Moddiy nuqta tushunchasi abstrakt tushuncha bo‗lib, tabiatdagi real jismlarni
ideallashtirish natijasida vujudga keladi va uni kiritilishi tekshirilayotgan aniq masalalarni
yechishni yengillashtiradi.
Moddiy nuqta tushunchasi ilmiy abstraktsiya hisoblanadi. Bu tushunchani kiritganda biz
asosiy e‘tiborni o‗rganilayotgan hodisaning bosh mohiyatini aniqlab beruvchi tomonlarga
qaratib, boshqa xususiyatlar (jismning geometrik o‗lchamlari, tarkibi, ichki holati va bu
xolatning o‗zgarishi kabi xususiyatlar) ni inobatga olmaymiz. Fizika fanida faqat birgina jism
o‗rganilmasdan bir necha jismlar to‗plami ham o‗rganiladi. Bu jismlarni moddiy nuqtalar
to‗plami (tizimi) deb qarash mumkin. Bitta makroskopik jismni ham xayolan mayda
bo‗lakchalarga bo‗lib, bu bo‗lakchalarni o‗zaro ta‘sirlashuvchi moddiy nuqtalar tizimi
(sistemasi) deb tasavvur qilish mumkin.
Ayni bir jismni bir masalada moddiy nuqta deb hisoblash mumkin, boshqalarida esa
mumkin emas. Masalan, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi orbitadagi harakati
ko‗rilayotganda ularni moddiy nuqta deb qarash mumkin, chunki sayyoralar o‗lchami ularning
orbitalari o‗lchamlaridan kichik. Shu vaqtning o‗zida mexanikaning «Yer» dagi barcha
masalalarida Yerni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin emas. O‗rganilayotgan mexanik
sistemani tashkil etuvchi har qanday ko‗lami katta jism yoki jismlar sistemasini
moddiy
Dostları ilə paylaş: