1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti


Mavzu:Argumentlar va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə46/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
,,

16.Mavzu:Argumentlar va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari.


Reja


1.Argumentlashning mantiqiy asoslari
2. Isbotlash va uning tarkibi.Isbotlash turlari
3. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzgavda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar

ARGUMENTLASHNING MANTIQIY ASOSLARI
Vatanimiz - O‘zbekistonning gullab-yashnashi, barqaror, mustahkam bo‘lishi ma’lum bir darajada yoshlarning ongli, bilimli, komil inson bo‘lishlariga bog‘liq. Bu hakda Prezvdentimiz I. A. Karimov shunday deb ta’kidchagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay olddigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilishsh, ma’rifatli kishilarni tushuiamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmayda. U har bir narsani akd, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr- o‘yi, xulosasini mantiq asosida kurgan kishi etuk odam bo‘ladi».
CHukur taxdilga, maitiqqa asoslanmagan bir yokdama fikr odamlarni chalg‘itadi. Faqat bahs-munozara, taxlilga asoslangan to‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga yo‘l ochadi.
Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rats etishning o‘ziga xos qonun- qovdalari mavjud. Bu kotssalarni bshshsh har bir insonga, shu jumladan, talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, to‘gri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.
ARGUMENTLASH (DALILLASH) VA ISHONCH-E’TIQODNING
SHAKLLANISHI

Mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalari o‘zaro farqlanadi. Dalillash deb, biror fikr, mulohazani yoki mulohazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yo‘li bilan (kuzatish, tajriba-eksperiment va hokazo asosi­da) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar yordamida asoslab berishga aytiladi. Dalillash bevosita yoki vositali bo‘ladi. Bevosita dalillash hissiy bilish, ya’ni ko‘rish, tajriba-eksperiment orqali amalga oshiriladi. Vositali dalillash esa chinliga avvaldan tasdikdangan boshkd mulohazalarga asoslanadi va xulosa chiqarish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Dalillashning birinchi usuli empirik, ikkinchi usuli nazariy bilimlarga asoslanadi. Nazariy va empirik bilimlarning chegarasi nisbiy bo‘lganligi kabi, dalillashning yuqoridash ikki usulga ajratilishi ham nisbivdir.
Dalillashning xususiy ko‘rinishi mantiqiy isbotlashdir. Mantiqiy isbotlash deb, biror fikr, mulohazaning chinligini chinligi avvaddan tasdiqlangan boshqa mulohaza- lar orqali asoslashga aytiladi. Isbotlashdan maqsad biror fikrning chinligini anikdash bo‘lsa, dalillashdan maqsad ham fikrning chinligini anikdash, ham uning ahamiyatini va muayyan faoliyat uchun ko‘llash mumkinlishni kursagiщdir. Isbotlash jarayonida ko‘llaniladigan chin mulohazalar (asos- lar) berilgan fikrning chinligini tasdikdash uchun xizmat qilsa, dalillash, bundan tashqari, dalillanayotgan fikrning boshqa shu kabi fikrlardan afzalroq ekanligini asoslash uchun ham xizmat kiladi. Dalillash uchun keltirilgan argu- mentlar (asoslar) isbotlash uchun keltirilgan argumentlarga nisbatan rang-barang bo‘ladi. Dalillash shakllari bilan isbotlash shakllari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Isbotlash xulosa chiqarish ko‘rinishida amalga oshadi. Dalillash ko‘proq suhbat (dialog) ko‘rinishida bo‘lib, uning ishtirokchilaridan har biri o‘z fikrining chinligini isbotlashga, raqibining fikrini rad etishga va tinglovchilarning o‘zini ham fikr qilishga, o‘z fikrlariga ishontirishga harakat qiladi.
Dalillash jarayonida retsipientlarga (lot. - kabul qiluvchi) tinglovchilarga biror fikrning to‘g‘ri yoki xatoli- sh asoslab beriladi va ularda shu fikrga nisbatan ishonch tuygusi shakllangiriladi. Dalillovchi shaxsning so‘z san’atini kay darajada egallagandigi, yani noshqlik maxrrati tishlovchi- larda ishonch-ztiqodning shakllanishida muxdm rol o‘ynavdi.
Faktlar va boshka dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch- e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Dalillash va is­botlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.
Ishonch-etiqod bu kishilarning xulq-atvori va xatga-harakatlarini belgilab beradigan karashlari va tasavvurlaridir.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin