1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari


Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika tarixining muhim bosqichlari



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə4/12
tarix07.01.2024
ölçüsü60,59 Kb.
#206653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma’ruza. Kirish. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asos-fayllar.org

2. Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika tarixining muhim bosqichlari. 
Texnikani rivojlanishida va muxandislik kasbini egallashda fizikaning roli. 
Fizika bizning eramizdan ilgariroq vujudga kelgan fan, o‗sha vaqtda uning tarkibiga hozir
ximiya, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar ham kirgan.



Keyinchalik, ular mustaqil fanlar darajasida shakillangan. Umuman, fizika va boshqa tabiiy


fanlar orasida keskin chegara mavjud emas. Bu so‗zlarning dalili sifatida ximiyaviy fizika,
geofizika, biofizika kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini ko‗rsatish mumkin. Boshqacha
qilib aytganda, fizikani barcha tabiiy fanlarning poydevori deb hisoblash mumkin. Shuning
uchun ham Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkir olimlarimizning
ilmiy meroslarida ham fizikaga oid talaygina original fikrlar topilyapti.
Fizika barcha tabiat fanlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan tadqiqot
uslublarini ishlab chiqadi va zarur asboblar yaratishga imkon beradi. Masalan, mikroskopning
biologiya fani taraqqiyotidagi, spektral analizning KIMYOdagi, rentgen analizning tibbiyot
taraqqiyotidagi, teleskopning astronomiyadagi ahamiyati kattadir.
Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi ikki tomonlamadir: Bu fanlar fizika asboblari
yordamida taraqqiy qilib, yangi fan cho‗qqilarini egallashsa, o‗zining yutuqlari bilan fizikani
ham boyitadi va uni oldiga yangi vazifalar, yangi mukammal asboblar yaratishni qo‗yadi, shu
tariqa o‗zi ham, fizika ham rivojlanib boradi.
Masalan: astranomlarga yangi teleskoplarni yaratib berish, osmon jismlarini
mukammalroq o‗rganishga, biologlarga elektron mikroskoplarni yaratilishi, hayotni qanday
paydo bo‗lish sirini ochilishiga olib keldi, ximiklarga spektroskopni yasab berilishi elementlar
davriy sistemasidagi 24 ta elementni kashf etilishiga sabab bo‗ldi va hokazo.
Stoletovni fotoeffekt hodisasi ustida olib borgan ishlari hozirgi zamon televideniyasi va
avtomatikasining taraqqiyotida keng qo‗llanilmokda. Fizika fanining qishloq xo‗jaligi
maxsulotlari ishlab chiqarishdagi roli ham kattadir. 1778 yili Komov "Dehqonchilik haqida"
degan kitobida shunday deb yozgandi: "Dehqonchilik deyarli boshqa fanlar qatori butun fizika
bilan chambarchas bog‗liqdir, uning o‗zi ham amaliy fizikaning bir qismidir". O‗simliklarining
hayot faoliyati jarayonlari o‗simlik rivojlanayotgan muhitning fizik sharoitlariga: yorug‗lik,
issiqlik, temperatura, namlik, bosim va x.k. larga bog‗liq bo‗ladi. Bu sharoitlarni o‗rganish
fizikaning vazifalaridan biri hisoblanadi.
Fizikaning va texnikaning rivojlanishi o‗zaro chambars-chars bog‗liq. Ajoyib fizik
kashfyotlar ertami-kechmi texnikada katta o‗zgarishlar yasaydi. Masalan, elektromagnit
to‗lqinlarni tarqatish va qayd qilish, ya‘ni radioaloqaning ixtiro qilinishi radiotexnikaga hayot
bag‗ishladi. Ikkinchi misol, neytronlar va ular ta‘sirida og‗ir yadrolar bo‗linishining kashf
qilinishi yadroviy energetikaga asos soldi. O‗z navbatida texnika taraqqiyoti fizikaning
rivojlanishini rag‗batlantiruvchi muhim omildir.
Birinchidan
, texnika fizika fani oldiga yangi
vazifalar qo‗yadi.
Ikkinchidan
fiziklarni yangi materiallar, aniqroq asboblar va qurilmalar bilan
ta‘minlaydi. Masalan, hozirgi vaqtda yadroviy tadqiqotlarni zamonaviy texnika taraqqiyotini
o‗zida mujassamlashtirgan qurilmalar (yadroviy reaktor, sinxrofazotron, yarimo‗tkazgichli
mikrosxemalar, elektron-hisoblash mashinalar)siz tasavvur qilib bo‗lmaydi, albatta.
Fizika fani erishayotgan yutuqlar falsafiy dunyoqarashlarni rivojlantiradi. Masalan, XIX
asr oxiri va XX asr boshidagi fizik kashfiyotlar (radioaktivlik, elektron massasining tezlikka
bog‗liq ravishda o‗zgarishi, energiya va massaning o‗zaro bog‗liqligi, elektron-pozitron juftining
annigilyatsiyasi, nisbiylik nazariyasi va shunga o‗xshash) ko‗pgina fizik tasavvur va
tushunchalardan voz kechishni talab qildi. Bu esa bir qator olimlar tomonidan dunyoni idealistik
talqin qilish yo‗lidagi bahonalardan biri bo‗ldi.
Vaholanki, fan rivojlanishi bilan tabiatda sodir bo‗luvchi hodisalarning mohiyatini
aniqlashda inson bilimi boyib boradi. Tabiiy fanlarga, xususan fizikaga, tugallangan fan deb
qarash mumkin emas. Fizika fani uzluksiz rivojlanib boradi, bu rivojlanish jarayonida fizik
tushunchalar, qonuniyatlar boyiydi va chuqurlashadi. Materiya tuzilishi haqidagi birorta ham
fizik tasavvurni tugallangan deb hisoblash mumkin emas.



Fizik tasavvurlar ob‘ektiv reallikdan taxminiy nusxa (kopiya) bo‗lib, ular ko‗pqirrali


xaqiqatning ayrim bosqichlarini aks ettiradi.
Shuning uchun dialektik materializm pozitsiyasidan fizika yutuqlariga yondashish
―krizis‖larni bartaraf qiladi va fanning rivojlanishiga ko‗maklashadi. O‗z navbatida, fizikaning
yutuqlari dialektik materializmning rivojlanishiga kattagina hissa qo‗shadi. Bunda akademik
S.I.Vavilovning quyidagi so‗zlarini eslash o‗rinli: ―Fizika prinsiplari va qonunlarining, asosiy
tushunchalari va ta‘riflarining nihoyat keng harakteri bu fanni falsafa bilan yaqinlashtiradi.
Fizika fanining mohiyati haqidagi aniq tasavvurlarga ega bo‗lmasdan turib falsafiy jihatdan
ma‘lumotli bo‗lish mumkin emas‖.
Fizika fanining taraqqiyoti boshqa fanlarning rivojlanishiga ham hissa qo‗shayapti.
Masalan, ximiya va biologiya fanlarida oxirgi kashfyotlarning aksariyati nazariy va
eksperimental fizika metodlariga tayangan holda amalga oshayapti. Shuning uchun ham S.I.
Vavilov fizikani zamonaviy fanning ―shtabi‖ deb atagan. Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot bilan
baravar qadam tashlaydigan har bir injener fizikaning asosiy qonunlariga oid bilimini egallashi
shart.
Fizika fanini birinchi bo‗lib, qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (eramizdan avvalgi
384-322 yil) o‗zining kitoblarida bayon etgan. O‗sha davrda fizikaning tarkibiga hozirgi ximiya,
astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar kirgan. Keyinchalik, ular
mustaqil fanlar bo‗lib ajralib chiqqan, lekin ular o‗rtasida keskin chegara yo‗q, ular doimo bir-
birlarini to‗ldirib hamisha aloqada bo‗ladilar. Bu gaplarni isboti sifatida tabiatdan yangi-yangi
hodisalarning kashf qilinishi va ularning amalda qo‗llanishi natijasida fizikaviy-ximiya,
astrofizika, geofizika, biofizika kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini ko‗rsatish mumkin.
Shuning uchun, fizika – barcha tabiiy va amaliy fanlarning poydevoridir deyish mumkin.
Fizika fani rivojlanishida buyuk o‗zbek mutafakkir olimlarimizning boy ilmiy meroslarni
ham ahamiyati katta bo‗lgan. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari, dunyo
xaritasini yaratishdagi urinishlari ―Amerika‖-qit‘asi borligini bashorati (Kolumbning Amerikani
ochishida asos bo‗lgan), shuningdek, Ahmad Al-Farg‗oniyning Yer meridianini o‗lchab
chiqishlari, tutash idish qonunidan foydalanib Nil daryosi suvini o‗lchab beradigan qurilmani
yaratgani (u hozirgacha saqlanganligi), Al-Xorazmiy bilan birgalikda osmon jismlarini
o‗rganishdagi tadqiqotlari hozirgacha ham o‗z qiymatini yo‗qotganicha yo‗q.
O‘rganiladigan material harakatlari, shakllari va obyektlarning ko‘p qirraligiga asosan fizika bir
qator qismlarga bo‘linadi:



Materiyaning harakat turlariga qarab fizika quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:


Fizika – jonsiz tabiat qonunlari o‘rganiladigan asosiy tabiat fanlaridan biridir. Olam
doimiy o‘zaro ta‘sirda va uzluksiz harakatda bo‘lgan moddiy jismlar majmuasidan iborat.
Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha hodisalar va jarayonlar muayyan qonunlar bo`yicha yuz beradi.
Jismlarning harakat va o‘zaro ta‘sir qonunlarining va elektromagnit hodisalar qonunlarini
o‘rganish fizikaning asosiy vazifasidir.
Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarim
o‘tkazgichlar fizikasi, biofizika, qattiq jism fizikasi kabi yangi bo‘limlari rivojlanib bormoqda.
Bularning barchasi umumiy fizika kursida o‘z aksini topmoqda. Umumiy fizika kursi odatda bir
FIZIKA
atom va molekulyar fizika
qattiq
jismlar
fizikasi
elementar
zarralar
fizikasi
gaz va
suyuqliklar
fizikasi
yadro
fizikasi
moddiy nuqta va
qattiq jismlar
fizikasi
termodinamika va
statistika
elektrodinamika
optika
gravitatsiya
kvant
mexanikasi
tebranish va
to'lqinlar
amaliy
optika
maydonning
kvant nazariyasi



necha bo‘limga bo‘linadi: 1) Mexanika; 2) Molekulyar fizika va termodinamika; 3) Elektr va


magnetizm; 4)Optika va 5) Kvant fizika.

Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin