1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9– mavzu. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish. 

REJA: 

1.Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va uning mohiyati. 

2.Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish taraqqiyot omili. 

3.O’zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish va uning xususiyatlari.  

 

  Iqtisodiy    hayot    kishilik    jamiyati        hayotining    muhim    sohalaridan  biri  bo’lib,  inson 



rivojlanishi  manbaini  tashkil  qiladi.  Unda  insonlar  o’zlarining  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini 

qondirish  maqsadida  tirikchilik  ne’matlarini  va  vositalarini  ishlab  chiqaradilar.  Shuningdek,  ular 

taqsimlash,  ayirboshlash  va  iste’mol  qilishga  qaratilgan  faoliyatlarida  o’zaro  iqtisodiy 

munosabatlarga kirishadilar. 



Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil 

etadi  va  ularning  rivojlanishiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Ayni  paytda,  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  va 

davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.  

Sobiq  totalitar,  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi  sharoitida  iqtisodiy  hayot  soxta  siyosat, 

mafkuraviy  maqsadlarga  bo’ysundirilgan  edi.  Mafkura  iqtisodiyotdan  ustun  bo’lib,  uning 

rivojlanish  yo’nalishlarini  belgilab  berardi.  Bu  tuzumning  iqtisodiy  negizini  davlat  va  kolxoz-

kooperativ  mulk  shakllaridan  iborat  umumxalq  mulki  deb  atalmish,  egasiz  mulk  tashkil  etardi. 

Davlat  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  90  foizdan  ortig’iga  ega  bo’lib,  iqtisodiyotda  yakka 

hokimlikni  o’rnatgan  edi.  Buning  oqibatida  davlat  iqtisodiyotni,  iqtisodiy  hayotni  bir  markazdan 

ma’muriy-buyruqbozlik  asosida  boshqarib,  nimani,  ya’ni  qanday  mahsulot  va  xizmatlarni  qancha 

miqdorda,  qanday  texnologiyadan  foydalanib,  kimlar  uchun    ishlab  chiqarishni  rejalashtirib, 

belgilab berar edi.  

Jamiyat  a’zolari  ijtimoiy  mulkka    egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf  etish  mulkdorlik 

huquqidan  mahrum  edilar.  Tadbirkorlik,  biznes  bilan  shug’ullanish  qonun  bilan  man  etilgan  edi. 

Bunday faoliyat bilan shug’ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar 

edilar.  

Kishilarning  mulkdan,  uning  natijalarini  tasarruf  etishdan  begonalashganliklari  tufayli,  mehnat 

motivatsiyasi  va  ijtimoiy  adolat  tamoyillari  buzilgan  edi.  Pirovard  natijada  sobiq    ittifoq  chuqur 

tanazzulga uchrab, tarqab  ketdi.  

Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo’lish, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, 

o’zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug’ullanish hamda shunga muvofiq  cheklanmagan 

daromad  olish  va  yaxshi  yashash  imkoniyatlariga  ega  bo’lish  kabi  demokratik  ijtimoiy-iqtisodiy 

huquqlarini  amalga  oshirishni  faqat  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotigina  ta’minlashga 

qodirdir. 

Mustaqillikka  erishgan  O’zbekiston,  xalq  turmush  farovonligini,  iqtisodiy  faoliyat  tadbirkorlik 

erkinliklarini,  eng  muhimi,  mulkdor  bo’lish  imkoniyatlarini  ta’minlaydigan  ijtimoiy  yo’naltirilgan 

bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  insonparvar  demokratik  huquqiy  davlatni  va  fuqarolik  jamiyatini 

barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda. 

Shuning  uchun  ham  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  «bozor  munosabatlarini 

rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil 

etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va 

mehnat  qilish  erkinligini,  barcha  mulk  shakllarining  ting  huquqligini  va  huquqiy  jihatdan  bab-

baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»

1

 deb belgilab qo’yilgan. 



Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi haqida O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov: 

«Biz  tub  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishga  kirishar  ekanmiz,  bozor  munosabatlariga 

asoslangan iqtisodiyotni barpo etish quruq maqsad emas, degan aniq-ravshan xulosaga kelganmiz. 

Barcha  islohotlarning-iqtisodiy,  demokratik,  siyosiy  islohotlarning  asl  maqsadi  insonga  munosib 

turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»

1

, - deb ta’kidlagan. 



Erkin  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotining  eng  muhim  belgisi  iqtisodiy  plyuralizm 

bo’lib,  demokratiyaning  umumbashariy  tamoyili  hisoblanadi.  Iqtisodiy  plyuralizm  tushunchasi 

mulk  shakllari  va  xo’jalik  yuritish  usullarining  xilma-xil  bo’lishida  o’z  ifodasini  topadi.  Shu 

boisdan  ham  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ko’p  ukladli 

poliiqtisodiyot    bo’lib,  unda  turli  mulk  shakllari  va  xo’jalik  ukladlarining  teng  huquqligi, 

muvozanatda bo’lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi. 

O’zbekistonda  shakllanayotgan  xususiy  mulk    ikki    turdan    iborat    bo’ladi:      birinchisi,  yakka 

tartibda 

 

faoliyat 



yurituvchi 

 

yakka 



 

tartibda 

 

faoliyat                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                       



yurituvchi  tadbirkorlarning,  dehqon  va  fermerlarning    xususiy  mulki,  ikkinchisi,  ularning  shirkat 

xo’jaliklaridagi  paylari,  aktsiyadorlik  jamiyatlaridagi  aktsiyalari,  uyushmalardagi  ulushlaridan 

iborat  korporativ  xususiy  mulk.  Yakka  va  korporativ  (ulushli)  xususiy  mulk  egalari  mulkdor 

                                                 

1

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2003. 11-бет. 



1

 Каримов И.А.. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1998. 281-282-бетлар. 



hisoblanib,  ularning  mulkka  bo’lgan  huquqlari,  dahlsizligi  davlat  tomonidan  himoyalandi. 

O’zbekiston Respublikasining  «Fuqarolik kodeksida» «mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-

mulkka  o’z  xohishi  bilan  va  o’z  manfaatlarini  ko’zlab  egalik  qilishi,  undan  foydalanish  va  uni 

tasarruf etish, shuningdek o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni 

bartaraf  etishni  talab  qilishi  huquqidan  iboratdir.  Mulk  huquqi  muddatsizdir»

1

.  O’zbekiston 



Respublikasining  Konstitutsiyasida  esa  mulkdor  huquqining  daxlsizligi  bilan  birga,  uning 

mas’uliyati  ham  belgilab  berilgan.  Xususan,  unda  «mulkdor  mulkiga  o’z  xohishiga  egalik  qiladi, 

undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi 

fuqarolar,  yuridik  shaxslar  va  davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan  qo’riqlanadigan 

manfaatlarini  buzmasligi  shart»

2

,  deb  ta’kidlangan.  Xususiy  mulk  miqyoslarining  kengayib 



borishiga olib keladi.  

  Tadbirkorlik  erkinligi  ayrim  shaxslar  va  ularning  uyushmalari,  guruhlarining  foyda,  daromad 

olish  maqsadida  ma’lum  sohada  xo’jalik,  iqtisodiy  faoliyat  yuritish  erkinligini  bildiradi.  Bu 

shuningdek,  u  yoki  bu  tarmoqqa  tadbirkorlarning  o’z  xohishlariga  ko’ra  kirishini  va  undan 

chiqishini ham anglatadi. 

Tanlash  erkinligi  iste’molchilar  huquqlari  va  manfaatlarining  ustunligini,  ularning  o’z  xohishi, 

istaklari, didi, daromadiga mos tovar va xizmatlarni tanlash erkinligiga ega ekanliklarini ifodalaydi. 

Buning  uchun  birinchidan,  tovar  xizmatlar  hamda  resurs  bozorlari  ham  qimmat,  ham  arzon,  bir-

birlarining  o’rnini  bosuvchi  va  to’ldiruvchi  tovarlar  bilan  to’lgan  bo’lishi,  ikkinchidan,  davlat 

iste’molchilarni  ularning  hayoti  va  salomatligiga  ziyon  va  zarar  etkazuvchi  tovarlardan  himoya 

qiladi.  Shu  maqsadlarda  O’zbekiston  Respublikasining  «Iste’molchilarning  huquqlarini  himoya 

qilish to’g’risida»gi qonuni amalga oshirilmoqda. Unga binoan iste’molchilar tovar (ish, xizmat) va 

ularni  ishlab  chiqaruvchi  (bajaruvchi)lar  haqida  to’g’ri  va  to’liq  ma’lumot  olish,  tovarlarni  erkin 

tanlash huquqiga egadirlar. Tovar, ish, xizmat iste’molchining hayoti, sog’lig’i va mol-mulki uchun 

xavfli  nuqsonga  ega  bo’lgani  hamda  ishlab  chiqaruvchi  yoki  sotuvchining  g’ayriqonuniy  harakati 

tufayli etkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to’liq hajmda qoplanishi ta’minlanadi. 

Tovarning  nuqsonlari  bo’yicha  iste’molchining  talablari  u  kassa  yoki  tovar  chekini  kafolat 

muddati belgilangan tovarlar bo’yicha esa tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning 

o’rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko’riladi. Bunday tovarlar boshqa nuqsonsiz 

tovarlarga almashtirilib beriladi yoki zararning o’rni pul bilan qoplanadi. Iste’molchi huquqlarining 

himoya qilinishi, uning tanlash erkinligini ta’minlanishi demokratik iqtisodiy tamoyilining ro’yobga 

chiqarilishini anglatadi. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim 

qarorlariga  muvofiq  respublikaga  iste’mol  tovarlarini  noqonuniy  olib  kelinishi  va  sotilishining 

oldini olish chora-tadbirlarining ko’rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.   

Kishilar  naf,  foyda  va  daromad  olish  uchun  intilib,  o’zlarida  bor  bo’lgan  qobiliyatlari  va 

imkoniyatlarini  ishga  soladilar.  Raqobat  iqtisodiyot  sub’ektlari  shaxsiy  manfaatlarini  ryobga 

chiqarishning  chegarasini  belgilaydi.  Hech  kimning  iqtisodiy  yakkahokimlik  qilishiga  yo’l 

qo’ymaydi.  Shuningdek,  raqobat  ishlab  chiqaruvchi  va  sotuvchilarning  iste’molchi,  xaridorlar 

manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish 

maqsadida yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga undaydi. 

Erkin  tadbirkorlik,  raqobat  va  narx  tizimiga  asoslangan  bozor  iqtisodiyotida  hukumat  va 

davlatning  roli  cheklangan  bo’ladi.  Davlat  bozor  mexanizmining  amal  qilishiga  ko’maklashadi. 

Buning  uchun  davlat  iqtisodiyot  sub’ektlari  faoliyatining  qonuniy  bazasini  yaratib,  ularning 

faoliyat,  “o’yin”  qoidalarini  belgilaydi.  Aholining  turmush  darajasining  barqaror  o’sib  borishini, 

kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambag’allar o’rtasidagi farqlarning 

keskinlashib  ketishiga  yo’l  qo’ymaslik  maqsadida  aholi  daromadlarini  soliqlar,  transfert  to’lovlari 

vositasida  qayta  taqsimlaydi,  makroiqtisodiy  barqarorlikni  va  iqtisodiy  o’sishni  ta’minlash 

maqsadida  soliq,  byudjet  va  pul-kredit  vositalari  orqali  iqtisodiyotni  tartiblaydi.  Davlat  bozor 

                                                 

1

 Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси. Т.:19, 164-модда. 



2

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2003. 11-бет

 


mexanizmi  to’la-to’kis  bajara  olmagan  vazifalarni  o’z  zimmasiga  olib,  raqobat  muhitini  saqlaydi, 

iqtisodiyot  sub’ektlarining  erkin  faoliyatini  ta’minlaydi.  Hamda  jamiyat  uchun  kerak  bo’lgan 

mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’z zimmasiga oladi.  

  Demak,  O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  insonga  munosib  turmush 

sharoitlarini  yaratishga,  kishining  erkin  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish,  tanlash  erkinligini  hamda 

mulkdor  bo’lishdek  muhim  demokratik  huquqlarini  ta’minlashga,  iqtisodiy  hayotni 

demokratlashtirishga qaratilgandir. 

Islom Karimovning  «O’zbekistonning o’z istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li»,  «O’zbekiston  kelajagi 

buyuk  davlat»,  «O’zbekiston  bozor  munosabatlariga  o’tishning  o’ziga  xos  yo’li»,    «O’zbekiston 

iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo’lida»,  «O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida,  xavfsizlikka 

tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod 

va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  pirovard  maqsadimiz»  va  boshqa  asarlarida  mamlakatni 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishining  nazariy  asoslari,  kontseptsiyasi 

ishlab chiqilgan. 

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat: 

- ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining  ta’rifi; 

- bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim tamoyillari

- iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo’nalishlari. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlardan  ko’zlangan 

«pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga 

ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir

1

», - 


deb belgilab bergan. 

Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  iqtisodiyotni  davlat  tasarrufidan 

chiqarish,  unda  demokratiya  tamoyillari  bo’lgan  iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  tanlash 

erkinligini,  erkin  iqtisodiyot  tamoyillarini  joriy  etish  orqali  iqtisodiy  hayotni  erkinlashtirishga 

yo’naltirilgandir. 

Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy yo’naltirilgan 

bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 

O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  birinchi  bosqichida  (1991-1994 

yy.)  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimining  og’ir  oqibatlarini  yangisi,  tanglikka  barham  berish  va 

iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  hamda  respublikaning  o’ziga  xos  sharoitlari  va  xususiyatlarini 

hisobga  olgan  holda  bozor  munosabatlarining  negizlarini  shakllantirish  vazifalarini  hal  qilishga 

kirishildi.  

  Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi (1995-1999 yillar)da davlat mulkini dastlabki, kichik 

xususiylashtirishni tugallash, mulkni haqiqiy egalari qo’liga topshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun 

keng  imkoniyatlar  berish  vazifalari  belgilandi.  Bu  bosqichda  sanoat,  qurilish  va  transport 

sohasidagi, agrasanoat kompleksining go’sht-sut oziq-ovqat va paxta sanoati tarmoqlaridagi o’rta va 

yirik  korxonalar,  shuningdek,  Toshkent,  Buxoro,  Samarqand  va  Xiva  shaharlaridagi  sayyoxlik 

komplekslarining  xususiylashtirilishi  boshlandi.  Bu  bosqichda  ochiq  turdagi  aktsiyadorlik 

jamiyatlari  yaratildi,  ularning  aktsiyalarini  erkin  sotishga  chiqarildi  hamda  keng  ko’lamdagi 

ko’chmas  mulk  va  qimmatli  qog’ozlar  bozori  vujudga  keldi.  Davlatning  aktsiyalardagi  ulushi  26 

foizdan oshmaydigan qilib qo’yildi. Aktsiyalarning 50 foizdan ko’prog’i aholiga,  milliy va xorijiy 

investorlarga erkin sotiladigan bo’ldi. 

Ushbu  bosqichda  ishlab  chiqarishning  pasayishiga  barham  berildi.  Makroiqtisodiy  barqarorlik 

ta’minlanib, 1996 yildan boshlab iqtisodiy o’sish yo’liga o’tildi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini 

o’zgartirish  ishlarini  amalga  oshirilishi  natijasida  respublika  yonilg’i-energetika  va  g’alla 

mustaqilligiga  erishildi.  Shuningdek,  respublika  uchun  tamomila  yangi  bo’lgan  avtomobilsozlik 

sanoati  vujudga  keltiriddi.  Engil  va  oziq-ovqat  sanoati  uchun  asbob-uskunalar,  qishloq  xo’jaligi 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1998. 179-бет. 



uchun  kichik  mexanizatsiya  vositalari  ishlab  chiqarishni  ta’minlovchi  boshqa  istiqbolli  tarmoqlar 

xalq  iste’moli  mollari  ishlab  chiqarish  sohalarini  rivojlantirish  chora-tadbirlari  amalga  oshirila 

boshlandi. 

  Ammo shu davrlarda kichik va o’rta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va turli nazorat 

organlarini noo’rin, noqonuniy aralashuvi holatlari ko’paydi. 

  Iqtisodiyotning nodavlat sektorida monopolistik birlashmalar, korxonalar vujudga keldiki, ular 

ichki iste’mol va ishlab chiqarish vositalari bozorlarida o’z xokimliklarini o’rnatib, narx- navoning 

ko’tarilishiga  sabab  bo’ldilar.  Ushbu  sektordagi  aktsiyadorlik  jamiyatlarining  ustav  fondida, 

aktsiyalarida  davlat  ulushi  katta  miqdorda  saqlanganligi  oqibatida,  davlat  ishonchli  vakillarining 

ularning faoliyatiga noo’rin aralashishiga imkon yaratar edi.  

Valyuta  tizimi  va  bozorining    davlat  tomonidan  qattiq  nazorat  qilinishi  esa  korxonalar  va  

tadbirkorlarning  tashqi  bozorlarga  erkin  chiqish  imkoniyatini  kamaytirardi.  Bozor  va  ishlab 

chiqarish  infratuzilmalarining  rivojlanmaganligi  tufayli  tadbirkorlar  moddiy  texnika  resurslari, 

moliyaviy mablag’lar, kreditlar olishda qiyinchilikka uchrar edilar.  

  Ushbu  noxush  holatlar  iqtisodiy  hayotni  yanada  erkinlashtirish,  tadbirkorlik  va  iqtisodiy 

faoliyat  erkinliklarini  kengaytirish,  xususiy  mulkdorlar  mavqeini  yanada  ko’tarishni    taqozo  etib 

qoldi. 

“O’zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda”  asarida  iqtisodiy  hayotni  yanada  erkinlashtirish  vozifasi 



qo’shdi.  Iqtisodiy  hayotni  erkinlashtirish  mamlakat  siyosiy  hayotini,  davlat  va  jamiyat  qurilishini 

yanada  erkinlashtirish  jarayonlari  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Bu  borada  Prezident  I.A.Karimov 

“O’zbekistondagi  islohotlar  va  yangilanish  jarayonlariga  baho  berar  ekanmiz,  shuni  ta’kidlashni 

istardimki,  hayotimizning  barcha  sohalarini  erkinlashtirish  yo’li  o’z  mohiyat  e’tiboriga  ko’ra 

mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  barcha  o’zgarishlarning  asosiy  bog’lovchi  bo’g’iniga 

aylandi”,

1

 - deb ta’kidlaganlar. 



Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning 

iqtisodiy  negizlarini  mustahkamlashni  ta’minlaydi.  Uning  natijasida  jamiyatdagi  ijtimoiy-siyosiy 

barqarorlikni  kafolotlovchi,  iqtisodiy  rivojlanishni  ta’minlovchi  amalda  o’rta  mulkdorlar  sinfi 

shakllanadi. 

Prezident  I.A.Karimov  iqtisodiy  hayotni  yanada  erkinlashtirish  yuzasidan  quyidagi  vazifalarni 

belgilab bergan: 



Birinchidan,  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish  masalasini  tubdan  hal  etish.  Buning  uchun 

xususiy mulkchilik etakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish



Ikkinchidan, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish; 

Uchinchidan, bozor infratuzilmasini rivojlantirish; 

To’rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish; 



Beshinchidan, valyuta tizimi va bozorni erkinlashtirish

Oltinchidan,  davlat  va  turli  tekshiruvchi,  nazorat  qiluvchi  organlar  tomonidan  korxonalarning 

xo’jalik faoliyatiga noo’rin aralashishni cheklab qo’yish. 

Mulk  shaklini  o’zgartirgan  davlat  korxonalari  orasida  “Elektrokimyosanoat”,  “Navoiyazot”, 

“Ammofos”, “O’zbekrezino-texnika” ishlab chiqarishi birlashmalari, Toshkent va Farg’ona issiqlik 

markazlari,  Sirdaryo  GRESi,  yuk  vagonlarini  ta’mirlash  zavodi,  yo’lovchi  tashiydigan  vagonlarni 

ta’mirlash korxonasi,  O’zbekiston qiyin  eriydigan va o’tga chidamli materiallar kombinati singari 

strategik ahamiyatga ega bo’lgan yirik korxonlar bor. 

Prezident   I.A.  Karimov    Ikkinchi chaqiriq    O’zbekiston    Respublikasi   Oliy     Majlisining      

To’qqizinchi                                       sessiyasida      qilgan      ma’ruzasida respublikada demokratik 

o’zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  “bozor 

islohotlarini  yanada  chuqurlashtirish,  kuchli  bozor  infratuzilmasini  yaratish,  barqaror  va  o’zaro 

                                                 

1

  Каримов  И.А.  Ўзбекистон  XXI  асрга  интилмоқда.  /Биринчи  чақариқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Мажлисининг Ўн тўртинчи сессиядаги  маърузаси, 1999 йил 14 апрель. –Т.; Ўзбекистон, 1999. 15-16 бет. 

mutanosib,  mustahkam  iqtisodiyotning  muhim  sharti  bo’lgan  erkin  iqtisodiyot  tamoyillarini  joriy 

etishdan iborat”,

1

 muhim ustuvor yo’nalishini belgilab berdi. 



    Ushbu  ustuvor  yo’nalishni  amalga  oshirish  uchun  avvalombor  xususiy  sektorning  mavqeini 

yanada  oshirish  va  kichik  tadbirkorlikni  jadal  rivojlantirish  lozim  bo’ladi.  Endilikda 

xususiylashtirish  jarayonlari  tobora  ko’proq  yirik  korxonalarni,  ijtimoiy  infratuzilma  ob’ektlarini 

o’z ichiga qamrab olishi, korporativ xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aktsiyalarni sotishning 

birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi. 

Kichik  tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat  organlarining noo’rin  aralashuviga 

barham  berish,  moddiy-texnika  resurslari  va  moliyaviy,  shu  jumladan,  kredit  mablag’lari  bilan 

ta’minlanishini  yaxshilash,  ishlab  chiqarilgan  tovarlarni  sotish  uchun  ishlab  chiqarish  va  bozor 

infratuzilmalarini  rivojlantirish  dolzarb  ahamiyatga  ega.  Shuningdek,  shirkat  xo’jaliklarini  fermer 

xo’jaliklariga  aylantirish  hamda  ularga  servis  xizmati  ko’rsatuvchi  va  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini va qishloqlarda ularning filiallarini tashkil etish 

muhim ustuvorlikka ega bo’ladi. 

O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini 

shakllantirish  iqtisodiy  ustuvor  yo’nalishini  amalga  oshirish  uchun  quyidagi  chora-tadbirlar 

ko’riladi: 

-  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni,  valyuta  bozorini  erkinlashtirish,  milliy  valyutaning  joriy 

operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini muntazam ta’minlash; 

- iqtisodiyot tarkibiy o’zgarishlarini amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish hamda import 

o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash; 

-  iqtisodiyotga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish.  Buning  uchun  tegishli  investitsion  muhit  va 

investorlar uchun kafolat yaratish

-  ichki  va  tashqi  investitsiyalarni  butun  iqtisodiyotga,  shu  jumladan,  oltin-valyuta 

zaxiralarimizning  barqaror  rivojlanishiga  xizmat  qiladigan  etakchi  tarmoqlarga  ustuvor  ravishda 

yo’naltirish; 

- jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada  kuchaytirish, dunyo 

iqtisodiy tizimiga integrallashuvi hamda jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish uchun shart-sharoitlar 

yaratish. 

Ushbu vazifalarning amalga oishirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin iqtisodiyot 

tamoyillarini  joriy  etish,  uni  yanada    demokratlashuviga  olib  keladi.  Endilikda  mulkchilik 

shakllaridan qat’iy nazar, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bosqichma-bosqich teng iqtisodiy faoliyat 

sharoitlarini  yaratish  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Buning  uchun  ayrim,  strategik  ahamiyatga 

ega bo’lmagan korxonalarga assosiz ravishda berilgan imtiyozlarni va ular uchun yaratilgan qulay 

sharoitlarni  bekor  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Shuningdek,  xo’jalik  sub’ektlari  ham  qat’iy 

moliyaviy  cheklashlar doirasida, ya’ni yalpi xarajatlarining yalpi daromad hajmidan oshib ketishiga 

yo’l qo’ymaslik asosida faoliyat ko’rsatishlari lozim. 

         Iqtisodiyot  sub’ektlari  uchun  soliq  yukini  kamaytirib  borish  bilan  bir  vaqtda  soliq 

tizimining  qat’iyligini  oshirish,  imtiyozlar  berishni  kamaytirish,  kreditlarni  qat’iy  shartlar  asosida 

berish amaliyotini joriy etish ularning mas’uliyatini yanada oshiradi. 

Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, demokratik jarayonlarni kuchaytirish maqsadida  yakka 

va  korporativ  xususiy  mulkdorlar  huquqlarini  himoya  qilish,  ularning  mas’uliyatini  kuchaytirish, 

tadbirkorlik  faoliyati  erkinliklarini  ta’minlovchi  hamda  xo’jalik  faoliyatini  tartibga  soluvchi 

qonuniy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти 



асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Республикаси Олий Мажлисининг Тўққизинчи 

сессиясидаги маъруза. //Халқ сўзи, 2002 йил 30 август. 



Bozor islohotlarini  yanada chuqurlashtirish va  erkin  iqtisodiyot  tamoyillarini joriy qilish  uchun 

davlat  boshqaruvi  tizimini  isloh  qilish  davom  ettiriladi.  Ammo  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan 

tartiblash  mexanizmini  rivojlantirish  va  uning  bozor  mexanizmi  bilan  uyg’unligini  ta’minlash 

yo’lida hali, shubhasiz, ko’p ishlar qilish lozim. 

    Demokratik jamiyat qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini 

bosqichma-bosqich  mahalliy  hokimiyat  va  o’zini  o’zi  boshqarish  organlariga  uzatish,  erkin 

iqtisodiyot  tamoyillarini  joriy  etish  qulay  sharoitlar  yaratadi.  Pirovardida,  bozor  iqtisodiyotining 

shakllanishiga, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga 

va  aholining  turmush  farovonligini  oshirishga  erishiladi.  Mamlakatimiz  eksport  salohiyatining 

rivojlanishi  va  mustahkamlanishi  –  uning  jahon  hamjamiyatida  munosib  o’rin  egallashiga  zamin 

yaratadi. 

 

 



 

 

 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin