1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958

davlatlarning  ichki  ishlariga  aralmashmaslik  va  davlatlarning  suvereniteti  hududiy  yaxlitligni 

hurmat  qilish  muhim  ahamiyatga  egadir.  O’zbekiston  o’z  diplomatiyasini  yuqoridagi  qadriyatlar 

asosida olib bormoqda. 

Iqtisodiy 

islohotlarni 

amalga 


oshirishda, 

O’zbekistonning 

jahon 

hamjamiyatiga 



integratsiyalashuvini  ta’minlashda  Xalqaro  valyuta  fondi,  Jahon  banki,  Xalqaro  moliya 

korporatsiyasi,  Evropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  kabi  xalqaro  moliyaviy,  iqtisodiy  tashkilotlar 

bilan  hamkorlik  ijobiy  samara  bermoqda.  O’zbekiston  xalq  xo’jaligidagi  aniq  loyihalarga 

sarflanayotgan  xorijiy  sarmoyalar  miqdori  yildan-yilga  ortib  borayapti.  Keyngi  yillarda  qad 

ko’tarayotgan zamonaviy inshootlar va yirik korxonalar bunga misol bo’la oladi. 

O’zbekistonda  investitsion  muhitni  shakllantirish,  eksportga  yo’naltirilgan  iqtisodiyot  vujudga 

keltirish bo’yicha aloqalar rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni 

izchillik  bilan  davom  ettirilmoqda.  Ayni  paytda  mamlakatni  jahon  bilan  bog’lovchi 

kommunikatsion  tizimlarni  rivojlantirishga  katta  ahamiyat  berilayapti.  Chet  ellardagi  taniqli 

iqtisodchilar,  xorijiy  kompaniyalar  vakolatxonalari  rahbarlari  va  mutaxassislari,  yozuvchilar  va 

jurnalistlar  bu  tadbirlar  tufayli  O’zbekiston  yaqin  kelajakda  mintaqadagi  eng  ilg’or  davlatlardan 

biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar. 

Mamlakatimizning  boy  er  osti  va  usti  resurslari,  malakali  mutaxassislari,  Markaziy  Osiyodagi 

etakchi mavqei ham jahon davlatlarini hamkorlikka undamoqda. O’zbekiston hozirgi paytda 130dan 

ortiq  xorijiy  mamlakatlar  bilan  savdo-sotiq  qiladi.  Yurtimizdagi  15  mingga  yaqin  korxona 

mahsulotlar eksport-impori bilan shug’ullanmoqda. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda 

xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o’ziga xos kafolati ekanligi 

hech kimga sir emas. 

O’zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlar- Evropada xavfsizlik va ;amkorlik tashkiloti (EXHT), 

Iqtisodiy hamkorlik tashkildoti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, Evropa Ittifoqi, NATO bilan 

esa maxsus bitimlar asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan,  NATO bilan «Tinchlik 

yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga 

munosib  hissa  qo’shmoqda.  AQSh  va  boshqa  etakchi  davlatlar  askarlari  bilan  birgalikda  har  yili 

o’tkazilayotgan harbiy mashqlar qurolli kuchlarimiz uchun o’ziga xos mahorat maktabi bo’layapti.  

  Evropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkilotiga  a’zo  davlatlar  rahbarlari  va  hukumat 

boshliqlarining  Istambul  shahrida  bo’lib  o’tgan  uchrashuvi  davrimizning  eng  muhim 

anjumanlaridan bir bo’ldi. Respublikamiz Prezidentining mazkur anjumandagi nutqi, aniq takliflari 

va  mulohazalari  bilan  yig’ilganlar  e’tiborini  qozondi.  Ayniqsa  terrorizmga  qarshi  kurash  bo’yicha 

xalqaro  markaz  tashkil  etish  borasidagi  taklif  ko’plab  davlatlar  tomonidan  qo’llab-quvvatlandi. 

Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi  doirasida  ana  shunday  markazning  ta’sis  etilishiga  ham 

O’zbekiston rahbariyatining taklifi sabab bo’ldi. 


O’zbekiston  o’zining  tashqi  aloqalarini  ham  ko’p  tomonlama,  ham  ikki  tomonlama  asosda 

tashkil  etish  tarafdoridir.  Bugungi  kunda  er  yuzining  turli  chekkalarida  ishonchli  va  manfaatdor 

sheriklarimiz bor. Ularning doirasi muntazam kengayib bormoqda. Shu o’rinda Amerika Qo’shma 

Shtatlari bilan munosabatlarimizni tilga olishimiz mumkin. Bu munosabatlar ikkala davlatlar uchun 

ham  muhim  bo’lgan  yo’nalishlarda  izchillik  bila  rivojlanib  bormoqda.  O’zbekiston  rasmiy 

hay’atining  2002  yilda  AQShga  tashrifi,  strategik  hamkorlikni  vujudga  kelishi  va  imzolangan 

hujjatlar,  bir  qator  xalqaro  anjumanlarda  ikki  davlat  rahbarining  o’zaro  muloqotlari,  samimiy 

yozishmalar  o’zaro  aloqalar  darajasidan  dalolat  beradi.  Dunyoning  etakchi  davlati,  juda  katta 

siyosiy,  iqtisodiy,  harbiy-texnikaviy,  intellektual  salohiyatga  ega    bo’lgan  AQSh  bilan  har 

tomonlama  munosabatlarni  rivojlantirish  va  chuqurlashtirish  mamlakatimiz  uchun  muhim 

ahamiyatga ega. 

Evropa  Ittifoqi  bilan  1996  yilda  imzolangan  sheriklik  va  hamkorlik  haqidagi  shartnoma  1999 

yilning  1  iyulida  kuchga  kirdi.  Mamlakatimizning  Evropa  davlatlari  bilan  keng  miqyosli  aloqalari 

uchun qulay imkoniyat vujudga keldi. Tabiiyki, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya kabi ilg’or 

davlatlarning  demokratik  jamiyat  qurish  borasidagi  tajribalari,  ishlab  chiqarishdagi  ilg’or 

texnologiyalari biz uchun muhim ahamiyatga ega.  

Keyingi  yillarda  Sharqiy  va  Janubi-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari-  Yaponiya,  Koreya 

Respublikasi,  Xitoy  va  boshqa  davlatlar  bilan  aloqalarimiz  kengaydi.  O’zaro  manfaatli 

hamkorligimiz  samaralarini  birga  qurilayotgan  korxonalarda,  qad  ko’tarayotgan  inshootlarda, 

bozorlarimizdagi xilma-xil mahsulotlarda ko’rish mumkin. 

Albatta,  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligiga  a’zo  mamlakatlar,  shu  jumladan,  Markaziy  Osiyo 

respublikalari bilan hamkorlik tashqi siyosatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. 

Bunga  sabab,  Hamdo’stlik  mamlakatlarimizning  hududiy  yaqinligi  va  iqtisodiy  jihatdan 

bog’langanligigina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy va ma’naviy aloqalar, katta tarixiy 

davr mobaynida xalqlarimizning mushtarak taqdirga ega bo’lganligidir. 

Rossiya  Federatsiyasi  bilan  mustaqillik  yillarida  shakllangan  o’zaro  manfaatli  va  teng  huquqli 

hamkorlik  yaxshi  samara  berayotganligini  alohida  ta’kidlash  zarur.  Ikki  mamlakat  o’rtasida 

diplomatik  munosabatlar  o’rnatilgan  1992  yildan  buyon  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  boshqa 

sohalarda  jami 150 dan ortiq hujjat imzolangan. 1998 yil may oyida I.Karimovning Rossiyaga va 

o’sha yil oktyabrida B.Eltsinning mamlakatimizga rasmiy tashriflari, safar davomida qabul qilingan 

hujjatlar,  ayniqsa,  1998-2007  yillarga  mo’ljallangan  iqtisodiy  hamkorlik  to’g’risidagi  shartnoma 

o’zaro  aloqalarni  mustahkamlashda  muhim  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  V.Putin  prezident  sifatida  ilk 

safarni  O’zbekistondan  boshlaganligi  ham  Rossiya  rahbariyati  mamlakatimizni  o’zining  strategik 

sheriklaridan biri, Markaziy Osiyodagi etakchi davlat deb bilishidan dalolat beradi. 

O’zbekiston,  Qozog’iston,  Qirg’iziston  o’rtasida  yagona  iqtisodiy  makon  tashkil  etish  haqida 

imzolangan shartnoma Markaziy Osiyo integratsiyasi yo’lidagi ilk qadam bo’lgan edi. 1998 yili bu 

shartnomaga  Tojikiston  ham  qo’shildi.  Hozirgacha  o’zaro  hamkorlik  haqida  150  dan  ortiq  hujjat 

imzolandi.  Endilikda  Davlatlararo  kengash  ishlab  turibdi,  Hamdo’stlik  dasturlarini  ro’yobga 

chiqarish bo’yicha ijroiya qo’mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan. 

Mazkur  integratsiya  xalqimizning  manfaatlariga  to’la  mos  keladi,  mintaqamizda  barqarorlik  va 

tinchlikni mustahkamlashga yordam beradi. 2000 yil 20-21 aprel kunlari O’zbekiston, Qozog’iston, 

Qirg’iziston  va  Tojikiston  prezidentlarining  Toshkentda  bo’lib  o’tgan  uchrashuvi  chog’ida 

imzolangan  terrorizmga,  siyosiy  va  diniy  ekstremizmga,  xalqaro  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi 

kurash yuzasidan birgalikdagi harakatlar to’g’risidagi shartnoma bunga misol bo’la oladi. 

Mamlakatimiz  rahbari  o’zining  «O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 

barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  kitobida  tarixni  mojarolar  va  adovat  emas,  balki 

xalqlar o’rtasida hamkorlik va ishonch olg’a harakatlantiradi, deb ta’kidlagan edi. O’zbekistonning 

keng miqyosli xalqaro aloqalari ana shu fikrning amaliy ifodasidir. 

Bugungi kunda O’zbekistonda demokratik jarayonlarni shunchaki  e’tirof   etish  emas,    balki    

uni    har    tomonlama                                     rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Chunki 

demokratik  qadriyatlarning  qanchalik  rivojlanishi,  davlatni,  xalqni  shunchalik  taraqqiyotiga  olib 

keladi.  Demokratik  qadriyatlarni  himoyalash  esa  muhim  ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun 



O’zbekiston  tashqi  siyosatining  eng  muhim  yo’nalishlaridan  biri  -  minataqviy  xavfsizlik  va 

barqarorlikni ta’minlash, xalqlar tinchiligiga rahna soluvchi terrorizmning har qanday ko’rinishiga 

qat’iy  kurash  olib  borishdan  iborat.  Davlatimiz  ana  shu  maqsad  yo’lida  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti,  Evropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkiloti,  bir  qator  davlatlararo  va  nohukumat 

xalqaro  tashkilotlar  bilan  keng  qamrovli  aloqalarni  izchil  rivojlantirib  bormoqda,  ayni  vaqtda  bu 

tashkilotlar ishida faol ishtirok etmoqda. Jahon hamjamiyati O’zbekistonning mintaqa xavfsizligini 

ta’minlash,  nizolarni  siyosiy  choralar  bilan  bartaraf  etish,  Markaziy  Osiyo  mintaqasini  yadro 

qurolidan  holi  xudud  deb  e’lon  qilish,  narkobiznesga  qarshi  kurashda  sa’yi  harakatlarini 

muvofiqlashtirish,  Afg’onistondagi  mojarolarni  tinch  yo’l  bilan  hal  etish  borasidagi  konstruktiv 

tashabbuslarini qo’llab-quvvatlamoqda. 

1997 yil 19-20 iyul kunlari «6+2» guruhining Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvi bunga misol 

bo’la  oladi.  Unda  birinchi  bor  muxolif  tomonlarning  yuzma-yuz  muzokara  olib  borishlari  uchun 

imkon  yaratilganligini  andjuman  yakunida  «Afg’oniston  mojarosini  tinch  yo’l  bilan  hal  etishning 

asosiy printsiplari» haqida Deklaratsiyaning qabul qilinishini xalqaro jamoatchilik afg’on zaminida 

tinchlik o’rnatish qaratilgan jiddiy qadam sifatida baholadi. 

   Mazkur  anjuman  O’zbekiston  rahbariyatining  ko’p  yillik  sa’yi-harakatlari  natijasi  bo’ldi. 

Afg’onistondagi  urushning  o’z  vaqtida  tinch  yo’d  bilan  hal  etilmasligi  mintaqaviy  va  global 

xavfsizlikka  tahdid  solishi  mumkinligini  oldindan  ko’ra  bilgan  O’zbekiston  Prezidenti  Islom 

Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1993 va 1995 yilllardagi sessiyalarida, Evropada Xavfsizlik 

va Hamkorlik Tashkiloti sammiti va boshqa qator muhim anjumanlarda xalqaro hamjamiyat diqqat 

e’tiborini  afg’on  xalqini  urush  dahshatlaridan  xalos  etish,  mojarolarni  tinch  yo’l  bilan    hal  qilish 

masalalariga jalb etgan edi. 

O’zbekiston  rahbarining  Afg’on  muammosini  hal  etish  va  mintaqa  xavfsizligini  ta’minlashga 

qaratilgan  konstruktiv  tashabbuslari  BMT  shafeligidagi  «6+2»  guruhining  (Eron,  Pokiston, 

Tojikiston,  Turkmaniston,  O’zbekiston,  Xitoy  hamda  AQSh  va  Rossiya)  tashkil  etilishiga  asos 

bo’ldi. Guruhning birinchi uchrashuvi Nyu-York shahrida 1997 yilda bo’lib o’tgan edi. 

Afg’onistondagi  qarama-qarshi  tomonlar  «6+2»  guruhning  Toshkent  uchrashuvidan  keyin  ham 

jangovor harakatlarini davom ettirganligi xalqaro jamoatchilikda keskin noroziliklar uyg’otdi. BMT 

Xavfsizlik Kengashi 1999 yil 15 oktyabrda «Tolibon» harakatiga qarshi cheklangan jazo choralarini 

joriy  etish  haqida  rezolyutsiya  qabul  qildi.  Unda  o’zini  Afg’oniston  islom  amrligi  deb  atayotgan 

afg’on  guruhi  tomonidan  xalqaro  terrorchilar  va  ularning  tashkilotchilariga  boshpana  berilib, 

qo’llab-quvvatlanayotganligi  qat’iy  qoralanib,  xalqaro  terrorchilikda  ayblanayotgan  Usama  Bin 

Ladenni odil sud hukmiga topshirish talab qilingan edi. 

      Afsuski,  Afg’oniston  zamini  hamon  qarama-qarshi  kuchlar  janggohi,  xalqaro  terrorchilarga 

boshpana  beruvchi  markaz,  narkotik  moddalar  va  qurol-yaroq  tarqatish  manbai  bo’lib  qolmoqda. 

Xalqaro  terrorchilar  zo’ravonlikning  dahshatli  usullarini  qo’llab,  begunoh  kishilarning  hayotiga 

zomin bo’lmoqda, xalqlarning tinchligi va osoyishtaligini buzmoqda. 

BMT Xavfsizlik Kengashi raisi Bosh Assambleyada  «Afg’onistondagi vaziyat» masalasi ko’rib 

chiqilishi munosabati bilan 1999 yil 22 oktyabrda Kengash a’zolari nomidan Bayonot e’lon qildi. 

Unda afg’on mojarosini tinch yo’l bilan xal etish yo’llari ko’rsatib berilgan Toshkent Deklaratsiyasi 

qo’llab-quvvatlandi. 

Xavfsizlik Kengashi 1999 yil 19 iyulda «6+2» guruhning Toshkent uchrashuvida qabul qilingan 

«Afg’oniston mojarosini tinch yo’l bilan hal etishning asosiy printsiplari» haqidagi Deklaratsiyani, 

ayniqsa, guruh a’zolarining Afg’onistondagi qarama-qarshi tomonlarga hech qanday harbiy yordam 

ko’rsatmaslik va o’z hududlaridan bunday maqsadlar uchun foydalanishning oldini olish borasidagi 

kelishuvini qo’llab-quvvatlaydi. Xavfsizlik Kengashi BMTning afg’on muammosini tinch yo’l bilan 

hal  etishdagi  sa’yi  harakatlari  yo’lida  mazkur  guruhning  barcha  a’zolarini  va  Afg’onistondagi 

qarama-qarshi kuchlarni ushbu printsiplarga amal qilishga chaqiradi», - deyiladi Bayonotda. 

Ushbu  Bayonot  orqali  jahon  hamjamiyati  terrorchilik  va  ekstremizm  o’chog’iga,  narkobiznes 

markaziga aylanib qolgan insonning eng oliy huquqi - yashash huquqi butunlay poymol etilayotgan, 



ayollar  inson  o’rnida  ko’rilmayotgan,  balog’at  yoshiga  etmagan  bolalar  askarlikka  olinayotgan, 

bema’ni urush tufayli oilalar barbod bo’layotgan voqealardan qattiq tashvishda ekanligini yana bir 

bor izhor etib, «Tolibon» guruhidan bularning barchasiga chek qo’yishni talab etadi. 

Ikkinchi  jahon  urushining  oxirida  portlatilgan  yadro  bombalari  insoniyat  tarixiy  taraqqiyotida 

sifat  jihatidan  yangi,  yadroviy  davr  boshlanganligidan  dalolat  berdi.  O’ta  dahshatli  kuchga  ega 

bo’lgan  bu  qurol  insoniyat  taraxida  misli  ko’rilmagan  ilmiy-texnik  qudratni  namoyish  etish  bilan 

birga,  jahon  xatarli  chegaraga  yaqinlashganligini,  erdagi  barcha  mavjudodlarning  va  umuman,  er 

qurrasining halokati xavfi tug’ilganligini ko’rsatdi. 

Hozirgi  paytda  to’plangan  ilmiy  ma’lumotlar  va  taxminlar  yadroviy  portlashlar  vujudga 

keltiradigan ekologik fojeaning butun miqyosini namoyon etadi. Agar er yuzida yadroviy urush ro’y 

beradigan bo’lsa, u qurramizdagi eng so’nggi urush bo’ladi. Chunki, atrof-muhitda ro’y beradigan 

falokatli o’zgarishlar insoniyatning er yuzida yashash imkoniyatini yo’qqa chiqaradi. 

Jahondagi  ayrim  davlatlar  o’rtasidagi  harbiy-siyosiy  ziddiyatlar  ba’zi  davlatlarda  ommaviy 

qirg’in  qurollarining  katta  miqdorda  to’planib  qolishi  o’zaro  nizolar  chog’ida  yadroviy  qurollarni 

qo’llash  ehtimolini  kuchaytiradi.  Shu  sababli  yadro  qurollarini  cheklash,  yadro  sinovlarini 

ta’qiqlash,  er  yuzining  turli  nuqtalarida  yadroviy  quroldan  holi  hududlar  barpo  etish  harakatlari 

jahon jamoatchiligi tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  BMT  Bosh  Assombleyasining  48 

sessiyasida  so’zlagan  nutqida  Markaziy  Osiyoning  yadrosiz  zona,  deb  e’lon  qilish  tashabbusini 

ilgari  surdi.  «Hozirgi  zamon  voqeligi  shundayki,  bir  mamlakatning  xavfsizligi  boshqa  davlat 

hisobidan ta’minlanishi mumkin emas, - dedi yurtboshimiz o’z nutqida, mintaqa xavfsizligini butun 

jahon xavfsizligi muammolaridan ajratgan holda ko’rib bo’lmaydi. Shunga asoslanib, O’zbekiston 

yadro  qurolining  batamom  tugatilishi  uchun,  yadro  qurolini  tarqatmaslik  to’g’risidagi 

shartnomaning  samarali  harakat  qilishi  va  uning  hech  bir  muddatsiz  uzaytirilishi  uchun  harakat 

qiladi....  O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona, deb e’lon qilinishining qat’iy 

tarafdoridir». 

Mazkur  tashabbus  Prezidentimizning  1996  yil  dekabrda  bo’lib  o’tgan  EHXT  Lissabon 

uchrashuvida  so’zlagan  nutqida  yana  bir  bor  yig’ilganlar  e’tiboriga  havola  etildi.  Anjuman 

qatnashchilari  Markaziy  Osiyoni  yadrosiz  zona,  deb  e’lon  qilish  haqidagi  fikrini  katta  qoniqish 

bilan kutib oldilar. 

1997  yil  aprel  oyida  Jeneva  shahrida  Markaziy  Osiyodagi  besh  davlat  ekspertlari  mintaqaviy 

guruhining  birinchi  yig’ilishi  bo’lib  o’tdi.  O’sha  yili  iyun  oyida  O’zbekiston  hay’ati  birinchi  bor 

atom  energiyasi  bo’yicha  xalqaro  agentlik  (MAGATE)  boshqaruvchilari  kengashining  Vena 

shahrida bo’lib o’tgan navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. O’zbekiston hay’ati rahbarining rasmiy 

bayonotida  O’zbekiston  Respublikasi  va  mintaqadagi  boshqa  davlatlarning  yadrosiz  zona  tashkil 

etish borasidagi qarashlari bayon etildi. 

1997  yil  14-16  sentyabr  kunlari  Toshkentda  «Markaziy  Osiyo  -  yadro  qurolidan  xoli  zona» 

mavzuida xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan 200 

dan  ortiq  kishi  ishtirok  etdi.  Islom  Karimovning  mazkur  anjumandagi  nutqida  bayon  etilgan 

yadroviy xavfsizlikni ta’minlash choralari haqidagi fikrlari anjuman qatnashchilari tomonidan to’la 

qo’llab-quvvatlandi. 

Xo’sh,  «Yadrosiz  zona»ning  qanday  mezonlari  bor?  Xalqaro  amaliyotda  bunday  hududlarni 

belgilashning  yagona  mezoni  yo’q.  Chunki,  har  bir  mintaqa  o’z  xususiyati  va  ahamiyatiga  ega. 

Ammo,  tadqiqotchilar  yadrosiz  zona  tushunchasini  shunday  izohlaydilar:  «Yadrosiz  zona  qurol-

yarog’larni  cheklash,  yadroviy  nizo  chiqishi  xavfini  kamaytirish,  mazkur  zonaga  kiradigan 

mamlakatlar  xavfsizligini  mustahkamlash  va  1968  yilda  imzolangan  yadro  qurolini  tarqatmaslik 

haqidagi  shartnomaning  hayotga  tatbiq  etilishiga  ko’maklashish  vositasidir.  Xalqaro  shartnoma 


asosida  yadro  qurolini  sinash,  ishlab  chiqarish  va  joylashtirish  taqiqlangan,  shuningdek,  uning 

hududida va unga qarshi yadro qurolini qo’llash taqiqlangan zona - yadrosiz zona hisoblanadi». 

Hozirgi paytda to’rtta yadrosiz zona mavjud - Antarktida (shartnoma 1961 yil 23 iyunda kuchga 

kirgan), Lotin Amerikasi (shartnoma 1969 yil 25 aprelda kuchga kirgan), Tinch okeanining janubiy 

qismi    (shartnoma  1986  yil  11  dekabrda  kuchga  kirgan),  Afrika  qi’asi.  Barcha  zonalar  haqidagi 

shartnomalar O’zbekiston Respublikasi tomonidan e’tirof etilgan.  

Shimoliy Evropada, Markaziy va Janubiy Osiyoda, Yaqin Sharqda yadrosiz zonalar barpo etish 

g’oyalari mavjud. Bundan maqsad, yadro quroli mavjud bo’lgan hududlarni cheklash, yadro urushi 

xavfini kamaytirishdir. 

Markaziy  Osiyoda  yadrosiz  zona  barpo  etish  haqidagi  O’zbekiston  tashabbusi  BMT  va  jahon 

jamoatchiligi  tomonidan  to’la  qo’llab-quvvatlanmoqda.  Bu  taklif  BMT  Bosh  Assambleyasining 

sessiyalarida muhokama qilindi va maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. 

Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  hudud  barpo  etish  faqat  mintaqadagina  emas,  balki 

jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Bugungi  kunda  jahon  hamjamiyatida  iqtisodiy,  harbiy  qudrat  bilan  birgalikda  mamlakatdagi 

demokratik jarayonlarning xarakteri bilan davlatlarning obro’-e’tibori belgilanmoqda. Shu jihatdan 

olganda,  O’zbekistonda  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilayotgan  demokratik  jarayonlar  jahon 

hamjamiyatida  mustahkam  o’rin  egallashga  va  milliy  manfaatlarimiz  asosida  tashqi  siyosat 

yuritishga imkoniyat yaratmoqda. 

XX asrning oxirida. Inqiloblar yuz yilligi jahon sahnasida sotsialistik tuzumning emirilishi bilan 

yakun  topdi.  Sobiq  «qizil  imperiya»  hududida  xalqaro  munosabatlar  va  xalqaro  huquqning 

to’laqonli  sub’ektlari  -  yangi  mustaqil  davlatlar  paydo  bo’ldi.  Shular  qatori,  uzoq  davlatchilik 

tarixiga  ega  O’zbekiston  Respublikasi  ham  o’z  milliy  taraqqiyot  yo’lini  tanlab  oldi.  Qadimgi 

madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan yurtimiz yana jahon hamjamiyati va uning ajralmas qismiga 

aylandi. 

  Istiqlol qo’lga kiritilgach, yosh davlatimiz oldida  tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni yo’lga 

qo’yish  va  shu  maqsadda  yangi  davlat  tuzilmalarini  tashkil  etish  masalasi  ko’ndalang  turardi. 

Chunki,  busiz  xalqaro  hamjamiyatga  kirib  borish  mumkin  emas.  Zero,  O’zbekiston  faol  tashqi 

siyosat  yuritish  bilan  xalqaro  huquqning  teng  huquqli  a’zosi  sifatida  o’z  davlatchiligini  qurishi, 

mustaqillikni mustahkamlashi, dunyoda o’zining munosib o’rnini egallashi lozim edi. «O’zbekiston 

yo’li - jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’li» shiori ilgari surildi. 

   


1944 yilda tashkil etilgan respublika Tashqi ishlar vazirligi faoliyati tubdan isloh qilindi. 

1992 yili Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, 1991 yili Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tashkil 

topdi.  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  asosida  diplomatiya,  xalqaro  huquq  va  tashqi  iqtisodiy 

faoliyat  sohasida  malakali  kadrlar  tayyorlashning  davlat  tizimi  yaratildi.  Tashqi  aloqalar  sohasi 

uchun milliy kadrlar tayyorlash maqsadida 1992 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 

bilan  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya  universteti  tashkil  qilindi.  Tashqi  iqtisodiy  va  siyosiy 

faoliyatni tartibga soluvchi «Chet el investitsiyalari to’g’risida» Qonun (1998), «O’zbekiston tashqi 

iqtisodiy  faoliyati  to’g’risida»  Qonun  (2000),  «O’zbeksiton  Respublikasi  tashqi  siyosiy 

faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida» Qonun (1996), «O’zbekiston Respublikasining xalqaro 

shartnomalari to’g’risida» Qonun (1995), shuningdek, Konsullik Ustavi, O’zbekiston Respublikasi 

Harbiy doktorinasi kabi muhim hujjatlar qabul qilindi. 

  Mana  shunday  nazariy  va  amaliy  qadamlar  natijasi  o’laroq,  bugungi  kunda  davlatimiz 

mustaqilligini  170  ga  yaqin  mamlakatlar  tan  oldi.  Ularning  120  nafari  bilan  diplomatik 

munosabatlar  o’rnatilgan.  O’zbekistonda  43  davlat  va  20  ta  yirik  xalqaro  tashkilot  missiyalari 

akkreditatsiya qilingan. O’z navbatida, O’zbekiston 40 dan ortiq yirik tashkilotlar hamda 500 dan 

ortiq  xalqaro  huquq  sub’ektlari  bilan  hamkorlik  qilmoqda.  O’zbekistonning  xorijiy  davlatlarda 

200ga  yaqin  korxona  va  vakolatxonalari  faoliyat  ko’rsatmoqda.  O’zbekiston  40  ga  yaqin  davlat 

bilan «Investitsiyalarni himoyalash va rag’batlantirish to’g’risida» shartnoma imzolagan. 

Shunday  qilib,  hozirgi  kunda  O’zbekiston  jahon  hamjamiyatida  munosib  o’rin  egalladi  va 

Markaziy  Osiyodagi  etakchi  davlat  sifatida  e’tirof  etilmoqda.  Bunday  obro’-e’tibor  tarixiy 



davlatchiligimiz,  ma’naviyatimiz  va  oldimizga  qo’ygan  maqsadlarimizga  hamohangdir. 

O’zbekiston  o’zining  tinchliksevar,  barqarorlikka  asoslangan  tashqi  siyosatini  davom  ettiradi. 



Buning uchun etarli siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy imkoniyatlari mavjud. 

 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin