1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü60,59 Kb.
#206653
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asos-fayllar.org

nuqtalar sistemasi deb qarash mumkin. Buning uchun sistemasining barcha jismlarini xayolan
shu qadar ko‗p sondagi qismlarga bo‗lish kerakki, har bir qism o‗lchami jismlarning o‗zlarini
o‗lchamlariga nisbatan solishtirilganda juda ham kichik bo‗lsin.
Absolyut qattiq jism deb, xohlagan ikki nuqtasi orasidagi masofa doimo o‘zgarmay 
qoladigan jismga aytiladi. Bu model ko‗rilayotgan masalada jismning boshqa jismlar bilan
o‗zaro ta‘sirlashgandagi deformatsiyasi juda ham kichik bo‗lgan hollarda yaroqlidir. Absolyut
qattiq jismni bir-biri bilan qattiq bog‗langan moddiy nuqtalar tizimi ko‗rinishida deyishimiz
mumkin. Kelgusida anglashilmovchilik keltirib chiqarmaydigan joylarda «absolyut qattiq jism»
demasdan qisqacha «qattiq jism» deb ayta qolamiz. Mos ravishda «jism tarkibiga kiruvchi
moddiy nuqtalar» so‗zlari o‗rniga «moddiy nuqta» deb aytamiz.
Absolyut elastik jism va absolyut noelastik jism-real jismlarning ikki chegaraviy holi
bo‗lib, o‗rganilayotgan jarayonlarda ularning deformatsiyalarini hisobga olmaslik mumkin emas
(masalan, jismlarning urilishida). Absolyut elastik jism deb, uning deformatsiyalari Guk
qonuniga bo‗ysunadigan, ya‘ni ularni yuzaga chiqaruvchi kuchga proporsional bo‗lgan jismga
aytiladi. Absolyut noelastik jism deb, tashqi mexanik ta‘sir to‗xtatilgach ta‘sir tufayli hosil
bo‗lgan deformatsiya holatini to‗liq o‗zida saqlaydigan jismga aytiladi.
Materiya harakatining fazodagi har qanday o‘zgarishiga harakat deyiladi. Materiya 
harakatining eng sodda turi mexanik harakat bo‘lib, u jismlar yoki jism qismlarining fazoda bir-
biriga nisbatan siljishini ifodalaydi. Mexanik harakatni fazo va vaqtdan ajratilgan xolda tassavur
etib bo‗lmaydi, chunki har qanday hodisa fazoning qayeridadir va qachondir sodir bo‗ladi.
Harakatni tekshirilayotgan jismning turli paytlarda fazodagi vaziyatlarini aniqlash uchun
sanoq sistemasi qabul qilinadi. Har bir harakat biror sanoq sistemasiga nisbatan qaralishi kerak.
Biror jismni uloqtirib, uning uyga nisbatan qilayotgan harakatini ko‗rsak, bu holda uy sanoq
jismini tashkil qiladi. Sanoq sistemasi uchun yana soat mexanizmi va koordinata sistemasi
olinadi. Koordinata sistemasini shunday tanlab olinadiki, bunda uning boshlanish nuqtasi jism
harakatining tekshira boshlash nuqtasiga to‗g‗ri kelishi kerak.
Hamma jismlar fazo va vaqtda mavjud va harakatlanadi. Fazo va vaqt tushunchalari
hamma tabiiy fanlar uchun asosiydir. Har qanday jism hajmga, ya‘ni fazoviy ko‗lamga ega.
Vaqt-har qanday jarayon, ixtiyoriy harakatni tashkil etuvchi holatlarning almashinish tartibini
ifodalaydi. U jarayonning davomiyligini o‗lchovi bo‗lib xizmat qiladi. Shunday qilib, fazo va
vaqt materiya mavjudligining eng umumiy shaklidir. Shuningdek, qandaydir, boshqa jismlarga
qiyos qilmay turib «umuman» biror jismning fazodagi vaziyati va mexanik harakati to‗g‗risida



gapirish hech qanday maonoga ega emas. Doimo qandaydir aniq tanlangan boshqa jismga


nisbatan bu jismning holati va harakati haqida gapiriladi (masalan, Quyoshga nisbatan
sayyoralar, Yerga nisbatan samolyot va xokazo).
O‗rganilayotgan jismning holatini ixtiyoriy vaqt momentida bir qiymatli aniqlash uchun
sanoq sistemasini tanlab olishimiz zarur.

Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin