1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


 

                                                 

7

 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоєда. -Т.: Ўзбекистон. 1999. 15-19 бетлар. 



4 – mavzu. O’zbekismtonda demokratik jamiyat qurishda “o’tish  

           davri”ning zarurligi va o’ning xususiyatlari. 

REJA: 

1. 


“O’tish davri” tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. 

2.  Prezident  Islom  Karimov  tomonidan  O’zbekistonning  “evolyutsion  tadrijiy”  asosida 

demokratik jamiyatga o’tishga doir nazariy  kontseptsiyasining ishlab chiqilishi. 

3.  “O’tish davri”ning ahamiyati. 

 

    O’tmish,  bugun  va  kelajak  bir-biriga  tutashgan  bunday  tarixiy  paytlarda  mustaqillik  davrini 



kechirayotgan  har  bir  davlat  bir  tomondan,    demokratiya  borasida  jahon  xalqlari  orttirgan  boy 

tajriba hamda undan millat manfaatlari yo’lida foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o’ziga xos 

noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog’liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko’plab 

mamlakatlar misolida tasdiqlagan.  

O’tish  davri  ijtimoiy-siyosiy  fanlar  mavzulari  tizimidagi  dolzarb  masalalar  qatorida  turadi. 

Chunki, mamlakatlar o’zlarining  yuksak taraqqiyot darajalariga ma’lum oraliq  bosqichlarini bosib 

o’tmasdan  erisha  olmaydilar.  Ana  shu  «oraliq»  bosqichni  o’rganish  na  faqat  nazariy,  shuningdek 

amaliy  ahamiyatga  ham  egadir.  Ammo,  u  mustaqil  mavzu  sifatida  ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy 

adabiyotlarda ilmiy jihatdan juda kam o’rganilgan. Buning asosiy sababi, uning aniq «mezoni»ni va 

boshlanishi  nuqtasi  bilan  «poyoni»  (oxirgi  muhlati)  masalasini  aniq  belgilash  murakkabligicha 

qolmoqda.  Bundan  tashqari  ba’zi  olimlar,  jamiyat  taraqqiyoti  to  fuqaroviy  jamiyat  darajasiga 

ko’tarilguncha, faqat «o’tish davri»ni o’z boshidan kechiradilar, u uzluksiz jarayon, - deb hisoblasa, 

yana  birlari  «o’tish  davri»ning  muhlati  va  mohiyatidan  ko’ra,  undagi  jarayonlarni  o’rganish 

«muhimroq»  -  ekanligini  ta’kidlaydilar.  Xullas,  O’zbekistonda  demokratik  jamiyatga  o’tish  davri 

ham  mukammal  o’rganishga  ehtiyoj  etilib  kelmoqda.  Chunki,  uning  boshlanishi  va  oxirgi 

«poyoni»ning  mezonlarini  aniqlamasdan  turib,  jamiyat  hayotida  sodir  bo’ladigan  yoxud  sodir 

bo’lishi mumkin bo’lgan jarayonlar haqida aniq kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish ham mumkin 

emas. Bu jarayonlar nega turli mamlakatlarda turlicha sodir bo’ladi? Ularning muhlati nega har bir 

davlatda  turli  xil  vaqtlarda  davom  etadi?  O’tish  davrida  kuchlar  nisbati  qanday  holatda  bo’ladi? 

degan savollarga javobni faqat demokratik jarayonlar bilan hamohanglikda mustaqil mavzu sifatida 

o’rganish  orqaligina  javob  berish  mumkin  bo’ladi.  Bu  jarayon  barcha  mamlakatlar  uchun  xosdir. 

Chunki jahonning eng taraqqiy etgan mamlakatlari ham uni o’z boshidan kechirmoqdalar. 

Shu  ma’noda  uni  o’rganish  bugun  «o’tish  davri»ni  o’z  boshidan  kechirayotgan  O’zbekiston 

uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Negaki, uni o’rganish biz qurayotgan jamiyatda  

sodir  bo’ladigan  jarayonlar  darajalari  to’g’risida  aniq  tasavvurlarga  va  unga  etib  borish  yo’llarini 

aniqlash imkonini beradi. 

         O’tish  davri  barcha  davlatlarning      yuksak  taraqqiyotiga    erishish  uchun  xos  bo’lgan 

jarayonida sodir bo’ladigan   o’ziga  xos «oraliq»  muhlat  hisoblanadi. 

U    har    qanday    davlat  uchun  umumiy  qonuniyatdir.  Chunki  davlatlar  vujudga  kelishi  bilanoq, 

birdaniga  yuksak  taraqqiyot  darajasiga  ko’tarila  olmaydi,  balki  har  bir  davlat  eng  avvalo, 

shakllanadi  va  ma’lum  tarixiy  taraqqiyot  bosqichlarini  o’z  boshidan  o’tkazadi.  Ma’lumki,  har  bir 

davlatning  vujudga  kelish,  rivojlanish  va  yuksak  darajasiga  ko’tarilish  jarayonlari  olimlar 

tomonidan o’rganilgan va bugungi kunda o’rganish davom etmoqda. Ammo, o’tish davri o’zi nima?  

Nima uchun o’tish davri deb aytiladi? – degan savollarga mukammal javob ilmiy adabiyotlarimizda 

eng kam ishlangan muammolardan biridir. Shunga ko’ra uni mukammal tarzda o’rganmasdan turib, 

mamlakatimizning  rivojlanish  xususiyatlarini  aniq  tasavvur  qilib  bo’lmaydi.  Zero,  bugun  yuksak 

rivojlangan  yoki  kam  taraqqiy  qilgan  yohud  endigina  rivojlanish  tomon  qadam  tashlayotgan 

mamlakatlarning  bir  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  tuzumdan  ikkinchisiga  o’tish  jarayoni  aynan 

takrorlanmaydigan  hodisadir.  To’g’ri,  o’tish  davri  uchun  barcha  mamlakatlar  uchun  xos  bo’lgan 

umumiy  bo’lgan  qonuniyatlar  ham  mavjud.  Ular  siyosiy  hokimiyatni  o’zgartirish,  iqtisodiy 

islohotlarni  amalga  oshirish,  yangi  tafakkur  va  turmush  tarzini  shakllantirishda  namoyon  bo’ladi. 

Ammo,  ularni  amalga  oshirish  ham  davlatlar  va  unda  yashayotgan  xalqning  mentaliteti  bilan 

chambarchas  bog’liq  bo’ladi.  Xo’sh,  nega  shunday?  O’tish  jarayonida  tayyor  andozalar  yoki 


«model»dan  foydalanib,  pirovard  maqsadni  amalga  oshirishga  kirishilsa  bo’lmaydi-mi?  Yoki 

ma’lum tarixiy bosqichni bosib o’tmasdan, yuksak taraqqiyotga erishib bo’lmaydimi? 

Xuddi ana shunday savollarga javob topish  uchun ham  o’tish  davri  haqidagi  qarashlarni o’zida 

mujassamlashtirgan mukammal kontseptsiyani ishlab chiqish ehtiyoji ortib bormoqda. Ayniqsa, bu 

ehtiyoj  mamlakatlar  taraqqiyotida  sodir  bo’layotgan  turli-tumanlik,  uning  zaminidagi 

muammolarning  yuzaga  kelishi  va  ularni  hal  qilish  usullarini  ishlab  chiqish  jarayonidagi  o’ziga 

xoslik omilining ahamiyati kuchayib bormoqda. 

Aslida  o’tish  davri  nazariyasi  deganda  nimani  tushunmoq  kerak?  O’tish  davri  u  haqidagi  turli 

qarashlar  tizimi  hisoblanadi.  Ular  asosida  umumlashgan  nazariyalar  shakllanadi.  Qarashlar  turli-

tuman,  hatto  ular  bir-biriga  qarama-qarshi  bo’lishi  ham  mumkin.  Eng  muhimi  ularni  tahlil  qilish 

asosida  ilmiy  xulosalar  ishlab  chiqiladi.  Xulosalarning  ilmiyligi  esa  ularning  moddiy  kuchga 

aylanishida  o’z  ifodasini  topadi.  Ya’ni,  o’tish  davri  haqidagi  nazariy  qarashlar  real  hayotda  o’z 

ifodasini topsa, amaliyotda o’z samarasini bersagina, ilmiy xulosa darajasiga ko’tariladi. Ana shu 

ma’noda ham o’tish davri nazariyasi deganda, mamlakatlarning ma’lum bir ijtimoiy taraqqiyotdan 

ikkinchisiga  o’tish  uchun  zarur  bo’lgan  oraliq  bosqichlar  natijasi  haqida  shakllangan  qarashlar 

tizimi tushuniladi. 

Berilayotgan  bu  ta’rif  o’tish  davrining  mohiyatini  o’rganish  asosida  shakllangan  qarashlar 

natijasi o’laroq, yuzaga keldi. O’tish davri haqida turli-tuman fikrlar bo’lishiga qaramasdan uni bir 

tizimga  keltirish,  umumlashtirish  asosida  shakllangan  ta’riflar  bugungi  kungacha  deyarli 

uchramayotganligi  sababli,  «o’tish  davri  nazariyasi»ga  yuqorida  berilayotgan  ta’rifni  boshqalari 

bilan taqqoslash imkoniyati ham cheklanganligini nazarda tutish lozim. 

Ana shuni hisobga olgan holda o’tish davrining o’zi haqidagi fikrlarning mohiyatini aniqlash va 

uning xulosalariga asoslanib, tegishli nazariyalar ishlab chiqish mumkin bo’ladi. 

O’tish davriga munosabat bildirgan germaniyalik olim Leonid Levitin shunday yozadi: «odatda, 

«o’tish davri» so’zlarini aynan o’tmish va tushunib, uni kelajak oralig’idagi bugun, deb o’ylaydilar. 

«O’tish  davri»ning  paydo  bo’lishida,  bunday  qarashlarga  ko’ra,  o’tmish  –  sabab,  kelajak  esa 

maqsad tarzida voqe bo’ladi».

1

 



Shu  muallifning  yana  bir  muhim  xulosasi  mavjud-ki,  u  ham  e’tiborga  loyiq.  Jumladan,  u 

shunday  yozadi:  «Tabiiyki,  o’tish  davrlari  turli  xildagi  tartibsiz  jarayonlar,  mavhumotliklar  bilan 

to’la.  Kimdir  bunday  davrlarni  «daryo  bo’ylab  uzala  tushgan  ko’prik»  deb,  o’xshatib  ta’riflagan 

edi».


2

 

Totalitar  tizimdan  demokratik  jamiyatga  o’tish  qaysi  sohada  bo’lishiga  qarab,  uning  ma’no-



mazmunini  aniqlash  mumkin  bo’ladi.  Demokratik  taraqqiyot  bosqichiga  o’tish,  uning 

muqarrarligini  hisobga  oladigan  bo’lsak,  uning  zarurligini  inkor  etib  bo’lmaydi.  Chunki  jamiyat 

ham  inson  kabi  yuzaga  kelganidanoq  yuksak  kamolot  darajasiga  ko’tarila  olmaydi,  balki  ma’lum 

bosqichlarni  bosib  o’tishi  zarur  bo’ladi.  Hamma  masala  ana  shu  bosqichlarning  o’ziga  xosligini, 

ularda  mavjud  bo’ladigan  muammolar  ko’lamini  aniqlash  va  hal  qilish  mexanizmlarini  ishlab 

chiqish  bilan  bog’liq.  Ammo,  bu  jo’n,  oson  ish  emas.  Chunki  jamiyatning  bir  bosqichdan 

ikkinchisiga o’tishi o’z ichiga keng ko’lamdagi vazifalarni hal etishni qamrab oladi. Ularni amalga 

oshirishda  nafaqat  ob’ektiv,  ayni  paytda  sub’ektiv  omillarini  ham  hisobga  olish  zarur.  Ularning 

o’tish  davridagi  vazni  o’zaro  bog’liq  holda  kechadi.  Shuning  uchun  ham  o’tish  davri  haqida  fikr 

yuritganda, gap faqat jamiyatning demokratik tamoyillar tizimiga o’tishi bilan cheklanmasdan, balki 

ungacha jamiyatlar bir bosqichdan ikkinchisiga o’tishi uchun zarur bo’lgan  «oraliq» ham  nazarda 

tutilmoqda. 

Albatta, masalaga bunday yondashuv vujudga kelishi, ular o’rtasidagi kurashlar va u yoki bu sinf 

hukmronligining  o’rnatilishidan  iborat  bo’lgan  formatsion  yondashuvdan  xoli  bo’lib,  u  jamiyat 

taraqqiyotiga tsivilizatsion yondashuvni talab etadi. Ya’ni, jamiyatning bir bosqichdan ikkinchisiga 

                                                 

1

  Левитин  Леонид,  Дональд  С.Карлайл.  Ислом  Каримов  -  янги  Ўзбекистон  президенти.  -Т.:      Ўзбекистон, 



1996, 52-бет. 

2

 Ўша манба. 53-бет. 



3

 ªаранг: Тафаккур, 1998, 4-сон, 87-бет.  

 


o’tishi  inson  turmushida,  uning  tafakkurida,  jamiyatning  moddiy,  siyosiy  va  ma’naviy-ma’rifiy 

hayotida  sodir  bo’ladigan  o’zgarishlar  darajalarining  markazini  aniqlash  va  mezonlarini  belgilash 

g’oyasi turadi. 

Ana  shunday  qarashlarning  majmuasigina  o’tish  davrining  mohiyatini  o’zida  to’la  ifodalaydi. 

Albatta,  o’tish  davri  -  nimadan  nimaga  yohud  qaysi  jamiyatdan  yana  qaysi  biriga  o’tilishi  haqida 

gap borishi masalasi dunyo olimlari diqqatida turganligini ham ta’kidlash lozim bo’ladi. Ayniqsa, 

jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga formatsion yondashuv (yuqorida ta’kidlanganidek) barham topgan 

bugungi kunda bu masalaga aniqlik kiritish maqsadida turli kontseptsiyalarni ilgari surishga e’tibor 

ham kuchaymoqda. 

Jumladan,  Amerikalik  sotsiolog  Deniel  Bell  ijtimoiy  taraqqiyotni  quyidagi  uch  bosqichga 

bo’ladi: 

Agrar jamiyat 

Industrial jamiyat 

Industrial  yoki informatsion jamiyat. 

Uning jamiyatni klassifikatsiyalashtiruv (tizimlashtirish)i  zaminida, jamiyatning ishlab chiqarish 

texnologiyasi,  ishlab chiqarishga  samarali ta’sir  o’tkazishni belgilovchi  xizmat ko’rsatish,  maishiy 

hayot  va  turmush  turadi,  uning  fikricha  bugun  dunyodagi  ko’pgina  mamlakatlar  industrial 

jamiyatdan  informatsion  jamiyatga  o’tish  holatida

2

…  Ba’zi  bir  Ovrupolik  olimlar  bir  qator 



ovropalik olimlar industrial va postindustrial jamiyat bilan bir qatorda, «Yangi» jamiyat P. Draker, 

«Post  zamonaviylashgan»  jamiyat,  j-f.  liotara,  undan  keyin  yangi  industriallashgan  jamiyat  Dj. 

Gelbreyt, undan keyin «rivojlangan» jamiyat va xokazo.  

Umuman,  ularning  nazariyalarida  insonning  jamiyatdagi  roli  va  o’rni  yana  birlarida  esa  o’tish 

davrida demokratiyaga oid bilim va texnika taraqqiyoti ta’sirida sodir bo’lgan o’zgarishlarni o’zida 

mujassamlashtirgan

3



Yuqoridagi ko’rsatilgan olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda aytish mumkinki; 



birinchidan,  jamiyat  qanday  nomlanishidan  qat’i  nazar,  o’z  taraqqiyotida  biridan  ikkinchisiga 

o’tish iborat bo’lgan jarayon bilan rivojlanadi;  

ikkinchidan, bir taraqqiyot  bosqichidan ikkinchisiga o’tishdagi  asosiy ko’rsatgich moddiy omil 

emas, balki odamlarning turmush sharoitlaridagi bo’ladigan o’zgarish hisoblanadi. 

O’tish  davrini  faqat  moddiy  omillar  darajalari  bilan  bog’lash  -  uning  mohiyatini  to’liq 

ifodalamaydi. Shunga ko’ra, sodir bo’ladigan ijobiy yohud salbiy o’zgarishlarga ta’sir o’tkazuvchi 

siyosiy omillarning rolini aniqlash masalasi ham muhimdir. 

Jamiyatda  bo’ladigan  har  qanday  o’zgarishlar  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy 

sohalarning  uzviyligi  xolatida  qaralgandagina,  o’tish  davrining  mohiyatini  tushunish  mumkin 

bo’ladi: o’tish davri mamlakatlar taraqqiyotining bir ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdan biri ikkinchisiga 

o’tishi  umumiy  qonuniyat  bo’lishi  bilan  birga,  ularning  har  birida  o’tish  jarayoni  ham  turlicha 

namoyon  bo’ladi.  Barchasiga  xos  bo’lgan  asosiy  umumiylik  eskisining  taraqqiyot  ehtiyojlariga 

javob  bera  olmaganligi  oqibatida,  yangi  bosqichga  o’tish  zaruriyatini  keltirib  chiqarishi  bilan 

bog’liq.  Shu  ma’noda,  o’tish  davridagi  bosh  yo’nalish  «orqaga  qaytish»  emas,  balki  «oldinga» 

yurish,  pastdan  yuqoriga  ko’tarilish  yoki  oldingi  darajaga  qaraganda  yuksalish,  rivojlanish 

demakdir. 

Eski tuzumni saqlab qolish yo’lidagi turli urinishlar, qon to’kishlar, xalq boshiga tushadigan turli 

fojealarga  qaramasdan,  ularning  qaysi  darajadan  sodir  bo’lishidan  qat’i  nazar,  baribir  o’tish 

davrining bosh yo’nalishi o’zgarmas bo’lib qolaveradi. Shu ma’noda Leonid Levitinning quyidagi 

fikriga  qo’shilish  mumkin.  «Postkommunistik  o’tish  davri  –  o’tish  davrining  ko’rinishlaridan 

biridir,  xolos.  Insoniyat  tarixida  bunday  davrlar  ozmuncha  yuz  bermagan.  Ular  o’zaro  bir-biridan 

qanchalar  salmoqli  tafovutlar  bilan  farq  qilmasin,  biroq  asosiy  ma’nolari  bitta  –  jamiyatni  uning 

iqtisodini,  siyosatini,  uning  madaniyatini  zamonaviylashtirish»

1

  –  deb  yozadi.  Ammo,  ana  shu 



«Zamonaviylashtirish»ni  qaysi  o’lchov  mezonidan  kelib  chiqmoq  kerak,  -  degan  savolga  javob 

                                                 

2

 Қаранг: Вопросы философии. 3-сон, 2001 й. 6-бет 



3

 Ўша манба. 8-сон, 2001 й. 14-бет. 

1

 Қаранг: Вопросы философии. 3-сон, 2001 й., 53-бет. 



topish zarur bo’ladi.  Zero,  «zamon»  o’zgaruvchan, shiddat  bilan oldinga  intiluvchi  jarayon xolos. 

Masalaga  ana  shu  nuqtai  nazardan  qaraladigan  bo’lsa,  o’tish  davrining  tamom  bo’lish  mezonlari 

mavjudmi  yoki  «zamon»  kabi  to’xtovsiz  jarayon  hisoblanadimi?  -  degan  savollar  yuzaga 

kelaveradi.  

Aslida,  yuqorida  bizning  unga  bergan  ta’rifimizda  uni  davlat  taraqqiyotining  bir  ijtimoiy-

iqtisodiy  tuzumdan  ikkinchisiga  o’tish  uchun  zarur  bo’ladigan  alohida  bosqich  ekanligi  haqidagi 

kontseptual  g’oyamizga  muvofiq  o’tish  davri  shu  ma’noda  ham  alohida  bosqichdir.  Albatta,  u 

ma’lum  muhlatdan  keyin  o’z  poyoniga  etadi  va  jamiyat  ilgarigiga  qaraganda  yangi  taraqqiyot 

bosqichida yashay boshlaydi. 

Biz  ana  shunday  jarayonni  aniq  tasavvur  qilishimiz  va  tushunishimiz zarur  bo’ladi.  Aks  holda, 

insoniyat  o’z  boshidan  o’tish  davrini  o’tkazish  bilan  yashaydi  va  bu  oxiri  yo’q  bo’lgan  jarayon, 

degan noto’g’ri xulosa kelib chiqadi.  

Mustaqillik  tufayli  O’zbekistonning  totalitarizmdan  asta-sekin  demokratik  jamiyat  tomon 

o’tishining  o’ziga  xos  xususiyatlari  ham  bundan  istisno  emas,  albatta.  Ammo,  jamiyat  erishgan 

yutuqlar  asosida  taraqqiy  qilish  jarayonining  imkoniyatlarining  tugashi,  uning  o’sib  kelayotgan 

ehtiyojlarni  qondirishga  qurbi  etmay  qolishi,  jamiyatni  yangi  pog’onaga  ko’tarish  zaruriyatini 

keltirib  chiqaradi.  Demak,  birinchidan,  o’tish  davrini  jamiyat  o’zi  erishgan  imkoniyatlar  asosida 

rivojlanishning  tugashi,  o’sib  kelayotgan  ehtiyojlarning  qondirolmay  qolishdan  boshlab,  undan 

yuqori bo’lgan imkoniyatlarni yuzaga kelishigacha bo’lgan muhlat bilan belgilash mumkin. 

Ikkinchidan, bir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumdan ikkinchisiga «o’tish davri» yoki aniqrog’i, 

«oraliq»  bosqichining  muhlati  ana  shu  yangi  yuzaga  kelgan  taraqqiy  qilish  jarayoni  namoyon 

bo’lishi  bilan  tugaydi.Uchinchidan,  insoniyat  faqat  «o’tish  davri»  bilan  yashamaydi,  balki  uning 

boshlanishi  bo’lganidek  poyoni  ham  mavjuddir.  Xuddi  ana  shu  «poyoni»  taraqqiyot  darajalarini 

yoki tuzumlarning  birini ikkinchisi bilan farqlash imkonini beradi. Demak, demokratik rivojlanish 

ana  shu  imkoniyatni  inson  manfaatlari  bilan  bog’laydi.  Bunday  sharoitda  zamonning  ehtiyoji  va 

rivojlanish darajalarida yangi vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumning turli sohalarida 

mavjud bo’ladigan «mexanizmlari»ning barqaror «ishlashi» amalga oshadi. Aniqroq qilib aytadigan 

bo’lsak,  davlat  hayotida  barqaror  taraqqiy  qilish  jarayoni  sodir  bo’ladi.  Shu  nuqtai  nazardan  ham 

Leonid  Levitining  postkommunistik  makondagi  o’tish  davrini  «zamonaviylashtirish»  mezoni 

sifatidagi  fikriga  qo’shilish  mumkin.  Uning  «…zamonaviylashtirish  muayyan  yakun  topguncha, 

ya’ni mamlakat barqaror iqtisodiy rivojlanish, siyosiy barqarorlik darajalariga erishguncha bo’lgan 

davr «o’tish davri» deb ataladi»

1

 - degan ta’rifiga faqat zamon nuqtai nazardan qaralsagina, to’g’ri 



bo’ladi.    Zero,  insonlar  ehtiyojlarining  to’la  ta’minlanishi  va  jamiyat  taraqqiyotining  yuksak 

darajaga ko’tarilishi fuqarolik jamiyati qurilgandagina amalga oshadi. Ammo, fuqorolik jamiyatini 

insoniyat  ehtiyojlarini  qondiraoladigan,  jamiyatning  eng  yuqori  pog’onaga  ko’tarilgan  va  uning 

bundan keyin rivojlanishiga ehtiyoji bo’lmaydigan «oxirgi manzil» sifatida qarash ham ilmiy nuqtai 

nazardan  to’g’ri  bo’lmaydi.  Chunki  faqat  ehtiyojning  yuzaga  kelishigina  taraqqiyot  zaruriyatini 

keltirib chiqaradi. U to’xtagan daqiqadan boshlab, taraqqiyot ham to’xtaydi. 



  Shu  ma’no  dunyoning  biron  bir  davlatini  to’la  fuqarolik  jamiyati  sharoitida  yashamoqda  deb 

aytish qiyin. 

  Shuning uchun ham bugun insoniyat fuqarolik jamiyatiga o’zining ideali sifatida qaramoqda va 

uni qurish uchun faollik ko’rsatmoqda. 

  «O’tish  davri»  haqida  fikr  yuritganimizda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  fuqarolik 

jamiyatigacha  bo’lgan  barcha  tuzumlarning  insonlar  manfaatlari  va  ehtiyojlarini  to’la  qondira 

olmasligi bois, ularning birinchisidan ikkinchisiga ob’ektiv ravishda o’tishi uchun ehtiyojni yuzaga 

keltirib turadi. Bu o’z navbatida yangi tuzumga o’tish davrini boshlab beradi. 

Ammo,  demokratik  tamoyillar  asosiga  qurilgan  yangi  jamiyatga  o’tish  bir  qator  o’ziga  xos 

hususiyatlar bilan  farqlanadi. Ular quyidagilardir: 

  Birinchidan,  ayrim  mamlakatlarda  demokratik  jarayonlar  yangi  tuzumning  ichida  shakllanadi 

va bu uning xalq uchun farovon hayotni ta’minlash yo’lidagi faoliyatida namoyon bo’ldi. To’g’ri, 

                                                 

1

 Қаранг: Вопросы философии. 3-сон, 2001 й. 53-бет. 



bu jarayon ham  silliq amalga oshmaydi,  balki o’ta murakkab kechadi, juda katta talafotlarni ham 

o’z boshidan kechirishi mumkin. Xuddi ana shu murakkab muammolarni hal qilishda to’g’ri yo’lni 

tanlashdagi, ya’ni jamiyat taraqqiyotini xalq manfaatlariga qaratilganligi insonning to’la ma’nodagi 

huquqlari va erkinliklarini ta’minlovchi jamiyatga aylanishiga olib keladi; 

  Ikkinchidan,  o’tish  davri  yuksak  darajadagi  moddiy  imkoniyatlarning  yuzaga  kelishi  bilan 

tugamaydi, balki ularning xalq farovonligini ta’minlashga qaysi darajada qaratilganligi va insonlar 

erkinliklarining  ta’minlanganligi  bilan  bog’liq  bo’lgan  jarayon  hisoblanadi.  Ular  na  faqat 

mamlakatlarning  jug’rofiy  omiliga  bog’liq,  balki  ana  shu  davlatda  yashayotgan  aholining  siyosiy 

madaniyati  va  mentalitetiga  hamohang  bo’lishiga  ham  bog’liqdir.  Bularning  xammasi  tarixiy 

taraqqiyot bosqichlarida shakllanib va rivojlanib kelgan tajribalardir. 

  Ayni  paytda  bugungi  kungacha,  o’tish  davrining  mustaqil  fundamental  nazariyasi  ishlab 

chiqilmagan.  Buning  oqibatida  mamlakatlarning  ma’lum  tarixiy  bosqichni  bosib  o’tmasdan,  uni 

«chetlab»  demokratik  jamiyatga  o’tishga  bo’lgan  xatti-harakatlari  sodir  bo’lmoqda.  Bu  o’z 

navbatida  ular  hayotida  ayrim  holatlarda  katta  fojialarni  keltirib  chiqarmoqda.  Shuningdek,  ayrim 

mamlakatlarga  «chetdan»  demokratik  jarayonlarni  «eksport»  qilib  bo’lmaydi.  Bunday  urinishlar 

mamlakatlarda  beqarorlikka,  uni    taraqqiyotdan  orqaga  ketishiga  olib  kelishi  mumkin.  Bunday 

mamlakatlarga  demokratiyani  «eksport»  qilishdan  ko’ra,  uning  shakllanishi  uchun  shart-sharoit 

yuzaga kelishiga imkoniyat yaratilishi lozim bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, «o’tish davri» ijtimoiy-

iqtisodiy-siyosiy  tuzum  emas,  balki  mamlakatlarning  ularga  o’tishi  uchun  zarur  bo’ladigan 

zaminlarni  shakllantirishga  ketadigan  tarixiy  oraliq  bosqich  hisoblanadi.  Uning  boshlanishi 

mamlakatlarda bo’ladigan eng avvalo, siyosiy o’zgarishlar va uning zaminida esa iqtisodiy, ijtimoiy 

hamda  ma’naviy  sohalardagi  o’zgarishlar  bilan  bog’liq  bo’lgandagina,  yangi  vujudga  kelgan 

jamiyatning  o’z  imkoniyatlari  to’la  yuzaga  chiqadi.  Uning  o’ziga  xos  xususiyati  va  alohidaligi 

haqida  Prezident  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek,  «O’tish  davri  muammolarining  yig’indisi  va 

hususiyatlari  bir  vaqtning  o’zida  qator  g’oyat  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  vazifalarni  hal  etishni 

taqozo qiladi»

1

.  «O’tish  davri»  qanchalik turli-tuman bo’lmasin,  bari bir  barcha ijtimoiy-iqtisodiy 



va siyosiy tuzumlar uchun zarurdir. Chunki u har bir  vujudga keladigan yangi jamiyat uchun zamin 

tayyorlash  imkoniyati  hisoblanadi.  Bu  zamin  na  faqat  iqtisodiy,  shuning  bilan  birga  jamiyat 

a’zolarining o’zlarini ham yangi jamiyatga «moslashtirish» zarur bo’ladi. 

Buni o’tish davrining bir nechta modellari tajribasini tahlil etish zaruratini vujudga keltiradi. 

  O’tish  davri  tushunchasi,  uning  mohiyati  va      zarurligining      umumiy        nazariya  masalalari   

turli   ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy fanlarda insoniyat taraqqiyoti bosqichlarida demokratik tamoyillar 

asosida faoliyat ko’rsatadigan jamiyatga o’tishning turli «model»larining o’ziga xos hususiyatlarini 

o’rganishni taqozo etadi. 

  Ma’lumki,  totalitarizmga  asoslangan  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  bosqichlarning  demokratik 

jamiyatga o’tishi o’ta murakkab jarayon hisoblanadi. Uning murakkabligi shundaki, ungacha sodir 

bo’lgan taraqqiyot bosqichlari ob’ektiv ehtiyoj sifatida birining ichida ikkinchisi shakllanib kelgan, 

davlat  va  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlari  shaklan  o’zgargan  bo’lsa  ham,  mazmunan  u  bari 

bir  ommani  itoatda  ushlab  turishga,  uning  ustidan  hukmronlik  qilishga  qaratilganligi  qolavergan. 

Ulardagi  yana  bir  xususiyat  -  omma  davlat  uchun,  degan  tamoyilning  amal  qilganligi  bilan  ham 

xarakterlanadi. 

Demokratik  jamiyatda  esa,  eng  avvalo  siyosiy  tuzum  tubdan  o’zgarib,  xalqning  xokimiyati 

bevosita yoki bilvosita ishtirokida boshqaruvi amalga oshadi va omma davlat uchun emas, aksincha 

davlat uchun, degan tamoyilning ustuvorligi asosida davlat boshqaruvi amalga oshadi.  

Shu  ma’noda  ham  demokratik  jamiyatga  o’tish  jarayoni  davlatlarning  barcha  sohalarida  tub 

o’zgarish ishlarini amalga oshirilishi natijasi sifatida sodir bo’ladi. 

  Demokratik  jamiyatga  o’tishda  siyosiy  sohada,  davlatning  amaldagi  mexanizmlari  tugatiladi. 

Uning o’rniga qurilayotgan jamiyat manfaatlariga javob beraoladigan mexanizmlari shakllantirilib 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1999, 74-бет. 



boriladi.  Iqtisodiy  sohada  esa,  bozor  munosabatlari  qaror  topadi.  Taraqqiyotda  ommaning  o’z 

moddiy  manfaatdorligini  erkin  qondira  olishi  asosida  umumiy  iqtisodiy  rivojlanish  sodir  bo’ladi. 

Ma’naviy-ma’rifiy sohada, inson omili, uning qadr-qimmati yuksak qadriyat darajasiga ko’tariladi. 

Shunday  jarayonlar  tufayli  jamiyatning  yuksak  intelektual  kuch  asosida  rivojlanishi  reallikka 

aylanadi. 

  Shuning uchun ham bugungi kunda dunyo mamlakatlarining  demokratik jamiyatga o’z ideali 

sifatida  qaramoqda.  Uni  vujudga  keltirish  uchun  faollik  ko’rsatmoqda.  Ammo  demokratik 

jamiyatga  o’tishning  barcha  mamlakatlar  uchun  yagona  bo’lgan  aniq  andozalari,  yana  ham 

aniqrog’i  «model»lari  yo’q  va  u  bo’lishi  ham  mumkin  emas.  Chunki  har  bir  mamlakat  na  faqat 

o’zining  tuzilishi,  iqtisodiy  taraqqiyot  darajalari,  imkoniyatlari,  intelektual  imkoniyatlaridan  biri  

ikkinchisidan farqlanadi, balki o’z xalqining mentaliteti, turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlari 

bilan ham bir-biridan ajralib turadi. Ularni hech qachon bir qolipga solib bo’lmaydi. Unga harakat 

qilish  nafaqat  hech  qanday  samara  beribgina  qolmasdan,  balki  og’ir  oqibatlarga  olib  kelishi 

mumkinligini  tarixiy  tajriba  tasdiqlagan.  Shuning  bilan  birga  demokratik  jamiyatga  o’tishning 

barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlari ham  mavjud.  Jumladan, siyosiy tizimni 

isloh  qilish,  bozor  munosabatlarini  shakllantirish,  insonning  o’z  ichki  imkoniyatlarini  yuzaga 

chiqarish  uchun  shart-sharoitlarni  vujudga  keltirish,  jamiyat  taraqqiyotida  yuksak  intellektual 

salohiyat  ustuvorligini  ta’minlash  va  boshqa  bir  qator  qonuniyatlar  barcha  demokratik  jamiyat 

qurishga intilayotgan mamlakatlar uchun umumiy hisoblanadi. Ammo umumiy qonuniyatlar barcha 

mamlakatlarning o’ziga  xosligini hisob olgan holda demokratik jamiyatga o’tishni inkor  etmaydi. 

Aksincha,  o’tish  davrida  mavjud  bo’ladigan  muammolarning  ma’no-mazmunini  teran  anglagan 

holda, ularni sobitqadamlik bilan hal qilish imkonini beradi. 

  Demokratik  jamiyatga  o’tish  deganda,  mamlakatlarning  turli  tuzumlardan  (totalitarizm, 

kapitalizm,  harbiy  diktatura  va  x.k)  demokratik  tamoyillar  asosida  rivojlanishi  uchun  vujudga 

keltiriladigan imkoniyatga ketadigan oraliq vaqt tushuniladi. Xuddi ana shu vaqt ichida demokratik 

jamiyat  uchun  zarur  bo’ladigan  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy-ma’rifiy  imkoniyatlar 

yaratiladi.  «Oraliq»  vaqtning  boshlanishi  va  uning  o’z  poyoniga  etishi  o’tish  davri  masalalari 

qatoridagi  eng  muhim  ahamiyatga  molikdir.  Chunki,  bugun  bu  masala  ilmiy  adabiyotlarda  o’z 

echimini  topganicha  yo’q.  Unga  aniqlik  kiritmaslik  esa  «o’tish  davrining»  boshi  va  oxiri 

qaerdaligini bilib olish imkonini bermaydi. To’g’ri, o’tish davri ikki yo’nalishda iqtisodiy hayotda 

va siyosiy hokimiyatda pirovardida demokratik jamiyatga olib boruvchi tub o’zgarishlarning sodir 

bo’lishi  va  uning  asosida  ijtimoiy  hamda  ma’naviy-ma’rifiy  sohalarda  olib  boriladigan 

islohotlarning  boshlanishi  bilan  xarakterlanadi.  O’tish  davrining  tugashi  esa  demokratik 

tamoyillarning to’laligicha hayotiy reallikka aylanishi bilan bog’liq bo’ladi. 

  Bugungacha demokratik tamoyillar asosida rivojlanayotgan mamlakatlarning unga o’tish davri 

tajribalariga  asoslanib,  o’tishning  uchta  asosiy  yo’li  yoki  «model»i  shakllanganligini  ta’kidlash 

mumkin. 

Uning  birinchisi  -  klassik  an’anaviy  yo’l  hisoblanadi.  «Klassik  yo’l»  -  deganda,  insoniyatning 

demokratik  taraqqiyot  yo’liga  o’tishning  dastlabki  shakli  va  uning  dunyodagi  ko’pchilik 

mamlakatlar taraqqiyotida samara berganligi asosidagi andozasi tushuniladi. Bu yo’lning xarakterli 

xususiyati shundaki, unda tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mamlakatning o’z ichki imkoniyatlariga 

tayangan xolda demokratik jamiyatga o’tishi amalga oshadi. Bu yo’lning yana bir asosiy hususiyati 

shundaki, u uzoq tarixiy bosqichda amalga oshadi. O’tish davrida siyosiy sohada qancha burhonlar 

sodir  bo’lishiga  qaramasdan  asosiy  o’tishning  islohotlari  iqtisodiy  sohada  amalga  oshirila 

boshlanadi. Bu sohadagi muhim tadbir xususiy mulkchilikni qaror toptirish hisoblanadi. Xuddi ana 

shu  tadbirning  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi,  mamlakat  hayotining  boshqa  sohalarini,  xususan 

ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy  madaniy  sohalarda  ham  islohotlarning  amalga  oshirilishi  imkonini 

beradi. 


O’tish  davrining  klassik  yo’lidagi  bunday  jarayonning    xarakterli  tomoni  shundaki,  iqtisodiy 

sohada  xususiy  mulkchilikning  rivojlanishidan  aholining  aksariyat  ko’pchilik  qismining  ish  bilan 

ta’minlashi  imkoniyatini  beradi.  Ammo  asosiy  moddiy  boylikning  bir  qism  odamlarda  to’planib 

qolishi, boshqalarning esa unga qaram bo’lib qolishlari  mamlakat ichki hayotida katta buhronlar, 



hatto  fuqarolar  urushlarini  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Bu  jarayon  mulk  egalarining  aholi 

farovonligini ta’minlash tomon qiladigan harakatlari o’zining samarasini bera boshlaganicha davom 

etadi.  Xuddi  ana  shu  jarayonlar  zaminida    aholining  siyosiy  ongi  ham  o’sib  boradi.  Ularning  o’z 

huquqlarining  ta’minlanishiga  erishishga  intilishi  kuchayadi.  Bu  o’z  navbatida  mamlakat  siyosiy 

hayotida demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi va uning o’sib borishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.  

  O’tish davri klassik  yo’lning boshlanishi kapitalistik munosabatlarning  yuqori bosqichi, uning 

iqtisodiyotda islohotlar o’tkazmasdan taraqqiy qilishiga imkoniyat etmay qolishi oqibatida yuzaga 

keladi.       

  Bu  yo’lning  klassik  (an’anaviy)  yo’l  deyilishiga  sabab  shuki,  mamlakatlarning  demokratik 

jamiyatga  o’tishi  dastlab  xuddi  ana  shu  ko’rinishda  namoyon  bo’lgan  edi.  Bugun  yuksak 

taraqqiyotga  erishgan  mamlakatlarning  aksariyati  ana  shu  yo’ldan  borganlar.  Klassik  yo’l 

muammolarning  ko’pligi,  ularni  hal  qilishning  murakkabligi,  aholining  bu  jarayonga  «ko’nikib» 

borishi kabi masalalar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham, ovrupa mamlakatlarida bu jarayon ikki, 

ikki  yarim  asrgacha  davom  etdi.  Ana  shu  muhlat  ichida  mamlakatlarda  iqtisodiy  sohadagi 

yutuqlarning  zaminida  demokratik  qadriyatlari  ham  shakllanadi  va  ularda  bugun  fuqarolik 

jamiyatini takomillashtirish jarayonlari davom etmoqda. 

Demokratik  jamiyatga  o’tishning  ikkinchisi  -  inqilobiy  yo’l  hisoblanadi.  Uning  xarakterli 

xususiyati  shundaki,  davlatlarda  vujudga  keltirilgan  katta  iqtisodiy  salohiyat  aksariyat  ko’pchilik 

aholining turmush tarzi nisbatan yuqori bo’lganligiga asoslanib, dastlab mamlakat siyosiy hayotida 

keskin  o’zgarishlar  amalga  oshiriladi.  Ya’ni,  amaldagi  hokimiyat    shakli  barbod  bo’ladi  va  uning 

o’rniga  yangi,  demokratik  jarayonlarni  rivojlantirishga  moyil  bo’lgan  hokimiyat  shakli  va  uning 

infra tizilmasi vujudga keladi. Ular o’z navbatida iqtisodiy hayotda keskin  islohotlar o’tkazadilar. 

Xususan, amaldagi milliy valyuta bekor qilinadi (sindiriladi). Bu esa iqtisodiy islohotlarni o’tkazish 

shart-sharoitlarining  imkoniyatlarini  izlashni  taqozo  qiladi.  Buning  oqibatida  aholining  qo’lidagi 

pul, mablag’lar ham o’z qiymatini yo’qotadi va mamlakat siyosiy hayotida bo’lgani kabi, iqtisodiy 

hayotda ham demokratik jarayonlarning rivojlanishi sodir bo’ladi. Bu yo’l o’ta xavflidir. 

  Inqilobiy  yo’l  uchun  zarur  bo’lgan  asosiy  omillar  qatorida:  

a) sobiq tuzum  sharoitida xususiy mulk kurtaklarining saqlanib  qolganligi;    

b) demokratik  qadriyatlarning   kurtaklari   mavjudligi;     

v)  mamlakat  hayotini  demokratik  tamoyillar  asosida  qayta  qurishga  qodir  bo’lgan  intellektual 

salohiyatning etarli bo’lishi;  

g) aholining ma’lum bir qismi ana shu demokratik jarayonga hech bo’lmaganda «moyil» bo’lishi 

kabi  jihatlar  hal  qiluvchi  omildir.  Ularning  har  biri  inqilobiy  yo’l  uchun  alohida  ahamiyat  kasb 

etadi.  Masalan,  intellektualning  rolini  olib  ko’raylik.  Ular  mamlakat  hayotida  bo’ladigan  har  bir 

o’zgarishni yuzaga keltiruvchi asosiy qudrat hisoblanadi. Xalq hokimiyatdan ko’ra, ularga ko’proq 

ishonadi  va  ergashadi.  Shu  ma’noda  ham  ular  ommani  uyushtiradi  va  demokratik  jarayonlarga 

yo’naltiradi.  Shuning  bilan  birga  intellektualning  o’zi  ham  demokratik  jarayonlarning  murakkab 

muammolarini  hal  qilishda  bardosh  bera  oladigan,  uyushgan  kuch  darajasiga  ko’tarilgan  bo’lishi 

lozim. 

Intellektualning  xarakterli  xususiyati  shundaki,  u  boshqa  ijtimoiy  tabaqalardan  ko’ra,  jamiyat 



hayotida  yuzaga  keladigan  jarayonlarni  oldindan  bilishga  intiladi  va  bu  o’zgarishlarning  boshida 

tura oladi. Yoki aholi ma’lum bir qismining mamlakatning o’tish davridagi murakkab sharoitlarga 

(moyil)  bo’lishi  zarurligi  omili  ham  demokratik  jamiyat  uchun  alohida  ahamiyatga  egadir.  Bu 

jarayonda  aholi  murakkab  muammolarni  hal  qilishda  faqat  kuzatuvchi  bo’lib,  ularni  hal  qilishda 

faol  ishtirok  qilmas  ekan,  inqilobiy  yo’l  hech  qanday  samara  bermaydi.  Aksincha,  inqilobiy  yo’l 

mamlakatni  taraqqiyotdan  orqada  qolib  ketishiga  olib  keladi.  Intellektuallarning  ana  shu  keskin 

o’zgarishlardagi  yakdilligi  uyushgan  tashkilotlari  va  harakatlantiruvchi  kuchlariga  aylanishini 

taqozo etadi. 

  Jamiyatni  demokratlashtirishda  ana  shu  omillarga  etarli  e’tibor  qilinmasa,  inqilobiy  yo’l  ham 

o’zining samarasini bermaydi. Bu yo’ldan ovro’paning sobiq sotsializm tuzumida yashagan Polsha, 

Vengriya,  Germaniya  Demokratik  Respublikasi,  Bolgariya  va  Rossiya  kabi  mamlakatlari 

bormoqdalar.  Demokratiyaga  o’tishning  bu  yo’li  sharqqa  to’g’ri  kelmaydi.  Biroq,  inqilobiy  yo’l 



bilan  o’tish  uchun  zarurati  qaysidir  darajada  mavjud  bo’lib  qolmoqda.  Inqilobiy  yo’l  demokratik 

jamiyat  siyosiy  hayotida  keskin  burilish  sodir  etadi.  Mamlakatlar  siyosiy  tizimida  (sistemasi) 

boshqaruvning  mohiyatan  butunlay  yangi  shakli  vujudga  keladi.  Iqtisodiyotda  davlat  mulkini 

xususiylashtirishda,  ma’naviy-ma’rifiy  sohada  eski  mafkuradan  voz  kechishning  keskin  amalga 

oshirilishi  bir  qancha  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Ammo,  ular  o’zaro  ichki  kurashlarning  avj 

olishi, ba’zi mamlakatlarda qon to’kilishining sodir bo’lishigacha bo’lgan og’ir jarayonlar shaklida 

amalga oshdi. Bu yo’l qanchalik murakkab, mamlakat hayotida juda katta buhronlarga olib kelishni 

hisobga  oladigan  bo’lsak,  uni  har  mamlakat  o’z  xususiyatlari  va  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan 

holdagina amalga oshirishi mumkin.  

  Demokratik  jamiyatga  o’tishning  uchinchisi  -  evolyutsion  yoki  bosqichma-bosqich  yo’l 

hisoblanadi.  Uning  xarakterli  xususiyati  shundaki,  mamlakatda  amaldagi  siyosiy  hokimiyat 

tugatilib,  uning  o’rniga  yangi  hokimiyat  vujudga  kelishi  bilan,  eskini  keskin,  bir  «zarb»  bilan 

tugatmasdan,  bosqichma-bosqich,  vazminlik  bilan  tugatilib  boriladi.  Hatto,  ularning  ayrim 

imkoniyatlaridan  ham  foydalanib  boriladi.  Xuddi  ana  shu  jarayonda  iqtisodiy  islohotlarni  olib 

borishdi va bu yo’nalishda yangi munosabatlar shakllantiriladi. Bu yo’lning o’ziga xosligi siyosiy 

va  iqtisodiy  hayotda  o’tkazilayotgan  islohotlar  bilan  hamohang  ravishda  ma’naviy-ma’rifiy 

sohalarni ham yangi ehtiyojlar asosida rivojlantirilib borilishidir. 

  Xo’sh  nima  uchun  asta-sekin,  bosqichma-bosqich  o’tish  zaruriyati  tug’iladi?  Agar  asta-sekin 

o’tiladigan  bo’lsa,  uning  klassik  yo’ldan  farqli  tomoni  nimada?  Unda  ham  asta-sekinlik  bilan 

demokratik jamiyatga o’tilgan-ku? 

  Albatta,  evolyutsion  yo’lning  klassik  (an’anaviy)  yo’ldan  farqli  tomonlari  mavjud.  Ular 

quyidagilardan  iborat: 

  Birinchidan, klassik yo’lda demokratik qadriyatlar mavjud jamiyat ichida yuzaga keladi. Bunda 

faoliyat  ko’rsatayotgan  tuzumning  taraqqiy  qilishi,  mulk  egalarining  oddiy  xalqning  ehtiyojlarini 

qondirishga  yo’naltirilib  boriladi.  Uning  o’ziga  xos  xususiyati,  har  ikki  tomonning  ham 

manfaatdorligidadir.  Bunday  sharoitda  demokratik  qadriyatlar  taraqqiyotning  ijtimoiy-siyosiy 

munosabatlarining  «ma’rifatlashib»,  xalq  farovonligini  ta’minlash  omili  bo’lib  qoladi.  Hozirgi 

davrda ko’pchilik mamlakatlar evolyutsion yo’l totalitarizm yoki diktaturalar xukmronligini barbod 

etilishining  birdan-bir  to’g’ri  yo’l  ekanligini  tasdiqlamoqda.  Ayniqsa,  o’rtacha  rivojlangan 

mamlakatlarning  demokratiyaga  o’tishi  uchun  xos  bo’lgan  bu  yo’l  mamlakatlar  hayotida  keskin 

o’zgarishlarni amalga oshirishning imkoniyatlari bo’lmaganligi bilan ham bog’liqdir. 

  Ikkinchidan,  klassik  o’tish  yo’lida  aholining  dunyoqarashi  o’zgarib  borishini  taqozo  qilgan 

bo’lsa,  totalitarizm  –  ommaning  ongini  to’laligicha  o’z  manfaatlariga  bo’ysundirgan  jamiyat 

bo’lganligi uchun ham uni bir «zarb» bilan demokratiyaga «moslashtirish» nihoyatda murakkab edi. 

Chunki  ongni  o’zgartirish  qisqa  vaqtda  amalga  oshadigan  jarayon  emas,  u  jamiyat  hayotida 

bo’ladigan o’zgarishlarga mos ravishda sodir bo’ladi. 

Ayniqsa,  bu  jarayon  sanoat  ishlab  chiqarishi  kam  taraqqiy  qilgan  agrar  sektor  etakchilik 

qiladigan  mamlakatlarda  asta-sekinlik  bilan  amalga  oshishi  ham  umumqonuniyatdir.  Chunki 

bunday  mamlakatlarda  aholining  siyosiy  madaniyati  keskin  o’zgartirishlar  ehtiyojlaridan  orqada 

qolgan bo’ladi. 

  Uchinchidan,  klassik  o’tish  uchun  xos  bo’lgan  kapitalistik  munosabatlar  sharoitida 

demokratiyaga o’tishda  eski  tuzum xavf tug’dirmaydi,  balki u o’rnini taraqqiyot  qilayotgan  yangi 

demokratik munosabatlarga «bo’shatib» bera boshlaydi. 

Totalitarizm esa yangi demokratik jarayonlar uchun xavf tug’diradi. Chunki uning hukmronligi 

davrida  shakllangan,  nihoyatda  kuchga  tayangan  munosabatlar  va  ma’naviy-ma’rifiy  salohiyat 

demokratik  jarayonlar  rivojlanishi  uchun  qarshilik  ko’rsatib  turadi.  Buni  albatta  hisobga  olmaslik 

mumkin emas. 

  Shuning bilan bir qatorda mamlakatning taraqqiyot darajalari, xalqning mentaliteti, urf-odatlari 

va  qadriyatlarini  hisobga  olish  evolyutsion  yo’lining  katta  imkoniyatlari  bo’lib,  bu  o’tish  davrida 

nisbatan kam talofatlar sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. 

  Shuning uchun ham ko’pgina olimlar bugungi kunda evolyutsion yo’lni  o’tish davri uchun eng 

maqbul  yo’l  sifatida  tan  olmoqdalar.  Jumladan,  Rossiya  Fanlar  akademiyasining  akademigi 



A.N.Yakovlev  shunday  yozadi:  «…  inqilob  bu  -  boshi  berk  ko’cha,  yo’lini  yo’qotish  demakdir. 

O’zaro  janjal  va  to’polonlar  sharoitida  ham  quyidan,  ham  yuqoridan  boshlanadigan  jinoyatlar  avj 

oladi.  Shu  tariqa  lyupenlar  jinoyati  hokimiyat  jinoyati  bilan  bir-biriga  aralashib  ketadi.  Inqilob 

davrida  shafqatsizlik  misli  ko’rilmagan  darajaga  etadi.  U  olg’a  rivojlanish  haqidagi  nazariyalarni 

yaratadi-yu, oxir oqibatda o’zi ana shu harakat yo’lida to’g’anoq bo’ladi. Faqat tabiiy, tadrijiy yo’l 

insonga  qoniqish  tuyg’usini,  jamiyatga  esa  o’z  taraqqiyotini  izchil  puxta  o’ylangan,  rejali  tarzda 

amalga oshirish imkonini beradi».

1

 



  Evolyutsion  yo’lning  yana  bir  afzalligi  shundaki,  bugun  insoniyat  juda  katta  intellektual 

kamolot  darajasiga  ko’tarildi.  Shuning  bilan  birga,  uning  ehtiyojlari  ham  unga  mos  ravishda 

rivojlanib  bormoqda.  Ana  shu  ikki  jarayonni  uyg’un  holatda  rivojlantirish  imkoniyatini  faqat 

evolyutsion  yo’ldan  borish  bilan  hal  qilish mumkin  bo’ladi.  Bugun  xuddi  ana  shu  yo’l  fojealarga 

olib keluvchi qarama-qarshiliklarning oldini olishga va taraqqiyotga murosa-yu, madora  yo’l bilan 

erishish imkonini bermoqda. Bu yo’l bugun o’z mustaqilligini qo’lga kiritib endi taraqqiyot yo’liga 

kirayotgan  Osiyo,  Afrika,  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  uchun  ham  samarali  bo’lgan  yo’l 

hisoblanadi.  Ular  hozir  taraqqiyotning  qaysi  bosqichlarida  bo’lishlariga  qaramasdan,  demokratik 

taraqqiyot  bosqichiga  ham  tabiiy-tadrijiy  yo’ldan  borishlari  pirovard  bosh  maqsadga  erishish 

demakdir. 

  Ammo, ularning ichki hayotiga aralashuv, demokratiyani tashqaridan bir «zarb» bilan kiritishga 

har  qanday  urinishlar  kutilgan  natija  bermaydi.  Bunday  holat  faqat  mamalakatda  ichki  va  tashqi 

ziddiyatlarning  kuchayishiga,  demokratiyaning  bunyodkorlik  kuchiga  emas,  uni  taraqqiyotdan 

orqaga  uloqtirib  tashlovchi  vayronkor  kuch  sifatida  namoyon  bo’lishiga  olib  keladi.  Bunday 

sharoitda  mamlakatda  fuqarolar  urishi  kelib  chiqish  xavfi  yuzaga  keladi.  Bu  esa  o’z  navbatida 

mamlakatlararo,  millatlararo  qarama-qarshiliklarni  kuchaytirib,  demokratiyaning  qaror  topishiga 

yo’l qo’ymaydi.  

  Evolyutsion yo’lning samarali rivojlanishi uchun tashqaridan bo’ladigan har qanday «yordam» 

mamlakatda  demokratik  jarayonlar  rivojlanishi  uchun  zarur  bo’ladigan  shart-sharoitlarini  yuzaga 

keltiradi.  Chunki  demokratiya  hokimiyatni  boshqaruvida  xalqning  ishtirok  etishi  bilan  belgilanar 

ekan, uni «majburlab», boshqaruv jarayoniga jalb qilib bo’lmaydi. Uning uchun ehtiyoj, zaruriyat, 

shart-sharoitlarning  yuzaga  kelishi  va  xalqning  undan  foydalanishiga  bo’lgan  «tabiiy»    intilishi 

shakllanmog’i kerak bo’ladi. 

  Ana  shu  jarayonning  yuzaga  kelishi  evalyutsion  yo’l  bilan  demokratik  jamiyatga  o’tish 

imkonini  beradi.  Ular  mavjud  bo’lgan  mamlakatlarda  bu  yo’l  o’z  samarasini  berayotganligini 

O’zbekiston misolida ko’rish mumkin. 

Xullas,  evolyutsion  yo’l  bugun  dunyo  mamlakatlarining  rivojlanishiga  va  mintaqalarda 

barqarorlikning  yuzaga  kelishiga  hamda  umumiy  taraqqiyot  uchun  samara  bera  oladigan  yo’l 

sifatida namoyon bo’lmoqda. Bu jarayonlarni o’rganish zarur.        

      O’tish  davrining  umumiy  qonuniyatlari    O’zbekiston    uchun    ham        umumiylikka    egadir.   

O’tish 

 

 



 

davrining 

 

 

boshlanishi 



uchun 

 

 



 

xos 


 

 

 



bo’lgan,                                                                                                                      

amaldagi      siyosiy    hokimiyatning  tugatilishi,  uning  zaminida  iqtisodiy  sohadagi  islohotlarning 

amalga  oshirilishi  uchun  zamin  tayyorlash  va  oldingi  tizimning  mavjud  ma’naviy-mafkuraviy 

zo’ravonligidan  qutilish  bilan  xarakterlanadi.  Ular  qaysi  darajada  bo’lishidan  qat’iy  nazar, 

demokratik  tamoyillar  asosida  rivojlanish  yo’lini  tanlagan  barcha  mamlakatlar  uchun  umumiy 

zaruriyat hisoblanadi. Ammo, hamma masala o’tish davrining ichida amalga oshiriladigan vazifalar 

strategiyasini  belgilash,  ularni  hal  qilishning  mexnizmlarini  ishlab  chiqish  va  ularni  reallikka 

aylantirish  kabilarda  har  bir  mamlakatning  o’ziga  xos  hususiyatlari  mavjud  bo’ladi.  Bir 

mamlakatning  yohud  bir  necha  mamlakatlarning  o’tish  davrida  qo’llagan  tajribalarini  aynan 

ikkinchi  mamlakat  qo’llay  olmaydi.  Chunki  demokratik  jamiyatga  o’tishda  na  faqat 

mamlakatlarning  taraqqiyot  darajalari  belgilovchi  ahamiyatga  ega  bo’ladi,  xuddi  shuningdek,  har 

bir mamlakatda yashayotgan xalqning mentalitetini hisobga olish ham muhim ahamiyatga molikdir. 

Uni  hisobga  olmaslik  esa  pirovard  maqsadga  erishish  imkonini  bermaydi.  Shu  sababdan  ham 

                                                 

1

 Яковлев А.Н. ªайтадан кашф этилган мамлакат. Сўз боши ўрнида. «Халқ сўзи», 2001 йил, 9 феврал 



O’zbekistonda uning o’ziga xos va o’ziga mos bo’lgan evolyutsion tadrijiy yo’li ishlab chiqildi. Bu 

yo’lning  O’zbekiston  uchun  eng  maqbul  yo’l  ekanligi  Prezident  Islom  Karimov  tomonidan  ilmiy 

asoslandi  va  uning  kontseptual  g’oyalarini  fundamental  tarzda  bosqichma-bosqich  amalga 

oshirishga kirishildi. 

Bu yo’l Prezident tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilda o’z ifodasini topdi. Xuddi ana shu 

tamoyillarni  tavsiflab,  Prezident  shunday  ta’kidlagan  edi:  «Shuni  alohida  takidlash  zarurki,  soxta 

inqilobiy  sakrashlarsiz,  fojeali  oqibatlarsiz  va  kuchli  ijtimoiy  larzalarsiz,  evolyutsion  yo’l  bilan 

normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir».

1

  

Bu  bosh  g’oyani  Prezident  Islom  Karimov  jahon  mamlakatlarining  tajribalarini  chuqur  tahlil 



qilish  asosida  ilgari  surdi  va  O’zbekistonga  xos  o’tish  davri  «model»ini  ishlab  chiqishda  uning 

dunyodagi bironta ham davlatlardagi «model»lariga aynan o’xshamasligiga asosiy e’tiborni qaratdi. 

  U  mamlakatimiz  o’z  mustaqilligini  endigina  qo’lga  kiritgan  va  mustaqillikning  xavfi  xali 

batamom tugamagan sharoitda - 1992 yilda bu kontseptual g’oyani ilgari surdi. U shunday yozadi: 

«O’zbekistonning  chinakam  mustaqilligiga  erishishdan  iborat  o’z  yo’li  respublikani 

rivojlantirishning  quyidagi  asosiy  o’ziga  xos  xususiyatlari  va  shart-sharoitlarini  har  tomonlama 

hisobga olishga asoslanadi. 

Avvalo,  u  aholining  milliy-tarixiy  turmush  va  tafakkur  tarzidan,  xalq  an’analari  va  urf-

odatlaridan  kelib  chiqadi.  Chuqur  ildizi  o’tmishdagi  an’anaviy  jamoa  turmush  tarziga  borib 

taqaladigan kollektivchilik asoslari O’zbekistan xalqiga tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila 

va  farzandlar  to’g’risida  g’amxo’rlik  qilish,  ochiq  ko’ngillilik,  millatidan  qat’i  nazar,  odamlarga 

xayrixohlik  bilan  munosabatda  bo’lish,  o’zgalar  kulfatiga  hamdard  bo’lish  va  o’zaro  yordam 

tuyg’usi  kishilar  o’rtasidagi  munosabatlarning  me’yori  hisoblanadi.  O’zbeklar  diyoriga,  o’z 

Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida 

hurmat-ehtirom  -  O’zbekiston  aholisiga  xos  fazilatlardir.  Ichki  va  tashqi  siyosatni  ishlab  chiqib, 

amalga oshirish chog’ida islom dinini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Odamlarning turmush 

tarzida, ruhiyatida, milliy-ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, umuminsoniy tamoyillar 

bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi. 

 


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin