Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar, jumladan, qadimgi yunon faylasuflari esa
mutafakkirlari: Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, A. Navoiy qarashlaricha, inson tabiat,
jamiyat va o‘zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga, ma’lum
Skirbekk G., Gile N. Falsafa tarixi. Oliy o‘quv yurt. uchun o‘quv qo‘ll. – T.: Sharq, 2002. – B. 420.
narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi. Inson aqli – faol, u inson bilishining
asosiy qurolidir
4
.
Islom falsafasining uslubiy yondashuvlarida ko‘rsatilishicha, ilmga berilgan ta’rif
quyidagicha: ilm kuzatuv, tajribalar, xulosalar asosida vujudga kelgan qonun-qoidalar va
faoliyatlardan iborat jarayondir. Shuningdek, “metafizika, axloq kabi o‘z tarkibiga qonunchilik
bilan jamiyat tartib-tizimlarini qamrab olgan sohalar ham borki, bularning bari agar aql
(mantiq)ga asoslansa, biz uni falsafa deymiz”, degan qarash shakllangan. Islom ta’limotiga oid
ko‘pgina manbalarda falsafiy va tabiiy-ilmiy bilimlar tadqiq etilishining nazariy-uslubiy asoslari
ilmning islomdagi doirasiga tayanilib amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, “ilm” so‘zining ma’nosini
faqat zamonaviy ta’rifdan kelib chiqib tushunish to‘g‘ri emas. Chunki, yuqoridagi ta’rif
materiyaga taalluqli bo‘lib, bu ta’rifdan borliq: osmon va yer hamda bular orasidagi olam bilan
chegaralaniladi, degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur ta’rifni falsafiy jihatdan olib qaraydigan
bo‘lsak, borliqning ortida nima bor? Borliqdan avval nima bor edi-yu, undan keyin nima keladi?
degan masalalar ochiq qolganligiga iqror bo‘lamiz. Shuning uchun islom falsafasida birorta olim
yoki faylasuf na ilohiylik, na payg‘ambarlarga vahiy yuborilishini va g‘aybga tegishli narsalarni
inkor etmagan.
Olim T.Karimov fikricha, “dunyoviylik” tushunchasi qadimgi sharq merosida bayon
qilingan bo‘lsada, Platon asarlaridan so‘ng falsafada bilish ta’limotining asosiy tushunchasi
sifatida konkret mazmunga ega bo‘lgan.
Platon ta’limotiga ko‘ra, dunyoning mohiyati dastavval moddiy bo‘lmagan fikr va
g‘oyalar tarzida mavjud bo‘lib, aql yordamida bilib olinadi. Tub mohiyatni anglash alohida
qobiliyat egalariga xosdir. Biroq dunyoning mohiyatini narsa va hodisalarning sifat va
xususiyatlarini o‘rganish asnosida ham bilib olish mumkinligi inkor etilmaydi, ya’ni tevarak-
atrofimizdagi buyumlar bilan inson bevosita sezgi a’zolari orqali o‘zaro muloqotda bo‘ladi.
Lekin bu bilish jarayoni mashaqqatli bo‘lib, kishilardan mehnat va vaqt talab qiladi. U his qilish
a’zolari orqali narsa va hodisalarning belgilarini qiyosiy tahlil qilish, umumlashtirish shaklida
sodir bo‘lib, ularning o‘zgaruvchan xususiyati sababli, nisbiy xarakter kasb etadi. Aqlga nisbatan
ikkinchi darajali hisoblangan hissiy bilishda dunyoning mohiyati to‘g‘ridan to‘g‘ri aks
ettirilmaydi.
Aristotel ta’limoti ustozi Platondan farqli ravishda, dunyoning mohiyati ana shu dunyoni
tashkil etib turgan narsa va hodisalarni o‘rganish orqali oydinlashadi, degan qoidaga qurilgandir.
Demak, bu ta’limotlardan ko‘rinadiki, dunyoning mohiyatini anglatuvchi, g‘oyibdan
alohida kishilarga (masalan, payg‘ambarlarga) tayyor holda berilishi mumkin bo‘lgan va
e’tiqodga asoslangan ya’ni din nuqtai nazaridan bevosita ishonish talab qilinadigan yoki aqliy
muhokama qilinmaydigan bilimlar diniy bilimlardir. Dunyoviy ilmlar esa mazkur dunyoni
tashkil etuvchi narsa, hodisalarning xossa va sifatlarini o‘rganish orqali orttirilgan bilimlar
sababli hosil bo‘ladi.
Ushbu masalada islom falsafasi vakillarining yondashuvlari quyidagicha: Abu Nasr
Forobiy fikricha, “Ilm qilish uchun, avvalo tabiatni bilish kerak, chunki u bizning sezgi
organlarimizga yaqin, so‘ngra falsafani bilishga o‘tish kerak”
5
. Ya’ni sezgi tasavvur etishga bir
vositadir. Bilish tasavvurdan boshlanib, tasdiqda tamom bo‘lishini nazarda tutsak, mantiqiy
xulosalar doim hayot sinovlarida o‘z tasdig‘ini topishi lozimligi ayon bo‘ladi. Forobiyning
izdoshi Abu Ali ibn Sino ta’limoti bo‘yicha, “...sezgi narsani to‘la bilolmaydi, faqat tafakkur
to‘la bilishi mumkin. Ko‘z ko‘rganda narsaning rangidan tashqari uzunligi, bo‘yi, eni, shakli,
shuningdek, harakatdami yoki jim turibdimi, hidi, qattiq-yumshoqligi, bularni ham bilib oladi.
Sezish tez o‘zgaruvchanlikni payqaydi”. Ya’ni aksidensiyalar sezgi doirasida, substansiyalar
tafakkur doirasida bilinadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, bilish ikki xil yo‘nalishda
4
Masalan, Abu Nasr Forobiy akliy bilishni har tomonlama asoslab, inson tafakkuri bilish qobiliyatining
cheksizligini, uning borliqni bilishdagi rolini, akl haqiqat mezoni ekanligini, u ilm - fan, ma’rifat orqali rivojlanib
borishini ta’kidlaydi.
5
Fayzullaev O. Falsafa va fanlar metodologiyasi / O‘zbekiston Respublikasi FA I. Mo‘minov nomidagi Falsafa va
huquq instituti. – T.: «Falsafa va huquq» nashriyoti, 2006. – B. 37.
bo‘ladi: 1) sezgi orqali hozirgi narsalarni bilish; 2) xotira orqali tarixni bilish. Olim O.Fayzullaev
tadqiqotidan ma’lum bo‘ladiki, Sharq mutafakkirlari yigirmadan oshiq ilmiy tadqiqot usullarini
kashf etganlar.
Demak, IX–XI asr Sharq mutafakkirlari dunyoviy ilmlarni boshqa ilmlardan ajratib
olishda, mantiq talablariga mos kelishlik va tajribada sinab ko‘rish yo‘li bilan haqiqatni
aniqlashga alohida e’tibor berganlar. Shuning uchun dunyoviy ilmlarga qo‘yilgan talablar
ilmning zamonaviy ta’rifida o‘z ifodasini topdi.
Tadqiqotchi S.Oqilovning yozishicha, Abul Mu’in Nasafiyning “Tabsiratul adilla”
asarida “Ilmning ta’rifi”, “Haqiqat va ilmlar isboti haqida so‘z”, “Ma’rifat (bilish) omillari
haqida” fasllar bor. Nasafiy moturidiya maktabi vakili sifatida ash’ariylar va mu’taziliylarning
ilm va bilish haqidagi ta’riflarini tahlil etgan.
Ash’ariya va moturidiya olimlari ahli sunnaning ajralmas vakillari bo‘lsa-da, ular
o‘rtasida kichik farqlar borligi ma’lum bo‘ladi.
Mu’taziliy Abu Ali al-Jubboiy shunday deydi: “Ilm – bir narsa qanday bo‘lsa zarurat va
dalil bilan, shunday, deb e’tiqod qilish”.
Ash’ariy Abu Bakr al-Boqilloniyga ko‘ra: “ilm bir narsani qanday bo‘lsa, shunday deb
tanimoq”dir.
Ba’zi ash’ariylar: “Ilm – bir narsani qanday bo‘lsa, shunday idrok qilmoq”.
Nasafiy fikricha, ilm e’tiqod emas. Chunki Alloh alimdir (hamma narsani biluvchi),
mo‘taqid (e’tiqod qiluvchi) emas. Shuningdek, Alloh “Orif” sifati bilan tanilmagani bois, “ilm”
va “ma’rifat” tushunchalari bir-biridan farq qiladi. U ba’zi ash’ariylarning “Ilm biluvchini
“Olim” deb atalishiga vojib qiluvchi narsadir va ilm shunday sifatki, unga ega bo‘lgan zot
olimdir”, degan fikriga qo‘shilsa-da, Abu Mansur Moturidiyning quyidagi ta’rifini eng to‘g‘ri
deb topadi: “...ilm shunday bir sifatki, ilm egasi bo‘lgan zot unga tajalli qiladi (o‘sha sifat orqali
namoyon bo‘ladi)”.
Professor O.Fayzullaev “Falsafa va fanlar metodologiyasi” kitobida bahs yuritgan ilmiy
bilishning tasavvuf uslubiga ko‘ra, “til bilimi”dan “qalb bilimi” ajratiladi. Qalb bilimi, avvalo,
qalbning o‘zini bilishdan boshlanadi. Qalbni bilish asosida “voris bilimi” yotadi. “Voris bilimi”
dunyo haqidagi tushunchalardir”. Buni aql – miyadagi bilim, ilohiy ilm esa, qalbdan joy oladi,
deb izohlash mumkin.
Tasavvuf falsafasi vakillari insonning hissiy bilishi – tashqi bilishni, aqliy bilish – ichki
bilishni tashkil qilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligini uqtirganlar. Inson dunyoni va o‘zini bilishi
uchun o‘qib o‘rganish, bilim va hunarlarni egallash jamiyatda boshqa kishilar bilan o‘zaro
muloqotda va munosabatda bo‘lish orqali kamolotga erishmog‘i lozim: “Odam Xudoni bilish
Dostları ilə paylaş: