kontrreduksiya metodiga nisbatan uning yuqori darajada uyushgan tizimi, deganda
zamon va makondagi har qanday, shu jumladan tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy
tizimni tushunish lozim. Zamon va makondagi tizim (yoki xususiy holatda
makondagi temporal tizim)ni deganda biz zamonda ma’lumdarajada o‘zgaruvchi
(noorganik, organik, ijtimoiy) tushunamiz. Biz uni ma’lum invariant belgilariga
qarab, yaxlitlik hamda tadqiqotning ma’lum obekti sifatida ajratamiz. Shimga
o‘xshash har qaysi tizim uchun elementar vaqt bo‘lagi, ya’ni tizimida ko‘rilayotgan
o‘zgarishlar ahamiyasiz bo‘lgan eng katta vaqt oralig‘i tushunchasini muomalaga
kiritish lozim. Mazkur vaqt bo‘laklarining miqdori kosmologiya uchun ming va
undan ortiq yillar, geologiya uchun o‘nlab va yuzlab yillar, mikrobiologiya uchun
bir-ikki generatsiya davri (taxminan minutlar) bilan, kimyoviy genetika uchun
sekundning ulushlaridan soatlargacha, jamiyat va madaniyat tarixi uchun esa o‘nlab
va yuzlab yillar bilan o‘lchanadi.
Zamon va makondagi tizimlarda tadqiq qilinayotgan obektning noma’Ium
oliy xossalari tizimda, nafaqat dolzarb moddiy, balki muvaqqat, tarixiy sabab va
oqibat aloqalarining mavjudligi tufayli ham namoyon bo‘ladi. Kimyoviy evolyusiya
haqidagi ta’limot, molekulyar tuzilmalaming o‘z-o‘zini tashkil etish, tabiiy-tarixiy
sharoitlarda tuzilish va sifat jihatidan murakkablashish qobiliyati haqidagi ta’limot
yuqorida aytilgan tizimlarda kontrreduksiya metodining obektiv asoslari va
imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga xos misol bo‘lib xizmat qiladi.
Molekulalaming muhim xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyati va
kimyoviy evolyusiyani faqat kontrdeduksiya yordamida aniqlash mumkin bo‘ldi.
Darhaqiqat, biologiyada XDC asrda vujudga kelgan evolyusion ta’limot tirik
organizmlaming tadrijiy rivojlanishini retrospektiv tarzda ko‘rib chiqishda faqat eng
sodda bir hujayralilar va ulaming molekulyar (subektiv hujayrali) tarkibiy
qismlaridan kelib chiqishi mumkin edi. Mazkur holat kosmologiyada
rivojlanayotgan noorganik materiya darajasida tabiatning dastlabki evolyusiyasi
g‘oyasi bilan birga ilk biologik, ya’ni kimyoviy evolyusiya muammosining
qo‘yilishiga olib kelardi. Muhimi shundaki, ilmiy bilimning tarixiy- mantiqiy
rivojlanishida dastlab kimyoviy evolyusiya muammosi qo‘yildi, faqat shundan
keyin o‘z-o‘zini tashkil etuvchi kimyoviy tizimlami muayyan model asosida tadqiq
qilishga kirishildi. Xullas, molekulalaming oliy xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish
qobiliyatini aniqlash kontrreduksiya—molekulalami tadrijiy rivojlanuvchi tabiiy-
tarixiy tizimda ko‘rib chiqish natijasi bo‘ldi.
Shunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va
yo‘nalishlarda turli-tuman metodlaming murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan
tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har
Dostları ilə paylaş: