Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi: tadqiqotchiga o‘rganilayotgan predmet yoki
hodisaning tabiati va mohiyati, qonun va qonuniyatlarini ochishda yordam berish, tadqiqotning
muvaffaqiyatini ta’minlash.
Ilmiy tadqiqot ishlarida noto‘g‘ri tanlangan yoki qo‘llangan metodlar tadqiqotchini boshi
berk ko‘chaga kiritib, samarasiz tadqiqotga olib kelishi mumkin.
To‘g‘ri tanlangan ilmiy bilish metodlari tadqiqot yo‘lini yorituvchi bir mash’aldir.
Ilmiy bilish metodlarini o‘rganish falsafada metodologiyani vujudga keltirdi.
Metodologiya ilmiy bilish metodlariga oid falsafiy talimot.
Metodologiyaga ko‘ra, ilmiy tadqiqot metodlari o‘z tabiati, xarakteri, qo‘llanish sohalari,
ko‘lami, darajasi, ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalariga bog‘liqligi jihatidan o‘zaro
farq qiladilar.
Ilmiy bilishning eng umumiy ilmiy metodi har qanday ongli amaliy va nazariy
faoliyatda, hamma ilmiy tadqiqot sohasida qo‘llaniladi.
Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlari – ilmiy bilishning
empirik bosqichiga oid, aksariyat fan sohalarida ishlatiladi.
Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlari esa ilmiy
tadqiqotlarning nazariy bosqichida foydalaniladi.