1-mavzu. “Bank ishi” fanining predmeti va vazifalari ma’ruza rejasi


-MAVZU. TIJORAT BANKLARINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY VA IQTISODIY ASOSLARI



Yüklə 122,14 Kb.
səhifə3/3
tarix22.12.2022
ölçüsü122,14 Kb.
#77197
1   2   3
Банк иши1-3-мавзулар

3-MAVZU. TIJORAT BANKLARINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY VA IQTISODIY ASOSLARI

Ma’ruza rejasi
3.1.Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy asoslari.
3.2.Banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi.
3.3.Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati.
3.4.Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish shakllari.
3.5.Tijorat banklarini tugatish tartibi.

Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar va iboralar


Ustav kapitali — aksiyadorlik jamiyatining ustavida kayd etilgan pul ifodasidagi dastlabki, boshlangʻich kapital. Ustav kapitali aksiyalar sotishdan tushumlar, taʼsischilarning xususiy qoʻyilmalari va davlat qoʻyilmalari hisobidan yuzaga keladi. Ustav kapitaliga badallar fakat pul mablagʻlari koʻrinishida emas, balki mulk shaklida, maye., imoratlar, yer, shuningdek, intellektual mulk obʼyektlari: patentlar, litsenziyalar, loyihalar shaklida ham boʻlishi mumkin. Ustav kapitali tuzilgan tashkilot faoliyatining moddiyashyoviy, pul, ilmiytexnika, axborot asosini tashkil etadi. Ustav kapitali balansning passivida qayd etiladi.
Bank kapitali - banklarga jalb qilingan va ular tomonidan kredit hisob-kitob va boshqa operatsiyalar uchun foydalanadigan pulli kapitallar yig‘indisi, ya’ni bankning resurslari; 2) bank kapitalining bir qismini tashkil etuvchi banklarning o‘z kapitali.
Bank kafolati - mijozning iltimosiga binoan tijorat banki tomonidan bo‘nak sifatidagi summani kontrakt shartlari bo‘yicha bajarish va kafolatlash

3.1.Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy asoslari

Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 1-bobi “Umumiy qoidalar” deb nomlanib o‘z ichiga 14 modda(1-14 moddalar)ni oladi.
Qonunning 2-bobi “Bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar” deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda(15-28 moddalar)ni oladi

3.2.Banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi.


Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagilar asosiy omil bo‘lib hisoblanadi:
bankni tashkil etish bo‘yicha biznes rejaning maqbulligi;
bank ustav kapitalining etarliligi va qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilganligi;
daromadlilikning istiqbollari;
tashkil etilayotgan bank rahbarining malakasi va obro‘si;
bankni tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligi;
monopoliyaga qarshi choralarning mavjudligi
Bankni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
bankni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibi;
bank ustav kapitali miqdori;
muassislar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati, ularni to‘lash miqdori va tartibi;
muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burchlari.
O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin.
1.Tayyorgarlik bosqichi.
Bu davrda bank muassislari o‘rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta’sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta’sischilar o‘rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida ta’sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida»gi Qonunning 3-moddasi) aksiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‘ladilar.
2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi.
Bu bosqich uch davrni o‘z ichiga oladi:
Bank ochish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak:
-yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha xujjat;
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;
-muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi;
-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi.
Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi.
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: bank kengashi a’zolari ro‘yxati (kengash raisi, uning birinchi o‘rinbosari) ko‘rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to‘g‘risidagi Nizomi, kredit siyosati to‘g‘risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish mo‘ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim.
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi:
-tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori;
-norezident bankning O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi;
-bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti bilan o‘z mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat;
-bank nazorati organining muassis bankning o‘zi joylashgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma;
-muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti;
-bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo‘lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig‘i.
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo‘ladi.
Bulardan tashqari, xorijiy muassislar O‘zbekiston Respublika- sida yangi tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan banklarning ustav kapitalida ishtirok etgan taqdirda;
-xorijiy norezidentning to‘lovga qobiliyatliligi to‘g‘risida unga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan berilgan tasdiqnoma;
-O‘zbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etilishida ishtirok etish uchun mazkur mamlakat nazorat organining roziligi;
-muassis mansub mamlakatning savdo reestridan ko‘chirma yoki yuridik maqomini tasdiqlovchi boshqa muqobil hujjat.
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklarda bank kengashining kamida bitta a’zosi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tashkil etish uchun zarur bo‘lgan barcha zarur hujjatlarni talab qilishga haqli bo‘ladi. Taqdim etilgan hujjatlar Markaziy bank tomonidan ikki oy muddat ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Markaziy bank bank faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko‘rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasiga ham e’tibor qaratadi.
Bankning ochilgunga qadar lokal tarmoq bilan ta’minlangan bo‘lishi «BOK» dasturiy ta’minotning tarmoq variantining Markaziy bank tomonidan litsenziyalanishi, bank hisob-kitoblar markazi bilan barqaror ishlaydigan alohida aloqa kanali bilan ta’minlanishi, kamida beshta kompyuterga, modemlarga, dasturiy ta’minot va texnikani ishlatish bo‘yicha ta’lim olgan mutaxassislarga ega bo‘lishi shart.
Muassislar bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin litsenziya olish hamda bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-texnikaviy talablarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma bir yil davomida yuridik kuchga ega bo‘lib, muassislar ushbu vaqt ichida barcha tashkiliy - tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yakunlashlari lozim.
Tijorat banki aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilayotgan muassislardan biri yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar tomonidan bank aksiyalarining 5 foizdan ortig‘ini sotib olayotgani haqidagi xabar, agar bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‘i sotib olinayotganida esa bunga rozilik berishni so‘rovchi iltimosnoma taqdim etilayotgan hujjatlar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risi- da vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil shaxs tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi;
-davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun berilgan barcha talablarni bajarish;
-barcha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishlari, binolar va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga oshirish maqsadida dasturiy-texnikaviy vosita- larni tayyorlashlari, kassa uzelini Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holga keltirishlari;
-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda ustav kapitalini to‘lashlari va ustav kapitali to‘lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari;
O‘zbekiston Respublikasi hududida sho‘‘ba banki ochishni yoki bank kapitalida ishtirok etishni xohlovchi chet el banki uchun ustav kapitalining oxirgi eng kam miqdori 500 mln. evro muqobil miqdorda belgilangan bo‘lib, faqat mustahkam moliyaviy mavqega ega bo‘lgan nufuzli norezident banklargina sho‘‘ba banklarini ochishlari mumkin. Bunda qisqa muddatli majburiyatlari IBCA Moody`s standart and Poor tasnifi bo‘yicha kamida A1 yoki A+reytingiga ega bo‘lgan norezident banklargagina afzallik beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari o‘z ustav kapitallarini norezident hisobidan ko‘paytirishlari yoki aksiyador- lar tomonidan aksiyalarning norezidentlarga sotilishi uchun belgi- langan tartibda Markaziy bankning oldindan roziligini olishlari shart. Ushbu talabga rioya etilmay tuzilgan bilimlar haqiqiy emas deb topiladi va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya bekor qilinadi.
Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak.
Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi:
-bank biznes rejasining maqbulligi;
-bank kapitalining adekvatligi;
-daromadlikning kelgusidagi istiqbollari;
-ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori;
-bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
-monopoliyaga qarshi choralar.

3.3.Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati.



Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini o‘tkazuvni amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi.
Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi.
YUridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan mablag‘lardan foydalanish man etiladi.
Bank ta’sischilari o‘z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani yaratish, mijozlar ko‘lamini aniqlash, o‘tkaziladigan bank operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarni hal etishlari lozim.
Ta’sischilar ta’sis shartnomasi yoki aksioner jamiyatni tuzish shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. SHartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi.
Bankni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida hal etiladi.
Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida ko‘rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009 yil 15 avgustdagi 703-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi»ning 77 –bandiga ko‘ra, quyidagi holatda litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaning rad etilishiga asos bo‘la oladi:
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
a) ta’sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi;
b) bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
v) muassislar mablag‘lari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari);
g) bank ro‘yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi;
d) mazkur Nizomning IX bo‘limi talablariga muvofiq bank binolari muhofazasining ta’minlanmaganligi hamda muxandis-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jixozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi;
e) tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi
Bank tashkil etilganiga qadar, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘t-kazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi.
Bank ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur.
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak:
-bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili;
-bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati;
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi;
-bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
-bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari.
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.
Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘lardan va soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, byudjet mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin.
Bank kapitalining eng kam miqdori bankni ro‘yxatga olgunga qadar uning muassislari tomonidan to‘lanishi kerak. Bu to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg‘arma hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda (№949-sonli, 2000 yil 25 iyul) ko‘rsatib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida yangi ochilayotgan banklarning ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar




Aholisi 0.5 mln. kishidan ko‘p bo‘lgan shaharlarda ochilayotgan tijorat banklari uchun

Aholisi 0.5 mln. kishidan kam bo‘lgan shaharlarda ochilayotgan tijorat banklari uchun

CHet el kapitali ishtirokida ochilayotgan banklar uchun

Xususiy banklar uchun

2000 yil 1 yanvardan

2.5 mln. AQSH dollari ekvivalentida

1.25 mln.AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.AQSH dollari ekvivalentida

0.3 mln.AQSH dollari ekvivalentida

2002 yil 1 yanvardan

2.5 mln.AQSH dollari ekvivalentida

1.25 mln.AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.AQSH dollari ekvivalentida

1.25 mln.AQSH dollari ekvivalentida

2006 yil 1 yanvardan

4 mln.AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.AQSH dollari ekvivalentida

2.0 mln.AQSH dollari ekvivalentida

2007 yil 1 yanvardan

5 mln.AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.AQSH dollari ekvivalentida

2.5 mln.AQSH dollari ekvivalentida

2008 yil 1 yanvardan

5 mln. evro ekvivalentida

5 mln. evro ekvivalentida

2.5 mln. evro ekvivalentida

2011 yil 1 yanvardan

10 mln. evro ekvivalentida

5 mln. evro ekvivalentida

5 mln. evro ekvivalentida

Bank ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish uchun bank aksiyadorlar yig‘ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi xujjatlar:
- ustavga o‘zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma;
- bank aksiyadorlarining ustaviga o‘zgarish va qo‘shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada);
- bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar ro‘yxati (3 nusxada) taqdim etiladi.
Mazkur o‘zgarishlar va qo‘shimchalar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 49-moddasiga ko‘ra, bank muassasini, ya’ni yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul mablag‘lari hisobidan tashkil topadi.
Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar egalariga qaytarilishi va shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim.
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin.
Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi:
Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqligi;
bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib borishning rejalashtirilganligi;
ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari;
muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati.
Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi.
Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
banklar uchun – 10 mln. evro ekvivalentida;
xususiy tijorat banklari uchun – 5 mln. evro ekvivalentida.
YAngi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitali eng kam miqdorining hisob-kitobi Markaziy bank tomonidan valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun e’lon qilingan evro kursining muassislar tomonidan bank tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan (ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilgan) kundagi kursidan kelib chiqqan holda milliy valyutada amalga oshiriladi.
Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida joylashtiriladi.

3.4.Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish shakllari.


Bankni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy majlisi qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Bu quyidagi hujjatlar taqdim etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
- bank kengashi raisi tomonidan imzolangan iltimosnoma;
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
- bankni qayta tashkil etishning taxminiy shartlari, shakllari, tartib va muddatlarini aks ettiradigan hujjatlar;
- qayta tashkil etishning natijalari haqidagi moliyaviy taxminlar, shu jumladan, bankning u qayta tashkil etilganidan keyin hisob-kitob balansi va bankni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar.
Mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ikki oy davomida ko‘rib chiqiladi.
Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani shunday holatga keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo‘lib, tijorat banklari faoliyatining to‘xtashi va tugatishida muhim asosdir.

3.5.Tijorat banklarini tugatish tartibi.


Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi 2005 yil 22 mart 626-1sonli uzgartirish kiritilgan Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda o‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to‘xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan.
Banklarni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
a) bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinishi;
b) Markaziy bank roziligi mavjud bo‘lgan holda aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi qarori;
Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi:
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar va bank mansabdor shaxslarining vakolatlari to‘xtatiladi, jumladan, ularning mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni to‘lash, shuningdek, bankni boshqarish huquqlari bekor qilinadi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining likvidator hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish huquqi saqlanib qoladi;
b) tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina yuridik kuchga ega bo‘lishi mumkin;
v) bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi;
g) tugatilayotgan bankning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha penya va foizlarning hisoblab yozilishi to‘xtatiladi;
d) tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko‘rilayotgan mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo‘lsa to‘xtatiladi;
e) bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin;
j) tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibida ijro etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi.
Ammo bu nizom bank bankort deb e’lon qilinganda amalga kiritilmaydi.
Litsenziyaning bekor qilinishi:
- tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatiga nisbatan qo‘llaniladigan qattiq huquqiy sanksiya;
- qonun buzilish holatiga davlatning o‘z boshqaruv muassasasi Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati;
- bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi.
Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi, ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi.
Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo‘llanadigan og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo‘llaniladi;
- bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida;
- litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda;
- bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda;
- hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
- bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof tarzda amalga oshirilganida;
- litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida;
- O‘zbekiston Respublikasida sho‘‘ba bank ochgan xorijiy bank litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida.
Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning sudga murojaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi.
Likvidator (tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksionerlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi. Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zahiralar hisob varag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomondan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim etilgandan so‘ng bankning tugatish hisob varag‘ida aks ettiriladi. Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni boshlangandan so‘ng cheklashlar kiritadi, ya’ni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar vakolatlari to‘xtatiladi. Bank hisobidan va nomidan hech qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- moddiy nazorat va inventarizatsiya;
- aktivlarni tekshirish;
- aktivlarni baholash va sotish;
- sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
- tugatish jarayonini aniqlash.
Markaziy bank tugatish jarayonini nazorat qilib turadi. Bankni tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishdan bosh tortishi, shuningdek, bankni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish mumkin Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo‘lishi mumkin: ixtiyoriy tugatish yoki majburiy tugatishdir.
Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
Bank aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qilishi lozim. Bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi zarur.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan birga Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi tugatish sabablari ko‘rsatilib qabul qilgan qarori;
bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojat qilingan vaqtdagi balans hisoboti;
tugatish komissiyasi a’zolari ro‘yxati;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan tugatish rejasi.
Markaziy bank iltimosnoma qabul qilingan kundan boshlab bir oy davomida bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Markaziy bank ushbu iltimosnomaga rozi bo‘lmasa bank rahbarlari va aksiyadorlariga bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik bermasligi to‘g‘risida asoslangan qarorni etkazadi. Markaziy bank zarur hollarda tugatish rejasi va jadvalini ko‘rib chiqish yoki boshqa hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishi mumkin.
Likvidator Markaziy bankning tugatish to‘g‘risidagi roziligi olingandan keyin, kreditorlar o‘z talablarini bildirishi mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatgan holda ushbu ma’lumotni kamida ikki respublika gazetasida e’lon qilishi lozim.
Talab qilinayotgan barcha choralar bajarilgach tugatish komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlaganidan so‘ng 7 kun ichida Markaziy bankka hisobot va tugatish balansini taqdim etishi lozim.
Majburiy tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga oshriladi.
Markaziy bankning litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bankni majburiy ravishda tugatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
a) passivlarning aktivlardan oshib ketishi tufayli bankning to‘lovga layoqatsiz bo‘lib qolishi;
b) litsenziya berilishiga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligi aniqlanishi;
v) bank o‘z omonatchilari yoki boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarni bajarishga layoqatsizligi;
g) hisobot ma’lumotlarining muntazam ravishda buzib ko‘rsatilishi;
d) qonunchilikka hamda omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi litsenziya shartlariga zid bo‘lgan bank operatsiyalarining amalga oshirilishi;
e) litsenziya berilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq muddatda bank operatsiyalarini bajarishni kechiktirish;
j) monopoliyaga qarshi qoidalarning buzilishi;
z) O‘zbekiston Respublikasi xududida sho‘‘ba bankni tashkil etgan xorijiy davlat banki litsenziyasining qaytarib olinishi.
Omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklarga quyidagilar kiradi:
a) amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarining buzilishi;
b) xavfli yoki nosog‘lom bank faoliyatining yuritilishi;
v) bankning Markaziy bank ko‘rsatmalarini atayin va uzoq muddat bajarmasligi;
g) bank tomonidan hujjatlar yoki yozishmalarning Markaziy bank inspektorlaridan yashirilishi yoki bank nazorati xizmatiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortilishi.
Bank faoliyati omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soladi deb tan olinadi agar:
bank kapitalining etarlilik koeffitsienti darajasi Markaziy bank belgilagan ushbu iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lishi;
bank ketma-ket keluvchi har uch chorakda bank regulyativ kapitalining 10 foizidan yoki vaqtdan qat’iy nazar regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq miqdorda potensial zarar ko‘rishi yoki ko‘rishi mumkin ekanligi;
omonatchilar va kreditorlarning bankka ishonib topshirgan mablag‘lari butligiga real xavf soluvchi boshqa hollar.
Banklarni tugatish to‘g‘risidagi nizomning 4-bo‘limida tugatuvchi (likvidator) vakolatlari va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bank tugatilishi boshlangandan so‘ng Markaziy bank moddiy nazoratni o‘rnatadi va likvidator inventarizatsiya o‘tkazadi. SHuningdek likvidator aktivlarni tekshirib tugatish hisobotini tayyorlashi lozim: unda yakuniy balans, vakillik hisob varaqalari ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlar, pul mablag‘lari va valyuta hisobini yuritish, balans va kredit portfeli bo‘yicha kreditor qarzdorligini tekshirishi lozim. Likvidator bank aktivlarini: ya’ni pul mablag‘lari, ssudalar, qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta mablag‘larini baholab sotadi. Likvidator nizomga asosan omonatchilar va kreditorlar talabini qondirish kerak. Likvidator tayinlanganidan keyin bir kunlik muddatda ikkita markaziy gazetada kreditorlar talablarini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda talablarni bildirish tartibi va muddati hamda kreditorlar o‘z talablarini da’vo qilishlari mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatilgan holda bankni tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risidagi habarnomani beradi. Talablarni bildirish muddati tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida habar berilgan kundan boshlab ikki oyni tashkil etadi. Ushbu muddat tugaganidan keyin likvidator tomonidan talablarni qabul qilinmaydiTugatish ishlari yakunlangandan so‘ng likvidator bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi va Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank likvidator taqdim etgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, bankni Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan o‘chirib chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng 10 kun davomida Markaziy bank Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga hamda bank joylashgan manzil bo‘yicha ularning organlariga bank tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni etkazadi va bankni banklarni ro‘yxatga olish Davlat Kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risida qarorni qabul qiladi.


1 deb 1 1997 yilda O‘zbekiston "Nobank kredit tashkilotlari to‘g’risida"gi qonuni qabul qilindi.


Yüklə 122,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin