1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va


 – mavzu. Demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini-



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


11 – mavzu. Demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini-

o’zini boshqarish organlarining roli. 

REJA: 

1.O’zini o’zi boshqarishning demokratik tamoyillari. 

2.O’zini o’zi boshqarish organlari-fuqarolik jamiyatining asosi. 

3.O’zini o’zi boshqarish huquqiy asoslarini demokratlashtirish 

    jarayoni. 

 

    Rivojlangan  demokratik  mamlakatlarda  XX  asring  ikkinchi  yarmidan  boshlab  davlat 



boshqaruvining  nomarkazlashuvi  natijasida  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  jamiyatning  asosiy 

institutlaridan  biriga  aylandi.  Mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  (g’arbda  «munitsipal»  deyiladi) 

deganda,  u  yoki  bu  ma’muriy-hududiy  birliklardagi  aholi  vakolatlarini  ifodalovchi,  shuningdek, 

saylangan  organlar  va  ularning  ma’muriyatlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  mahalliy 

ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni boshqarish tushuniladi. 

Mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  demokratik  tamoyillar  asosidagi  boshqaruvdir.  Uning  asosiy 

belgilari  quyidagilardan  iborat:  mazkur  organlarning  fuqarolar  tomonidan  to’g’ridan  to’g’ri 

saylanishi  hamda  mahalliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  o’zini  o’zi  boshqaruvning  nisbatan 



mustaqilligidir. Mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari davlat boshqaruvining unsurlarini tashkil 

etadi. Shu bilan birga, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimiga taalluqli bo’lmaydi. 

G’arb  jamiyatshunos  olimlari  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarishga  doir  tushunchalarning  nazariy 

jihatlarini  ham  ishlab  chiqqanlar.  Unga  binoan,  «mahalliy  boshqaruv»  deganda  davlat 

boshqaruvidan quyidagi barcha darajalarni, «mahalliy hokimiyat» deganda esa «saylangan kengash 

va  uning  ijroiya  organlari  vositasida  o’z  saylovchilari  manfaatlarini  ifoda  etuvchi  va  harakat 

qiluvchi  tashkilotlar»  tushuniladi.  Shuningdek,  «mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish»  esa  «milliy 

boshqaruvdan quyi darajadagi demokratik avtonom birliklarning mahalliy aholi manfaatlari asosida 

jamoatchilik muammolarini aksariyat qismini muvofiqlashtirilishi va  boshqarishi»dir. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida o’zini o’zi boshqarish organlariga 

quyidagi  huquqiy  ta’rif  berildi:  “Shaharcha,  qishloq  va  ovullarda,  shuningdek  ular  tarkibidagi 

mahallalarda  fuqarolarning  yig’inlari  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  bo’lib,  ular  ikki  yarim  yil 

muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini o’zi boshqarish organlarini 

saylash  tartibi,  faoliyatini  tashkil  etish  hamda  vakolat  doirasi  qonun  bilan  belgilanadi”. 

Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o’zini o’zi 

boshqarish organlari to’g’risida»gi (yangi tahriri) Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o’zini o’zi 

boshqarish  tushunchasi  quyidagicha  ta’riflandi:  «Fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarishi-

fuqarolarning  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunlari  bilan  kafolatlanadigan, 

ularning  o’z  manfaatlaridan,  rivojlanishning  tarixiy  xususiyatlaridan,  shuningdek  milliy  va 

ma’naviy  qadriyatlardan,  mahalliy  urf-odatlar  va  an’analardan  kelib  chiqqan  holda  mahalliy 

ahamiyatga  molik  masalalarni  hal  qilish  borasidagi  mustaqil  faoliyatidir».  Qo’rinib  turibdiki, 

mamlakatimizda  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  tizimi  tushunchasi  va  uning  huquqiy  maqomlari 

rivojlantirildi  va  ular  ilg’or  demokratik  mamlakatlardagi  huquqiy  mezonlar  darajasida  ifodalana 

boshlandi. 

Mamlakatimizda o’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida 

yildan-yilga  takomillashib  bormoqda.  Shuningdek,  mazkur  organlarning  boshqaruv  tizimidagi 

ko’lamining  kengayib  borishi  bilan  huquqiy  davlatning  o’z  vakolatlarini  demokratik  tamoyillar 

asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar  paydo bo’lmoqda.  

«Mahalla”   arabcha   so’zdan   kelib    chiqib,    “shahar ichidagi shahar” ma’nosini anglatadi. 

Tarixchi   olim Narshaxiy   “Buxoro  tarixi” asarida  bundan  1100  yil   ilgari  mahalla xalqning 

boshqaruvi  ekaligini  yozgan  edi.  Qadimda  mahalla  nafaqat  ijtimoiy,  balki,  ma’muriy-hududiy 

tuzilma  tarzida  ham  e’tirof  etilgan.  Alisher  Navoiyning  “Hayratul-abror”  (“Yaxshi  kishilarning 

hayratlanishi”) asarida quyidagi band uchraydi: Shaharlar otini mahalot etib, Bo’ldi chu yuz shahar 

Hiri  ot  etib.  Mahallaning  “shahar  ichidagi  shaharcha”  degan  mazmuni  yuqoridagi  tashbehdan 

ko’rinib  turibdiki,  o’rta  asrlarda  Hiri  deb  atalgan  Hirot  shahri  yuzta  kichik  “shaharcha”lar  - 

mahallalardan tashkil topgan ekan.  

Uzoq  yillar  mahalla  tarixi  va  sotsiologiyasini  tadqiq  etgan  amerikalik  olim  D.Karlayl 

quyidagilarni  yozadi:  ”Oila  va  do’st-yoronlar  mahalla  turmushining  bosh  asosi  bo’lib  kelgan  va 

shundayligicha  qoladi.  U  shaxsiy  munosabatlar  tamal  toshi  sanaladi.  Ular  “sulola”  deb  ataluvchi, 

kishilarni  birlashtiruvchi  va  ajratuvchi  o’ta  muhim  tarmoq  tuzilmasini  yaratdi.  Yaqinlik 

munosabatlariga  asoslangan  va  nasl-nasab  printsiplari  bilan  metinlashgan  mahalla  o’zbeklar 

dunyoga  keladigan,  tarbiyalanadigan  va  odatda  o’zining  butun  hayotini  o’tkazadigan  joy 

hisoblanadi. Do’stlik barqaror tushuncha bo’lgan mahallada moyillik singdirilgan bo’ladi. Hamma 

mahalla tevaragida parvona bo’lar, shaxsiy sadoqat butun shahar bo’ylab tarqalar, ba’zan esa butun 

boshli  mintaqani  qamrab  olar  edi.  Bunday  an’anaparastlik  sharoitida  kimningdir  tajribasi  shaxsiy 

muloqotlar  doirasi  tasarrufidan  tashqariga  ham  zudlik  bilan  tarqalib  ketadi.  Shaxs  har  qanday 

masofadan  turib  sulola  a’zolarining  nikoh  tantanalari,  marosimlarida  qatnashishi  mumkin.  Rang-

barang oilaviy-qarindoshchilik aloqalarining mahalladan tashqarida ham  kundalik turmushda toshi 

bor, lekin ular mahallaniki singari tosh bosa olmaydi. 

Sobiq SSSR davrida mahallaning mazmuni va vazifalari butunlay izdan chiqqan edi. Bu davrda 

mahallalar  o’zining  huquqiy    maqomini  yo’qotdilar.  Ularning  asosiy  faoliyati  sobiq  kommunistik 

partiyaning  mahalliy  tashkilotlarini  qo’llab-quvvatlashdan,  shuningdek,  mahalliy  an’ana  va  urf-



odatlar,  odob-ahloq  me’yorlarini  tashviqot-targ’ibot  qilish,  oilalardagi    marosimlar  va  boshqa 

tadbirlarni  o’tkazishda  kommunistik  partiyaning  “ko’z  va  qulog’i”  bo’lib  turish  kabilardan  iborat 

bo’lib  keldi.  Bu  davrda  qadimdan  ma’naviyat,  ta’lim  va  tarbiya  masalalarini  hal  etib  kelgan 

mahallalarning o’rni deyarli yo’qqa chiqarildi.  

Mustaqillik  davriga  kelib  fuqarolarning  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  qonuniy 

maqomini  mustahkamlashga,  ularni  fuqarolik  jamiyatining  asosiy  institutiga  aylantirishga  doir 

jiddiy  islohotlar  amalga  oshirildi.  O’zbekistonda  mahallalar  milliy  mustaqillik  davriga  kelibgina, 

o’zini o’zi boshqarish organiga aylandi. O’zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolarni 

o’zini-o’zi  boshqarish  organi  sifatida  mustahkamladi.  Mamlakatda  shaharcha,  poselka,  qishloq, 

ovul  va  mahalla  fuqarolar  yig’inlari  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  huquqiy  maqomini  oldilar. 

Jumladan,  mustaqillik  davrida  mamlakatda  10  minggga  yaqin  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari 

shakllangan bo’lsa, ulardan 8142 tasini mahalla fuqarolar yig’inlari tashkil etadi. Mahalla mustaqil 

tashkilot  sifatida  qaytadan  mustahkamlandi  va  ularning  aksariyati  o’zining  qadimgi  nomlarini  va 

xalq o’rtasidagi obro’-e’tiborlarini qaytadan tiklab oldilar.  

Mustaqillik    yillarida  mahalla  tarixiy  va  rivojlangan    mamlakatlardagi    tushunchada              aniq       

belgilangan    ijtimoiy-demografik,  madaniy-ma’naviy  va  hududiy-ma’muriy  birlik  sifatidagi 

maqomga erishdi. U o’z hududidagi fuqarolar o’rtasida an’analar va urf-odatlar, insoniy, xo’jalik, 

huquqiy  munosabatlar  birligini  tashkil  etgani  holda  fuqarolarning  o’zaro  ijtimoiy  munosabatlarini 

bog’lab turish vositasiga aylandi.  

Mustaqillikning ilk davridan boshlab Prezident I.A.Karimov mahallalarni fuqarolik jamiyatining 

asosi deb, bildi va ularni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda. 

Prezident  I.A.Karimov  1995  yildayoq  shunday  fikrni  bildirgan  edi:  “Ma’lumki,  asrlar  mobaynida 

mahallalarda  ko’pdan-ko’p  hayotiy  muammolar  o’z  echimini  topib  keladi.  To’y-ma’rakalar  ham, 

hayitu  hasharlar  ham  mahalla  ahlisiz  o’tmaydi.  Mahallalarda  siyosiy,  iqtisodiy  va  boshqa 

masalalarga  doir  jamoatchilik  fikri  shakllanadi.  Bu  esa  xalqimizning  turmush  tarzi,  ota-

bobolarimizdan  bizga  meros  bo’lib  kelayotgan  tafakkur  tarzidir.  Binobarin,  hayotning  o’zi 

mahallalarni  rivojlantirish  va  ularni  qo’llab-quvvatlashni  taqozo  etmoqda.  Mamlakatimizda  ko’p 

qirrali  islohotlar  amalga  oshayotgan  bir  paytda  mahalla  jamiyat  uchun  ishonchli  tayanch  va 

ta’sirchan kuch bo’lib xizmat qilishi lozim”. 

Mamlakat  Prezidenti  I.A.Karimov  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasidagi 

ma’ruzasida  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  jamiyat  va  davlat  boshqaruvidagi  o’rnini 

ko’tarishning  muhim  bosqichini  boshlashning  asosiy  yo’nalishi  bo’lgan  quyidagi  fikrni  bildirdi: 

«Hayotimizni  erkinlashtirish  yo’nalishlarining  yana  bir  muhim  yo’li  -  markaziy  va  yuqori  davlat 

boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o’zini o’zi 

boshqarish  organlariga  bosqichma-bosqich  o’tkaza  borishni  ta’minlashdir»

1

.  Albatta,  davlat 



tomonidan  mahallalarga  katta  boshqaruv  vakolatlarini  berishda  avvalo,  ularning  aholi  faolligini 

oshirishdagi  o’rnini  yuksaltirish  ko’zda  tutildi.  Chunki,  mahalla  fuqarolar  yig’inlarida  etarlicha 

huquq  bo’lmasa,  ular  o’zini  o’zi  boshqarish  funktsiyalarini  bajarish  qobiliyatiga  ega  bo’la  olmas 

edilar. Shuningdek, mahallalarning aholi va davlat oldida mas’uliyat sezishlari uchun ham  avvalo 

keng huquqlarga ega bo’lishlari lozim edi. 

Hozirgi davrda jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, mahalla 

fuqarolar  yig’inlariga  boshqaruvning  turli  yo’nalishlariga  etakchilik  qilish  vakolatlari  berildi. 

Mahallalar o’z hududida yashayotgan fuqarolarning turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda 

bevosita  ishtirok etadilar: qariyalar, faxriylar, etimlar, baynalmilal-harbiylar, kam ta’minlangan va 

ko’p  bolali  oilalar  manfaatlari  himoya  qilinadi;  mahalla  faollarining  mazkur  faoliyatda  ishtirok 

etishiga boshchilik qiladi; insonni ma’naviy yuksalishi va amaliy tashabbuslarini namoyon bo’lishi  

uchun shart-sharoit yaratadi; fuqarolar moddiy va ma’naviy jihatlardan qo’llab-quvvatlanadi.  

Mahalla  fuqarolar  yig’ini  ijtimoiy  ta’minot  organlari  va  boshqa  homiy  tashkilotlar  bilan 

birgalikda ijtimoiy yordam, kam ta’minlangan oilalar va yolg’iz kishilarga beg’araz moddiy yordam 

ajratish  ishining  barcha  tashkiliy  jihatlarini  o’zi  mustaqil  ravishda  bajaradi.  Shu  bilan  birga, 

                                                 

1

 Каримов И.А. Биз танлаган йўл демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.II. –Т.: 



Ўзбекистон, 2003. 29-б. 

mahallalar  o’z  hududlarida  ekologik  muammolarni  echish  va  aholi  moddiy  ahvolini  yaxshilash, 

hashar yo’li bilan ko’kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o’rtasida atrof-

muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy  ishlar olib borishga ham mas’uldir. Albatta, bu 

kabi faoliyatlar fuqarolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda. 

Shu  bilan  birga,  ko’plab  qonunlar  loyihalari,  Konstitutsiyaga  kiritiladigan  qo’shimcha  va 

o’zgarishlarni  o’zida  ifodalagan  umumxalq  referendumlariga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish 

avvalo  mahalla  ahli  va  faollari  tomonidan  muhokama  qilinmoqda  va  qo’llab-quvvatlanmoqda. 

Boshqacha  aytganda,  mahallalar  siyosiy    qarorlar  qabul  qilishda  jamoatchilik  ishtirokini 

faollashtirishning  muhim  vositasi  ekanligini  hayotning  o’zi    isbotlab  berdi.  Mamlakat  siyosiy 

hayotida  fuqarolarning    siyosiy  qarorlar  qabul  qilishdagi  ishtirokini  ta’minlab  beruvchi  asosiy 

bo’g’in - bu mahalla fuqarolar yig’inlaridir. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faolligini 

oshirish qobiliyatiga ega bo’lgan birdan-bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig’inlaridir.  

Respublika  «Mahalla»  xayriya  jamg’armasi,  uning  viloyat,  shahar,  tuman  bo’limlari  bilan 

hokimliklar  hamkorligida  har  yili  «Eng  yaxshi  mahalla»,  «Eng  ibratli  oqsoqol»,  «Mahalla 

jonkuyari»,  «Eng  tadbirkor  mahalla  oqsoqoli»  shiori  ostida  muttasil  ko’rik-tanlovlar  o’tkazib 

kelindi.  Ko’rik-tanlovlar  g’oliblari  har  yili  obro’li  komissiyalar  tomonidan  maxsus  nishonlar, 

qimmatli  esdalik  sovg’alari  bilan  taqdirlanadilar.  Mazkur  tadbirlar  mahallalarni  obodonlashtirish, 

ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.  

Mustaqillik davrida mahallalar  fuqarolar yig’inlari oqsoqollari, «Mahalla» jamg’armasi va uning 

mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat tarkibi yaxshilanib bordi. 

Huquqiy   demokratik   davlatda   saylov qonunlari  va uni  o’tkazish  muhim  o’rinni egallaydi.   

Buning    yorqin    isbotini «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish» organlariga saylov o’tkazish ham 

istisno  emas.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Kengashining  2001  yil  12  apreldagi 

«Fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlariga  saylov  o’tkazishni  tashkil  etish  to’g’risida»gi 

qarorida tashkilotchilik qobiliyatiga hamda aholi o’rtasida yuqori obro’-e’tibor va hurmatga sazovar 

bo’lgan,  davlat  hokimiyati  organlari  vakolatlarining  bir  qismi  bosqichma-bosqich  fuqarolarning 

o’zini  o’zi  boshqarish  organlariga  berilishi  munosabati  bilan,  ushbu  organlar  oldida  turgan 

vazifalarni  hal  etishga  qodir  bo’lgan  shaxslar  orasidan  fuqarolar  yig’inlari  rais  va  oqsoqollari    va 

ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tanlash maqsadi qo’yildi. 

Saylov  kampaniyalari  davridagi  tashkiliy  ishlar  va  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida 

mamlakatimiz bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlar ijtimoiy-siyosiy 

va tashkiliy jihatdan yuksak saviyada va fuqarolarning ijtimoiy faolligi o’sgan holda amalga oshdi.

 

Fuqarolar  yig’inlarida saylovlar bilan bir vaqtda  fuqarolar  yig’inlari raislari va oqsoqollarining 



oldingi  saylovdan  boshlab  o’tgan  davr  mobaynida  qilgan  ishlari  to’g’risidagi  hisobotlari  eshitildi. 

Fuqarolar  yig’inlari  faoliyatining  barcha  yo’nalishlari  bo’yicha  fuqarolar  o’zini  o’zi  boshqarish 

organlarining  olib  bogan  ishlari  atroflicha  va  chuqur  tahlil  etildi.  Qonunlar,  Prezident  Farmonlari, 

hukumat  qarorlarini  amaliy  jihatdan  ro’yobga  chiqarishda  mahallalarning  mahalliy  davlat 

hokimiyati organlariga bergan yordamlariga muhim e’tibor berildi.  

Mahalla  fuqarolar    yig’inlaridagi  oqsoqollar  saylovi  millionlab  fuqarolarni  befarq  qoldirmadi. 

Barcha saylovchilarda faol ishtirok, o’z nuqtai nazarini ifoda etishga intilishlar ochiq sezilib turdi.  

     O’zini  o’zi  boshqarish  organlariga  bo’lgan  saylovlar  natijasi  shuni  ko’rsatdiki,  bu  saylovlar 

aholining  keng  qatlamlari  uchun  ijtimoiy-siyosiy  faollik  bag’ishladi    va    o’ziga  xos  demokratiya 

maktabi vazifasini ham o’tadi.  

Mustaqillik  davrida  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatida  isloh 

etish  o’zining  samaralarini  berdi.  Mahallalar  mamlakatdagi  aholini  o’zini  o’zi  boshqarish 

jarayonlarida  ishtirok  etishlari,  qarorlar  qabul  qilishda  fuqarolar  xohish  va  istaklarini  e’tiborga 

olishga  imkoniyatlar  yaratishi  bilan  fuqarolik  jamiyati  institutiga  aylanib  bormoqda.  Shuningdek, 

hozirgi  davrga kelib  davlatning aholini  ijtimoiy himoya qilish,  ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni 

belgilash kabi vakolatlari ham deyarli mahallalarga berilgan. 

Shu bilan birga, mahallalardagi tinch va osoyishta hayotni ta’minlash, oilalarni mustahkamlash 

chora-tadbirlarini  ko’rish,  etimlar  va  yolg’iz  qolgan  fuqarolarga  mehr-muruvvat  ko’rsatish, 

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishga doir intilishlarini qondirish kabi serqirra jamoaviy boshqaruv 


ham mahalla fuqarolar yig’inlari faoliyatining asosiy yo’nalishini tashkil etmoqda. Lekin, shu bilan 

birga  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini  demokratlashtirish  jarayonlari  hali  davom  etadi.  Ayniqsa, 

aholi  huquqiy  va  siyosiy  madaniyatini  oshirish,  siyosiy  qarorlar  qabul  qilishda  mahallalarning 

o’rnini yuksaltirish, mahallalarni mahalliy davlat hokimiyati organlaridan to’la mustaqil bo’lishini 

ta’minlaydigan  huquqiy  mexanizmlar  yaratish,  fuqarolarni  mahallalar  vositasida  qonunlar  ishlab 

chiqish  va  qabul  qilish  jarayonlaridagi  umumxalq  muhokamalarida  faol  ishtirok  etishlarini 

ta’minlash yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy vazifasidir. 

