1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va


Qadriyatlarning eng muhim turlaridan biri - milliy qadriyatlardir



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


Qadriyatlarning eng muhim turlaridan biri - milliy qadriyatlardir.  

Umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  tushunchalarining  demokratik  uyg’unligi  dialektikasining 

qiyosiy  tahlili  jarayonida  Amir  Temur  siyosiy-huquqiy  qarashlarini  o’rganish  zarur.  Amir  Temur 

siyosatining  bu  g’oyasi  “Kuch-qudrat,  iqtidor-adl-insofda”,  deganidir.  Saltanatni  boshqarishida 

uchragan  har  qanday  voqe’a  va  ishni  to’ra  va  tuzuk  asosida  boshqardim

2

  degan  fikrlari 



umuminsoniy  demokratik  va  milliy  qadriyatlar  tushunchasining  ijtimoiy-falsafiy,  ilmiy  nazariy  va 

metodologik ildizlarini tashkil etadi. Binobarin birma-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar 

ongida  ma’naviy  va  axloqiy  qadriyatlarini  rivojlantirmay  hamda  mustaxkamlamay  turib  o’z 

istiqbolini tasavvur eta olmaydi. 

Xalqlarning  madaniy  qadriyatlari  ma’naviy  merosining  ming  yillar  mobaynida  sharq  xalqlari 

uchun  qudratli  ma’naviyat  manbai  bo’lib  xizmat  qildi.  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  bu 

borada fikr yuritib shunday deb ta’kidlaganlar: “Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa 

qaramay,  O’zbekiston  xalqi  avloddan  avlodga  o’tib  kelgan  o’z  tarixiy  va  madaniy  qadriyatlarini 

hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga  muvaffaq 

 

bo’ldi”



1

  Binobarin,  har  bir  qadriyatning 

mohiyati  va  ahamiyati  tabiat,  jamiyat  va  ruhiy  olam  hodisalarini  bilish,  ilmiy  umumlashtirish, 

ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. 

Demokratik  jamiyatni  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarsiz  barpo  etib  bo’lmaydi.  Qadriyatlar 

haqida  fikr  yuritganda  uning  ikkita  tarkibiy  qismini  nazarda  tutmoq  kerak.  Bunda,  eng  avvalo, 

insonning  ob’ektiv  olamga  nisbatan  bo’lgan  aktiv  faoliyatini  alohida  tahlil  qilish  zarur. 

Umuminsoniy  qadriyatlar  tushunchasiga  moddiy  va  ma’naviy  muhit,  yashash  shart-sharoitlarining 

rivojlanishi  va  vorislik  sodir  bo’lib,  yangi-yangi  qadriyatlarning  shakllanishiga  o’tishdan  meros 

bo’lib  qolganlari  esa  davr  ruhi,  yangi  ijtimoiy  ehtiyoj  va  taraqqiyot  uchun  asos  bo’lgan 

qadriyatlarga  kiradi.  Umuminsoniy  qadriyatlarning  asosiy  vazifasi  olamni  bilish  va  uni  amaliy 

o’zgartirishning muhim omilidir.  

Umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  tamoyillar  uyg’unligi  qiyosiy  tahlili  uning  inson  ma’naviy 

kamolatining  muhim  omili  ekanligidan  kelib  chiqishi  zarur.  Bunga:  Yurtboshimizning 

“Mustaqillikka  erishganimizdan  keyingina  biz  buyuk  ajdodlarimizning  hurmatini  o’rniga  qo’ya 

oldik.  Bizning  bu  intilishlarimizni  Markaziy  Osiyodagi  qo’shnilarimiz,  madaniy  xalqaro 

hamjamiyat  qo’llab-quvvatladi.  Bu  hol  tasodifiy  emas  —  sohibqiron  Amir  Temur  shaxsi  uning 

avlodlari  bo’lmish  faqat  bizning  emas,  balki  mintaqamizdagi  barcha  xalqlarning,  butun  ma’rifiy 

insoniyatning boyligidir” degan fikrlari har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy 

hissa qo’shgan  shaxslar  ham  milliy qadriyatlar jumlasiga kirishini  anglatadi.  Shu nuqtai nazardan 

Amir  Temur  shaxsi  buning  yorqin  isbotidir.  Binobarin,  Amir  Temur  qanchalik  taqvodor,  asl 

musulmon  bo’lmasin,  qonunchilikning  turli  tizimlari  —  diniy  va  dunyoviy  tomonlari  borligini, 

                                                 

1

 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т. 6. –Т.: «Ўзбекистон», 1998, 126-б. 



2

 Темур Тузуклари. -Т, Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1991, 57-бет. 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 



кафолатлари. -Т.:Ўзбекистон, 1997, 141 б. 

 


ularni  hisobga  olish  kerakligini  juda  to’g’ri  anglagan.  Amir  Temur  qonunchilik  deganda  faqat 

Shariat  qonunchiligini  emas,  balki  boshqa  xalqlar  qadriyatlari,  urf-odatlarini  ham  tushungan. 

“Milliy qadriyatlar — millat uchun muhim va jiddiy ahmiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlar. 

O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millatning tanazzuli — milliy qadriyatlarning 

tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, 

ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon 

bo’ladi”.

1

  Negaki,  milliy  qadriyatlar  nafaqat  mamlakatimiz  mustaqilligini  mustahkamlaydigan 



ma’naviy  asoslardan  biri,  balki  demokratik,  adolatli,  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyati 

qurishning  asosiy  manbai  hamdir.  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  asrlardan  asrlarga  meros  bo’lib 

kelayotgan  milliy  qadriyatlari  uzoq  tarixiy  jarayonda  shakllangan  va  ko’plab  og’ir  sinovlarni 

boshdan  kechirgan.  Darhaqiqat,  mintaqamiz  xalqlari  3000  yildan  ortiq  davrni  o’zida 

mujassamlashtirgan Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasini yaratdi. 

Markaziy Osiyo xalqlarining milliy qadriyatlardagi xos jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom

ajdodlar xotirasiga sadoqat; 

kattalarga hurmat, yoshlarga izzat 

insoniy muomalada mulozamat; 

hayo, andisha, vazminlik, sabr-toqat kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi.  

Ma’lumki, demokratik qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular: 

— mahalliy 

— milliy 

— mintaqaviy 

— umuminsoniy mazmunda namoyon bo’ladi. 

Milliy muhit demokratik qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbasidir. Aynan milliy 

muhit  mahalliy  qadriyatlarning  ustuvorlarini  o’z  darajasiga  ko’taradi  va  ularni  voyaga  etkazib, 

umuminsoniy qadriyatlar darajasiga olib chiqadi.  Umuminsoniy qadriyatlarni har bir kishi o’zining 

boyligiga  aylantirgandagina  milliy  tamoyillar  o’z  kuchini  ko’rsatadi.  “Shu  bilan  birga  o’tmish 

qadriyatlariga,  an’analarga  va  turmush  tarziga  betartib  ravishda  orqa-ketini  o’ylamay  qaytish 

boshqa bir keskinlikka  —  hozirgi  davrni  qabul  qilmaslikka, jamiyatni  yangilash  zaruriyatini  inkor 

etishga  olib  kelishi  mumkin”

2

  deb  ta’kidlaydi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov. 



Biz bugungi kunda haqiqiy qadriyatlarimizni:  

— tadrijiylik, andishalilik asosida;  

—  buhron paytida sabr-toqat, maromiylik va vazminlik asosida  

— mulozamatda sertakalluflik, keksalarga munosabatda hurmat-izzat asosida;  

—  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  bosiqlik,  sipolik  va  boshqa  asoslarda  asrab-avaylab 

rivojlantirmoqdamiz. 

Milliy  qadriyatlar  ham  qandaydir  o’zgarmas  hodisalar  emas.  Millat  taraqqiyoti  bilan  bog’liq 

bo’lgan  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  hayotning  takomillashib  borish,  yashash  va  mehnat  qilish 

sharoitlar  o’zgarishi  bilan  milliy  qadriyatlar  ham  rivojlanib  borishiga  imkon  yaratiladi.  Har  bir 

qadriyat  ma’lum  konkret  davr,  sharoit  va  ehtiyojlarning  mahsuligina  emas,  balki  uning  ko’zgusi 

hamdir. Shu nuqtai nazardan qadriyatlarning demokratik tamoyillar bilan qaror topishidagi o’rniga 

baho  berishdan  oldin  ulardan  foydalanishda  ikki  omilga  alohida  e’tibor  berish  kerak:  birinchisi— 

qaysi  bir  qadriyatlarning  yuzaga  kelgan  aniq  tarixiy  sharoitlar,  ikkinchisi  o’sha  davrlarga  xos 

bo’lgan  imkoniyat  va  ehtiyojlarni  ham  bilish  kerak.  Shuningdek,  umumbashariy  demrokratik 

qadriyatlarmi,  mintaqaviy  qadriyatlarmi,  milliy  qadriyatlarmi  uning  qaysi  zamin  ehtiyoji  asosida 

vujudga  kelganligini,  ular  o’rtasida  qanday  uyg’unlik  mavjud  bo’lganligi,  vorisiylik  masalalarini 

ham o’rganish zarur. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning muhim shartidir. 

Ayni  paytda,  fikrimizcha,  muayyan  milliy,  sinfiy,  mintaqaviy,  shaxsiy  va  boshqa  xususiy 

                                                 

1

 Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғати ( А.Жалолов ва ª.Хоназаров умумий таҳририда) — Т.:”Шарқ“, 



19998, 141 б. 

2

 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 



кафолатлари. -Т.:Ўзбекистон, 1997, 138 б. 

qadriyatlar tizimi ham umuminsoniy qadriyatlar tizimining o’rnini bosa olmaydi. 

Fuqarolik  jamiyatini  barpo etishda umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo’lish  xususiyatlari 

nisbiy  xarakterga  ega  bo’lib,  uning  bu  xususiyati,  ya’ni  nisbiylik  har  doim  ham  ko’zga 

tashlanavermaydi. Shunga ko’ra demokratik tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishda 

uning quyidagi namoyon bo’lish shakllarini alohida ta’kidlash zarur. 

a) demokratik jarayonlarning uzviyligi asosida milliy qadriyat sifatida shakllantirish; 

b)  odamlarning  tafakkuri  va  ijtimoiy-siyosiy  saviyasi  bilan  demokratik  o’zgarishlar  darajasini 

mutanosib bo’lishiga erishish orqali; 

v)  jamiyatdagi  turli  xil  guruhlar  qarashlarini  yagona  maqsad  –  «O’zbekiston  kelajagi  buyuk 

davlat»  degan  milliy  g’oya  asosida  hamjihatlilik,  millatlararo  totuvlik  ijtimoiy-iqtisodiy 

barqarorlikni ta’minlash asosida; 

g)  demokratik  jarayonlar  xalqimizning  qonunni  hurmat  qilishi,  qonunga  itoat  etish  kabi 

fazilatlariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlash; 

d) siyosiy munosabatlarda ham axloqiy, ma’naviy, milliy qadriyatlar ustuvorligiga erishish orqali 

umumbashariy  demokratik  tamoyillarni  mamlakat  fuqarosining  turmush  ehtiyojiga  aylantirish  va 

boshqalar. 

Demokratik adolatli jamiyat barpo etishda umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga xos bo’lgan 

kundalik muloqotlardagi mazmun bilan falsafiy aksiologik ma’no o’rtasidagi farqqa e’tibor berish 

lozim.  Shu  nuqtai  nazardan  bizning  fikrimizcha,  umuminsoniy  qadriyat  deganda  eng  avvalo, 

jamiyat  va  odamzod  nasli  uchun  eng  qadrli  va  uning  ma’naviy  kamoloti  uchun  xizmat  qiluvchi 

umummjtimoiy ahamiyat kasb etuvchi narsalar, xodisalar, faoliyat va boshqalarning nomi, ularning 

ijtimoiy  ifodalash  uchun  ishlatiladigan  falsafiy  aksiologik  tushunchalarni  nazarda  tutiladi.  Demak, 

umuminsoniy  qadriyat  deganda  jamiyat  a’zolarining  hammasi  uchun  umumiy  ahamiyatga  ega 

bo’lgan  va  har  bir  shaxsning  hayotida  ro’y  berayotgan  o’zgarishlarga  ijobiy  ta’sir  etadigan, 

kishilarning  xatti  harakati,  amaliy  faoliyati,  yashash  tarzi,  boshqalarga  munosabati  ham 

umuminsoniy qadriyatlarning mezoni sifatida baholanadi. Shu bilan xam umuminsoniy qadriyatlar 

tizimida demokratik tamoyillarning o’zi uning shakllanishi uchun keng maydon ochib beradi. Biroq 

bu  degani  milliy  qadriyatlarning  o’rni  ana  shu  tizimda  passiv  holatda  ekan-da  degan  xulosani 

chiqarmaslik  kerak.  Negaki,  qadriyatlar  tizimida  millat,  unga  xos  bo’lgan  belgilar,  jihatlar, 

xususiyatlar,  ularning  vujudga  kelish  jarayoniga  bevosita  ta’sir  ko’rsatadigan  hudud,  makon  va  u 

bilan  bog’liq  tuyg’ular  demokratik  jamiyatni  barpo  etishda  muhim  o’rin  egallaydi.  Milliy 

qadriyatlar  shaxs  qadriyatlarini  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  bog’lovchi  zanjirning  muhim  va 

asosiy  bo’g’ini  hisoblanadi.  Shunga  ko’ra,  millat  xar  qanday  milliy  qadriyatning  ob’ekti,  uni 

yaratuvchisi  va  milliy  qadriyatlar  tizimida  asosiy  tayanadigan  ijtimoiy  tayanch  hamdir.  Millat  bir 

tomondan, o’zininng qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turganligi bilan ham u yashovchanlik 

xususiyatiga  ega  bo’ladi.  Demak,  milliy  qadriyatlar  o’tmishdan  kelajakka  rivojlanish  jarayonida 

ularni  doimiy  takomillashtirib  yangi-yangi  qirralarini  vujudga  keltiradi.  Aynan  ana  shu  jarayon 

adolatli  va  demokratik  jamiyatning  shakllanishida  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Demak, 

birinchidan milliy qadriyatlarsiz demokratiya tamoyillarini hayotga joriy etish, uni har bir shaxsning 

turmush  tarziga aylantirish  mumkin  emas. Demokratiya nafaqat  shaxs  faoliyati, balki  u millatning 

ruhiyati hamdir. 

Ikkinchidan, demokratik jarayonlar davomida mavjud qadriyatlar tizimining o’zi ham rivojlanib 

va  o’zgarib  boradi.  Uchinchidan,  millat  milliy  qadriyatning  xaqiqiy  egasi.  Demak,    millat  uning 

makon va zamondagi harakati ham, o’tmishdan  kelajakka tomon  yashashi  ham,  avloddan avlodga 

etkazib  beruvchisi  ham,  uning  asosiy  ob’ekti  ham  aynan  shu  millatdir.  To’rtinchidan,  milliy 

qadriyatlarning takomillashmaganligi millatning yo’q bo’lib ketishiga va oxir oqibatda egasiz bo’lib 

qolishining  boshlanishidir.  Sobiq  sho’rolar  davrida  millatga  bo’lgan  hujum  eng  avvalo,  uning 

qadriyatlariga  bo’lgan  hujumdan  boshlanganligini  tasodifiy  hol  emas  edi.  Buning  bir  qator 

misollarini  ko’hna  tarixdan  ham,  hozirgi  davrdan  ham  ko’plab  keltirish  mumkin.  Beshinchidan, 

milliy  qadriyatlarning  saqlanib  qolishi  bu  faqat  ularning  o’zini  o’zi  asrab  qolishining  asosiy 

masalasi  deb  qarash  kerak  emas.  Balki  har  qanday  millatning    saqlanib  qolishi  uchun  har  bir 

millatning  o’zi  javobgar,  mas’ul  bo’lishi  shart.  Ana  shu  javobgarlik,  mas’ullik  darajasi  milliy 



rivojlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu haqda qozog’istonlik professor, faylasuf G’. 

Qodirjonov  xalqaro  konferentsiyalarning  birida  o’zi  tan  olib,  shunday  fikrni  bildirdi:  “Qozoq 

ziyolilarining  o’z  ona  tillarini  o’rganishlari,  o’zlashtirishi  va  o’z  tillarida  ilmiy  falsafiy,  siyosiy 

kitoblarni  yozishi o’ta mushkul bo’lib qolayotganligining sababi  - ular milliy ruhining erkinligiga 

nisbatan  uzoq  yillar  xukmron  bo’lgan  “qizil  imperiyaning”  mafkuraviy  tazyiqining  natijasidir. 

Bunday holatni Qirg’iziston va O’zbekiston ziyolilari o’rtasida ham kuzatish mumkin”.

1

 

Milliy  qadriyatlarning  adolatli  demokratik  jamiyatni  barpo  etishdagi  o’rnini  tahlil  etish 



jarayonida eng avvalo, millatning o’zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash zarur. Negaki, millatning 

o’zi milliy qadriyatlarning ham ob’ekti va ham sub’ektidir. 

Demak,  mamlakatimizda  demokratik  jamiyat  barpo  etishda  milliy  va  umumbashariy 

qadriyatlarning  uyg’unlashuvi  taraqqiyotning  zaruriy  qonunidir.  Umumbashariy  tamoyillar  va 

qadriyatlar  qandaydir  o’zgarmas,  aqidaviy  tushunchalar  emas.  Davrlar  o’tishi,  sharoit,  talab  va 

ehtiyojlarning o’zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o’zgarib boradi.  Lekin 

bu  o’zgarishlardan  qat’iy  nazar,  umuminsoniy  qadriyatlar  odamlarni  jipslashtiruvchi,  ma’lum 

maqsadlar,  ijtimoiy,  ma’naviy  kamolotining  muayyan  yo’llari  uchun  birgalashib  kurashishga, 

harakat  qilishga  chorlovchi  ijtimoiy  hodisalardir.  Umuminsoniy  qadriyatlar  turli  davlatlar,  xalqlar 

o’rtasidagi  ko’prik  vositasini  o’tab,  odamlarni  bir-biriga  yaqinlashtiruvchi,  hamjihatlik  va 

hamkorlikka chorlovchi kuch vositasini o’taydi. Ma’naviyat borasida ham umuminsoniy qadriyatlar 

xalqlarning  barcha  madaniyatini  yaqinlashtiradi  va  ularning  tezroq  kamol  topishga  imkon  yaratib 

beradi.  

O’zbekistonda  erkin,  demokratik  jamiyat  qurish  vazifasini  amalga  oshirish  jarayoni 

demokratiyaning  umuminsoniy  va  milliy-ma’naviy  qadriyatlari  uyg’un  ekanligi  e’tirof  etiladi. 

Demokratiyaning asosiy belgisi aniq olgan u yoki bu mamlakatda xalqni oliy hokimiyatning amalga 

oshiruvchi  manbai  ekanligini e’tirof etishdir. Ayni  paytda turli  xalqlar xalq  hokimiyatining shakli 

va  mazmunini  turli  davrlarda  turlicha  talqin  etishlari  mumkin.  Masalan  demokratiyaning  antik 

davrdagi  talqini  bilan  Evropadagi  hozirgi  zamon  talqini  ham  aynan  bir  xil  emas.  Qaysiki,  muhim 

demokratik milliy va umuminsoniy qadriyatlar va tamoyillar turli xil siyosiy rejimlarda, unga mos 

ravishda shu mamlakat va mintaqadagi xalqlarning milliy-madaniy, tarixiy va boshqa an’analarida 

o’zining hayotiy ifodasini topgan.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6– mavzu. Qonun ustuvorligi – demokratik davlat va fuqarolik 

jamiyati qurishning asosi. 

REJA: 

1.Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari.  

2.Demokratik fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi  

   tamoyilining mustahkamlanishi. 

3.Fuqarolik jamiyati va uning huquqiy asoslari. 

 

Ma’lumki  O’zbekiston  mustaqillikka        erishganidan      keyin      o’ziga    xos    bo’lgan  taraqqiyot     



yo’lini    -     ya’ni    bozor iqtisodi    tamoyillariga     asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat 

                                                 

1

 2002 йил 8-май ойида ЖИДУ да бўлган Халқаро конференция баённомасида айтилган фикрдан кўчирма. 



qurish  vazifasini  asosiy  maqsad  qilib  belgilab  oldi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom 

Karimov ta’kidlab o’tganidek:  «Biz shunchaki  demokratik jamiyat  emas, demokratik odil jamiyat 

qurmoqchimiz…  Adolat  va  haqiqat  g’oyasi  ijtimoiy  hayotimizning  barcha  sohalarini  qamrab 

olmog’i  darkor.  Adolat  va  haqiqat  g’oyasi  qonunchilik  faoliyatimizning  zamini,  bosh  yo’nalishi 

bo’lmog’i shart

1



  Darhaqiqat,  adolat  tushunchasi  bilan  qonun  ustuvorligi  tushunchasi  chambarchas  bog’liqdir. 

Yurtboshimiz belgilab berganlaridek, qabul  qilinayotgan qonunlarimizning zamirida adolat  yotishi 

lozim.  Adolatga  asoslangan  qonunlarning  hayotga  tatbiq  etilishi  adolatning  tantana  qilishiga  olib 

keladi.  

Demokratik  jamiyat  qurish  uchun  mamlakatda  qabul  qilinayotgan  qonunlar  adolatli  bo’lishi, 

o’zida  xalq  manfaatlarini  ifoda  etishi  shart.  Bunday  qonunlarga  og’ishmay  itoat  etilsagina, 

jamiyatda  demokratiya  qaror  topadi  va  mustahkam  bo’ladi.  Chunki  barcha  demokratik  institutlar, 

inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.  

Demokratik  jamiyatning  eng  muhim  belgilaridan  biri  -  jamiyat  a’zolarining  qonun  oldidagi 

tengligini,  Konstitutsiya  va  qonunlarning      ustunligini      ta’minlanganligidir.  Shu  bilan  birga 

Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan 

iborat bo’lmog’i lozim.  

«Qonun  ustuvorligini  ta’minlash,  shaxs,  oila,  jamiyat  va  davlatning  huquq  va  manfaatlari 

muhofazasini  kuchaytirish,  aholining  huquqiy  madaniyati  va  huquqiy  ongini  oshirish,  fuqarolarni 

qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 

chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki 

uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi»

1



Qonun  ustuvorligining  mohiyati  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  qator 

moddalarida  belgilab  berilgan.  Konstitutsiyaning  III  bobi  ikkita  15  va  16-moddalaridan  iborat 

bo’lib, Konstitutsiya va qonun ustunligiga bag’ishlangan. 

Konstitutsiyaning 

15-moddasiga 

muvofiq  «O’zbekiston  Respublikasida  O’zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. 

Davlat,  uning  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalari,  fuqarolar  Konstitutsiya    va 

qonunlarga muvofiq ish ko’radilar». 

O’z  faoliyatini  Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  amalga  oshirish  sanab  o’tilgan 

sub’ektlarning  konstitutsiyaviy  burchi  bo’lib  hisoblanadi.  Agarda  davlat  organlari,  nodavlat 

tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar  yoki  fuqarolar  o’zlarining  bu  burchlarini  bajarmasalar,  ularga 

nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin.  

Konstitutsiya  va  qonunlarga  rioya  etmagan  shaxslarning  javobgarligi  Konstitutsiyaning  o’zida 

yoki  tegishli  qonun  hujjatlarida  mustahkamlab  qo’yilgan  bo’ladi.  Masalan,  Konstitutsiya  93-

moddasining 12-bandiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan tuman va shahar hokimlarini 

Respublika Prezidenti o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli. 

Bu  borada  shuni  ham  aytib  o’tish  lozimki,  Konstitutsiyaning  normasi  boshqa  qonunlarning 

normalariga nisbatan ustunlik xarakteriga ega. Chunki Konstitutsiya barcha boshqa qonunlar uchun 

poydevordir. 

Shuning uchun ham Konstitutsiya 16-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «Birorta ham 

qonun  yoki  boshqa  normativ  huquqiy  hujjat  Konstitutsiya  normalari  va  qoidalariga  zid  kelishi 

mumkin  emas».  Agarda  birorta  normativ-huquqiy  hujjat  Konstitutsiyaga  zid  keladigan  bo’lsa,  u 

bekor qilinishi lozim.  

O’zbekiston  Respublikasida  normativ-huquqiy  hujjatlarning  Konstitutsiyaga  mosligini 

ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo’llaniladi. 

                                                 

1

 Каримов И А. Ўзбекистоннинг сиёсий, ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. 



Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг биринчи сессиясидаги маъруза. 1995 йил 23 феврал. «Ватан 

саждагоҳ каби муқаддасдир» китобида, 3-ж., -Т., Ўзбекистон, 1996, 10-б. 

1

  Каримов  И.А.  Адолат  қонун  устуворлигида.  Иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Мажлисининг олтинчи сессиясидаги маъруза. 2001 йил 29 август. «Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ 

керак» китобида, 10-ж., -Т., Ўзбекистон, 2002, 28-бет 



  Xo’sh,  Konstitutsiyaning  bu  moddasiga  binoan  qonun  yoki  boshqa  normativ-huquqiy 

hujjatning Konstitutsiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir. 

  Normativ-huquqiy  hujjatlarning  Konstitutsiyaga  mosligini  nazorat  qilishni  uning  qaysi 

bosqichda amalga oshirilishiga qarab, quyidagi ikki turga bo’lish mumkin: 

Birinchidan,  dastlabki  nazorat.  Bu  nazorat  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyiha  vaqtida  ularni  

huquqiy  ekspertizadan  o’tkazish  orqali  amalga  oshiriladi.  O’zbekiston  Respublikasining 

«Normativ-huquqiy  hujjatlar  to’g’risida»gi  2000  yil  14  dekabrda  qabul  qilingan  qonunining  18-

moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning 

yoki  normativ-huquqiy  hujjatni  qabul  qiladigan  organning  yuridik  xizmati,  shuningdek, 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi  mumkin». 

Ikkinchidan,  keyingi  nazorat.  Bu  nazorat  normativ-huquqiy  hujjatlar  qabul  qilinganidan  keyin 

amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o’zini ham ikki turga bo’lish mumkin.  

a)  normativ-huquqiy  hujjat  qabul  qilinganidan  keyin,  ammo  u  hali  kuchga  kirishidan  avval 

amalga  oshiriladigan  nazorat.  Bu  nazorat  ham  Adliya  vazirligi  tomonidan  vazirliklar,  davlat 

qo’mitalari  va  idoralar  qabul  qilgan  umummajburiy  xarakterga  ega  bo’lgan  normativ-huquqiy 

hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishdan avval amalga oshiriladi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar 

davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyingina kuchga kiradi. 

O’zbekiston  Respublikasida  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  va  idoralarning  umummajburiy 

xarakterdagi  normativ-huquqiy  hujjatlarining  Konstitutsiya  va  qonunlarga  mosligini  ta’minlash 

maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993  yil  17 iyunda  «Vazirliklar, davlat 

qo’mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi 

va ularni davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» va 1997 yil 9 oktyabrda 

«Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-

tadbirlari to’g’risida» qarorlar qabul qildi. 

Bu qarorlarning mohiyati shundaki, ular umummajburiy xarakterdagi idoraviy normativ-huquqiy 

hujjatlarni  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilishining 

majburiyligini  ta’minlab  berdi.  1997  yil  9  oktyabrdagi  qarorda  belgilanishicha,  agar  shunday 

hujjatlar  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilmasa,  ular  yuridik  kuchga  ega  bo’lmaydi.  Konstitutsiya  yoki 

qonunga  zid  bo’lganlari  esa  davlat  ro’yxatiga  olinishi  mumkin  emas.  Ana  shunday  yo’l  bilan 

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligi ta’minlanmoqda. 

b)  kuchga  kirgan  normativ-huquqiy  hujjatlarning  Konstitutsiyaga  mosligi  yuzasidan  nazorat. 

Bunday nazoratni barcha davlat organlari amalga oshiradilar. 

Umuman  olganda  qonunlarning  ijro  etilishi  va  normativ-huquqiy  hujjatlarning  Konstitutsiyaga 

va  qonunlarga  mos  bo’lishini  nazorat  qilish  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatini 

amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan olib boriladi.  

Qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilib borish Oliy Majlis faoliyatida o’ziga xos 

o’rin  tutadi.  Oliy  Majlis  tomonidan  qonunlarga  rioya  qilinishini  nazorat  qilish,  ularning 

ta’sirchanligini  o’rganish,  qonun  hujjatlaridagi  kamchiliklarni,  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga 

solishdagi  nuqsonlarni  o’z  vaqtida  bartaraf  etish  maqsadini  ko’zlaydi.  Oliy  Majlis  qo’mitalari  va 

komissiyalari  har  yili  qariyib  50  ta  qonunning  ijrosini  o’rganadilar.  Qonun  hujjatlari  talablari 

qanday bajarilayotganligi deyarli barcha vazirliklar va idoralarda, viloyatlarda tekshiriladi.  

Fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquqlari  va    erkinliklarini    ta’minlash    yuzasidan  parlament 

nazoratini  amalga   oshirishda Oliy    Majlisning    Inson    huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) 

instituti muhim rol o’ynaydi

1

. Ma’lumki Er yuzida inson borki, u doimo o’z huquqi va erkinligini 



himoya qilish uchun imkoniyat izlagan va Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro 

o’rtasidagi  munosabatlarga  yanada  aniqlik  kiritdi.  Ombudsman  fuqarolarning  haq-huquqlarini 

himoya  qiluvchi  munosabatlarni  nazorat  qiluvchi  vakildir.  Ombudsman  (Hombutsmen)  shvedcha 

so’z  bo’lib,  hukumat  idoralari  faoliyatini  taftish,  nazorat  qiluvchi  mansabdor  shaxs  yoki  vakil 

ma’nosini anglatadi

2

.  



                                                 

1

 Халилов Э.². Ўзбекистон Республикасининг Парламенти: Биринчи чақириқ Олий Мажлиснинг фаолияти.  -



Т.: Ўзбекистон, 1999, 11-17 бетлар 

2

 Мустақиллик: изоҳли илмий-оммабоп луғати. -Т.: Шарқ. 1998, 179-б. 



Ushbu  fikr  hozirgi  zamon  huquqiy  adabiyotlarida  keng  tarqalgandir.  Biroq  jamiyatda  qonun 

ustuvorligini  ta’minlashda  Ombudsman  institutining  o’ziga  xos  talqin  va  tarixiy  ildizlari  mavjud. 

Shu nuqtai nazardan amerikalik mutaxassis Din Gottererning bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir. 

U  shunday  deb  yozadi:  Ombudsman  instituti  ildizlari  uzoq  o’tmishga  borib  taqaladi. 

Ombudsmanning tarixiy ildizlaridan biri Qur’oni Karim va islom mafkurasining bir qismi sifatida 

odillik  tamoyillaridan  kelib  chiqadi

3

.  O’sha  payt  inson  huquqi  va  erkinliklarini  himoya  qilish, 



mulkiy,  oila  va  nikohga  oid  huquqlarni  tartibga  soluvchi  hamda  shikoyatlarni  qabul  qilish  va 

nizolarni  hal  qilish  uchun  muxtasib  mansabi  dastlab  halifa  Umar  tomonidan  tashkil  etilgan  edi. 

Keyinchalik  ana  shunday  muxtasib  mansabi  Movarounnahrdagi  mavjud  xonliklarda  ham  tashkil 

etilgan  bo’lib,  ular  asosan  fuqarolarning  shikoyatlarini  adolat  nuqtai  nazardan  hal  etishga 

intilganlar. 

Shunday  qilib,  Ombudsman  institutining  ildizlari  Din  Gotterer  ta’kidlaganidek,  Sharq 

mamlakatlari davlatchiligiga borib taqaladi. Biroq, Er yuzida rasmiy ravishda esa, birinchi marotaba 

Ombudsman instituti 1709 yil Shvetsiya qirolligi huzurida tashkil topgan. 1709 yili Shvetsiya qiroli 

Karl XII Poltava janglarida mag’lubiyatga uchrab, Turkiya davlatiga qochib ketadi. Qirolsiz qolgan 

Shvetsiyada  tartibsizlik  boshlanadi.  Bundan  xabar  topgan  Karl  XII  Turkiyada  turib,  1713  yil 

Shvetsiya  qirolligi  huzurida  Ombudsman  tashkil  qilish  haqidagi  qonunga  nizo  chekadi.  Bugungi 

kunda  deyarli  barcha  demokratik  mamlakatlarda  Ombudsman  instituti  tashkil  etilgan. 

Ombudsmanning muhim xususiyatlaridan biri uning mustaqilligidir. 

Oliy  Majlisning  inson  huquqlari  bo’yicha  vakil  (Ombudsman)  demokratik  yo’ldan  borayotgan 

jamiyatimizdagi  inson  huquqlari  bilan  bog’liq  muammolarni  hal  qilishda  faol  ishtirok  etmoqda. 

Oliy  Majlisning  inson  huquqlari  bo’yicha  vakili  Ombudsman  1997  yil  24  aprelda  qabul  qilingan 

qonunda  berilgan  vakolatlariga  muvofiq  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Mamlakatimizda  huquqiy 

demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda.  

O’zbekiston  Respublikasining  «Mahalliy  davlat  hokimiyati  to’g’risida»gi  qonunining    26-

moddasining  birinchi  qismiga  muvofiq  «Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashining 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 

farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarori O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

tomonidan bekor qilinadi». 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  93-moddasining  1-bandiga  muvofiq  O’zbekiston 

Respublikasining Prezidenti «fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga 

rioya etilishining kafilidir». 

Bu  normaga  ko’ra  Prezident  birinchidan,  qabul  qilinayotgan  qonunlar  va  boshqa  normativ-

huquqiy  hujjatlarda  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklariga  rioya  etilayotganligini,  ikkinchidan  esa, 

ularning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilib boradi.  

Konstitutsiyaga  ko’ra  qonunlar  Respublika  Prezidenti  tomonidan  imzolanadi,  boshqacha  qilib 

aytganda, o’zining rasmiy tasdig’ini topadi. Agar Prezident qabul  qilingan qonunda fuqarolarning 

huquq va erkinliklariga rioya etilmagan yoki u Konstitutsiyaga zid deb hisoblasa, Konstitutsiya 93-

moddasining  14-bandiga  muvofiq  qonunga  o’z  e’tirozlarini  ilova  etib,  uni  takroran  muhokama 

qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agarda boshqa normativ-huquqiy 

hujjat,  masalan,  Vazirlar  Mahkamasining  qarori,  vazirning  buyrug’i,  hokimning  qarori 

Konstitutsiyaga  yoki  qonunlarga  zid  bo’lsa  Respublika  Prezidenti  shu  moddaning  13-bandiga 

muvofiq uni to’xtatishga yoki bekor qilishga haqli.   

«Mahalliy  davlat  hokimiyati  to’g’risida»gi  Qonunning  26-moddasining  ikkinchi  qismiga 

muvofiq «Hokimlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlariga,  Hukumat  hujjatlariga, 

shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  tomonidan,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

to’xtatiladi va bekor qilinadi». 

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qonun ustuvorligini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi 

                                                 

3

 Готтерер Д. Омбудсман ҳақида Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари журнали. 1999, 1-сон, 27-б. 



Oliy  Majlisiga  qonunchilik  tashabbusi  asosida  inson  huquqlarini  himoya  qilishga  qaratilgan 

qonunlar loyihalarining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega. 

    Keyingi 

yillarda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  insonparvarlik, 

adolatparvarlik    g’oyalariga    asoslangan  jinoyat,            jinoyat-protsessual    qonun    hujjatlarini 

takomillashtirishga,  jinoiy  jazolarni  liberallashtirishga  qaratilgan  bir  qator  qonun  loyihalari  Oliy 

Majlisga  kiritildi.  Ularning  qabul  qilinishi  mamlakatimiz  ijtimoiy  hayotida  o’zining  samarasini 

bermoqda. 

Huquqiy    davlat    tushunchasi    demokratik  davlat        tushunchasi        bilan        chambarchas  

bog’liqdir.    Jahon    tajribasi    shuni ko’rsatmoqdaki,    demokratik,    huquqiy davlat kuch, inqilob 

bilan emas, balki tabiiy-tarixiy evolyutsion  yo’l  bilan barpo etiladi. Albatta, har qanday jamiyatda 

huquqiy  davlat  tushunchasi  u  yoki  bu  qonunlarning  mavjudligi  bilan  belgilanmaydi.  Negaki, 

qonunlar  huquq  sifatida  har  bir  davlatda  mavjud  va  har  qanday  hokimiyat  ulardan  foydalanadi. 

Hamma gap o’sha qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir. 

Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  Ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining  birinchi  sessiyasidagi  ma’ruzalarida  «Huquqiy  davlatning  mazmun-mohiyatini 

belgilaydigan amaldagi kodekslar, qonunlar, me’yoriy hujjatlarni tanqidiy baholagan holda huquqiy 

davlatni  shakllantirish  borasida  birinchi  galda  qabul  qilishimiz  zarur  bo’lgan  yangi  qonun  va 

me’yoriy hujjatlarni aniqlab olishimiz kerak» deb ta’kidlab o’tdilar

1



Mamlakatimizda  qonun  ustuvorligini  ta’minlashda  yurtboshimizning  1996  yil  31  oktyabrdagi 

«Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi»ni tuzish to’g’risidagi farmoni 

alohida  ahamiyatga  ega  bo’lmoqda.  Bugungi  kunda  Milliy  markaz  mamlakatimiz  va  butun 

jahondagi  inson  huquqlari,  erkinliklarini  jahon  xalqaro  huquq  normalari  asosida  himoya  etishning 

ta’sirli vositasi sifatida faoliyati ham ibratli bo’lmoqda. Biroq bu borada demokratik tamoyillarning 

hayotga to’liq joriy  etilishida jiddiy  ayrim muammolar ham  mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi 

sud  mustaqilligiga  erishishdan  iboratdir.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  «Sudlar  tom 

ma’nodagi  mustaqil  bo’lgan  holdagina  qonunlarning  qat’iy  ijrosi,  ularning  haqiqiy  ustuvorligi 

so’zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi 

muqarrar»

2

.  Darhaqiqat  qonun  ustuvorligini,  insonning  huquq  va  erkinliklari  himoyasini 



ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday 

asos qolmaydi.  

Sudlar        tomonidan          davlat      organlari  huquqiy    hujjatlarining      Konstitutsiyaga  va      

qonunlarga          mosligini            nazorat    qilinishi  -  sud  organlarining  vakolatlaridan    biri    bo’lib  

hisoblanadi. 

  O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  12-moddasi  «Davlat  organiniig  yoki 

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish», deb nomlangan 

bo’lib,  uning  birinchi  qismiga  muvofiq  «Davlat  organlarining  yoki  fuqarolarning  o’zini  o’zi 

boshqarish  organining  qonun  hujjatlariga  muvofiq  bo’lmagan  hamda  fuqarolarning  yoki  yuridik 

shaxslarning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati 

sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin». 

Sud  huquqiy  hujjatni  haqiqiy  emas,  deb  qaror  chiqargan  taqdirda,  bu  qaror  hamma  davlat 

organlari  va  boshqalar  uchun  ham  majburiydir.  Chunki  Konstitutsiyaning  114-moddasida  «Sud 

hokimiyati  chiqargan  hujjatlar  barcha  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari,  korxonalar, 

muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir», deb mustahkamlab 

qo’yilgan. 

Sud qaroriga ko’ra haqiqiy emas deb e’lon qilingan huquqiy  hujjat - yuridik kuchga ega emas. 

Agarda  biron-bir  hujjatning  qonuniyligi  to’g’risida  sud  qarori  mavjud  bo’lsa,  o’sha  hujjat 

yuzasidan fuqarolar yoki tashkilotlar sudga yana shikoyat qilishlari mumkin emas. 

                                                 

1

 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт пировард мақсадимиз. -Т.: Ўзбекистон, 29-б. 



2

 Каримов И.А. Биз танлаган йўл - демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т. II. –Т.: 

Ўзбекистон, 2003, 31-б. 


    Qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatlar  tomonidan  chiqarilgan  normativ-huquqiy 

hujjatlarning      konstitutsiyaviyligini  nazorat    qilish    O’zbekiston    Respublikasining  

Konstitutsiyaviy  sudiga yuklatilgan. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyaviy sudi qonunlarning va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan boshqa 

hujjatlarning,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmonlarining,  Hukumat  qarorlarining,  davlat 

hokimiyati  mahalliy  organlari  qarorlarining  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  mosligini 

aniqlaydi. 

   Xulosa  qilib  aytadigan  bo’lsak,  qonun  ustuvorligi  quyidagi  uchala  holat  bo’lgandagina, 

o’zining to’liq ifodasini topadi.                       



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin