlarni sistemaga
keltirish, hodisa yoxud jarayonni xarakterlovchi fizik kattaliklar orasidagi bog‗lanishni ham sifat,
ham miqdoriy jihatdan aniqlashni tushunish lozim.
Tajribalarda yig‗ilgan axborotlar hodisani tushuntirish uchun gipoteza (ilmiy faraz)lar
yaratishga asos bo‗lib xizmat qiladi. Gipotezani mantiqan rivojlantirish tufayli vujudga keladigan
natijalar tajribalarda tasdiqlanmasa, bunday gipoteza sinovdan o‗tmagan, ya‘ni xato gipoteza
hisoblanadi.
Aksincha, gipotezadan kelib chiquvchi natijalar tajribalarda tasdiqlangan taqdirda
gipoteza fizik nazariyaga aylanadi. Fizik nazariya bir sohadagi bir qator hodisalarni, ulaning
mexanizimi va qonuniyatlarini tushuntira olishi kerak. Bundan tashqari, fizik nazariya qayd
qilinmagan yangi hodisalarni oldindan aytib bera oladi. Agar bu yangi hodisalar tajribada qayd
qilinsa, nazariya yana sinovdan o‗tgan bo‗ladi. Shuni ham qayd qilmoq lozimki, nazariyalar ham
vaqt o‗tishi bilan rivojlantiradi. Eksperiment texnikasini o‗sishi bilan yangi hodisalar kashf
etiladiki, ularni tushuntirishga nazariya ojizlik qilishi mumkin. Bu hollarda nazariyaga ―tuzatma‖
kiritiladi. Demak, fizik nazariyalarning yaratilishi va sinalishi tajribalar bilan boshlanadi, hamda
tajribalar bilan isbotlanadi va rivojlantiriladi.

Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin