1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va


– mavzu. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


14– mavzu. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan 

hamkorligida  demokratik tamoyillariga asoslanishi. 

REJA: 

1. 


O’zbekison va jahon hamjamiyati. 

2. 


O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan munosabatidagi huquqiy-siyosiy hamda 

ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. 

3. 

O’zbekistonning MDH davlatlari bilan o’zaro hamkorligi.  



4. 

ShHT, Markaziy Osiyodagi demokratik jarayonlar va o’zar hamkorlik. 

 

         O’zbekiston    davlat  mustaqilligiga    erishgandan  so’ng  o’z  tashqi  siyosatimizni  xalqaro     



hamjamiyatning          to’laqonli    sub’ekti    sifatida  amalga  oshirish  uchun  real  imkoniyatlarga  ega 

bo’ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda. 

   Jamiyat  va  davlatlar  tarixi  shuni  ko’rsatadiki,  biron-bir  mamlakat  boshqa  davlatlar  bilan 

hamkorlik  qilmasdan  taraqqiyotga  erishgan  emas.  Sharq  va  G’arb  mamlakatlarini  bir-biriga 

bog’lagan  «Buyuk  Ipak»  tarixiy  yo’lning  markazida  joylashgan  O’zbekiston  bir  necha  asrlardan 

buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda. 

Ayniqsa  Amir  Temur  va  Temuriylar  davrida  dunyodagi  yirik  davlatlar  Samarqand  bilan  o’z 

aloqalarini  o’rnatganlar.  Amir  Temurning  Frantsiya,  Angliya,  Ispaniya  qirollari,  o’nlab  qo’shni 

davlatlarning  hukmdorlari  bilan  yozishmalari  o’sha  davrdagi  jo’shqin  siyosiy,  madaniy  va  tijoriy 

aloqalardan guvohlik beradi. 

Chor  Rossiyasi  bosqinidan  so’ng  130  yildan  ortiq  davom  etgan  mustamlaka  davri 

mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo’ydi.  Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning 

nazorati  va  ruxsati  bilan  amalga  oshirilar  edi.  Bir  paytlar  dunyoga  dong  taratgan  o’lkamiz  chekka 

bir  viloyat  darajasiga  tushirib  qo’yildi.  Sovetlar  davrida  esa  chetga  chiqarilgan  bir-ikki  diplomat 

hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligidan 

boshqa hech narsa yo’q edi. 

Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida 

tashqi siyosatning ustuvor  yo’nalishlari  va asosiy tamoyillari belgilandi  hamda og’ishmay amalga 

oshirila boshlandi.  

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 



-mafkuraviy  qarashlardan  qat’iy  nazar,  hamkorlik  uchun  ochiqlik,  umuminsoniy  qadriyatlarga, 

tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

-davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 

nizolarni tinch yo’l bilan hal etish

-kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 

-inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash

-ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqnin      

 umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi

-tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

-davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik ustunligi

-tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar 

  asosida  rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 

 uzoqlashmaslik va boshqalar. 

 Bu  tamoyillarga  davlatlarning  suveren  tengligi,  kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  tahdid 

qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki 

ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi. 

Davlatimiz  rahbari  Islom  Karimovning  Oliy  Majlis  ikkinchi  chaqiriq  birinchi  sessiyasidagi 

ma’ruzasida  boshqa  sohalar  qatori  tashqi  siyosat  borasidagi  navbatdagi  vazifalar  ham  ko’rsatib 

o’tildi.  Jahondagi  barcha  mamlakatlar  bilan  o’zaro  manfaatli  aloqalarni  yo’lga  quyish,  etakchi 

xalqaro  iqtisodiy,  moliyaviy  hamda  insonparvarlik  tashkilotlari  bilan  hamkorlikni  kuchaytirish 

bundan keyin ham ustuvor yo’nalish bo’lib qolishi ta’kidlandi. 

Bugungi  kunda  O’zbekiston  taraqqiyotining  konstitutsiyaviy  zamini  yaratildi.  Shunga  mos 

ravishda  inson  huquqlari  ham  tiklanmoqda.  Xalqimizning  ma’naviy  salohiyati,  unga  xizmat 

qiladigan  tabiiy  va  texnikaviy  zahiralar,  mustahkamlanayotgan  xalqaro  munosabatlar  demokratik 

rivojlanish  va  inson  huquqlariga  rioya  qilish  uchun  barcha  sharoitlarning  bosqichma-bosqich 

yaratilishiga kafolat beradi. 

O’zbekiston  Konstitutsiyasi  «O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  mustaqilligi  asoslari 

to’g’risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy an’analarni davom ettiradi. Mazkur an’analarga 

ko’ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim  manbai  bo’lib, O’zbekiston o’zining xalqaro 

huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish etmoqda. 

Bu esa yosh mustaqil davlatimizning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga imkon 

berdi.  Respublikamizning  mustaqil  davlat  sifatida  boshqa  davlatlar  tomonidan  diplomatik  tan 

olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo’l ochdi. 

BMT ustavi, Inson huquqlari to’g’risidagi umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari haqidagi 

boshqa 

xalqaro 


paktlar, 

Xelsinki 

bitimlari, 

Parij 


va 

Madrid 


xartiyalari 

qoidalari 

Konstitutsiyamizdagi  xalqaro  huquq  printsiplari  va  normalariga  asos  bo’ldi.  Bunday 

konstitutsiyaviy yondashuv, ayniqsa Konstitutsiyaning muqaddimasida, 4-bobida, ikkinchi bo’limda 

22,23  va  26-bobda  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Bu  boblarning  tegishli  ravishda,  «Tashqi  siyosat», 

«Inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquqlari,  erkinliklari  va  burchlari»,    «O’zbekiston 

Respublikasining sud hokimiyati», «Saylov tizimi», «Mudofaa va xavfsizlik» deb nomlanishi ham 

fikrimizning dalilidir. 

XX asrning so’nggi o’n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo’g’rofiy-siyosiy 

tuzilishida  tub  o’zgarishlar  davri  bo’lib  tarixga  kirdi.  Jahon  hamjamiyati  yangi  davrga  qadam 

qo’ydi. Bu davr o’zining ikki jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu davlatlar, xalqlar o’rtasidagi 

yaqinlashuv  jarayonlari  va  har  tomonlama  hamkorlikning  kuchayishi,  yaxlit  bo’lgan  siyosiy, 

iqtisodiy  va  huquqiy  makonlarning  vujudga  kelishi,  hozirgi  zamon  xalqaro  huquq  normalarining 


yaratilishidir.  Ikkinchidan,    «sotsialistik  lager»ning  emirilishi,  totalitar  tuzumdagi  davlatlarning 

tugatilishi, ular o’rnida mustaqil davlatlarning paydo bo’lishidir. 

Prezidentimiz  «O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyoti  yo’li»  kitobida  O’zbekiston 

Respublikasi tashqi siyosatining kontseptsiyasi to’g’risida, tashqi siyosiy yo’l, bu yo’lning huquqiy 

negizi  va  uni  amalga  oshirish  vositalari  haqida  to’xtalib  o’tgan.  O’zbekiston  tashqi  siyosatining 

strategik  yo’li,  asosiy  qoidalari  va  maqsadlari,  uning  ustuvor  va  mintaqaviy  yo’nalishlari, 

xususiyatlari    negizida  respublikaning  milliy  manfaatlari  joy  olgan.  Har  qanday  siyosat  aql-idrok 

bilan ish tutishni taqozo etadi. Rivojlanayotgan, tez taraqqiy etish uchun kuchli ilmiy, sanoat kuch-

quvvatiga  ega  bo’lgan  mamlakatning  tashqi  siyosati  ehtiroslardan  xoli  bo’lishi  lozim. 

Respublikamiz  ana  shunday  davlatlar  sirasiga  kiradi.  Yangi  xalqaro  iqtisodiy  tartib  uchun  harakat 

qilish  qoidalari  O’zbekiston  uchun  ham  diqqatga  molik  masaladir.  Bu  xom  ashyo  va  sanoat 

mahsulotlari narx-navolarining adolatli bo’lgan nisbati, rivojlanayotgan davlatlarning fan va texnika 

yutuqlaridan bahramand bo’lish imkoniyati va hokazolardir. 

Tashqi siyosat faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Ushbu 

maqsadlarga erishish uchun  quyidagilar amalga oshirildi: 

-yangi xalqaro huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi: 

-sobiq Ittifoq ishtirokchi bo’lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi respublika manfaati nuqtai 

nazaridan o’rganildi: 

-O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos tushadigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi: 

-mamlakat  xalqaro  faoliyatini  muvofiqlashtirib  turadigan  qonunlarni  ishlab  chiqish  va  qabul 

qilish.  «Qabul  qilingan  xalqaro  shartnomalar  to’g’risida»gi  qonun,  «Konsullik  ustavi»  shular 

jumlasidandir. Ulardan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar, Havo 

kodeksi  ham  qabul  qilndi.  Yurtboshimiz  I.A.Karimovning  «O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va 

taraqqiyot yo’li» kitobining tashqi siyosatga bag’ishlangan bobida ushbu faoliyat yo’nalishlari aniq-

ravshan  ifodalab  berilgan.  Jumladan,  kitobda  milliy  manfaatlar  O’zbekiston  tashqi  siyosatining 

ustuvor maqsadi ekanligi qat’iy bayon etilgan. 

Manfaat,  bu  zaruriy  ehtiyojdir.  Ehtiyojlar  esa  birinchi  galda  O’zbekiston  uchun  taraqqiyotning 

muayyan  jug’rofiy  va  tabiiy,  iqlimiy,  demografik  holatimiz,  xalqimizning  ko’p  millatli  tarkibi, 

uning  tarixiy  va  madaniy  merosi,  ma’naviyat  omili,  ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyotining 

darajasi,  xom  ashyo  va  zamonaviy  texnologiya  bilan  ta’minlanganlik,  davlatning  xalqaro 

munosabatlardagi  o’rni  va  hokazolardir.  Bu  omillar  O’zbekistonning  ehtiyojlarini  belgilaydi. 

Ehtiyojlar esa manfaatlarda o’z ifodasini topadi. Davlat manfaatlari uning tashqi siyosiy faoliyatini 

belgilaydi.  Shu  jihatdan,  O’zbekistonning  tashqi  siyosiy  manfaatlari  xalqaro  aloqalarni 

rivojlantirayotgan, uning tuzilmalari va faoliyatini belgilab berayotgan kuchdir. 

Barcha  davlat  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan  aloqa  qilishda  davlatimizning  milliy  manfaatlaridan 

kelib  chiqiladi.  Tabiiyki,  bunda  sheriklarimiz  manfaatlari,  ular  tashqi  siyosatining  ustuvor 

yo’nalishlari hisobga olinishi zarur. Zero, o’zaro uzviy bog’liqliksiz tashqi siyosatni tasavvur etib 

bo’lmaydi. 

O’zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika 

tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, 

xo’jalik    aloqalarini  o’rganish,  ekologiya,  tabbiy  muammolarni  hal  etish,  ilmiy-texnikaviy 

hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar. 

Respublika  Prezidenti  davlatimiz  o’z  qiyofasini  yo’qotmasdan  xalqaro  talablarga  rioya  etishga 

tayyorligini  qat’iy  tasdiqladi.  Bu  talablarga  rioya  etmasdan,  xalqaro  jahon  hamjamiyatiga  kirib 

bo’lmaydi.  Bu  erda  Inson huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  asosidagi  kafolatlar,  BMT Nizomi 

va  Xelsinki  kelishuvi  qoidalari,  hujum  qilmaslik,  xalqaro  munosabatlarda  kuch  ishlatish  bilan 

tahdid  qilishdan  voz    kechish,  xalqaro  huquq  qonunlarining  milliy  qonunlardan    ustuvorligi  va 

hokazolar to’g’risida gap bormoqda. Jahondagi  barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday 

yondashuv tarafdoridir. 


Bugungi  kunda  o’z  mustaqil  tashqi  siyosatini  konstitutsiyaviy  qoidalarga  tayanib  yuritayotgan 

O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati 

davlatlarning suveren tengligi-yu kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch 

yo’l  bilan  hal  etish,  boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  kabi  xalqaro  huquqning 

umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Mamlakatimiz Asosiy qonunining 

17-moddasida ochiq-ravshan aytilgan. 

O’zbekiston butun dunyo ko’z o’ngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga ega 

bo’lgan,  mustaqil  ravishda  zamonaviy  diplomatik  aloqalarni  amalga  oshirayotgan  tinchliksevar 

huquqiy  davlat  sifatida  namoyon  bo’lmoqda.  Xalqaro  huquq  jihatidan  O’zbekiston  uchun  asrlar 

osha  buyuk  bo’lib  kelgan  davlatlar  ham,  davlatchilik  tarixi  biznikiga  o’xshash  yosh  mamlakatlar 

ham bab-baravardir. 

O’zbekiston  taraqqiyotning  konstitutsiyaviy  asosi  sifatida  inson  huquqlari  tiklanmoqda. 

Xalqimizning  ma’naviy  imkoniyati,  uning  katta  tabiiy  va  texnik  zahiralari,  mustahkamlanib 

borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur 

bo’lgan  barcha  shart-sharoitlar  mavjudligiga  ishonch  tug’diradi.  Natijada  mamlakatimiz  amalda 

yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo’l ochib berildi. 

XX  asrning  ohirida  dunyoning  siyosiy makoni    sifat    jihatidan    o’zgardi. Sovet Ittifoqi 

xalqlari  hamda  sobiq  «sotsialistik  hamdo’stlik»dagi  boshqa  davlatlar  bir  partiyaviylik  tizimi  va 

markazdan  turib  rejalashtirish  iqtisodiyotidan  voz  kechishdi.  Bu  holat  dunyoda  antogonistik 

ijtimoiy-siyosiy  tuzumlarning  global  qarama-qarshiligi  barham  topdi  va  dunyo  siyosatida 

demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy 

Evropa  davlatlari,  shuningdek,  sobiq  sovet  ittifoqi  davlatlarining  roziligi  orqali  ijtimoiy-siyosiy 

tuzumning  demokratik  shakliga  o’tildi.  Agar  bunday  davlatlarda,  eng  avvalo,  Rossiyada  amalga 

oshirilayotgan  islohotlar  jarayoni  muvaffaqiyatli  yakunlansa,  Shimoliy  yarim  sharining  kattaroq 

qismi  -  Evropa,  Shimoliy  Amerika,  Evroosiyoda  bir-biriga  yaqin  ijtimoyi-siyosiy  va  iqtisodiy 

tamoyillar  asosida  yashovchi,  bir-biriga  o’xshash  qadriyatlarga  e’tiqod  qiluvchi,  shu  jumladan, 

global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi. 

«Birinchi»  va  «ikkinchi»  dunyolar  o’rtasidagi  qarama-qarshilikka  barham  berilgandan  so’ng 

avtoritar  tuzumlar  Afrika,  Lotin  Amerika,  Osiyodagi  o’z  tarafdorini  qo’llab-quvvatlashdan 

to’xtadilar.  Negaki,  bu  davlatlar  mafkuraviy  ittifoqdosh  sifatida  o’z  qiymatlarini  yo’qotishdi  va 

natijada  moddiy  hamda  siyosiy  yordamdan  maxrum  bo’lishdi.  Oqibatda  Somali,  Liberiya, 

Afg’onistonda  bo’linish  vujudga  keldi  va  fuqarolar  urushi  boshlanib  ketdi.  Boshqa  davlatlarning 

ko’pchiligi esa, masalan, Efiopiya, Nikaragua, Jazoir avtoritarizmdan voz kecha boshlashdi. 

«Sovuq  urush»  bilan  to’g’ridan-to’g’ri  bog’liq  bo’lmagan  barcha  qit’alarda  kechgan  keng 

miqyosli  demokratiyalashtirish  jarayoni  80-yillarning  ikkinchi  yarmiga  to’g’ri  keladi.  Braziliya, 

Argentina,  Chili  boshqaruvning    harbiy-avtoritar  shaklidan  fuqarolik-parlamentar  shakllariga 

o’tishdi. Bunday tendentsiya Markaziy Amerikada sal kechroq tarqaldi. Ushbu jarayonning e’tiborli 

natijalaridan  biri  shuki,  1994  yil  14  dekabrda  Shimoliy  va  Janubiy  Amerika  mamlakatlari 

boshliqlarining  uchrashuvida  qatnashgan  34ta  davlat  rahbari  o’z  davlatlarining  demokartik  yo’l 

bilan  saylangan  liderlari  edilar.  Shunga  o’xshash  demokratiklashtirish  jarayonlari  Osiyo  Tinch 

okeani  hududi  -  Filippin,  Tayvan,  Janubiy  Koreya,  Tailandda  kuzatildi.  1998  yilda  Pokistonda 

harbiy  tuzum  o’rniga  saylangan  hukumat  keldi.  Janubiy  Afrika  respublikasining  aparteid 

siyosatidan  voz  kechishi  demokratiyaga  qarab  yo’l  olinganligini  ko’rsatdi.  Afrikaning  boshqa 

joylarida  avtoritarizm  jarayoni  anchagina  sekin  kechdi.  Biroq  inqirozga  uchrashi,  Gana,  Benin, 

Keniya, Zimbabveda demokratik islohotlarning ma’lum darajada oldinga siljishi demokratiyalashuv 

to’lqini bu qit’aga ham ta’sir qilmasdan o’tmaganini ko’rsatadi. 

Aytib  o’tish  lozimki,  demokratiya  etuklikning  bir  necha  darajasiga  ega.  Bu  frantsuz  hamda 

amerika  inqilobi  davrlaridan  boshlab,  bugungi  kungacha  demokratik  jamiyatlarning  rivojlanishida 

yaqqol  namoyon  bo’ldi.  Qator  Afrika  mamlakatlarida  yoki  sobiq  ittifoq  o’rnida  paydo  bo’lgan 

yangi  mustaqil  davlatlarning  ayrimlarida  muntazam  ko’ppartiyaviylik  saylovlari  ko’rinishiga  ega 

bo’lgan  demokratiyaning  ilk  shakllari,  aytaylik,  G’arbiy  Evropa  tipidagi  etuk  demokratiya 

shakllaridan  anchagina  farq  qiladi.  Agar  Linkolnning  demokratiyaga  bergan  «xalq  tanlagan 



saylagan  va  xalq  manfaatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladigan  xalq  boshqaruvi»  ta’rifidan  kelib 

chiqadigan bo’lsak, eng ilg’or demokratiyalar ham mukammal emasdir.  

80-yillar  oxiri  -  90-yillar  boshlarida  ijtimoiy-siyosiy  modellarning  global  almashinuv  jarayoni 

turli davlatlarda turlicha kechgan bo’lsa-da, uning er yuzini yarmidan ko’pini qamrab olganligi bois

jahon  hamjamiyati  ijtimoiy-siyosiy  maydonining  sifat  o’zgarishi  to’g’risida  xulosa  qilish  mumkin 

bo’ladi. Jamiyatlarni tashkil etishning demokratik shaklli tafovutlar, ba’zan esa muayyan davlatlar 

o’rtasida  keskin  ziddiyatli  vaziyatlardan  ham  xoli  emas.  Masalan,  bugungi  kunda  Hindiston  va 

Pokiston,  Gretsiya  va  Turkiyada  parlamentar  boshqaruv  joriy  etilgan  bo’lsa-da,  ular  o’rtasidagi 

munosabatlarda xavfli keskinlik mavjud. Rossiya kommunizmdan demokratiyaga qarab ancha yo’l 

bosib  o’tgan  bo’lsa-da,  baribir,  aytaylik,  NATOni  kengaytirish  yoki  Saddam  Husayn,  Slobadan 

Miloshovich  tuzumlariga  qarshi  harbiy  kuchni  ishlatish  masalalari  bo’yicha  Evropa  davlatlari  va 

AQSh  bilan  oralarida  kelishmovchilik  bor.  Lekin  muhimi  shuki,  tarixda  demokratik  davlatlar  bir-

birlari bilan urush qilishmagan. 

Albatta, ko’p narsa «demokratiya» va «urush» tushunchalarining qanday ta’riflanishiga bog’liq. 

Olamda  davlat,  qachonki  uning  ijroiya  va  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatlari  saylovlar  yo’li  bilan 

shakllantirilgan  bo’lsa - demokratik hisoblanadi. Bu degani, ana shunday saylovlarda eng kamida 

bir-biridan  mustaqil  ikkita  partiya  ishtirok  etsa,  katta  yoshdagi  axolini  kamida  yarim  ovoz  berish 

huquqiga  ega  bo’lsa  va  hokimiyatning  bir  partiyadan  ikkinchisiga  o’tishi  kamida  bir  marta  tinch 

konstitutsion yo’l bilan amalga oshirilgan bo’lsa. 

Jahon  tarixining  tadqiq  etilishi  shuni  ko’rsatmoqdaki,  demokratiyalar  avtoritar  tuzumlar  bilan 

urush  olib  boradilar  va  juda  ko’p  boshqa  demokratik  davlatlar  bilan  ziddiyatlarga  borsalar  ham, 

xech qachon bu narsa urushgcha etib bormagan. Vestfal tizimi mavjud davr mobaynida demokratik 

davlatlar o’trasidagi munosabatlar tor doira  bo’lganligi va ularning hamjixat bo’lishlariga avtoritar 

davlatlar  ta’sir  etganligini  ko’rsatuvchi  tanqidchilarda  bunga  ma’lum  bir  asos  bor  ekanligini  tan 

olish  zarur.  Avtoritar  davlatlar  tomonidan  tahdidning  yo’qolishi  yoki  kamayishi  bilan  demokratik 

davlatlar bir-birlari bilan munosabatda o’zlarini qanday tutishlari ham noma’lum. 

Agar  XXI  asrda  ham  demokratik  davlatlarning  o’zaro  tinch  munosabatlaridagi  qonuniyat 

buzilmasa, unda hozir dunyoda ro’y berayotgan demokratiyani kengayishi dunyo global zonasining 

ham  kengayishini  anglatadi.  Ehtimol,  yangi  shakllanayotgan  xalqaro  munosabatlar  tizmining 

Vestfal tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan mana shundadir. 

Global  miqyosda  demokratiya  va  avtoritarizm  o’trasidagi  nisbatning  o’zgarishi  amerikalik 

tadqiqotchi  F.Fukuyamaning  demokratiya  g’alabasini  ovoza  qilishiga  hamda  shu  ma’noda  tarixiy 

formatsiyalar o’rtasidagi kurash sifatida  «tarixning  yakunlanganligi» tug’risida e’lon qilishga asos 

bo’lib  xizmat  qildi.  Biroq,    demokratiyaning  keng  miqyosda  yoyilib  borayotgani  uning  to’liq 

g’alabasi  degani  emas.  Kommunizm  biroz  o’zgartirilgan  ko’rinishda  bo’lsa-da,  Xitoy,  Vetnam, 

Shimoliy Koreya, Laos, Kubada saqlanib qolindi uning izlarini Sobiq Ittifoqning ayrim davlatlarida, 

Serbiyada sezish mumkin. 

Shimoliy  Koreyadan  tashqari  boshqa  barcha  sotsialistik  mamlakatlarda  bozor  iqtisodiyoti 

elementlari paydo bo’lmoqda, ular u yoki ma’noda jahon iqtisodiy tizimiga jalb etilmoqda. Saqlanib 

qolgan  ayrim  kommunistik  davlatlarning  boshqa  mamlakatlar  bilan  munosabatlari  «sinfiy  kurash» 

tamoyilidan  ko’ra,  «Birga  tinch  yashash»  tamoyiliga  asoslanadi.  Qisman  amalga  oshirilayotgan 

iqtisodiy  islohotlar  va  xalqaro    iqtisodiy  aloqalar  uchun  ochiq  bo’lishlik  siyosiy  erkinliklarni 

kengaytirishni  talab  etuvchi  ijtimoiy  kuchlarni  yuzaga  chiqaradi.  Biroq,  bir  partiyaviylik  tizimi 

teskari  tomonga  qarab  ish  olib  bormoqda.  Natijada  liberalizmdan  avtoritarizmga,  avtoritarizmdan 

tiberalizmga  qarab  harakat  qiluvchi  «argimchoq»  effektini  kuzatish  mumkin.  XX  asr  tajribasi 

ko’rsatmoqdaki, kommunistik tizim muqarrar ravishda shunday tashqi siyosatni ishlab chiqardiki, u 

demokratik  jamiyatlar  siyosatiga  zid  bo’ladi.        Bunday  ziddiyatning  mavjudligi  ular  o’rtasidagi 

harbiy  mojaroni  keltirib  chiqarishi  mumkinligi  va  ular  o’rtasidagi  munosabatlar  bo’la  olmasligi 

xususidagi fikrlar asoslagandir.  

Hozirgi  kunda  dunyoda  avtoritar    tuzumdagi  bir  qancha  davlatlar  mavjud.  Avtoritar  tuzumda 

bo’lgan davlatlar orasida alohida o’rinni ekstremistik mazmundagi  «islomiy» mamlakatlar  - Eron, 

Sudan,  Afg’oniston  egallaydi.  «Islom  fundamentalizmi»  nomi  bilan  ataluvchi  islom  ekstremizmi 



xalqaro  siyosiy  harakati  dunyo  siyosatiga  bu  davlatlar  o’z  ta’sirini  o’tkazish  uchun  imkon 

bermoqda. 

G’arb  demokratiyasini  inkor  etuvchi  hamda  zo’ravonlikka  yo’l  qo’yuvchi  ushbu  mafkuraviy 

oqim so’nggi yillarda Yaqin Sharqning ko’pgina mamlakatlari axolisi va musulmon aholisi yuqori 

bo’lgan boshqa davlatlarda keng tarqalgan. 

Demokratik davlatlar bilan hamkorlik qilishga intilayotgan kommunistik tuzumdagi davlatlardan 

farqli  o’laroq,  islom  siyosiy  ekstremizmi  dinamik  va  Saudiya  Arabistoni,  Fors  ko’rfasi 

mamlakatlari, Pokiston, Turkiya, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga katta xavf tug’dirmoqda. 

Avtoritar  davlatlarning  saqlab  qolinishi  yoki  ular  sonining  ortishi,  extimol,  ular  o’rtasidagi, 

shuningdek,  demokratik  dunyo  bilan  o’rtalarida  harbiy  to’qnashuvlarga  olib  kelishi  mumkin. 

Albatta,  xalqaro  munosabatlarning  kelgusidagi  rivojini  tadqiq  etishda  demokratiya  o’rtasidagi 

munosabatlar  qonuniyatlarini,  demokratiyaning  avtoritar  tuzumlarga  ta’sirini  yaxshilab  tahlil  etish 

lozim bo’ladi. 

Xalqaro              munosabatlarni    rivojlantirishda      jahon      hamjamiyati                                    

tomonidan  e’tirof  etilgan  demokratik  qadriyatlar,  xalqaro  huquq  asosida  o’ztashqi siyosatini 

yuritish, munosabatlarda kuch ishlatmasdan muzokaralar yordamida muammolarni hal etish, boshqa 


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin