1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


   Birinchidan

, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolatga, inson huquqi 

va manfaatlariga asoslangan bo’lishi shart.  

   Ikkinchidan,  Konstitutsiya,  qonunlar  va  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlar  barcha  davlat 

organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi zarur.    



  Uchinchidan,  barcha  normativ-huquqiy  hujjatlar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  mos  bo’lishi  – 

qonun  ustuvorligini  ta’minlashning  asosiy  mexanizmlarini  tashkil  etadi.  Demokratik  jamiyatning 

muhim  tamoyili  bo’lgan  qonun  ustuvorligi  mamlakatimizda  barpo  etilayotgan  fuqarolik  jamiyati 

qurishning  asosidir.  Albatta,  demokratik  jamiyat  qurish  faqat  qonun  ustuvorligi  bilan  cheklanib 

qolmaydi, balki xalqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti 

qilib qo’yadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7– mavzu. Milliy-ma’naviy negizlarga tayanish – demokratik jamiyat 


qurishning zaruriy sharti. 

REJA: 

1. 


Milliy ma’naviy negizlar tushunchasi va uning mohiyati. 

2. 


Milliy ma’naviy negizlarning  demokratik jamiyat qurishdagi o’rni. 

3.Milliy ma’naviy negizlarning  demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati. 

 

Bugun  shuni  alohida  qayd  etish  mumkinki,  demokratiya  turli  xil  milliy-madaniy  sharoitlarda 



yashay  olish  xususiyatiga  ega  ekanligini  isbotlay  oldi.    Bu  degani  bir  tomondan  demokratiyaning 

milliy  xususiyatlari  mavjudligini  ko’rsatsa,  ikkinchidan  uni  turli  xalqlar,  millatlar  hayotida, 

davlatchilik qurilish an’analarida namoyon bo’lishidan dalolatdir. Shunda o’zining milliy-ma’naviy 

qadriyatlariga tayanmagan, uni hisobga olib, ayni paytda umuminsoniy qadriyatlar, tamoyillar bilan 

uyg’un bo’lmagan demokratiyani haqiqiy demokratiya yoki demokratik jamiyat deb bo’lmaydi.  

Har bir xalqning milliy ongida shu xalqqa xos va mos bo’lgan, tarixan shakllangan asosiy jihatlar 

borki, u shu xalqning ruhiyatini, mentalitetini, xarakterini  ifodalaydi va ular mamlakatning siyosiy 

tizimida  o’zining  izlarini  qoldirmasligi  mumkin  emas.  Albatta  dunyo  taraqqiyotida  demokratiya 

umuminsoniy qadriyat  sifatida turli  xalqlar, millatlar tafakkuri va turmush  tarziga singgan, e’tirof 

etilgan.  Va  shunga  mos  e’tibor  berilayotgan,  amal  qilib  kelinayotgan  boshqarish  uslubidir.  Bu 

umumiy  qonuniyat.  Ayni  paytda,  ana  shu  umumiy  qonuniyatning  ikkinchi  muhim  bir  jihatini 

hisobga olmaslik ham mumkin emas. Bu har bir xalqning hayot tarzi, mintaliteti, demokratiyani his 

etish,  anglash,  tushunish  va  unga  amal  qilish  xususiyatining  mavjudligi  bilan  bog’liq.  Hamma 

xalqlar  uchun  yagona  siyosiy  idora  etish  uslubi  ham,  yagona  jamiyat  andozasi  ham  yo’q.  Birini 

ikkinchisidan afzal ko’rish ham mumkin emas. Umuminsoniy qadriyatga aylangan demokratiyaning 

hamma  uchun  muhim  va  ahamiyatli  bo’lgan  jihatlarini  tan  olib,  uni  har  bir  xalqning  milliy-

ma’naviy  ruhiyati  asosida  qaror  topishi  va  umuminsoniy  hodisaga  aylanishini  e’tirof  etmaslik 

jamiyat  rivojiga,  demokratik  taraqqiyot  mantig’iga  to’g’ri  kelmaydi.  Demokratiya  qanchalik 

umuminsoniy ma’no va qadriyat kasb etmasin, uning negizini, unga ruhiy kuch-quvvat beradigan, 

uni  boyitib  turadigan,  rang-barangligini  ta’minlaydigan  “milliylik”,  “milliy  ruhiyat”  milliy-

ma’naviy qadriyatlardir. Demokratiya milliylikni, milliy ruhiyatni hisobga olmasa, unga tayanmasa, 

o’z mohiyatiga zid bo’lib qoladi. 

Jamiyatning  hayotida  demokratik  qadriyatlarning  chuqur  singib,  joy  olib  borishi  xalqning 

siyosiy-madaniy  ongi,  ularning  siyosiy  demokratiya  va  bugungi  bozorning  asosiy  talablari, 

tamoyillarini  qabul  qilish,  hamda  tadbiq  etishga  tayyorlik  darajasiga  ham  bog’liq.  Boshqacha 

aytganda har bir xalq unga, ya’ni siyosiy o’z-o’zini tashkil etish shakllariga, mexanizmlariga tayyor 

bo’lib  etishishi  ham  zarur.  Bu  uzoq  davom  etadigan,  uzluksiz  jarayon  bo’lib,  muayyan  tarixiy 

tajribaga  ega  bo’lishni  ham  taqoza  etadi.  Demokratiyaning  G’arbona  ko’rinishi  kimgadir  “afzal” 

tuyulayotgan bo’lsa, bu demak yoki G’arbona demokratiyani birtomonlama ko’rish, unga ortiqcha 

baho  berib,  uning  milliy-ma’naviy  xususiyatlarini  e’tirof  etmaslikni  anglatadi.  Yoki  Sharqona 

demokratiyaning  zamondan  orqada  qolgan  ayrim  jihatlari,  mintalitetimizdan  chuqur  joy  olgan 

ayrim  nosog’lom  steriotiplarni  o’zgartirishga  ehtiyoj  mavjudligini  ko’rsatadi.  Sharqona 

demokratiya  ham  umume’tirof  etilgan  demokratik  tamoyillarga  tayanadi.  Ayni  paytda  o’zining 

mintaqaviy, umumiy milliy-ma’naviy  xususiyatlarini hisobga olishni anglatadi.  U ham o’z ichida 

rang-barang va nisbiy hodisa. Bu sharq xalqlarining tarixan qaror topgan qadriyatlaridagi o’ziga xos 

milliy  xususiyatlaridir.  Ular  xalqlarning  tafakkur  tarzida,  urf-odat  va  an’analarida  siyosiy  hayot, 

inson,  jamiyat  va  davlatga  qarashda  amal  qiladigan  o’ziga  xos  siyosiy-madaniy  xulq-atvor 

ko’rinishlarida  namoyon  bo’ladi.  Bu  xalqimiz  hayotida  qadim-qadimdan  jamoa  bo’lib  yashash 

ruhiyatining  ustuvorligi,  oila,  mahalla,  el-yurt  tushunchalarining  odamlar  qalbidan  chuqur  o’rin 

olib,  ota-onaga,  mahalla-kuyga,  jamoatga  yuksak  hurmat  va  etibor  bilan  qaralishi,  kattalarga 

hurmat, kichiklarning izzat qilinishi, onalarga va umuman ayol zotiga alohida ehtirom ko’rsatilishi, 

sabr-bardoshlik  va  mehnatsevarlik,  mehr-oqibatli  bo’lish  bilan  bog’liq  tamoyillar  avlodlardan  - 

avlodlarga  o’tib  kelayotgan  qadriyatlardir.  Bunday  qadriyatlar  tabiiy  ravishda  demokratiyaning 

umuminsoniy  tamoyillari  bilan  o’zaro  munosabatda,  uzviy  bog’liq.  Lekin  bir  narsani  hayotda 

kuzatish  mumkin,  ayrim  hollarda  milliy-ma’naviy  qadriyatlarga  tayanish  demokratiyaning 


umuminsoniy  tamoyillaridan  ko’ra  ustunroq  bo’lib  qolish  hollari  ayrim  kishilar  faoliyatida 

uchraydi.  Masalan,  qonun  ustuvorligi  demokratiyada  umumbashariy  qadriyat  hisoblanadi.  Unda 

milliy manfaatlar ham o’zining ifodasini topgan. Lekin, masalan, kattaga hurmat deb, yoki mening 

mahallam deb, ayrim uchraydigan salbiy hatti-harakatlarni yashirsak, noqonuniy hatti-harakatlardan 

ko’z yumsak bu jamiyat hayotiga, har birimiz uchun ham yomon oqibatlarni sodir bo’lishiga sabab 

bo’lishi, o’zimiz ham unga sababchi bo’lib qolishimiz mumkin. Bunday holatda haqiqatni aytish va 

ayta olish Sharqona demokratiyaga zid bo’lgan holat emas. Shu uchun ham u ko’pchilikning hayot 

tarzi  va  faoliyatidagi  xulq-atvor  normasiga,  qadriyatga  aylanishi  zarur.    Sharqona  demokratiya 

“axloq”  va  “ma’rifat”  munosabatlari,  hamda  an’analarga  ko’proq  bog’langanligi  bilan  ham  farq 

qiladi. Bu hech qachon demokratiyaning umumbashariy qadriyatlariga soya solmaydi.  

G’arb  demokratiyasida  ham  xuddi  shunday  xususiyatlarni  keltirib,  uni  G’arb  hayot  tarzi  va 

ko’nikmalariga nisbatan qiyosiy talqin etish mumkin. Ayni paytda u ko’proq “an’analar”ga emas, 

uni  hisobga  olgan  holda  qonunga,  shaxs  erkinligi,  Sharq  nuqtai  nazaridan  yondoshganda  qonun 

asosidagi “individualizm”ga asoslanib fuqaro siyosiy madaniyatiga chuqur singganligini ko’ramiz. 

Bundan  G’arb  demokratiyasi  jamoani,  milliy-ma’naviy  xususiyatlarni      mutlaqo  tan  olmaydi,  u 

jamoatchilikdan  ham,  insoniy  mehr-oqibat  munosabatlaridan  ham  mutlaqo  begona  degan  xulosa 

kelib  chiqmaydi.  Sharqning  o’ziga  xos  jihati  demokratiyani  individuallik  bilan  jamoaviylikni 

mushtarak holda qabul qilib, u bilan (oila, guruh, jamoa, mahalla, davlat) uyg’un holda ko’rishida 

ko’proq  namoyon  bo’ladi.  Unda  individ  (shaxs)  erkinligi  va  manfaatlarining  jamoa  fikri, 

manfaatlari bilan o’zaro munosabatida jamoaning fikri, manfaatlarining ayrim holatlarda ustuvorligi 

mavjud.  Uni  inkor  etib bo’lmaydi.  Bu  esa  individ,  alohida  shaxs  manfaati  jamoaga  zid  qo’yiladi, 

degan ijtimoiy ma’noni bermaydi. Buni qaysidir darajada jamiyat va shaxs munosabatlarini, shaxs 

hayoti  faoliyatini  jamiyatdan  tashqarida  emasligi,  aksincha  u  bilan  bog’liqlik  falsafasiga  tayanadi 

deyish  mumkin.  Shaxsning  erkinligi,  huquqlari  jamoat  manfaati  bilan  ko’proq  bog’liq  holda 

qaralishi bilan farq qiladi.  

G’arbda  to’g’ri  deb  topilgan  individning  qonun  asosidagi  ayrim  hatti-harakati,  xulq-atvori 

holatlarini Sharq an’anasiga ko’ra jamoatchilik osongina qabul qilmasligi va qonunga zid bo’lmasa 

ham  to’g’ri  deb  hisoblamasligi  mumkin.  Bunga  G’arb  ko’proq  qonunga  asoslangan  holda  baho 

bersa, Sharq jamoatchilik, qadriyatlar, an’analarni hisobga olib uni qonun bilan muvoffiq ko’radi. 

Hamda baho beradi.  Rag’batlantiradi  yoki  jazolaydi  ham.  Shuning uchun Sharqda qonun ijtimoiy 

axloq ko’rinishlari bilan doimo o’zaro muvozanatda bo’ladi. Shaxs xatti-harakatiga baho berganda, 

umume’tirof  etilgan  qonuniy  me’yorlar  bilan  birga  an’anaviy  me’yorlar,  axloq  ko’rinishlari  ham 

ustuvorlik  kasb  etadi.  Lekin  bu  qonuniy  asoslarga  zid  bo’lmaydi.  Qonun  ustuvorligi  shu  jihatdan 

ham ko’proq hayot tarzimizga singib bormoqda. Lekin hali hamma ham unga to’liq ko’nikib olgani 

yo’q.  An’anaviy  holatlar,  mo’ljallarimizga  faqat  axloq  normalari  nuqtai  nazardan  qarash,  ayrim 

holatlarda  qonunni  ham  “chetga”  chiqarib,  unga  noqonuniy  tarzda  yondoshish  oqibatida 

jamoatchilik  fikri,  jamoa  nufuzi,  sha’ni,  or-nomusining  qonuniy  asoslardan    ustuvor  kelib  qolish 

hollariga urunishlar, shunga moyillik hayotimizda ayrim hollarda uchraydi.  

Bu  yaxshimi  yoki  yomon  degan  savolga  javob  berish  oson  emas.  Agarda  yaxshi  deb  javob 

bersak,  o’z  manfaatiga  va  qonuniy-huquqiy  holatiga  to’g’ri  kelmasligini  anglab  etgan  kishi  o’z 

“erkinligini”  kamsitilgan  deb  his  etishi  mumkin.  Agarda  yomon  deyiladigan  bo’lsa,  unda  biz 

o’zimizning ayrim xususiyatlarimizga, an’analarimizga, jamoaga nisbatan tarixan shakllanib kelgan 

qadriyatlarga nisbatan “hurmatsizlik” qilgan bo’lamiz. To’g’rirog’i kimdir shunday qarashi va baho 

berishi aniq. 

Shuning  uchun  ham,  inson  haq-huquqlari  esa  aniqlikni,  inson  manfaatini  ustuvorligini,  uni 

qonunga  mos  bo’lishini  taqozo  etadi.  Shuning  uchun  ham  qonunga  tayanish  va  qonun  asosida 

muammoni  hal  etish  umume’tirof  etilgan  umuminsoniy  demokratik  qadriyatdir.  “O’zbekiston 

Respublikasida  demokratiya  umuminsoniy  printsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko’ra  inson,  uning 

hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.” (13-

modda)  deyiladi.  Shunga  asoslanish  va  tayanib  ish  ko’rish  Sharq  va  G’arb  demokratiyasi  uchun 

ham umumiy, mushtarak nuqtalardir.  


Demokratiyaning Sharqona va G’arbona ko’rinishlari ham milliy-ma’naviy xususiyatlarni e’tirof 

etadigan,  unga  tayanadigan  umuminsoniy  mohiyat  kasb  etadi.  Demokratiyaning  qanday  shakli 

bo’lishidan  qat’iy  nazar  milliy-ma’naviy  xususiyatlardan  ozuqa  oladi,  unga  tayansagina 

umuminsoniy  qadriyatga  aylanib  boradi.  Bu  xalqlar  hayotida  muhim  o’rin  tutadi.  Demokratik 

jamiyat qurishni kafolatlaydi.  

Demokratiyaning  biron-bir  ko’rinishini  mutloqlashtirib  bo’lmaydi.  Demokratiyaning  milliy 

xususiyatini ham, umumbashariy tamoyillarini tan olishni jamiyat rivoji, davlat va jamiyat qurilishi, 

uni  erkinlashtirish  jarayonlari  taqoza  etadi.  O’zbekistonda  demokratiyaning  Sharqona 

xususiyatlarining  e’tirof  etilishining  mohiyatini  shunda  ko’rish  mumkin.  Shuning  uchun  ham 

mamlakatimizda  demokratiyaga  milliy  va  umumbashariy  qadriyat  sifatida  qaralmoqda.  Aks  holda 

biron-bir  davlat  yoki  jamiyat  qurilishi  boshqa  davlat  yoki  xalqlar  uchun  yagona  andoza  bo’lib 

xizmat  qilavergan  bo’lar  edi.  Bu  esa  demokratik  taraqqiyotning  xilma-xilligiga,  rivojlanish 

modellarining rang-barangligiga to’g’ri kelmaydi.           

Umuminsoniy        qadriyatlar        inson  ma’naviy,      ijtimoiy      kamolotining  qandaydir        alohida,    

boshqalardan  ajralgan    tomoni    emas.  Umuminsoniy  qadriyatlar  milliy  va  mintaqaviy 

qadriyatlarning  umumlashgin  ifodasidir.  Umuminsoniy  qadriyatlar  butun  insoniyatga  xos 

qadriyatlar  asosida  tashkil  topadi  va  rivojlanadi.  Ular  ayni  vaqtda  barcha  milliy  qadriyatlarning    

bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham xizmat qiladi. 

Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma erda barqaror bo’lishiga 

intilish,  inson  huquqlari  poymol  etilishiga  yo’l  qo’ymaslik,  hamma  xalqlarning  milliy  mustaqillik 

uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, 

hamma  erda  tinchlik,  osoyishtalik  qaror  topishiga  harakat  qilish,  atrof-muhitni  toza  saqlash 

umuminsoniy qadriyatlarning xozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. 

Markaziy  Osiyo    xalqlari  ming  yillar  davomida  bir-biri  bilan  yaqindan  iqtisodiy  va  siyosiy 

aloqalar  o’rnatganlar.  Ularning  turmush  sharoitlari,  tili,  madaniyati,  dini,  urf-odatlari  bir-biriga 

yaqin bo’lishi ko’plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli 

joylarda bir-biridan biroz farq qilsa-da, mohiyat jihatidan yaqindir. 

Mehmondo’stlik, bolajonlik, yaqin qo’ni-qo’shnichilik, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish

qarindosh-urug’lar, do’stlar bilan yaqin aloqada bo’lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O’rta 

Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo’lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand mehmondo’stlik bilan 

bog’liq udumlar mintaqamizning hamma erida keng tarqalgan yaxshi an’ana bo’lsa ham, ular turli 

joylarda bir-biridan farq qiladi. 

Keksalarni,  ota-onalarni  hurmat  qilish  ham  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  o’ziga  xos  yuksak 

ma’naviy boyligidir. 

Keksalar  ko’pni  ko’rgan,  aql  va  idrok  bilan  har  ishda  maslahat  bera  oladigan,  yoshlarga  katta 

tarbiyaviy ta’sir ko’rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat qilish, ulardan saboq olish, hayot 

tajribasini  o’rganish  ma’naviy  kamolot  uchun  yangi  imkoniyatlar  izlashga  harakat  qilishdir.  Ota-

onani hurmat qilish, ularning gapiga, pand-nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. 

Ota-ona  hech  vaqt  o’zining  farzandiga  yomonlikni  ravo  ko’rmaydi.  Ular  hayotda  ko’p  og’irlik, 

engilliklarni  ko’rgani  sababli,  farzandlarining  istiqbolini  ham  ulardan  ko’ra  ko’proq  o’ylaydilar. 

Ba’zan  ota-onaning  nasihatlari  noqobil  farzandlarga  og’irroq  tuyuladi.  Bu  -  hayotni  chuqur 

bilmaslik,  hayotning  turli  jarayonlariga  engil-elpi  qarashning  oqibatidir.  Farzandlar  ota-onaning 

qadrini  o’zlari  ota-ona  bo’lganidan  keyingina  fahmlab  oladilar.  Bu  davr  ichida  ular  ma’naviy 

kamolotning  ko’p  imkoniyatlarini  qo’ldan  boy  berib  qo’yadilar.  Shuning  uchun  ulkan  ma’naviy 

qadriyat bo’lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak. 

Ota-onaga bo’lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin bizning mintaqamizda bu 

qadriyatni e’zozlash boshqa joylarga nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo’li bilan uy-joy qurishda, 

uy-joylarni  ta’mirlashda  bir-biriga  yordam  ko’rsatish,  etim-esirlarning,  beva-bechoralarning 

peshonasini  silash,  mehr-muruvvatli  bo’lish,  ularni  qarindosh-urug’lar  o’z  himoyasiga  olib,  xoru 

zor bo’lib qolishiga yo’l qo’ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos qadriyatdir. 

O’zbekiston  suveren  demokratik  davlat  bo’lib,  xalq  davlat  hokimiyatining  asosiy  manbai 

hisoblanadi.  Bu  haqda  Konstitutsiyaning  13-moddasida  shunday  deyilgan:  «O’zbekiston 



Respublikasi  demokratik  umuminsoniy  printsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko’ra  inson,  uning  hayoti, 

erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 

Demokratik  huquq  va  erkinliklar  Konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  himoya  qilinadi»

1

.  Demak, 



demokratik  davlatda  xalq  davlat  hokimiyatining  asosiy  manbai  bo’lib,  umuminsoniy  tamoyillarni 

amalga  oshirish  orqali  inson  va  jamiyatning  farovonligini,  barcha  xalqning  turmush  darajasini 

oshirib borishga erishadi. 

Katta  ijtimoiy  va  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  mintaqaviy  qadriyatlardan  yana  bari  - 

jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik  fikri  odamlar o’rtasidagi  bir-biriga  yaqinlik,  o’zaro hurmatning 

ifodasi bo’lib, keng foydalanish mumkin bo’lgan qadriyatdir. 

Xulosa  qilib  aytganda  qadriyatlar  jamiyat  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida  shakllangan  va 

rivojlangan, o’tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan, 

kishilar  ongiga  singib,  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan  moddiy,  ma’naviy  boyliklardir.  Shu  nuqtai 

nazardan,  tarixiy  tajriba,  an’analarning  meros  bo’lib  o’tishi  -  bularning  barchasi  yangidan  yangi 

avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolishi lozim. 

Demak,  milliy  qadriyatlar  umuminsoniy  demokratik  tamoyillar  bilan  uyg’unlashtirilsa, 

shundagina  jamiyat  taraqqiyotining  rivojlanishida  uning  o’rni  alohida  ahamiyatga  ega  bo’ladi. 

Ammo  sho’rolar  davrida  qadriyatlar  bir  tomonlama  yoritilar,  bu  borada  ko’p  tadqiqotlar  olib 

borilgan  edi.  Lekin  milliy  qadriyatlarning  mavjudligi  e’tibordan  chetda  qolar  edi.  Bunday 

“tadqiqot”lardan  maqsad  har  bir  millatning  o’z  muayyan  tarixiy  tajribasi  asosida  o’z  qadriyatlari 

tizimi  shakllanganiga  qadar  kishilarning  e’tiborini  tortmaslik,  demokratiyaning  umumjahon  va 

umumbashariy  tamoyillari  esa  sinfiy  asosda  talqin  etilar  edi.  Tanlab  olingan  va  umumjahon 

tamoyillar va qadriyatlar ichida eng nufuzli joyni ulug’ millatning qadriyatlari egallab turardi.  

«Bugungi  kunda,  -  mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  -  an’anaviy 

qadriyatlarimizni  demokratik  jamiyatning  qadriyatlari  bilan  uyg’unlashtirish  kelajakda  yanada 

ravnaq  topishimizning  jamiyatimiz  jahon  hamjamiyatiga  qo’shilishining  garovidir»

1

.  Shu  nuqtai 



nazardan  umumbashariy  demokratik  tamoyillarni  qaror  toptirish,  ko’p  bor  ta’kidlanganidek, 

jamiyatimiz  taraqqiyotidagi  eng  murakkab  masalalardan  biridir.  Ayniqsa,  bu  uzoq  vaqt  totalitar 

tuzum  asoratida  yashagan sobiq ittifoq makonida, jumladan O’zbekistonda ham uning  illatlaridan 

butkul  qutula  olmagan  jamiyatda  yanada  murakkabroq  kechadi.  Ana  shu  murakkab  jarayonni, 

ijtimoiy-siyosiy larzalarga olib kelmaslikning yo’llaridan biri, qonun ustuvorligi tamoyilidir. 

Mustaqillikni  mustahkamlash    davrida      jamiyat    hayotining    siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy, 

ma’naviy,    barcha    jabhalarda    tub    tarixiy burilish bilan bog’liq bir qator muammolarni va 

vazifalarni  hal  etishni  taqozo  etadi.  Ana  shunday  ulkan  vazifa  va  mas’uliyat  xalqimizdan  bir 

tomondan ma’naviy yangilanish jarayonini to’liq idrok etishni, ikkinchi tomondan esa demokratik 

jamiyat  qurishda unga tayanishni  taqozo etmoqda. Negaki  milliy-ma’naviy  yangilanish,  yuksalish, 

taraqqiyot  omiliga  aylanmoqda.  Shu  bois,  mustaqillik  yillarida  jahon  tsivilizatsiyasiga  salmoqli 

hissa  qo’shgan  buyuk  allomalarimizning  merosini  ham  yangidan  ijodiy  o’zlashtirish  hayotiy 

ehtiyojga aylandi. Ayniqsa,  Imom Buxoriy,  Imom  at-Termiziy, Hoja Bahouddin  Naqshband, Hoja 

Ahmad  Yassaviy,  Al-Xorazmiy,  Ahmad  Farg’oniy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Amir  Temur,  Mirzo 

Ulug’bek,  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  Abdulla  Qodiriy,  Cho’lpon,  Fitrat, 

Behbudiy,  Usmon  Nosir  va  boshqa  ko’plab  buyuk  siymolarimiz  ilmiy-adabiy  merosini  o’rganish 

mamlakatimizda  barpo  etilayotgan  demokratik  jamiyatning  milliy-ma’naviy  negizlarini  tashkil 

etmoqda.  Mustaqilligimizning  dastlabki  kunlaridanoq,  ajdodlarimiz  tomonidan  ko’p  asrlar 

mobaynida  yaratib  kelingan  g’oyat  ulkan,  bebaho  ma’naviy  va  madaniy  merosni  tiklash  davlat 

siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.  

Biz  ma’naviy  qadriyatlarni  tiklashni milliy  o’zlikni  anglashning  o’sishidan,  xalqning  ma’naviy 

sarchashmalariga,  uning  ildizlariga  qaytishdan  iborat  uzviy,  tabiiy  jarayon  deb  hisoblaymiz.

11

 

                                                 



1

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2003. 11-б. 

1

 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т.6. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 135-б. 



11

 Каримов И.А Ўзбекистон ХХI аср бўсајасида: хавфсизликка таідид, барєарорлик шартлари ва тараєєиёт 

кафолатлари. Т.: Ўзбекистон, 1997, 137-138-бетлар. 


Masalaning  xuddi  shu  jihatiga  urg’u  berib,  mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  o’zining 

«O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida bayon etilgan oltita ustuvor yo’nalishning  bajarilishi 

kerak  bo’lgan  ulkan  vazifalar  paydo  bo’ldi.  Xalqimiz  siyosiy  mustaqillik  va  ozodlikni  qo’lga  

kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’ziga xos milliy ma’naviyat va madaniyatning sohibiga  

aylandi.

12

  



  O’zbekiston  bugungi  kunda  tom  ma’nodagi  asrga  teng  buyuk  voqealarni  boshidan 

kechirmoqda. Tarixdan ma’lumki, biror xalq ha¸tida tub burilish sodir bo’la¸tgan davrlarda jamiyat 

yangi istiqbollar sari bormog’i uchun ijtimoiy munosabatlarni shunga muvofiq o’zgartirmog’i lozim 

bo’ladi. Shu bois ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar shaxsning va butunisicha jamiyatning tafakkurida, 

dun¸qarashida, ma’naviy olamida o’zgarishlarni taqozo etadi. 

  XX  asrning  ulug’  gumanisti  A.Shveytser:  “Voqelikni  shakllantiruvchi  kuchlar  ichida 

ma’naviyat  birinchidir”

13

,  -  degan  edi.  Biz  bugun  ulkan  imkoniyatlar  davrida  yashamoqdamiz. 



Biroq  ularni  real  voqelikka  aylantirish  yo’lidagi  g’ov  va  xafv-xatarlar  ham    mavjudligicha 

qolmoqda.   

  Si¸siy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  islohotlarni  izchillik  bilan  amalga  oshirish  uchun  avvalo,  insonlar 

ongida tub o’zgarishlar yuz berishi zarur. Zero, kishilar tafakkurini band etgan eski andozalardan, 

tor  qoliplardan,  o’z  umrini  yashab  bo’lgan  aqidalardan  xalos  etmay  turib,  yangi  davr,  tarixiy 

taraqqi¸t  bilan  tabiiy  ravishda  qo’l  ushlashib  keladigan  yangidan-yangi  muammolarni  hal  etib 

bo’lmaydi.  

Prezident  I.Karimov  “O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik 

shartlari  va  taraqqi¸t  kafolatlari”  asarida  mustaqil  taraqqi¸timizga  xavf  sola¸tgan  tashqi  va  ichki 

tahdidlar va ularning oldini olish yo’llari haqida batafsil fikr yuritib, ma’naviy qadriyatlar va milliy 

o’zlikni  anglashning  ahamiyatiga  alohida  urg’u  beradi:  va  “Biron-bir  jamiyat  ma’naviy 

imkoniyatlarini,  odamlar  ongida  ma’naviy  va  axloqiy  qadriyatlarni  rivojlantirmay  turib,  o’z 

istiqbolini tasavvur eta olmaydi”

2

, - deya alohida ta’kidlagan edi.  



Darhaqiqat, jamiyatni ma’naviy yangilamay, kishilar tafakkurini o’zgartirmay turib, demokratik 

jamiyatni  qurish,  bozor  iqtisodi¸tiga  o’tish,  umuman  hech  qanday  taraqqi¸tga  erishish  mumkin 

emas.  Zero,  demokratik  fuqarolik  jamiyati  yuksak  ma’naviyat  va  keng  ma’rifat  tantana  qilgan 

jamiyatdir. 

Yurtboshimizning 1992 yilda e’lon qilingan va dasturiy ahamiyat kasb etgan “O’zbekistonning 

o’z istiqlol va taraqqi¸t yo’li” kitobida “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy 

negizlari” deb nomlangan alohida bobida ko’rsatilgan to’rt asosiy negiz buning asosiy mazmunini 

ochib bergan: 

-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 

-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish

-insonning o’z imkoniyatlarini erkin namo¸n qilishi; 

-vatanparvarlik. 

Bu tushunchalar bir-biridan ajralmas va bir-birini taqozo etgan holda, O’zbekistonda demokratik 

fuqarolik jamiyatini qurishda mustahkam asos vazifasini o’taydi. 

Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov 2002 yil 29 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasida yana bir bor bu masalaga e’tiborni qaratib, 

shunday dedi:  

Xo’sh  jamiyatning  ma’naviyat  yangilanishi  deganda  nimani  tushunmoq  kerak?  Ma’naviy 

yangilanishning mazmun-mohiyati nimadan iborat? 

Darhaqiqat, demokratiya har bir inson uchun oliy qadriyatga, jamiyatning boyligiga aylanmog’i 

kerak.  Busiz  u  shunchaki  nazariya  ¸ki  qog’ozda  qolgan  qonunligicha  qoladi,  xolos.  “Barcha 

islohotlarimizning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson 

                                                 

12

 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барєарор тараєєиёт йўлида. 6-жилд. -Т.:Ўзбекистон, 1998. 125-бет. 



13

 Каримов И.А. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.II. -Т.: 

Ўзбекистон, 2003. 34-б. 

2

 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққи¸т йўлида. 6-жилд. -Т.: Ўзбекистон, 1998. 125-бет. 



omili  va  mezonidir.”

1

  Negaki,  bozor  iqtisodiyotini  barpo  etish  birdan-bir  maqsad  emas.  Barcha 



islohotlar  –  iqtisodiy,  demokratik,  siyosiy  islohotlardan  ko’zlangan  pirovard  maqsad  insonning 

mehnat,  ijodiy  va  ma’naviy  imkoniyatlarini  ro’yobga  chiqarishdan  iborat.  «Shu  sababli  -  deb 

ta’kidlagan edi - Prezident I.A.Karimov - jamiyatning sifat jihatidan yangi holatga o’tishida bizga 

islohot  chohida  odamlar  moddiy  ahvoli  keskin  yomonlashadigan,  axloqiy  qadriyatlar,  ma’naviy 

tayanchlar  barbod  bo’ladigan,  o’tish  davrining  barcha  qiyinchiliklari  aholi  elkasiga  tushadigan 

andoza maqbul emas»

2

. Binobarin, eng avvalo, erkin fikrlaydigan odamgina o’z Vatanining haqiqiy 



farzandiga aylanadi. Chunki tafakkur ozod bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, 

inson  to’la  ozod  bo’lolmaydi.  Inson  ozod  emas  ekan  -  jamiyat  demokratik  tamoyillarni  qabul 

qilmaydi. 

Demak,  inson  manfaatlarini  amalga  oshirish  uchun  zarur  sharoit,  imkoniyat  yaratish  orqaligina 

demokratik jamiyatni barpo etish mumkin.   

O’zbekistonda  kechayotgan  demokratik    o’zgarishlarlarning  jamiyat          ma’naviy  yangilanishi 

bilan bog’liqligining yana bir  jihati  bor.  Ana  shu bog’liqlik Prezident I.A.Karimovning bir qator 

risolalarida va ma’ruzalarida alohida ta’kidlangan. U O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 

umumiy  yig’ilishida  (1994  yil  7  iyulda)  so’zlagan  nutqida  shunday  degan  edi:  «Buyuk 

ajdodlarimizning  beqiyos  ma’naviy  merosi  ming  yillik  tariximiz  va  madaniyatimizga  asoslangan 

ma’naviy  hayotimizni  tiklay  boshladik.  Dinimiz  va  tilimizga  qaytdik,  milliy  urf-odatlarimiz  va 

an’analarimiz, xullas, inson ma’naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlayapti»

1



Darvoqe,  Prezidentimizning  ma’naviyat,  uning  mohiyati  to’g’risida  nazariy-ilmiy  fikrlari  g’oyat 



chuqur va keng qamrovlidir. Shuningdek, u ma’naviy tarbiya - mamlakatimizda demokratik jamiyat 

barpo  etishning  muhim  sharti  ekanligiga  alohida  e’tibor  beradi.  Dunyo  tarixida  mustaqillik  va 

ozodlik  kurashchilari  timsoliga  aylanganlardan  biri,  XX  asr  buyuk  hind  davlat  arbobi  Maxatma 

Gandi: “Insoniyat – bu yagona oila, bo’linmas oila. Uning har bir a’zosi sodir qilgan jinoyat uchun 

har  birimiz  javobgarmiz”,  -  degan  edi.  U  ¸ki  bu  millat  ¸ki  davlat  ana  shu  insoniyat  degan  katta 

oilaning ichidagi kichik oila. Ana shu oila a’zolarida bahamjihatlik, ma’naviy mushtaraklik bo’lmas 

ekan,  ular  Gandi  so’zlarida  aks  etgan  ma’naviy  burch  hissasi  bilan  yashamas  ekan,  ¸rug’  kelajak 

haqidagi  o’ylar  xomxa¸l  bo’lib  qolaveradi.  Zero,  demokratik  rivojlanish  barqarorlik  va  ijtimoiy 

hamkorlikka tayanadi. 

Odamlar  ma’naviyat  rishtalari  bilan  bog’langandagina,  ular  xalq  millatga  aylanadi.  Chunki 

“ma’naviyat  -  insonni  ruhiy  poklanish  va  yuksalishga  da’vat  etadigan,  inson  ichki  olamini 

boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli 

botiniy kuch”dir.

2

 



Ma’naviyat  mavhum  tushuncha  emas.  U  millat  bilan,  milliy  tafakkur  bilan,  millatning  tarixi, 

asrlar  mobaynida  to’plangan  bilim  va  tajribasi,  tushunchalari,  tasavvurlari  bilan  bog’liq.  Frantsuz 

ma’rifatchisi  Jan  Jak  Russo  Evropa  jamiyati  ha¸tida  ulkan  siljishlar  sodir  bo’la¸tgan  XVIII  asrda 

xalqda milliy xarakterni shakllantirishni birinchi vazifa, deb bilgan edi. Chunki uning nazdida “har 

qanday  yaxshi  o’zgarishlarning  umumiy  maqsadlari  har  bir  davlatda  mahalliy  shart-sharoit  va 

aholining  o’ziga  xos  xususiyatlari  asosida  shakllanadigan  munosabatlarga  muvofiq  shakl  olishi 

kerak”

14

.  J.Russoning  fikrlarini  bugungi  kun  nuqtai-nazaridan  talqin  qilsak,  demokratik 



o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  adolatli,  ma’naviyati  yuksak  insonlar  jamiyatini  qurishda  jahon 

tajribasiga  tayangan  holda,  avvalo,  milliy  mentalitetni  inobatga  olish  kerakligi  ma’lum  bo’ladi. 

Ayni paytda shuni alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlar 

jamiyat ma’naviy yangilanishiga bog’liqligini faqat o’zbek millati ma’naviyati bilan bog’lash va uni 

shunday  deb  baholash  adolatdan  emas.  Balki  uning  bilan  yagona  bir  mamlakat  hududida 

                                                 

1

  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  Иккинчи  чақириқ  Олий  Мажлисининг 



тўққизинчи  сессиясидаги  маърузасида  ба¸н  этилган  асосий  вазифалар  ва  қоидаларни  кенг  ¸ритиш  бўйича 

ташкилий-маърифий тадбирлар дастури. -Т.: Ўзбекистон, 2002. Б.29.  

2

 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.I. -Т.: Ўзбекистон, 1996. –322 б. 



1

 Каримов И.А. Истиқлол ва маънавият. -Т.: Ўзбекистон, 1994. 14-б. 

2

 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоєда. -Т.: Ўзбекистон, 1999, 17-бет 



14

 Ўша манба. 



yashayotgan turli xalq va millatga mansub bo’lgan barcha aholining, turli etnik birliklar va ijtimoiy 

guruhlarning ham umumiy boyligi, deb qarash haqiqatga yaqinroq bo’ladi.  

Demak,  O’zbekistonda  demokratik  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  vazifasini  ma’naviy 

yangilanishlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Bu haqiqatni hech qachon unutmaslik kerak.  

Demokratiya  -  bu  kishilarning  birgalikda  ha¸t  kechirishi,  muammolarni  bahamjihatlik  bilan  hal 

qilishi, shaxsiy manfaatlarni jamoa, millat, davlat manfaatlari bilan uyg’un ko’rishi,  bir so’z bilan 

aytganda, murosa qilish madaniyatidir. 

1983 yili jahonning 29 mintaqasi olimlari, jamoat arboblaridan iborat “Gumanitar muammolarni 

o’rganish  bo’yicha  Xalqaro  Komissiya”  tuzildi.  Komissiya  XX  asrdagi  gumanitar  vaziyat  va  uni 

takomillashtirish ustida izlandi. Jazoir, Shveytsariya, Polsha, Avstriya, Xitoy, Hindiston, Meksika, 

Eron,  Shvetsiya,  Yaponiya  -  jami  29  mamlakatning  ma’rifatparvarlari  dun¸dagi  gumanitar 

muammolarni  amaliy  o’rgandilar.  “Insoniyat  axloqi”,  “Global  masalalar”  (ya’ni  ekologiya, 

qashshoqlik,  qurollanish,  terrorizm,  narkomafiya),  “Ommaviy  qirg’in  qurollari”,  “Qurolli 

to’qnashuvlar”,  “Daydi  bolalar”,  “Oziq-ovqat  inqirozi”,  “Cho’l-sahrolarning  kengayib 

bora¸tganligi”,  “Favquloddagi  vaziyatlar”,  “Urushlar”  kabi  halokatli  holatlarni  kelib  chiqish 

sabablarini  tahlil  etib,  barcha  muammolar  insoniy  tuyg’ularning  susayishi,  ya’ni  ma’naviy  

qadriyatlarning qadrsizlanishi bilan bog’liq, degan xulosaga keldilar. Ularning to’rt  yillik mehnati 

natijasi  bo’lgan  kitob  “Insoniyat  insoniyligini  saqlab  qola  oladimi?”  (Nyu  Jersi,  1989)  degan 

iztirobli nom bilan jahon tillarida nashr qilindi. 

Ma’naviy  barkamol  inson  haqidagi  ijtimoiy-siyosiy  qarashlar,  falsafiy            fikrlar  tarixda  kuni 

kecha paydo bo’lgan 

emas.  Uning  tarixiy  ildizlari  Sharq  mutaffakirlari  ijodiy,  falsafiy  ta’limotlariga  borib  taqaladi. 

Ayni  paytda  dunyoda  eng  rivojlangan  demokratik  mamlakatlar  tarixiy  taraqqiyotini  o’rganish 

shundan  dalolat  beradiki,  biron-bir  jamiyat  dastlab  barkamol  avlodni  voyaga  etkazmasdan  turib, 

buyuk o’zgarishlarni sodir etolmagan. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotining taqdiri, uning kelajagi 

ham  bundan  mustasno  emas.  Mamlakatimiz  Prezidenti  tomonidan ta’kidlab  kelinayotganidek,  har 

qaysi  jamiyat,  har  qaysi  davlat  va  millat  qudrati,  uning  tabiiy  boyliklari  harbiy  kuchiga  va  hatto 

ishlab  chiqarish  texnologiyalariga  ham  bog’liqligi  nisbiydir.  Uni  birinchi  navbatda  dunyoga 

tanitadigan,  yuksak madaniyatli ma’naviy barkamol insonlardir. Masalan ana shu nuqtai nazardan 

yondashish muhim ahamiyatga egadir. Negaki, demokratik jamiyatning o’zini ham faqat ma’rifatli, 

ma’naviy  barkamol  kishilargina  barpo  etishi  mumkin.  Prezident  Islom  Karimovning  Oliy 

Majlisning  Birinchi  chaqiriq,  birinchi  sessiyasida  «O’zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy 

istiqbolining asosiy tamoyillari» ma’ruzasida «Biz sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishimiz 

kerak.  Sog’lom  kishi  deganda  faqat  jismoniy  sog’lomlikni  emas,  balki  sharqona  axloq-odob  va 

umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz» - degan fikrlari mamlakatimizda 

demokratik  jamiyatni  barpo  etishda  –  barkamol  avlodni  voyaga  etkazish  strategik  ahamiyatga  ega 

ekanligi  isbotidir.  Shu  o’rinda  barkamol  shaxs  tushunchasi,  uning  demokratik  jamiyatni  barpo 

etishdagi  o’rni  masalasini  tahlil  etish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Albatta,  Sharqning  buyuk 

allomalari asarlarida komil inson masalasi doimiy ravishda katta o’rin olib kelinganligiga va ularni 

bezovta qilganligiga ham bog’liq emas. 

Bu muammoga o’z munosabatini bildirgan Yurtboshimiz shunday deydi: «Qadimgi ajdodlarimiz 

komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, Sharqona axloq 

kodeksini  ishlab  chiqqanlar».  Va  davom  etib  «Komil  inson  deganda,  biz,  avval,  ongi  yuksak, 

mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni 

tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, 

mantiq  tarozisiga solib ko’radi.  O’z fikri-o’yi,  xulosasini mantiq  asosida qurgan kishi, etuk  odam 

bo’ladi».

15

  Ana  shunday  barkamol,  etuk  insonlarni  tarbiyalab,  voyaga  etkazish  mustaqillikni 



mustahkamlash, uni ko’z-qorachig’iday asrab-avaylash talab-ehtiyoji bilan bog’liq bo’lgan ob’ektiv 

taraqqiyot zaruratidir.  

Buyuk  shoir  va  davlat  arbobi  Alisher  Navoiy  bundan  besh  asr  oldinoq  komil  insonlar  haqidagi 

                                                 

15

 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз єўлимиз билан єурамиз. 7-жилд. -Т., Ўзбекистон, 1999. 134-бет. 



ta’limotini yaratgan edi. Uning bu haqdagi fikrlari asosan «Mahbub ul-qulub», «Hayrat ul-abror», 

«Nasoyimul  muhabbat»  asarida  o’z  ifodasini  topgan.  Alisher  Navoiyning  komil  insonga  xos 

xususiyatlar,  uning  Sharqona  xislat  va  fazilatlarini  batafsil  sanab  o’tgan.  U  «Mahbub  ul-qulub» 

asarida  «Odam  ikki  dunyoning  eng  aziz  va  sharof  mahluqidir»,  degan  so’zni  keltiradi.  A.Navoiy 

fikricha, Parvardigorning olamni yaratishdan maqsadi inson edi.  

Shunday ekan, mamlakatimiz kelajagi, demokratik islohotlar taqdiri kishilarning, butun xalqning 

ongi,  ma’nviyati  darajasiga  bog’liq.  Inson  ruhiyati  sog’lom  bo’lsa,  o’zligini  anglasa,  shaxsga 

aylanadi. Kishi shaxs darajasiga ko’tarilsagina, ya’ni o’z mustaqil fikriga, dun¸qarashiga, chinakam 

insoniy  fazilatlarga  ega  bo’lganidagina,  “demokratiya  ne’matlarining  oddiy  iste’molchisi  emas, 

balki  ularning  faol  yaratuvchisi  va  himoyachisiga  aylanadi.  Va  demokratiya,  fuqarolik  jamiyati 

asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi”.

2

 



Sobiq    totalitar     tuzum     davrida olib      borilgan     xalqlarni      yalpi manqurtlashtirish      

siyosati     o’zbek xalqini      ham       o’z   tarixidan, madaniyatidan, ma’naviy quvvatidan, milliy 

hissiyotidan,  o’zligidan  ayirishga  ancha-muncha  ulgurdi.  Sovetlar  davridan  qolgan  bunday  og’ir 

“meros” haqida keyinchalik Prezident I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining 

tarixini, uning ruhi va urf odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”

1



Uzoq  yillar  davom  etgan  tutqunlik,  g’ayriinsoniy  mafkuraning  yakka  hukmronligi  bizga 

mutelikni singdirdi. Mutelik o’zbek xalqining azaliy qadriyatlari  – andisha, nazokat libosini kiydi 

va  haqiqatni  dadil  aytish,  o’z  fikrini  ochiq  bildirish,  yumshoq  aytganda,  beodoblikka, 

beandishalikka  yo’g’rildi.  Vaholanki,  demokratiya  –  yaxshi  niyatli  rostgo’ylikni,  fikr  erkinligini 

taqozo etadi. 

Afsuski,  sobiq  ittifoq  hududida  bu  kabi  eski  kasalliklardan  xalos  bo’lmagan  kimsalar  hamon 

uchramoqda.  Buni  I.Karimov  Ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasida yana bir bor alohida ta’kidlab, shunday deydi: “...o’z umrini 

yashab  bo’lgan,  si¸siy  jihatdan  kasodga  uchragan,  kommunistik  mafkuraga  asoslangan  tizimni 

sog’inib-qumsab  gapira¸tgan  ayrim  si¸sat  va  davlat  arboblari  –  eski  tuzum  tarafdorlari  yana 

qaytadan bosh ko’tara¸tganiga guvoh bo’lmoqdamiz “... Bir so’z bilan aytganda, SSSRning soyasi 

sobiq ittifoq mintaqasidan hali beri butunlay ko’tarilgan emas va buni biz doimo inobatga olishimiz, 

hamisha sergak va hush¸r bo’lib yashashimiz zarur”

2



  Shukrlarkim, xalqimiz ongi, qalbiga chuqur singigan minglab  yillik ma’naviy qadriyatlarimiz, 

milliy an’analarimiz uni zo’rlik bilan kiritishga harakat qilingan kommunistik mafkuraning domiga 

to’liq  tushib  qolishdan  asradi.  Ammo  Abdulla  Qahhor  ta’biri  bilan  aytganda:  “erning  sho’rini 

yuvish  oson  ekan-u,  odamning  ongidagi  sho’rini  yuvish  qiyin”  ekan-ki,  “manqurtlik  kasali”ning 

asoratlari  ba’zi  kishilarimiz  ongi  va  ruhiyatida  hanuzgacha  saqlanib  qolmoqda.Erkin  fuqarolik 

jamiyatini  qurishda  tarixni,  ajdodlarimiz  qoldirgan  ma’naviy  merosni  o’rganish  va  amalda 

foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.  

     Tariximiz  qancha  ko’p  o’rganilsa,  undan  bugungi  ma’naviyat,  g’oyaviy  islohotlar  uchun 

shuncha ko’p amaliy tavsiyalar chiqaveradi. Hazrat Navoiyning: “Ozod bo’lmoq istasang, o’zingni 

ozod tut”, degan so’zlari bugungi voqelik bilan bog’liq emasmi? Yoki yana bir misol: O’rta asrlar 

tibbi¸t ilmining bir tarmog’i – ma’naviyat tibbi¸ti deb atalgan ekan. “Ma’naviy tibbi¸t” degan bitta 

nomda Al-Kandi (800-860 y.y.), Abu Bakr Ar-Roziy (865-925 y.y.), Abu al-Farax Abu ar-Rahmon 

ibn  Javziy  (vafoti-1201  y.),  Abu  Ishoq  Irohim  ibn  Yusuf  Ash-Sheroziy  (vafoti  –  1093  y.)  kabi 

ko’plab  Sharq  allomalari  o’z  kitoblarini  ¸zib  qoldirganlar.  Tan  tabobati  inson  jismi  bilan  bog’liq 

kasalliklarning  oldini  olish  va  davolash  bilan  shug’ullangan  bo’lsa,  ma’naviy  tibbi¸t  inson  qalbi, 

ongini illatlardan forig’ etishga, insoniy fazilatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan. 

                                                 

2

  Каримов  И.А.  Ўзбекистонда  демократик  ўзгаришларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамияти 



асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари.. «Халқ сўзи». 2002 йил 30 август.  

1

 Каримов. И.А Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. -Т.: Ўзбекистон, 1996. 7-бет. 



2

  Каримов  И.А.  Ўзбекистонда  демократик  ўзгаришларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамияти 

асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари.. «Халқ сўзи», 2002 йил 30 август. 


Tarixning achchiq saboqlaridan yana biri shuki, ma’naviyat, axloq-odob inson xatti-harakatlari, 

faoliyati  va  ehtiyojlarining  mezoniga  aylanmay  turib,  jamiyat  bironta  muammolarni  samarali  hal 

etishi va ijtimoiy taraqqiyotga erishishi mumkin emas.  

Tarix  saboqlari  insonni  xatolardan  asraydi,  hushyorlikka  o’rgatadi,  ruhiy  evrilishdan  asraydi. 

Biroq, ta’kidlash joizki, ma’naviyat faqat meros bo’lib avloddan-avlodga o’tadigan tarixiy qadriyat 

bo’lmay,  doimiy  rivojlanib,  yangi  davr  qadriyatlari  bilan  boyib,  uyg’unlashib  boradigan,  doimiy 

harakatdagi  hodisadir.  Shuning  uchun  ham  mamlakatimiz  Prezidenti  I.Karimov  ta’kidlaganidek: 

“Bizning  an’anaviy  qadriyatlarimizni  hozirgi  demokratik  jamiyatning  qadriyatlari  bilan 

uyg’unlashtirish  kelajakda  yanada  ravnaq  topishimizning,  jamiyatimiz  jahon  hamjamiyatiga 

qo’shilishining  garovidir”

1

.  Shuning  uchun  ham  mustaqil  O’zbekistonni  rivojlantirishning  to’rt 



asosiy ma’naviy negizlari ichida “umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik” belgilandi. Bugungi kunda 

mamlakatimiz ravnaqini hozirgi tsivilizatsiya o’zida ifoda etadigan demokratiya, inson huquqlariga 

rioya  etish,  tadbirkorlik  erkinligi,  erkin  bozor  munosabatlari,  so’z  erkinligi  kabi  umuminsoniy 

qadriyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. 

Bugungi  kunda  har  qanday  milliy  tiklanish  va  milliy  rivojlanishning  asosi  bo’lgan  ma’naviy 

meros,  urf-odatlar,  an’analar,  yuksak  qadriyatlar,  tarixiy  xotira  xalqimizga  qaytarildi.  Milliy 

o’zligini, huquqlarini tobora teranroq anglab bora¸tgan xalqimiz uchun buyuk kelajakni barpo etish 

yo’lida  bu  boy  imkoniyatlardan  foydalanish,  barcha  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni  milliy 

rivojlanishga,  O’zbekistonda  demokratik-huquqiy  jamiyat  qurish  ishiga  yo’naltirishga  safarbar 

etishdek ulkan imkoniyatlar yaratildi. 

 


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin