bilimdonlik ichki dunyoning pokligi bo‘lib, insonning ichki holati tashqi xatti-harakatiga mos
Yangi davr (XVI – XVIII asrlar) Yevropa falsafasida ilm bilim sohalari orasidagi
farqlanish va tizimlarni osonlashtirish maqsadida insonning malakalari hamda sezgisiga muvofiq
ravishda turlarga bo‘lingan edi. Unga ko‘ra, “tashqi belgilari ko‘rinib turadigan, zehn orqali
idrok qilinadigan makon” materiyadir. Olimlar idrok qilinadigan makonni “ilm” deb atashdi.
Mantiq amal qiluvchi soha ikki qismga bo‘lindi: 1. Matematika va aniq fanlar. 2. Ilohiyot
Bu masalada ilohiyot va axloq faqat aqlga asoslangan bo‘lib, bunday g‘oyalar tizimi
Fayzullaev O. Falsafa va fanlar metodologiyasi / O‘zbekiston Respublikasi FA I. Mo‘minov nomidagi Falsafa va
Ingliz faylasuflaridan F.Bekon shunday deydi: inson bilishi sezgilardan boshlanadi,
bilishning manbai tajribadir, sezgilar orkali olingan dalillarni inson tafakkur yordamida qayta
ishlab chiqadi. Uningcha, inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq. Fransuz faylasufi
Dekartga ko‘ra, birdan bir to‘g‘ri bilish tafakkurdir. Inson bilishning haqiqatliligi tajriba emas,
balki aql bilan aniqlanadi. Demak, u bilishda sezgi a’zolari faoliyatiga ishonmaydi.
Fransuz ma’rifatparvarlari: Didro, Golbax, Gelvesiy, Volter va Lametrilar esa sezgilar
tafakkurning asosi, ular inson bilishining quyi boshlang‘ich bosqichi, tafakkur esa eng yuqori,
murakkab bosqichi ekanligini ta’kidlashadi.
Nemis klassik falsafasi namoyondasi Gegel: inson bilishi mutlaq ruhning inson
qiyofasida o‘z-o‘zini anglashidir, deydi.
L.Feyerbax fikricha, inson bilishi tabiatning uning
sezgilar va tafakkuridagi to‘g‘ri in’ikosi. Sezgilar bilish jarayonining boshlang‘ich bosqichi, ular
insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydi, insonni tabiat bilan tanishtiradi, lekin tabiatni
tushuntirmaydi. Inson bilishining yuqori bosqichi tafakkurning asosiy vazifasi ma’lumotlarni
to‘plash, qiyoslash, tahlil qilish, izohlash, umumlashtirish asosida xulosalar chiqarishdir.
XVII asrlarda, dastlab Sharq falsafasi, so‘ng Yevropada aqliy bilishdan farq qiluvchi
bevosita paykash, bevosita bilish shakli – «bilishning uchinchi xili»
intuitiv
7
bilish yuzaga keldi.
Metafizik materialistlarga ko‘ra, bilish dunyodagi predmet-hodisalarning inson
miyasidagi oddiy in’ikosi, hissiy va aqliy bosqichlarni bir-biridan alohida bilish shakllari
sifatida qaraydilar.
Bilishning dialektik-materialistik nazariyasiga ko‘ra, insonning dunyoni va o‘zini bilish
imkoniyati va darajasi, ijtimoiy sharoitga, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularning ehtiyojlariga,
ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteriga bog‘liqdir. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‘ra,
inson bilishi moddiy va ma’naviy borliqning uning miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan
faol in’ikosidir.
Shu o‘rinda aytish joizki, dinning ibtidosi biror bir manba yoki aqlning manbai kabi
emas. Aql din olib kelgan dalillarning barchasini tasdiqlaganida edi, dinning asosiy prinsiplari
bilan aql bir-biriga zid kelmasdi. Shu ma’noda islom falsafasi nuqtai-nazaridan ilmga umumiy
ta’rif berish orqali yuqoridagi ixtiloflarga barham berishimiz mushkul. Masalan, Azhar
universiteti shayxi Abdulhalim Mahmud: “inson uchun foydali har bir narsa ma’rifatdandir”
deydi. Ammo “foydalilik” nisbiy tushuncha ekanini yodga olsak, bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.
“Ilm” tushunchasini sahro sharoitida badaviyning hayot-mamotini hal qiluvchi “yo‘l
belgisi” ma’nosida etimologik tahlil qilgan ingliz tadqiqotchisi F. Rouzental
8
va “e’tiqod va ilm”
tushunchalarini
lingvistik,
madaniyatshunoslik
jihatdan
tadqiq
etgan
Ye.A.Frolova
9
ma’lumotlariga ko‘ra, islom falsafasida “ilm” ga doir qator ta’riflar majmui mavjud. Mazkur
tadqiqotlarga tayanib, ilmga muayyan bir so‘z bilan ta’rif berib bo‘lmaydi, deb xulosa qilish
mumkin. Boshqacha aytganda, yagona ta’rifda diniy va dunyoviy ilmlar mazmunini ifodalash
mushkul.
Yuqoridagi ta’riflarni umumlashtirib, quyidagicha talqin qilish mumkin: Insonning bilish
jarayoni va usullari sezgi, aql hamda qalbga bog‘liq. Bilim esa bilishning natijasidir. Modomiki,
jarayon turlicha ekan, uning hosilasi ham turlichadir. Bilim – muayyan bir narsaning holi,
xususiyati, siri haqidagi qaysidir darajada miya ilg‘ab olgan ma’lumot bo‘lib, ma’lum bir vaqt
davomida yaratilgan in’ikosdir. Uning nazariylashgan shaklini ilm deyish mumkin. Nazariya
inson fikrida mujassamlashgan amaliyot bo‘lib, uning voqelikni real aks ettirishi kuzatish,
tajriba, eksperiment, o‘zgartirish, yaratish (ya’ni amaliyotning shakllari) yordamida aniqlanadi.
Inson bilishning SUB’EKTI. OB’EKTI esa borliq. Bilishning predmeti bilish ob’ektining
sub’ekt bilishiga qaratilgan, uning bilish faoliyati doirasiga kiradigan tomon, xususiyat va
munosabatlaridir.
7
Intuitsiya (lot.:intueri- so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zb.:bevosita bilish, bevosita payqash, degani ) - mantiqiy
muhokama qilmasdan, to‘satdan g‘ayri aqliy bilishni ifodalovchi tushuncha.
8
Қаранг: Роузентал Ф. Торжество знания: концепция знания в средневековом исламе. – М.: Наука, 1978. -
372 с.
9
Қаранг: Фролова Е. А. Проблема веры и знания в арабской философии. – М.: Наука, 1983. -169 с.
Bilishning sub’ekti, ob’ekti va predmeti bilish jarayonida doim o‘zgarib, eskilari o‘rnini
yangilari olib boradi. Insonning bilish jarayonida sub’ekt bilishi zarur bo‘lgan ob’ektni bilib
olgach, bu ob’ekt sub’ektning bilish darajasidan chiqariladi, u endi bilishning ob’ekti bo‘lmay
qoladi.
Insonning yaxlit tizimli bilishi «sub’ekt-predmet-ob’ekt» munosabatlari asosida yuzaga
keluvchi ijtimoiy tarixiy jarayondir.
Bilishda sub’ektning faolligi uning muayyan maqsadga qaratilgan amaliy-ijtimoiy
faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Inson o‘z hayotining ilk davridan boshlab o‘ziga tirikchilik vositalari: oziq-ovqat, turar-
joy topish uchun mehnat qilishga majbur bo‘lgan. U mehnati jarayonida tabiat kuchlariga duch
kelib, ularni asta-sekin o‘rganib, bilib borgan. Ishlab chiqarishni tashkil qilib, mehnat qurollarini
yaratish, ular vositasida tabiatga ta’sir qilish, yer maydonlarini o‘lchash, turar-joylar qurish, o‘zi
ishlab chiqargan mahsulotlarni hisoblash kabi ishlarni amalga oshira boradi. Natijada insonning
bilish qobiliyati rivojlanib bordi.
Demak, ijtimoiy amaliyot inson bilishning asosi, manbai, harakatlantiruvchi kuchi va
maqsadi hamdir. Inson bilishning darajasi doim jamiyat ishlab chiqarishi amaliyotining darajasi
va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Jamiyat ehtiyojlarga javob berish natijasida yangi-yangi
bilimlar paydo bo‘ladi, ularni ma’lum guruhlarga ajratib, sistemalashtirib borish tufayli har turli
fanlar vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: