1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


 

 

13– mavzu.  Demokratik jamiiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya 

va adolat tamoiyillari. 

REJA: 

1. Sharqda  ijtimoiy adolat  to’g’risidagi g’oyalarning shakllanishi. 

2. Mustaqillik davrida adolat tushunchasining yangi mazmuni. 

3.Ijtimoiy himoya g’oyasining

 

adolat va demokratiya tamoyillari bilan  



   bog’liqligi. 

 

1.O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy xnmoya 



siyosatining  demokratik  jamiyatni  barpo  etishdagi  o’rnini  va  ahamiyatining  ortib  borishi  bilan 

belgilanmoqda.  «Bugungi  kunda ijtimoiy hayot  soxasidagi  salbiy  holatlarni  bartaraf etib, odamlar 

turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymasdan, axolining ximoyaga muxtoj qatlam 

va    ijtimoiy  muxofazasini  taminlagan  xolda,  O’zbekistonda  njtimoiy-siyosiy  barqarorlikni  va 

fukarolar totuvlignnn saqlab qolishga muvaffaq bo’ldik.” Darxaqiqat, bozor munosabatlariga o’tish 

davrida  mamlakatimizda  kuchli  ijtimoiy  ximoya  tizimi  shakllantirildi    va  Hozirda  uni 

takomillashtirish  muxim  masala  bo’lib  qolmoqda.  Bugungi  kunda  ijtimoiy  siyosatni  amalga 

oshirishda sifat jihatdan yangi bosqichga o’tish extiyoji paydo bo’ldi. Shu munosabat bilan axolini 

ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning zamonaviy tizimi shakllantirilmoqda. 

«Adolat»  tushunchasining  qolib  chiqishi  (sotsiogenezi)  to’g’risidagi  ta’limotni  buyuk 

ajdodimiz  Abu  Nacp  Forobiy  ham  yaratishga  uringan.  Buyuk  mutafakkir  adolat  g’oyasini 

jamiyatning  asosiy  davrlariga  tatbiqan  qarab  chiqqan.  Bunda  u  insoniyat  jamiyatining  kelib 

chikishida  tabiiy  extiyojlar  yotishini,  bu  extiyojlarni  uyg’unlashtirish  esa  adolat  tuyg’usini 

shakllantirishini ta’kidlagan edi. Sharq mutafakkiri Konfutsiyning g’oyalarini davom ettirgan holda 

Forobiy «adolat» tushunchasi insoniyatning ma’rifiy davriga to’g’ri kelganligini ta’kidlaydi. Bu 

davrda xususiy mulk o’rnatiladi va u kishilarning o’zaro tengsizligini keltirib chiqaradi. Shunisi 

muximki,  teng  taqsimlashni  ifodalagan  adolat  tushuunchasi  endi  mulk  ta’snrida  tengsnzlikni  ifoda 

eta boshladn. Bu tushunchaning o’zi xycyciy mulkni o’rnatishda ishtirok etadi. 

Demak,  adolat  to’g’risidagi  tasavvurlar  insoniyatning  oddiy  egalitarizm,  ya’ni  barcha  baravar 

bo’lgan  xoldagi  darajasidan  yuqori  ko’tarila  borishi  natijasida  yanada  to’laroq  shakllana  borgan. 

Tenglashtiruvchi  qoida  bo’lgan,  zo’rlikni  aks  zo’rlik  bilai  muvofiqlashtiruvchi  vosita  sifatida 

da’volar  tengligini  o’rnatib  kelgan  «adolat»  tushunchasi  xycyciy  mulkka  asoslangan  jamiyatda 

yangicha  mazmun  kasb  eta  boshlagan.  Endi  jamiyat  ijtimoiy  munosabatlarni  muvozanatga 

keltirishning  yangi  tizimiga  muhtojlik  seza  boshladi.      Yuz  bergan  ulkan  ijtimoiy  o’zgarishlar 

kishilar  ongida,  dunyoqarashida,  siyosiy  huquqiy  fikrda,  axloqiy  normalarda  ijtimoiy  adolat 

g’oyasining uzil-kesil  shakllanishiga  olib  kelgan.  Bu  haqda  Sharqning boshqa bir mutafakkiri 

— Abu Ali ibi Sino kiziqarli fikrldarni  bayon qilgan. Uning fikricha, o’zaro bog’liqlik va almashuv 

jarayonida  insonlar  bir-birlarini  kandaydir  muhtojlikdan  xoli  etadilar.  Buning  uchun  insonlar 



o’rtasida  o’zaro  kelishuv  zarur  bulib,  bu  kelishuv  tufayli  adolat  qoidalari  va  qonunlari 

o’rnatiladi. 

Ijtimoiy  hayotda  adolatparvarlikni  kat’iy  turib  himoya  qilgan  ta’limotlardan  biri tasavvuf 

falsafasidir. Tasavviuf namoyondalari boshqa Sharq mutafakkirlari singari o’z umidlarini ma’rifatli va 

odil  shohga  bog’laydilar,  u  orqali  barcha  ijtimoiy  illatl arni  bartaraf  etish  mumkin,  deb 

hisoblaydilar. 

Tasavvuf  namoyondalari  hokim  va  xalq,  shoh  va  saltanat  munosabatlarida  donolik  bilan 

adolatli ish tutish, davlatni adolatli qonunlar orqali boshqarish, qabul kilinayotgan tadbirlarning 

xalq tomonidan qo’llanishi  kabi ijtimoiy muammolarni ko’taradi, bu xalqparvar tuzum ideallarini 

ulug’lashtirdi. 

Tasavvufning  ko’pgina  namoyondalari  shoxlar,  xokimlar,  amaldorlardan  adolatni  kutib 

o’tirmay, 

O





amaliy  faoliyatlarida  unga  amal  qilish  bilan  o’rnak  bo’lganlar.  Xasan  Basriy, 

Abdulla  Ansoriy,  Abdulxasan  Haraqoniy,  Baxouddin  Naqshband,  Abduraxmon  Jomiy,  Alisher 

Navoiy, Xo’ja Axror Valiy, Maxdumi A’zam Kosoniy kupincha shoh va xokimlar adolatsizliklariga 

qarshi chiqib, mazlumlarni dadil ximoya qilganlar, xaqiqat uchun kurashganlar 

Sharq  mutafakkirlari  adolatni  asoslashda  lirik-ruhiy,  manaviy-axloqny  jihatdan  yondashganlar. 

Zero,  sharqona  jamiyatlarda  azaldan  adolat  tushunchasiga  hamoxapg  tarzda  «xaq»,  “me’yor”. 

“haqiqat”.  «burch»  tushunchalari  ham  qadrlaiib  kelingan.  Shuningdek,  jamoa  manfaati,  oiladan 

tartib-intizom. e ’ t i q o d  va manaviylik yuqorn baxolangan. 

G’arb  mutafakknrlari  esa  ko’proq  xukukni,  amaliy,  kuidalpk  hayot  muammolari  nuqtai 

nazaridan  fikr  yurittailar.  S h u n i n g   uchui  ham  Sharqdagndan  ancha  farqli  tarzda  “erkinlik”,  «teng 

huquqlilik»,  «erk”  gushuichalariga  ko’proq  darajada  ahamiyat  berilgai.  Shu  bilan  birga 

individualizm.  individning  tartib-imtizomi,  huquq  adolatga  olib  boruvchn  vositalap  sifachpda 

qadrlanadi, ma’naviylikdap ham ko’ra ratsionalizm mustaxkam o’ringa ega bo’lgan. 

2.Prezident    I.A.Karimov  takidlaganidek,  biz  s h u n c h a k i   d e m o k r a t i k   davlat  emas,  balki 

adolatli  demokratik  davlat  qurishga  intilyapmiz.  Adolatga  intilish  —  xalqimiz  ma’naviy-ruhiy 

dunyosiga  xos  eng  muxim  xususiyat.  Adolatparvarlik  g’oyasi  butun  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

munosabatlar  tizimiga  singib  ketishi,  njtimoiy  ko’maklashuv  mexanizmida  o’z  aksini  topishi 

kerak.  Darhakikat,  O’zbekistonda  huquqiy  demokratik  davlat  va  bozor  nktisodiyotiga  asoslangan 

fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishda  adolat  omili  muxim  o’rin  tutadi.  Shy  ma’noda  adolat 

tushunchasi,  uning  erkinlik,  demokra tiya  va  barqaror taraqqiyot  g’oyalari  bilan mushtarak 

jihatlari bugungi kunda ham zamonaviy mazmun kasb etmoqda. 

Lekin  tarixan  oladigan  bo’lsak,  ijtimoiy  adolat  g’oyasi

 

insoniyatning  butun  tarixi  orqali  o’tib 



kelgan.  Shu  bilan  birga  jamiyatni  adolatli  tashkil  etish  opzusi  va  uning  hayotdagi  xaqqoniy 

mavjudligi o’rtasida doimo ziddiyat bulib kelgan. Shunga qaramay uni “naqd qilib qo’yishga” ypinish 

to’xtamagan.  Shu  nuqtai  nazardan  insoniyat  tsivilizatsiyasining  butun  tarixi  ijtimoiy 

adolatni kengaytirish tarixi hamdir. Albatta, Sharq va G’arb jamiyatlaridagi bu kabi qadriyatlar 

bir-biriga  zid  emas,  ular  o’zaro  uyg’unlikda  umuminsoniy  qadriyat  darajasida  jamiyat  hayotida 

ijtimoiy  adolat  koidalarining  barqapop  bo’lishiga  xizmat  qiladi.  lllapq  va  G’arb  an’analarida 

asrlar davomida shakllanib kelgan bu kabi tushunchalar hamda qadriyatlarning musttaqillik davrida 

jamiyatimizda  umuminsoniy  g’oyalar  sifatida  qayta  shakllanishi  shu  jihatdan  katta  ahamiyatga 

ega.  Zero,  bu  jamiyatimizda  insonparvarlik,  birdamlik,  inson  erki  hamda  masuliyatini  manfaatlar 

uyg’unligi,  qonun

 

ruhi  va  demokratiya  qadriyatlari  asosida  amalga  oshirishga,  shu  tariqa  ijtlmoiy 



adolatni  mustaxkamlashga  xizmat  qiladi.  Umuman,  mustaqillik  davrida  odamlarini  ongida 

ijtimoiy  adolatning  yangicha  tushunchasi  shakllanishi  mamlakatimiz  kelajagi  va  islohotlar 

muvaffaqiyat  garoviga  aylanmoqda.  Adolatli  jamiyat  qurish  haqidagi  umuminsoniy  orzular  va 

karashlarni  yangi  jamiyat  barpo  etish  manfaatlariga  bo’ysundirish  muhim  amaliy  masala  bo’lib 

turibdi.  Biz  barpo  etayotgan  jamiyat  insonnarvar  bo’lmog’i  zarur.  Bunda  demokratik  modellarni  ko’r-

ko’rona  ko’chirib  olmasdan,  balki  ilg’or  demokratik  jamiyatlar  tajribasini  tanqidiy  o’rganish  asosida 

fuqarolik jamiyatiii qurish yahtiyojlariga xizmat qildirish talab etiladi. 

Aholining yordamga eng muhtoj qatlami — bolalar, yolg’iz qariyalar, nogironlarga njtimoiy yordam 

ko’rsatnsh  va  ularni  qo’llab-quvvatlash  ishlarini  aniq  mo’ljalli  tarzda  amalga  oshirish zarur.  Shu  bois, 


islohotlarning  Hozirgi  bosqichida  ijtpmony  yordam  tizimini  takomillashtirish,  aholini  ijtimoiy 

himoyalashning  ta’sirchan  mexanizmini  shakllantirish  davom  ettirilmoqda.  Muayyan  moddny  yordam 

aniq  onlalarga  etnb  borishi,  jamiyatning  ijtnmoiy  zaif  qatlamlariga  mo’ljallangan 

tabaqalashtirilgan  yordam  bo’lishi  va  haqiqatan  ham  bunday  yordamsiz  kun  kechirolmaydiganlarga 

borib tegishi lozimligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. 

Hozirgi  paytda  aholining  ijtnmoiy  zaif  qatlamlariga  davlat  tomonidan  shunchaki  moddiy  yordam 

ko’rsatishgina  emas,  balki  jamiyat  a’zolarining  aksariyat  qismini  ehtiyoj  va  manfaatlarini  qondirish, 

ro’yobga  chiqarishda  avvalo,  ularning  o’z  tashabbusi,  intilishi  va  ma’suliyatini  kuchaytirish  asosidagi 

ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish vaqti etdi. Aynan shu ma’noda  ijtimoiy sohada amal qilib 

qolayottan  ustuvor  tamoyillar,  xususan,  qonun  ustuvorligi,  islohotlarni  bosqichma-bosqich  joriy  etish, 

kuchli  ijtimoiy  siyosat  kabi  tamoyillar  ijtimoiy  himoya  tiziminn  rivojlantirishda  muhim  amaliy 

ahamiyat kasb etadi. 

Har qanday demokratpk jamiyat ma’lum ma’noda ijtimoiy asoslarni birlamchi manba sphifatida qabul 

qiladp.  Ijtimoiy  asoslari  bo’lmagan  jamiyat  o’z  taraqqiyotnda  sobit  bo’la  olmaydi.  Shu  ma’noda, 

demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun kuchli njtimoiy himoya va adolat tamoyillari muximddir. 

Umumiy  ma’noda  ijtimoiy  himoya  demokratik  huquqiy  davlat  tomonidan  fuqarolar,  turli 

jamoalarning  huquqlarini  ta’miilash  bilan  chetlanib  qolmay,  ulardan  amalda  foydalanishni  kafolatlash, 

amalga  oshirish  uchun  barcha  shart-sharoitlarni  yaratib  berishni  anglatadi.  Ya’ni,  nnsonlar  davlat  uchun 

emas, davlat xalq uchun xizmat qiladi, bu inson va uning qadr-qimmatiga hurmat deb baholanadi. 

  3.«Ijtimoiy  himoya»,  «ijtimoiy  adolat»  tushunchalarining  shakllanib  borishn  insoniyatning 

demokratik  tafakkuri  bilan bog’liqdir. Xususan, Abu Nasr Forobiyning  «Fozil odamlar shahri» asarida 

nfodalangan  fozil  jamiyat  g’oyasi  bugungi  kundagi  demok-ratik  jamiyat  kontseptsiyasiga 

hamohangdir. 

  Forobiyning  fozil  jamiyat  kontseptsiyasiga  ko’ra,  baxt-saodatga  intiluvchi  jamiyatda  qonun 

ustuvor  bo’lib,  butun  ijtimoiy  hayot  ana  shu  ustuvor  tamoyil  asosida  tuziladi.  Shu  ma’noda,  fozil 

jamiyatda, avvalo, erkinlik mavjud bo’ladi. Unda adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari kun tartibida 

bo’lib, bu me’yorlar fozil jamiyatning asosi bo’ladi.  Shu bilan birga, Forobiy  fikrncha,  jamiyat 

davlat  bilan  kuchlidir.  U  etuklashgani  sayin  o’z  a’zolarini  himoyaga  ola  boradi.  Shuni  ham 

aloxida  aytish  ksrakkp,  agar  o’tmish  mutafakkirlari  ijtimoiy  kafolatlanish  uchun  iison  faolligi 

masalasini  ilgari  surgai  bo’lsalar,  Forobiy  qarashlarida  insonni  ijtimoiy  kafolatlashda 

jamnyatning roli alohida uqtnrila boshlandi. Demak, jamnyat ham xnmoya vosntasi bo’lishiga ma’sul, 

degan g’oya ilgari surilgan. 

O’zbekistonda kuchli ijtimony himoya muammolarn siyosat  darajasiga  ko’tarildi.  Buning  uchun  esa 

dastavval  qonunlar  tizimn  yaratildi,  kesknn  tabaqalanishdan  xoli  bo’lgan  mulkdorlar  sinfi 

shakllantirila  boshlandi,  shu  asosda iqtisodiy taraqqiyot nnson manfaatlariga  yo’naltirilayapti.  Bir  so’z 

bilan aytganda,  «davlatning ijtimoiy tizimi bilai xalq ehtnyojlari o’rtasidagi jarlik»  bartaraf etildi. Shu 

bilan bnrga, bugungi kunda mamlakatimizda insonning jamiyatdagi o’rnini anglashi, o’zini-o’zi tarbiyalay 

olishi  va  o’zini-o’zi  taraqqiy  ettira  olishiga  mas’uliyatning  kuchayib  borishi  ijtimoiy  himoya  tnzimini 

amaliy jihatdan mustahkamlashga ko’maklashishi zarur. 

Demokratik  jamiyatning  mohiyati  shundaki,  adolat  va  haqiqat  g’oyasi  ijtimoiy  hayotning 

barcha sohalarini qamrab oladi. Jamiyatda mulkiy jarayonlarning ob’ektiv  o’zgarishi yuz berayotgan bir 

paytda  jamiyatning  keskin  tabaqalashishiga,  ya’ni  oshnb-toshib  ketgan  boyvacharu  kambag’al 

kashshoqlarga  bo’linib  ketishiga  yo’l  qo’yilmaydi.  Shu  manoda,  njtimoiy  himoya,  muhofazaga 

muxtojlarni davlat ximoyasiga olishdir. Shu bilan  birga, ijtimoiy ximoya insonning jamiyatdagi munosib  

o’rnini      belgilovchi    va    faolligining    yuksalishini  ta’minlovchi  asosiy  ko’rsatkichdan  biriga 

aylanadi. 

XXI  asr  boshlarida  demokratik  tamoyillarning  ustuvor  kelnshi  ko’zga  tashlanadi.  Ijtimoiy  himoya 

tizimi ham hozirgi zamon davlachiligining o’ziga xos  demokratlashuvndagi asosiy ommillardan biri 

bo’lib xizmat qilmoqda. Jamnyatning kam ga’minlangan tabaqalarini ijtimoiy ximoya qilish tamoyili hozirgi 

zamon  taraqqiyot  kontseptsiyasida  yangicha  yo’ialishdir.  Ma’lumkn,  hatto  barqaror  demokratik 

taraqqiyotga erishgan bugungi Evropa mamlakatlari ham o’z vaqtida bunday amaliyotni chetlab o’tgan 

edilar. O’zbekistonda ana ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun hukumat dasturlari ishlab chiqildi va 



amalga oshirildi.  Bu nslohotlarnn  yanada kengaytirish  uchui zarur zdi.  Hozirda, aytish  mumkinki, 

O’zbekiston  ijtimoiy  siyosatida  ana  shu  aniq  natijaga  erishildi.  Bu  real  yo’nalishga  ega  bo’lgan 

amaliy  bosqnchdir.  Ijtimoiy  islohotlar  kontseptsiyasi  jamiyatda  barqarorlik  va  xavfsizlik  tnzimining 

mustahkamlanishiga  qaratnldi.  Natnjada,  O’zbekiston  ijtimoiy  siyosatida  barqaror  o’zgarishlarga 

erishildi. Jahon ekspertlarining xulosalariga ko’ra, aynan ushbu kontseptsiya O’zbekistonning ijtimoiy 

taraqqiyot  bosqichiga  kirishiga  asos  bo’ldi.  Xususan,  yaqinda  BMTning  YuNISEF  tashkiloti 

tomonidan turli davlatlarning ijtimoiy rivojlanish bo’yicha e’lon  qilgan  qiyosiy  tadqiqot  iatijalari  ham 

fikriMIZNP tasdiqlaydi. 

O’zbekistonda  yurntilayottan  ijtimoiy  siyosatdagi  o’zgainsh  jamiyat  tabaqalarining  manfaatlarini 

hnmoya  qilishda  amaliy  ahamiyat  kasb  etishi  zarur.  Aynan  ushbu  ijtimoiy  talab  bajarilsagina,  

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtpmoiy siyosatning asoslaridan biri — ijtnmoiy 

totuvlnk shakllanadi. 

Ijtnmoiy totuvlik ustuvor bo’lgan jamiyatdagina kuchli ijtimoiy eiyosat yuritish uchun imkoniyat 

yaratiladp. Ammo ijtimoiy totuvlik o’z-o’zidan keshb chiqmaydi. Zero, har qanday jamiyatda turli 

ijtimoiy  tafovutlarning  bo’lishi  tabiiy  holdir.  Mutaxassislar  fikricha,  bu  ijtimoiy  tafovutlar 

quyidagi guruhlar o’rtasida ma’lum ma’noda  ijtimoiy farqlarning mavjudligida o’z ifodasini 

topadi: boylar va kambag’allar orasida;  ko’p  millatli  davlatlarda  aholining  etink  guruhlari 

orasida; aholining diniy guruhlari orasida; markaz va mintaqalar oraeida; erkaklar  va  ayollar 

orasida; turli avlodlarga mansub odamlar orasida.  

Bu tafovutlar O’zbekiston jalmiyatphida ham ko’zga tashlanadi. Shu sababln, imkon kadar 

aytib  o’tilgan  tafovutlar  ko’rinishini  kamaytirsh  borasida  chora-tadbirlar  amalga  oshirib 

borilishn ijtimoiy siyosatning maqsadlaridan biridir. 

  3.O’zbekistonda  isloxotlar  boshlangan  dastlabki  yillardayoq,  kuchli  ijtimoiy  himoya 

tizimini  yaratishdan  maqsad,  insonga  munosib  turmush  va  faoliyat  sharoitlarini  vujudga 

keltirishdan  iborat,  deb    belgilangan  edi.  Mamlakat  prezidsnti  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek 

«O’zbekngtonning o’z yangilanish va taraqqyot yo’liga asos bo’ltan epg muhim qoidalardan biri bazor 

pqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy syosatni o’tkazishdir». 

  Albatta,  ijimoiy  himoya  tizimining  rivoji  mamlakat  iqtisodiyotining  ahvoliga  to’g’ridan-to’g’ri 

bog’liqdir.  Avvalo,  nodavlat  sektorining  muayyan  darajada  tarqqiy  etishi,  mahalliy  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar  mavqeining  mustaxkamlanishi  iqtisodiy  rivojlaiish  uchun  tayanch  va  asosiy 

manba  bo’lib  xizmat  qiladi.  Bu  esa  o’z  navbatida,  ijtimoiy  siyosatni  real  amalga  oshiri  uchun 

zamin  yaratadi,  ijtnmoiy  ximoya  tizimining  yanada  takomilashib,  zamon  talabnga  mos  bo’lib 

borishiga  olib  keladi.  Bu  hol  O’zbekiston  ijtimoiy  siyosatini  tadrijiy  shakllanishida  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Gap  shundaki.  ijtimoiy  himoyaning  davlat  siyosatidagi  o’rni  g’oyat 

muhimdir. Buning bir qancha sabablari bor. 

Birinchidan,  O’zbekiston  agrar  mamlakat  bo’lib,  uning  ko’pgina  hududlarida  ishlab 

chiqarishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda; 



Ikkinchidai,  mamlakat  aholisinnng  65  foizi  qishloqda  yashaydi.  Agrar  sohaning  yaxshi 

rivojlanmaganligi  aholining  bu  qismi  orasida  himoyaga  muhtoj  oilalarning  ko’pligiga  sabab 

bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo’yadi. 

Uchinchidan,  mamlakat  aholisi  orasida  yoshlar  katta  salmoqqa  ega,  bu  esa  yoshlarni 

ijtimoiy himoya tiznmi orqali muxofaza qilishni talab etadi. 

Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shaxs o’z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon qila olnshi 

uchui  to’lnq  imkoniyatlar  yaratish,  bunda  ularnnig  farovon  turmush  kechirishlariga  erishish 

jarayonida  to’liq  namoyon  bo’ladi.  Kishilarning  jamiyatdan  olayotgan  ulushlari  ( i s h   xaki, 

daromadlari,  mukofotlari,  unvonu  mansablari)  ularning  jamiyat  rivojiga  qo’shayotgan  hissalariga 

(mehnati, qobiliyati, zakovati, alohida xizmatlari, sarmoyasi va x.k.) mos kelishi shu ma’noda inson 

rivoji imkoniyatlariga bog’liq. 

Albatta inson faqat non bilan tirik emas. Inson taraqqiyotini hayot darajasigina emas, hayot 

sifati  ham  belgilaydi.  Hayot  sifati  esa  inson  yashaydigan,  mehnat  qiladigan  va  bo’sh  vaqtini 

o’tkazadigan  sohalarda  shakllanadi.  Ijtimoiy  infrastruktura  inson  hayotida  kuchli  ta’sirga  ega. 

Sog’liqni  saqlash  shunday  sohalardan  biridir.  Mustaqillikning  dastlabki  davridan  boshlab 



Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  «Sog’lom  avlod  uchun»  umumxalq  harakati  boshlangam  edi. 

Sog’lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga  ko’tarildi 

va o’zining natijalarini bera boshladi. 

Insonning  jamiyatga  foyda  keltirishi  ko’p  jihatdan  uning  hayoti  qanday  ta’minlanganligiga 

bog’lik.  Dastavval.  har  bir  oila  o’z  turar  joyiga  ega  bo’lishi  kerak.    Aholini  toza  ichimlik 

suvi  bilan  ta’minlash,  qishloq  joylarni  gazlashtirish  kabi  murakkab  muammolarning  hal  qilib 

borilishi ham insonga munosib hayotni ta’minlashga qaratilgandir. 

Narxlarni  erkinlashtirish,  savdo  tizimi  va  maishiy  xizmat  sohasining  bir  mar omda 

xususiylashtirib  borilishi  ham  inson  manfaatlariga  zid  kelmaydigan  tarzda  amalga 

oshirilishi  lozim.  Istemol  mollarining  ko’pini  o’zimizda  etishtirishni  ta’minlash  uchun 

mahalliy  ishbilarmonlarga  har  tomonlama  yordam  ko’rsatish,  yangi  ish  o’rinlarini  tashkil 

etish,  qishloq  joylarda  savdo  shaxobchalari  va  maishiy  xizmat  muassasalarini  ko’plab 

barpo  etish  ana  shu  maqsadlarga  olib  boradigan  yo’ldir.  O’zbekistonda  xususiylashtirish 

jarayonlarining  borishi  va  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarining  m ul kchi l i k  s h akl l ar i 

bo’yicha  tarkibi,  iste’mol  mollarini  ishlab  chiqarish  sohasidagi  o’zgarishlar  ana 

shunday yo’nalishga ega. 

Hozirgi  zamonda  aholini  njtimoiy  himoya  qilishning  qator  modellari  mavjud.  Ulardan  biri 

Skandinaviya  mamlakatlarida  (Finlyandiya,  Shvetsiya)  qo’llanilayotgan  sotsial-demokratik 

model  bo’lib,  bunday  modelga  ko’ra  davlat  ijtimoiy  himoyaning  barcha  mas’uliyatini  o’z 

zimmasiga oladi. 

Neoliberal modelga ko’ra esa (AQSh) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismnni tadbirkorlar va 

kasaba uyushmalari bajaradilar. 

Neokonservativ  modelga  ko’ra  (Germaniya)  ijtimoiy 

himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida 

olib boriladi. 

O’zbekistonda ijtimoiy ta’minot asosan davlat byudjeti hisobidan tashkil etilgan bo’lib, bu tizim 

qator rivojlangan chet el davlatlarining ijtimoiy tizimidan kolishmaydi. 

Davlat  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy  yordamdan  tashqari  respublikamizda 

norasmiy  ijtimoiy  yordam  ko’rsatishning  an’anaviy  qadriyat  turlari  ham  mavjudki,  ularning 

negizini  qarindoshchilik,  qo’shnichilik,  mahallachilik,  yoru  birodarchilik  yordamlari,  ya’ni 

xalqimizning milliy urf-odatlari tashkil etadi. Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo’jaliklar 

hamda  boshqa  tadbirkorlik  tashkilotlaridan  fuqarolar  pensiyasiga  qo’shib  berilayotgan 

qo’shimchalar, muhtojlarga ko’rsatilayottan otaliq yordamlari, bayram va xayit kunlari bemorlarni 

ziyorat  qilish,  turli  xayr-ehsonlar  ham  milliy  urf-odatlarimizning  zamonaviy  ko’rinishlaridir. 

Bulardan  tashqari,  ijtimoiy  yordam  ko’rsatishda  nodavlat  jamoat  birlashmalari  va  xayriya 

tashkilotlari ham ishtirok etmoqda. 

Albatta,  muammolar  ham  mavjud.  Jahon  tajribasi  bilan  qiyoslaganda,  avvalo,  mehnatkashlar 

manfaatlarini  himoya  qiladigan  nodavlat  tashkilotlar  faoliyatini  qayta  ko’rib  chiqish  lozim. 

Xususan, kasaba uyushmalari  rivojlangan mamlakatlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish 

uchun korxona egalariga, ish beruvchilarga doimo  tasir  o’tkazib  keladilar.  Bizda  esa  hali  bunday 

tajriba  mavjud  emas.  Birinchi  navbatda  jamoat  tashkilotlari,  xususan  kasaba  uyuimalari 

faoliyatini  tubdan  yaxshilash,  ularni  mehnatkashlar  manfaatlarini  ximoya  qiluvchi  kuchga 

aylantirish  bugungi  kundagi  eng  dolzarb  masalalardan  biri  bo’lib  qolmoqda.  Kezi  kelganda 

mamlakatimizning  ijtimoiy  himoya  tizimi  rivojini  umumiy  tarzda  qarab  o’tish  o’rinlidir. 

Ma’lumki,  1991  yilda  sobiq  totalitar  tuzum  inqirozga  uchragach,  uning  o’rnida  vujudga  kelgan 

yangi  mustaqil  mamlakatlar  demokratiyaga  asoslangan  jamiyat  barpo  etishda  turli  yo’llarni 

tanladilar. 

Birinchisi,  Evropa  va  Amerika  davlatlari  tajribasida  sinab  ko’rilgan  “falaj  qilib  davolash” 

yo’li  edi.  Ko’pgina  mamlakatlar  ushbu  “tezkor”  yo’lni  tanladilar.  Bu  mamlakatlarda 

mustahkam 

qonunlar 

majmui 


ishlab 

chiqilmasdanoq, 

jamiyatni 

keskin 


tarzda 

demokratlashtirishga  o’tildi.  Oqibatda,  bu  o’z  navbatida  ko’plab  murakkab  muammolarni 

keltirib chiqardi. 


Ikkinchi  yo’l  —  jamiyatni  bosqichma-bosqich  isloh  qilib  borish  yo’li  bo’lib,  bunda  O’zbekiston 

tashabbuskor  bo’ldi.  O’zbekistonda  avval  qonunlar  majmui  yaratildi,  so’ng  bozor  infrastrukturasi 

tizimini  shakllantirishga  e’tibor  qaratildi  va  iqtisodiyotni  isloh  qilishga  kirishildi.  Natijada, 

jamiyat keskin ijtimoiy larzalarni chetlab  o’tdi. Bu, birinchi navbatda, ijtimoiy himoya tizimiga 

ham  tegishli  edi.  Aytaylik,  1992  yilda  mamlakatda  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvol  tang  holatda  edi. 

Shunday sharoitda kam  ta’minlangan  fuqarolar  davlat  tomonidan  ijtimoiy  muxofaza qilinishi 

zarurligi qatiy belgilab qo’yildi. Bu siyosat davlatning islohotchilik roliga tayangan holda amalga 

oshirildi. Shu tariqa bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlat nazoratining bo’lishi  ijobiy natijalar berdi. 

Birinchi  bosqich.  Narxlar  islohoti  va  narxlarning  erkinlashtirish.  (1992  yil  10  yanvardan 

boshlab). 

Ikkinchi bosqich. Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilishi. (1992 — 1994 yillar). 

O’z o’rnida demokratiyaning sharqona shakli xususida fikr bildirib o’tish lozim. Yaxshi bilamizki, 

Sharq qadriyatlari “inqilobiy sakrash”dan ko’ra tadrijiylikni ustun biladi. Shu sababdan, azaldan Sharq 

jamiyatlarida  iqtisodiy-ijtimoiy,  siyosiy  o’pirishlar  nisbatan  kam.  O’zbekistonda  jamiyatni 

demokratlashtirish  jarayoni  Sharq  va  G’arb  demokratiya  tamoyillari  o’zaro  uyg’unlashtirilgan 

holda  amalga  oshirilishi  sababli  ham,  taraqqiyotda  bosqichma-bosqichlik,  harakatda  esa  qonun 

ustuvorligi asosiy xususiyat kasb etdi va hozir ham shunday bo’lib qolmoqda. 

Tan olish kerakki, O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini amalga oshirish uchun shunchaki qulay 

sharoit  yo’q  edi.  Shunga  ko’ra,  1994  yil  24  avgustda  “Kam  ta’minlangan  onlalarni  ijtimoiy  himoya 

qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida” Prezidsnt Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko’ra, 1994 

yil  oktyabrdan  aholini  ijtimoiy  himoyalash  tizimi  takomillashtirildi.  Negaki,  ilgari  faqat  respublika 

byudjeti  yo’li bilangina 30  ta  turli  soha  va  yo’nalishlar  bo’ylab  ijtimoiy  himoya  amalga  oshirilardi. 

Bundgi  holat  mablag’larning  sochilib  ketishiga  olib  keldi.  Natijada  yuqoridagi  Prezident  Farmoniga 

binoan  1994  yilda  ijtimoiy  himoyaning  asossiz  tenglashtirish  tizimidan  aniq  maqsadli  va  aholining  aniq 

tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o’tildi. Bu tizim bugungi kunga qadar o’zini oqlamoqda. Ana shu 

Farmonga muvofiq  yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida o’quv yurtlari talabalarining stipendiyalari 

muntazam ravishda oshirib borilmoqda.  Zero,  O’zbekiston Markaziy Osiyodagi aholi soni jihatidan 

eng  yirik mamlakat  bo’lib,  sanoat  va  makroiqtisodiyot  tizimi  bir  yoqlama xususiyatga ega edi. Bu 

murakkablik  jamlyat  taraqqiyotiga  o’z  ta’sirini  o’tkazmasdan  qolmasa-da,  ma’lum  ma’noda  undan 

chetlab  o’tishga  muvaffaq  bo’lindi.  O’zbekistondagi er usti va er osti boyliklari,  salohiyat bunga 

imkon  berdi.  Undan  unumli  foyda-lanildi.  Shunisi  ham  e’tiborliki,  jamiyatni  demokratlashtirish  va 

ijtimoiy himoya tizimini yaratish o’zaro bog’liq jarayon sifatida rivojlandi. 

Lekin  O’zbeknstonda  ijtimoiy  o’zini-o’zi  himoyalash  tizimi  batamom  yo’lga  tushib  ketgan  emas. 

Boqimandalik  kayfiyatidan  ijtimoiy  himoya  iste’molchilari  ham  qutulishlari  lozim.  Fuqarolar 

endilikda  o’zini  o’zi  ta’minlash  usuliga  o’tishlari  kerak.  O’zbekistonda  xususiy  mulkchilikning  qaror 

topishi  bu  sohada  qat’iy  o’zgarishlar  bo’lishiga  olib  kelishi  zarur.  Shunisi  ham  muhimki,  ijtimoiy 

himoyani doimiy jarayon sifatida tushunmaslik lozim. Aks holda boqimandalik kayfiyati battar kuchayishi 

mumkin. Ijtimoiy himoya ayrim fuqarolar uchun imkoniyat,  xolos. Har qandan sharoitda ijtimoiy yordam 

jamiyat  a’zolari  uchun  imtiyozga  aylanmasligi  lozim.  Bu  o’rinda  jamiyatning  o’zini-o’zi  ijtimoiy 

himoyalash tizimiga o’ta borishini ta’minlash uchun ushbu tadbirlarni amalga oshirish lozim: 

-nodavlat,  nohukumat  tashkilotlar,  jamg’armalar,  uyushmalar  va  turli  shakldagi  mulk  egasi 

bo’lgan tashkilotlarning moddiy ahvolini yaxshllashni qo’llab-quvvatlash; 

-barcha  turdagi  korxonalar,  muassasalar  va  uyushmalarni  zamon  talabiga  javob  beradigan 

xodimlar  va  ayniqsa  huquqshunos,  psixolog  va  sotsiolog  mutaxassislar  bilan  ta’minlashga  alohida 

e’tibor berish lozim; 

-nomi  zikr  etilgan  muassasalarning  xorijiy  turdosh    muassasalar  bilan  hamkorligini  yo’lga 

qo’yishda ko’maklashish. Ular o’z yo’nalishlarida zarur tajriba orttirishlari talab etiladi; 

-ijtimoiy himoya tizimida iqtisodiy muxofazalanishni asta-sekin ijtimoiy fondlar zimmasiga o’tkaza 

borish zarur. Bunday holatda odamlarni ijtimoiy muhofazalashning ta’sirchan vositasi yuzaga keladi; 

-ijtimoiy muhofazalashda boqimandalik, mas’uliyatsizlik, befarqlik singari illatlarga barham beruvchi 

ta’sirchan vosita va usullarni qidirib topish hamda hayotga joriy eta borish talab etiladi. 


  O’zbekistonda  barpo  etilayotgan  demokratik  jamiyatda  asosiy  boylik  inson  bo’lib  qoladi. 

O’tkazilayotgan  islohotlarning  mazmuni  ham  shu  bilan  bog’liq.  Bu  haqda  Prezident  I.  A. 

Karimov  shunday  ta’kidlaydi:  “Bizning  asosiy  boyligimiz,  rivojlangan  davlat  tuzishga  olib 

boradigan  yo’ldagi  asosiy  tayanchimiz insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir”. 

Lekin  shunisi  ham  borki,  islohotlar  davrida  ijtimoiy  guruhlarning  ham  o’rni  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Demokratik  jamiyat  qurish  sharoitida  o’rta  mulkdorlar  qatlami  katta  saxmoqqa  ega  bo’ladi.  O’rta  sinf 

demokratik  jamiyatni  rivojlantirishda  va  uning  ijtimoiy-siyosiy  barqarorligini  ta’minlashda  asosiy  kuchga 

aylanadi. Zero, davlat bunday sharoitda kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo’ladi, o’rta sinf esa jamiyat 

taraqqiyotini texnologik, texnik, ilmiy va ma’naviy ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo’ladi. 

  Shuni  alohida  ta’kidlash  o’rinliki,  O’zbekistonda  islohotlar  muqarrarligning  g’oyat  muhim  sharti 

bo’lmish axolini ijtimoiy himoya qilish uzluksiz ustuvor yo’nalish hisoblanadi. Bu holat, o’z navbatida, 

quyidagi omillarni belgilab beradi: 

 

  kuchli ijtimoiy himoya siyosati istiqlol va taraqqiyot yo’liga ishonchni mustahkamlaydi, bu 



ishonch esa aniq moddny zamin asosida hosil bo’ladi; 

 

kuchli  ijtimoiy  himoya  siyosati  eng  avvalo  inson  uchun  munosib  turmush  va  faoliyat 



sharoitlarnni 

yaratadi. 

XXI 

asr 


boshida 

dunyo 


taraqqiyotida 

munosib 


turmush 

darajasi  inson  omilining  etuk  sharti  bo’lib  qolayotganligi  e’tiborga  olinsa,  mamlakatimizda  bu 

masalani 

hal 


etishda 

ijtimoiy 

himoyalashdan 

unumli 


foydalanish 

masalasi nechog’li ahamiyatli ekani ayon bo’ladi; 

 

kuchli  ijtamoiy  himoya  siyosati  fuqarolarning  islohotlarning  izchil  kechishidan 



manfaatdorligini 

oshib 


borishini 

ta’minlaydi 

va 

bu 


yangalanish 

jarayonining 

orqaga qaytishiga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanch bo’lib xizmat qiladi. 

  O’zbekistonda  aholining  kam  ta’minlangan  tabaqalariga,  bolalar,  qariyalar,  nogironlarni, 

shuningdek sog’liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’at sohalarini  qo’llab-quvvatlashga 

qaratilgan  kuchli  ijtimoiy  himoya  siyosati  o’zining  muayyan  tajribalariga  ega  bo’ldi. 

Ma’naviy,  tarixiy  va  madaniy  qadriyatlar,  aholining  axloqiy  holati,  yosh  avlodni  tarbiyalash 

vazifalari  dolzarb  bo’lgan  O’zbeknston  uchun  bu  holat  katga  ahamlyatga  ega.  Bu  tajriba 

fuqarolarning  siyosiy  faolligini  yanada  oshirish,  mehnat  resurslarini  ijtimoiylashtirish, 

mintaqaviy  rivojlanishni  avj  oldirish,  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarni  barqarorlashtirish    imkonini 

beradi. 

  Kuchli  ijtimoiy  himoyalash  siyosati  jamiyatda  yangicha  fikrlash  asoslarini  yaratishga 

qodirligidan  ham  demokratik jamiyat barpo etishga ko’maklashadi. Zsro, jamiyatda ijtimoiy-

siyosiy  barqarorlik  yuzaga  kelgach,  fuqaralar  fikrlashga,  yangi  zamon  tartiblarini  tuzishga 

ishtiyoq  bilan  intiladilar.  Chunki  fikrlovchi  odam  fuqarolik  jamiyatiga  ta’sir  o’tkazish 

qobiliyatini 

 

mumkin qadar ko’proq ro’yobga chiqara olgan taqdirdagina, kuchli bo’la oladi.  



O’z navbatida ijtimoiy sohaning ahvoli to’g’risida umumiy jahon standartlari nimadan iborat, 

degan savol tug’iladi. Mutaxassislar fikricha, bu sohada ham bir necha modellar amal qiladi. Ularni 

umumiy  tarzda  kuchli  njtimoiy  himoya  tizimining  ayrim  elementlarini  o’zida  ifoda  etuvchi 

skandinavcha  model.    Nazarimizda,  ushbu  modellarning  har  biri  o’z  yutuq  va  kamchiliklariga 

ega.  Ularni  respublnkamizda  shunchaki  tatbiq  qilib  bo’lmasligi  aniq.  O’zbekiston  ijtimoiy 

ta’minot sohasida o’z modeliga ega hamda u ijtimoiy kafolat tizimining o’zgaruvchan xususiyatiga 

mos tarzda takomillashib boradi. 

  O’tish  davrida  ijtimoiy  muammolarning  yuki  ortadi.  Yo’lga  tushgan  karvon  kabi  bu  sohaning 

muammolari  ham  borgan  sari  ortib  boradi.  Shuning  uchun  mazkur  sohada  yuzaga  keluvchi 

muammolarning  echimini  modellashtirish  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  eng  muhim  muammolar 

rivojlanishi tendentsiyalari o’z vaqtida aniqlanishi katta ahamiyatga ega. Xususan, O’zbekistoning ijtimoiy 

xastida  yuz  berayottan  yirik  o’zgarishlar  asosidagi  muammolarni  hal  etish  bo’yicha  tavsiyalar  ishlab 

chiqish muhim. Misol tariqasida yon tomonda keltirilgan jadvaldan ko’rinishda bo’lishi mumkin. 

  O’zbekistonda  hozirgi  kunda  ijtimoiy  ta’limot  tizimida  boshqaruv  idoralari  hisoblangan  I  ta 

vazirlik, 12 ta viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda 153 ta tuman va 36 ta 

shaharda  ijtimoiy  ta’minot  tizimlari  mavjud.  Shuningdek,  yolg’iz  nogironlarga  va  qariyalarga 

mo’ljallangan  o’nlab  internat  uylari,  nogironlik  sababi  va  guruhini  belgilovchi  tibbiy-ekspsrtiza 


komissiyalari,  xususan,  nogironlikni  ekspsrtiza  qilish  va  nogironlarning  mexnat  qobiliyatini  tiklashi 

bo’yicha  1  ta  ilmiy-tekshirish  instituti  faoliyat  yuritmoqda.  pensionerlarning  davolanishi  va  dam 

olishiga mo’ljallangan bir qancha maxsus sanatoriyalar ishlab turibdi. 

  Kam  ta’minlangan  hamda  ko’p  bolali  muxtoj  onalarga  moddiy  yordam  to’lovlarini 

moliyalashtirishning asosiy manbai respublika va mahalliy byudjet vositalari hisoblanadi. 

  Ma’lumki, mustaqiyl taraqqiyotimizning ilk davridanoq inson — jamiyat — davlat o’rtasidagi o’zaro 

munosabatning  oqilona  echmini  topish  alohida  ahamiyat  kasb    etdi.  Ikkinchi  jahon  urushidan 

keyin  Evropa  mamlakatlari,  Osiyoning  Yaponiya,  Janubiy  Koreya  kabi  davlatlari  aynan  shu 

g’oya asosida taraqqiyot yo’lini belgilab, tarixan  qisqa davr ichida yuksak taraqqiyotta erishgap 

edilar.  Ikki  asrlik  demokratik  rivojlanish  tarixiga  ega  bo’lgan  AQSh  ham  inson  manfaatini 

taraqqiyotning  asosi  sifatida  qabul  qilgan  edi.  Ma’lum  bo’ladiki,  O’zbekiston  demokratik 

taraqqiyotning  jahon  tajribasini  sinchiklab  o’rgandi.  O’zbekistonda  demokratik  fuqarolik 

jamiyatni  barpo  etish  va  uning  tayanchi  sifatida  insonparvar  tuzumni  shakllantirish  yo’lida 

islohotlarni amalga oshirish inson — jamiyat — davlat tizimidek kuchli uyg’unlikni talab etmoqda. 

  Xullas,  mustaqillik  yillarida  O’zbekistonda  ijtimoiy  himoya  tizimining  o’ziga  xos  tajribasi  va 

an’analari  to’plangan.  Bunda  inson  —  jamiyat  —  davlat  munosabatlari.  inson  omili  yuksak 

mavqeda  turadi.  Shu  ma’noda,  O’zbekistonda  ijtimoiy  himoya  tizimini  zamon  talablariga  mos  tarzda 

takomillashtirish  uchun  barcha  imkoniyatlar  mavjud  va  ular  mamlakatda  demokratik  jamiyatni 

qurishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. 

 


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin