Fizikaviy tadqiqot usullari.
Qonun keng ma’noda qandaydir zaruriy, ichki,
takrorlanuvchi ketma-ketliklarni bog‘lanish asosida bajarilayotgan, aniqlangan va umumqoida
bo‘lishi mumkin.
Fizik qonunlar: Barcha hodisalar va jarayonlar o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan holda
sodir bo‘ladi. Kuzatish va tajriba yo‘li bilan bu bog‘lanishlar qonuniyatlari aniqlanadi va ulardan
umumiy xarakterga ega bo‘lgan qonuniyatlar fizik qonunlarni tashqil etadi. Har bir fizik hodisa
tekshirilganda bu fizik qonunlar asos qilib olinadi.
Fizik qonunlar tajribalardan olingan ma‘lumotlarni umumlashtirish natijasida topiladi.
Fizik qonunlar
fizik hodisalar orasidagi ob‘ektiv ichki bog‗lanishni va fizik kattaliklar orasidagi
real munosabatlarni ifodalaydi.