Inson bilishining tabiati va mohiyati.Insonning dunyoga munosabatlaridan biri bilishdir.
Inson hayoti davomida faqat tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining
ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi.
Bilishni falsafa va boshqa hamma aniq fanlar o‘rganadi. Aniq fanlar dunyoning turli
konkret tomon, qonuniyat va xususiyatlarini ochib beradi.
Falsafa esa inson bilishining
tabiati va mohiyatini
tushuntiradi. Falsafada inson bilishining
tabiati va mohiyati haqida har xil ta’limot, qarash va nazariyalar kelib chiqdi.
Bir guruh faylasuflar fikricha, inson, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas,
Boshqa bir guruh faylasuflar esa inson dunyoni to‘liq bila olmaydi, deb, inson bilishini
cheklaydi. Skeptitsizm
1
ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoit va
vaziyatlar bilan bog‘liqligini aytib, isbot talab qilmaydigan inson bilimlarining bo‘lishi
mumkinligiga shubhalanadilar. Agnostitsizm
2
vakillari inson dunyoni bilishga qodir emas,
degan g‘oyani ilgari suradi. Masalan, ingliz agnostik faylasufi D.Yum ta’limotiga ko‘ra, bilish
ob’ekti ob’ektiv borliq emas, balki sub’ektiv sezgi va idroklardir, ular chegarasidan tashqarida
nima borligini bilib bo‘lmaydi.
G‘arb falsafasi, xususan, nemis mumtoz falsafasi vakili I.Kant bu masalalarni o‘zining
transsendental bilimlar sohasidagi qarashlarida ifodalashga harakat qilib, ularni aprior masalalar,
deb ta’rif va tasnif qilgan
3
. U inson va uning ongidan tashqarida ob’ektiv borliqning
mavjudligini e’tirof qilib, predmet-hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar o‘zida» ga
bo‘ladi. Uningcha, «narsalar biz uchun»(predmet va hodisalar, tabiat)ni inson bila oladi,
«narsalar o‘zida»(erkinlik, o‘lmaslik, g‘ayritabiiy kuchlar, Xudo)ni esa hech qachon to‘liq bila
olmaydi. I.Kant bilish nazariyasida e’tiqodni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi. U inson
aqlini nazariy va amaliyga bo‘ladi: amaliy aql cheklangan, inson tajriba va amaliyot yordamida
har qanday bilimga ega bo‘lavermaydi. Inson bilishida tajribasiga bog‘liq bo‘lmagan aprior
(lotincha aprior tajribadan oldin, azaldan) tug‘ma bilimlar bo‘ladi.
I.Kantning fikricha, falsafiy bilimlar aprior bilimlardan iborat. Ilmiy bilimning
ishonchliligi va haqiqatliligi uning eng umumiyliligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Xullas,
Kant bilish nazariyasini ilk marta falsafiy muammo sifatida atroflicha tahlil qilgan faylasufdir.
Dostları ilə paylaş: |