Mustaqillik  davriga  kelib  fuqarolarning  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  qonuniy 

maqomini  mustahkamlashga,  ulami  fuqarolik  jamiyatining  asosiy  institutiga  aylantirishga  doir 

jiddiy  islohotlar  amalga  oshirildi.  O’zbekistonda  mahallalar  milliy  mustaqillik  davriga  kelibgina, 

o’zini o’zi boshqarish organiga aylandi. O’zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolami 

o’zini  o’zi  boshqarish  organi  sifatida  mustahkamladi.  Mamlakatda  shaharcha,  posyolka,  qishloq, 

ovul  va  mahalla  fuqarolar  yig’inlari  o’zini  o’zi  boshqarish  oiganlari  huquqiy  maqomini  oldilar. 

Jumladan,  mustaqillik  davrida  mamlakatda  9971  ta  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  shakllangan 

boMsa,  ulardan  8142  tasini  mahalla  fuqarolar  yig’inlari  tashkil  etadi.  Mahalla  mustaqil  tashkilot 

sifatida  qaytadan  mustahkamlandi  va  ularning  aksariyati  o’zining  qadimgi  nomlarini  va  xalq 

o’rtasidagi obro’-e’tiborlarini qaytadan tiklab oldilar. 

Ko’rinib  turibdiki,  mamlakatda  o’zini  o’zi  boshqarish  oiganlari  faoliyatini  isloh  etish,  uni 

demokratlashtirish, rivojlangan mamlakatlar va xalqaro huquq normalariga muvofiq holda ularning 

huquqiy  asoslarini  rivojlantirilishi  bu  organlami  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatida  rivojlanishini 

to’liq  ravishda  ta’minlay  oladi.  Bu  jarayonlar  mamlakatda  «O’zbek  modeli»  asosida  fuqarolik 

jamiyati  va  huquqiy  davlat  qurishning  tarkibiy  qismlaridan  biri  sifatida  o’zini  namoyon  qila 

boshladi.  Bu  sohadagi  islohotlar  «Kuchli  davlatdan  —  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari»  tamoyilini 

hayotda o’z aksini topayotganligini anglatadi. 



 

 

 

 

 

 

 

12 – mavzu. Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat 

birlashmalarining o’rni.  

REJA: 

1.Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va 

   birlashmalarining asosiy vazifalari. 

2.O’zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda nodavlat 

   notijorat tashkilotlari va birlashmalarining ahamiyati. 

3. Demokratik jamiyat barpo etishda jaoat  tashkilotlari va birlashma- 

   larining roli. 

 

Nodavlat notijorat tashkilotlar dastlab   jamiyatni   o’zini   o’zi boshqarishi    va   uni    mustaqil 



ijtimoiy     birlik     sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. 

XX  asr o’rtalariga kelib  esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim    va 

asosiy  institutlaridan  biriga  aylandi.  Shunga  ko’ra,  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  mazmun  va 

mohiyatini    chuqur  anglash,  ularning  demokratik  fuqarolik  jamiyatining  muhim  va  asosiy 

institutlaridan  biri  ekanligi  to’g’risidagi  tushunchalarni  o’rganishga  ehtiyoj  sezilmoqda. 

Shuningdek,  demokratik  jamiyat  tushunchasi  to’g’risidagi  tasavvurlar  nodavlat  notijorat 

tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi. 

Ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasi  (2002  yil  29-30  avgust)  mamlakatda  fuqarolik 

jamiyati  qurishni  avj  oldirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Sessiyadagi  mamlakat  Prezidenti 


I.A.Karimov  «O’zbekistonda  demokratik  o’zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo’nalishlari»ga  doir  ma’ruzasi  adolatli  demokratik 

jamiyat  qurishning  kontseptual  nazariy  asoslarini  yanada  boyitdi.  Ayniqsa,  Prezident 

I.A.Karimovning quyidagi fikr va mulohazalari mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning eng 

asosiy  yo’nalishlari  va  maqsadlarini  belgilab  berdi:  «Beshinchi  ustuvor  yo’nalish  fuqarolik 

jamiyatini  shakllantirishning  muhim  sharti  bo’lib,  bu  jamiyat  hayotida  nodavlat  va  jamoat 

tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, 

bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. 

Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal 

qilishda  davlat  tuzilmalarining  rolini  kamaytirish  va  bu  vazifalarni  bosqichma-bosqich  jamoat 

tashkilotlariga  o’tkaza  borishni  taqozo  etadi.  Buning  uchun,  avvalambor,  davlatning  iqtisodiy 

sohaga,  xo’jalik  yurituvchi  tuzilmalar,  birinchi  galda,  xususiy  sektor  faoliyatiga  aralashuvini 

cheklash lozim»

1



 Mamlakatda  XX  asr  boshlarida  “Kuchli  davlatdan  kuchli  jamiyat  sari”  kontseptual  siyosiy 

dasturni  amalga  oshirish  maqsadlaridan  kelib  chiqib,  markaziy  davlat  organlarining  ayrim 

vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga 

bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu 

sohada quyidagi yo’nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:  

-birinchidan,  jamiyat  a’zolarining  ongi,  irodasi,  madaniyati,  ma’naviyati  va  bilimi  yuksak 

darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish; 

-ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat 

manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish

-uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, 

madaniy imkoniyatlarni shakllantirish; 

-to’rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o’rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy 

manfaatlarini uyg’unlashtirish; 

-beshinchidan,  jamiyatdagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  huquqiy  qoidalar  ta’sirini 

kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amaliyotini vujudga keltirish; 

-oltinchidan,  siyosiy  hokimiyatning  o’z  vazifalarini  to’liq  bajarishiga  kengroq  va  qulayroq 

imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning 

aholi tomonidan keng va faol qo’llab-quvatlanishiga erishish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. 

 Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini 

kamaytirish,  ya’ni,  davlat  hokimiyati  tasarrufida  asosan  konstitutsion  tuzumni,  mamlakatning 

mustaqilligi  va  hududiy  yaxlitligini  himoya  qilish,  huquq-tartibot  va  mudofaa  qobiliyatini 

ta’minlash,  inson  huquqlari  va  erkinliklarini,  mulk  egalarining  huquqlarini,  iqtisodiy  faoliyat 

erkinligini  himoya  qilish,  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish,  samarali  tashqi  siyosat  olib  borish  kabi 

vazifalarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.  



   Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul 

va  valyuta  muomalasi  bo’yicha  qarorlar  qabul  qilish,  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatining 

huquqiy  shart-sharoitlarini  yaratish,  ekologiya  masalalari,  umumrespublika  transport  va 

muhandislik  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish,  yangi  tarmoqlarni  vujudga  keltiradigan  ishlab 

chiqarishni  barpo  etish  masalalari  davlat  miqyosida  hal  etilishi,  davlatning  boshqa  barcha 

vazifalarni  bajarishga  doir  vakolatlari  esa  mahalliy  davlat  hokimiyati,  fuqarolar  o’zini  o’zi 

boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. 

Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari ham asosan o’zini o’zi boshqarish 

organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilandi.  

O’zbekistonda   davlat   mustaqilligi e’lon qilingan dastlabki  yillardan boshlab,      mamlakat      

Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumat fuqarolik   jamiyati    va    huquqiy davlat kurish 

                                                 

1

  Каримов  И.А.  Ўзбекистонда  демократик  ўзгаришларни  янада  чуєурлаштириш  ва  фуєаролик  жамияти 



асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари.. «Халқ сўзи», 2002, 30 август. 

maqsadlaridan  kelib  chiqib,  nodavlat  notijorat  tashkilotlarni  demokratik  tamoyillar  asosida  isloh 

etishga muhim e’tibor berib kelmoqda. 

“-qonun  ustuvorligini,  hokimiyat  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi,  sud  tarmoqlari  o’rtasida 

muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash; 

-xalqaro  huquqning  umum  e’tirof  etilgan  printsiplari  va  normalari  asosida  inson  huquqlari  va 

erkinliklari kafolatlarini ta’minlash; 

-siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish

-nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari 

yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta’minlash; 

-fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini  har  tomonlama  mustahkamlash  va  davlat 

hokimiyati  markaziy  organlarining  vakolatlarini  joylardagi  boshqaruv  organlariga  bosqichma-

bosqich  o’tkazish,  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,  shu  jumladan,  mudofaa  va  xavfsizlikni 

ta’minlovchi  tuzilmalar  faoliyati  ustidan  jamoat  nazorati  mexanizmini  shakllantirish  va 

kuchaytirish”. 

Mustaqillik  davrida  mamlakatda  demokratik  jamiyat  qurishning  huquqiy  asoslari  yaratildi. 

Konstitutsiyaning  g’oyalari,  maqsadlari,  ruhi,  uning  har  bir  qoidasi  BMTning  «Inson  huquqlari 

umumjahon  Deklaratsiyasi»,    asrlar  mobaynida  ilg’or  va  etakchi  mamlakatlarda  shakllangan 

demokratik  qadriyatlar,  milliy  davlatchilik,  shuningdek,  bir  necha  ming  yillardan  buyon  avloddan 

avlodga  meros  bo’lib  kelayotgan  ìèëëèé  va  sharqona  davlat  va  jamiyatni  adolatli  idora  etish, 

mamlakatni  boshqarishda  xalqning  ham  bevosita  ishtirok  etishi  an’analarini  o’zida 

mujassamlashtirdi.  

Milliy  mustaqillikning  dastlabki  davridayoq  mamlakatda  fuqarolik  jamiyati  qurish  va  uning 

muhim institutlari bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlarning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari 

uchun  huquqiy  asoslar  yaratildi.  Konstitutsiyaning  alohida  «Jamoat  birlashmalari»  bobi 

respublikada fuqarolik jamiyati va ko’p partiyaviylik  tizimini qaror toptirish  uchun ham  huquqiy, 

ham  amaliy  jihatlardan  shart-sharoitlar  yaratdi.  Unga  binoan  jamoat  birlashmasi,  kasaba 

uyushmalari,  siyosiy  partiyalar  kabi  tushunchalarga  huquqiy  aniqliklar  kiritiladi.  Endi  ular 

demokratik  talqinlar  asosida  ta’riflana  boshlandi.  Ayniqsa,  Konstitutsiyaning  58-moddasidagi 



“Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, 

ularga  ijtimoiy  hayotda  ishtirok  etish  uchun  teng  huquqiy  imkoniyatlar  yaratib  beradi.  Davlat 

organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, 

jamoat  birlashmalarining  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar  faoliyatiga  aralashishiga  yo’l 

qo’yilmaydi”

1

,  34-moddasidagi  “O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  kasaba  uyushmalari,  siyosiy 

partiyalarga  va  boshqa  jamoat  birlashmalariga  uyushish,  ommaviy  harakatlarda  ishtirok  etish 

huquqiga  egadirlar.  Siyosiy  partiyalarda,  jamoat  birlashmalarida,  ommaviy  harakatlarda, 

shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning 

huquqlari,  erkinliklari  va  qadr-qimmatini  hech  kim  kamsitishi  mumkin  emas”,  degan  fuqarolik 

jamiyat  mustaqilligini  ta’minlashga  doir  huquqiy  printsipni  e’tirof  etilishi  respublikadagi  jamiyat 

taraqqiyoti  insoniyat  hayotining  bir  necha  asrlar  mobaynida  tajribalaridan  va  sinovlaridan 

muvaffaqiyatli  o’tgan  fuqarolik  jamiyati  sari    intilayotganligini  bildiradi.  O’zbekistonda  saylov 

tizimi  uchun  Konstitutsiyaning  “Saylov  tizimi”  bobidagi  117-moddaga  binoan  respublika 

«fuqarolari erkin ravishda vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar»

2

.  


Hozirgi  davrga  kelib  O’zbekistondagi  nodavlat  notijorat  tashkilotlar,  jamoat  tashkilotlari  va 

siyosiy  partiyalar  faoliyatining  huquqiy  asoslari  O’zbekiston  Respublikasining  «Jamoat 

birlashmalari  to’g’risida»gi  Qonuni  (1991yil  fevralda  qabul  qilingan,  1997  y.  aprelda  esa 

qo’shimcha  va  o’zgarishlar  kiritilgan),  O’zbekiston  Respublikasining  «Kasaba  uyushmalari, 

ularning  huquqlari  va  faoliyatining  kafolatlari  to’g’risida»gi    Qonuni  (1992  y.,iyul),  O’zbekiston 

Respublikasining  «Siyosiy  partiyalar  to’g’risida»gi  Qonuni  (1996  y.,  dekabr),  O’zbekiston 

Respublikasining  «Fuqarolarning  o’zini-o’zi  boshqarish  organlari  to’g’risida»  yangi  tahrirdagi 

Qonuni  (1999  y.,  aprel),  O’zbekiston  Respublikasining  «Nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

                                                 

1

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2000,16-бет. 



2

 Ўша манба, 35-бет.   



to’g’risida»gi  Qonuni  (1999  y.,  aprel),  O’zbekiston  Respublikasining  «Vijdon  erkinligi  va  diniy 

tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi. 

  Oliy  Majlis  tomonidan  1999  yil  14  aprelda  qabul  qilingan  «Nodavlat  notijorat  tashkilotlar 

to’g’risida»gi qonunga binoan  «Nodavlat notijorat tashkiloti  - jismoniy va (yoki)  yuridik shaxslar 

tomonidan  ixtiyoriylik  asosida  tashkil  etilgan,  daromad  (foyda)  olishni  o’z  faoliyatining  asosiy 

maqsadi kilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida 

taqsimlamaydigan  o’zini  o’zi  boshqarish  tashkilotidir.  Nodavlat  notijorat  tashkiloti  jismoniy  va 

yuridik shaxslarning huquqlari  va qonuniy manfaatlarini,  boshqa demokratik qadriyatlarni himoya 

qilish,  ijtimoiy,  madaniy  va  ma’rifiy  maqsadlarga  erishish,  ma’naviy  va  boshqa  nomoddiy 

ehtiyojlarni  qondirish,  xayriya  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  hamda  boshqa  ijtimoiy  foydali 

maqsadlarda tuziladi»

3

.  



Shuningdek,  O’zbekistondagi  amaldagi  qonunchilikka  binoan  nodavlat  notijorat  tashkilotlarga 

quyidagi huquqlar berilgan: 

-o’z a’zolari va qatnashchilarining huquklari va konuniy manfaatlarini himoya qilish

-ijtimoiy  xayotning  turli  masalalariga  doir  tashabbuslar  bilan  chiqish,  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv organlariga takliflar kiritish; 

-davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  karorlarini  ishlab  chikishda  qonun  hujjatlarida 

nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; 

-o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish

-ommaviy  axborot  vositalarini  ta’sis  etish  hamda  belgilangan  tartibda  noshirlik  faoliyatini 

amalga oshirish; 

-ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish; 

-o’z ramziy belgilarini ta’sis etish; 

-o’z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig’ilishlar, konferentsiyalar o’tkazish; 

-qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish. 

 Demokratik   jamiyat    qurishga    doir Islohotlarni  chuqurlashtirishning yana bir yo’nalishi, bu 

siyosiy  partiyalarning mustaqil      tashkilot       sifatidagi  maqomini  yuqori  ko’tarishdir. 2004  yil 

dekabrda bo’ladigan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 

nomzodlar  ko’rsatishning  to’la  huquqlari  berilishi,  xalq  deputatlari  kengashlari  -  vakillik 

organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada 

yuksak ko’tarishga qaratilgandir.  

O’zbekistonda  mustaqillik  yillarida  fuqarolik  jamiyatining  muhim  instituti  bo’lgan  siyosiy 

partiyalarning  demokratik  tamoyillar  asosida  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  zarur  bo’lgan  barcha 

huquqiy  asoslar  Konstitutsiya  va  qonunlarda  o’z  ifodasini  topdi.  Jumladan,  «Siyosiy  partiyalar 

to’g’risida»gi qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko’rsatish printsiplari, partiyaga 

a’zolik,  siyosiy  partiya  faoliyatining  kafolatlari,  ustavi,  ro’yxatga  olish,  partiyalarning  mulkiy 

munosabatlariga  doir  barcha  huquqiy  maqomlarning  mujassamlashgani  O’zbekistonda  ko’p 

partiyaviylik  tizimini  qaror  toptirishning  kafolatlaridan  biriga  aylandi.  Mazkur  qonunlarga  binoan 

siyosiy  partiÿlar  fuqarolarning  ñè¸ñèé  irodalari  shaklanishini  ta’minlash  uchun  erkinlik  huquqiga 

ega  bo’ldilar,  partiÿlarning  o’zaro  huquqiy  tengligi,  shuningdek,  ularning  jamiyat  oldidagi 

mas’uliyati qonunlashtirildi.  

    Hozirgi  davrga  kelib  O’zbekistonda  4  ta  siyosiy  partiya  faoliyat  yuritmoqda.  Mustaqillikning 

dastlabki  davrida  O’zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi,  o’tgan  asrning  90-yillari  o’rtasida 

O’zbekiston  «Adolat»  sotsial-demokratik  partiyasi,  O’zbekiston  «Milliy  tiklanish»  demokratik 

partiyasi  hamda  2003  yilning  17  noyabrida  esa  mulkdorlar  va  o’rta  ijtimoiy  qatlam  siyosiy 

qarashlari ifodasi sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal demokratik 

partiyasi  tashkil  topdi.  Hozirgi  kunda  Oliy  Majlisda  mazkur  partiyalarning  fraktsiyalari, 

mamlakatimizning qonun chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. 

Mustaqillikning dastlabki davrlarida O’zbekiston  «Mahalla» xayriya jamg’armasi tashkil topdi. 

O’tgan  davr  ichida  «Sog’lom  avlod  uchun»  xalqaro  nohukumat  xayriya  jamg’armasi,  «Ekosan» 

                                                 

3

  «Нодавлат  нотижорат  ташкилотлар  тўғрисида»ги  Ўзбекистон  Республикасининг  ªонунига  шарҳлар.  –Т.: 



2002, 14-бет. 

xalqaro  ekologiya  va  salomatlik  jamg’armasi,  Markaziy  Osiyo  xalqlari  madaniyati  Assambleyasi, 

Xalqaro  Amir  Temur  jamg’armasi,  Xalqaro  Imom  Buxoriy  jamg’armasi,  «Oltin  meros» 

jamg’armasi,  respublika  «Ma’naviyat  va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazi,  «Xalq  birligi»  harakati, 

O’zbekiston faxriylarini qo’llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg’armasi, O’zbekiston ommaviy axborot 

vositalarini  demokratlashtirish  va  qo’llab-quvvatlash  ijtimoiy-siyosiy  jamg’armasi  (hozirda 

O’zbekiston jurnalistika ijodiy uyushmasi) , O’zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati, 

Jamoatchilik fikrini o’rganish  «Ijtimoiy fikr» markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar 

Palatasi,  Milliy  matbuot  markazi,  Baynalmilal  madaniy  markaz,  respublika  «Ustoz»  jamg’armasi 

(hozirda  «Iste’dod»)  kabi  nodavlat  tashkilotlari  tuzildi.  O’zbekiston  xotin-qizlar  qo’mitasi 

demokratik  printsiplar  asosida  butunlay  qaytadan  tashkil  etildi.  Shu  bilan  birga,  «O’zbekiston 

tadbirkor  ayollar  uyushmasi»,  «Ayol  va  salomatlik»,  ayollarning  «Mehri»  tashkiloti,  «Ayollar 

resurs  markazi»,  «Ayol  va  jamiyat»  instituti  kabi  xotin-qizlar  muammolarini  echish  va  ular 

manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. 


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin