1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə6/12
tarix07.01.2024
ölçüsü60,59 Kb.
#206653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asos-fayllar.org

Uzunlik, metr (m). Kripton -86 atomining 2r
10
va 5d
5
sathlari orasida o‗tishga mos
bo‗lgan nurlanishning vakuumdagi to‗lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta bo‗lgan uzunlik
1 metr deb qabul qilingan.
Massa, kilogramm (kg). Kilogrammni xalqaro prototipining massasi 1 kilogramm deb
qabul qilingan.

Vaqt, sekund (s). Seziy – 133 atomi asosiy holatining ikki o‗ta nozik sathlari orasidagi
o‗tishga mos bo‗lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqt 1 sekund deb qabul
qilingan.
Elektr tokining kuchi, Amper (A). 
1 amper tok vakuumdagi bir- biridan 1m masofada joylashgan ikki parallel cheksiz uzun, lekin
kesimi juda kichik to‗g‗ri o‗tkazgichlardan o‗tganda o‗tkazgichning har bir metr uzunligiga
2*10
-7
N kuch ta‘sir qiladi.
Termodinamik temperatura, Kelvin (K). 
Suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273,16 ulushi 1
kelvin deb qabul qilingan.
Modda miqdori, mol(mol).



Uglerod -12 atomining 0,012 kg massasidagi atomlar soniga teng strukturaviy element (masalan,


atom, molekula yoki boshqa zarra)lardan tashkil topgan sistemadagi moddaning miqdori 1 mol
deb qabul qilingan.
Yorug‘lik kuchi, kandela (kd).
540
.
10
12
Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan manba yorug‗ligining energetik
kuchi 1/683
.
Vt/sr ga teng bo‗lgan yo‗nalishdagi yorug‗lik kuchi 1 kandela deb qabul qilingan.
Qo‘shimcha birliklar 
Yassi burchak, radian (rad).
Aylanma uzunligi radiusga teng bo‗lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak 1 radian
deb qabul qilingan.
Fazoviy burchak, steradian (sr).
Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni
ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.

Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin