Inson bilishining turlari va shakllari.Inson bilishini shartli ravishda bir necha turlarga
bo‘lib o‘rganish mumkin. Dastlab oddiy va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin.
Oddiy bilish hamma kishilarga xos odatdagi, kundalik hayotlarida borliqdagi predmet-
hodisalarni bevosita o‘z sezgi a’zolari va oddiy tafakkur qilishlari orqali bilishdir. U kishilarning
hayotiy tajriba, malaka va amaliy ishlari orqali hosil bo‘lib, odatda «sog‘lom fikrlar»da o‘z
ifodasini topgan bo‘ladi.
Ilmiy bilish borliqdagi predmet-hodisalarning qonuniyatlari, ularning mohiyatini bilish,
odatda ilmiy tadqiqot va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. Ilmiy bilish uzoq
davom etadigan, muayyan usullar bilan amalga oshiriladigan murakkab ziddiyatli bilishdir. Shu
bois ilmiy faoliyat bilan hamma emas, balki alohida kishilar: tadqiqotchi, olimlar
shug‘ullanadilar.
Bilishning paydo bo‘lishiga ko‘ra, hissiy bilish, mantiqiy bilish, intuitiv bilish, g‘oyibona
bilish kabi ko‘rinishlari farqlanadi.
Hissiy bilish, odatda, insonning his qilishi, sezgi a’zolari orqali predmet-hodisalar,
ularning tashqi tomon, belgi va xususiyatlarini bevosita idrok qilish. Bu deyarli barcha tirik
mavjudotga xos.
Dostları ilə paylaş: |