1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va


-mavzu.Oila – demokratik jamiyat qurishning asosiy bo’g’ini



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


10-mavzu.Oila – demokratik jamiyat qurishning asosiy bo’g’ini 

Reja. 

1.Demokratik jamiyat shakllanishida oilaning roli. 

2.Mustaqillik yillarida oilaga bo’lgan munosabatning kuchayishi. 

3.Fuqarolik jamiyatida oilaning takomillashuvi. 

 

     Sunggi yillarda iqtisodiyotda globallashuv jarayonlarining faollashuvi, ma’naviyat va axloqiy 



tarbiyada  g’arb  ma’naviyatiga  xos  bo’lgan  individualizmning  kuchayishi  hayotimizning  barcha 

jabhalariga va ayniqsa oila muhitiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Darhaqiqat, oila barcha islohotlar, 

o’zgarishlar, tanazzul va taraqqiyotlarning ibtidosi va intihosi hisoblanadi. 

  Mamlakatimizning  ertangi  porloq  istiqbolini  ta’minlashda  boshqa  ijtimoiy  institutlar  bilan  bir 

qatorda  oila  omiliga  ham  katta  e’tibor  qaratilayotganligi  barcha  sohalarda  amalga  oshirilayotgan 

islohotlarning  mantig’i  ham  shundan  iboratdir.  Shunday  ekan,  oila  muhitida  mamlakatimizning 

umumiy rivojlanishiga munosib hissa qo’sha olishga qobil va tayyor shaxslarni shakllantirish uchun 

birinchi  galda nimalar qilishimiz lozim va qaysi  jihatlarni rivojlantirishimiz uchun jiddiy e’tiborni 

qaratishimiz  zarur?  Dastavval,  o’sib  kelayotgan  yosh  avlod  ongi,  shuuri,  ma’naviyatida  Vatan 

tuyg’usini  mustahkam  qaror  toptirish  ishi  xalqimiz  uchun  taqdirilomon  vazifa  sanaladi.  Negaki, 

qadim-qadimdan  oila  -  muqaddas  Vatan  sanalgan.  Zero,  oilaga  sadoqat,  ota-onaga  oqibat,  aka-

ukalarga  mehrlilik  vatan  tuyg’usining  debochalaridir.  Oilaga  samimiy  sadoqat  bo’lmagan  joyda, 

farzandlar  oldida  ota-ona  hurmati  yo’q.  Bunday  holatda  na  qarindoshlarga,  na  mahallaga  va  na 

vatanga muhabbat tarkib topadi. Shu boisdan ham Prezidentimiz I.A.Karimov “oilaga e’tiborimizni 

tubdan  o’zgartirish,  oilalarni  avvalo  ijtimoiy  jihatdan  himoyalash,  e’zozlash,  qo’llab  quvvatlash-

bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi 

tushunishimiz va anglashimiz darkor”

16

, deya alohida qayd etganliklari bejiz emas. 



  Oila  omilining  mustahkamlanishi  bir  tomondan,  oilaga  davlat  va  jamiyat  e’tiborining 

kuchayishiga  bog’liq  bo’lsa,  ikkinchi  jihatdan,  oilaning  sub’ektiv,  ya’ni,  ichki  imkoniyatlarini 

to’laroq  yuzaga  chiqazish  bilan  bog’liqdir.  Oilaning  ichki  imkoniyatlari  deganda  oila  tarkibi,  oila 

a’zolarining ijtimoiy mo’ljallari, o’z oldilariga qo’yayotgan maqsadlari, farzandlar tarbiyasi, ta’lim, 

shaxsning  individual  taraqqiyoti,  axloqiy  tarbiya,  mehr,  sadoqat,  sabr,  muhabbat  omillarining  oila 

muhitida amal qilishi tushuniladi. 

                                                 

16

 1998 йил – Оила йили,  -Т.: Ўзбекистон, 10-бет  



  Dastavval,  oila  tarkibi  va  farovonligi  masalasiga  to’xtalsak.  BMTning  YuNISEF  tashkiloti 

tomonidan o’rganilgan holatlar natijasiga ko’ra, O’zbekiston aholisining yarmidan ko’prog’i, ya’ni 

11  millioni  18  yoshgacha  bo’lganlarni  tashkil  etib,  har  bir  oila  boquvchisi  o’zi  bilan  o’rtacha  5,2 

kishini  boqish  mas’uliyatini  zimmasiga  olib  yashaydi.  Taqqoslash  uchun  mamlakatimizga  aholi 

nufuzi  bo’yicha  birmuncha  yaqinroq  bo’lgan  Ruminiya  yoki  Polshani  misol  qilib  olsak,  bu 

davlatlarda har bir boquvchi zimmasiga 0,5 bolani boqib, o’stirish to’g’ri kelmoqda. Polshaning 35 

million  aholisining  22  millioni,  Ruminiyaning  23  million  aholisidan  16  millioni  moddiy,  yoki 

nomoddiy  ishlab  chiqarish  sohalarida  mashg’ul  bo’lib  kelayotgan  bo’lsalar,  O’zbekistonning  25 

million  aholisidan  5  millionga  yaqini  ishlab  chiqarish,  boshqaruv  tijorat,  maorif,  tibbiyot  singari 

sohalarda  faoliyat  yuritmoqdalar.  Tabiiiyki,  bunday    holat  vaqtincha  muayyan  iqtisodiy 

qiyinchiliklar tug’dirsa-da, har o’tgan yil moddiy va nomoddiy ishlab chiqirishga millionlab yangi 

ishchi  kuchlarining  kelib  qo’shilishiga  va  pirovard  natijada  mamlakatimizning  umumiy  salohiyati 

darajasini uzluksiz ravishda oshuviga olib keladi. 

Bil’aks, istiqlol sharofati bilan ma’naviy tiklanish jarayonlari dadil kechayotgan mamlakatimizda 

oila  instituti  ijtimoiy  hayotda  tobora  mustahkamroq  o’rin  egallab  bormoqda.  Bu  borada 

yurtboshimiz  I.A.Karimov  asoslab  bergan  oila  omilini  mustahkamlash  kontsepsiyasi  e’tiborga 

sazovordir. 

“Oila  hayotning  abadiyligini,  avlodlarning  davomiyligini  ta’minlaydigan,  muqaddas  urf-

odatlarimizni  saqlaydigan,  kelajak  nasllar  qanday  inson  bo’lib  etishishiga  bevosita  ta’sir 

ko’rsatadigan tarbiya o’chog’idir”

17



     Oila mustaqil   ijtimoiy   institut     bo’lib         shakllanganidan to     istiqlol davrigacha  ko’p  



qirrali      va      murakkab    yo’lni  bosib  o’tdi.  Har  bir  tarixiy  davrda  oila  a’zolarining  o’zaro 

munosabatlari xilma-xil mazmun bilan boyib bordi hamda oila davrning chigalli sinovlaridan omon 

o’tib, jamiyatning negizi sifatidagi xususiyatini saqlab qoldi. Oilaning jamiyatdagi muhim ijtimoiy 

institut sifatidagi o’rni xususida mutafakkirlarimiz ibratli nuqtai-nazarlar bayon etishgan. 

Xususan  bu  borada,  ya’ni  oila  va  oilaviy  tarbiyaga  oid  fikrlar  Abu  Nasr  Farobiyning  “Fozil 

odamlar  shahri”,  Abu  Rayhon  Beruniyning  “Mineralogiya”,  “Geodeziya”,  “Hindiston”,  “O’tgan 

avlodlar  obidalari”,  Abu  Ali  ibn  Sinoning  “Axloq”,  “Axloq  fani”,  “Oila  xo’jaligi”,  Alisher 

Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub” asarlarida o’z ifodasini topgan. 

Ayniqsa  XX  asr  boshlaridagi  milliy  ozodlik  kurashchilari  bo’lgan  jadidlar  oila  instituti  orqali 

jamiyatni isloh qilish uchun astoydil kirishganlar.  

Oilaning  huquqiy  asoslari  mamlakatimiz  Konstitutsiyasining  66-bandida  “voyaga  etgan, 

mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdilar”, deb maxsus 

qayd  etiladi.  Shu  o’rinda  qayd  etish  joizki,  dunyo  konstitutsiyalarining  birortasida  ham  bunday 

mazmundagi huquqiy modda alohida ajratib ko’rsatilmagan bo’lib, masalaning bu tarzda, qo’yilishi 

O’zbekistonda  ota-ona  va  farzand  munosabatlari  umumdavlat  darajasidagi  favqulodda  muhim 

masala ekanligidan dalolatdir. 

Jadidlar  harakatining  yirik  nazariyotchisi  professor    A.Fitrat      o’zi  yashagan  davr  hayotning 

barcha sohalarida chuqur inqirozga yuz tutganligi tufayli u xonliklarning ayanchli ahvoli, ularning 

umumjahon  jarayonlaridan  ancha  orqada  qolganligi,  ma’naviy  qashshoqlanish  yuz  berganligi 

haqida  kuyinib  yozadi.  Bu  tasodifiy  emas  edi.  Negaki  o’tgan  asrning  boshida,  ya’ni  A.Fitrat 

yashagan  davrda  sharq  oilalariga  g’arb  turmush  tarzi  singdirila  boshlagan  edi.  U  o’zining    “Oila 

yoki oilani boshqarish tartiblari”  asarida  oila asosini to’g’ri qurish, oilada yosh avlodga jismoniy, 

aqliy  va  axloqiy  tarbiya  berish  orqali  mana  shu  turg’unlikdan  qutilish,  jamiyatni  isloh  qilish 

mumkinligini  bayon  qilgan.  “Millat  taqdiri  mana  shu  millat  vakillari  yashagan  oilaning  holatiga 

bog’liqdir...  Qaerda  oila  munosabati  kuchli  intizomga  tayansa,  malakat  va  millat  ham  shuncha 

kuchli va tartibli bo’ladi”

18

, deb yozadi u mazkur asarda. 



                                                 

17

 Каримов И.А. Оила фаровонлиги – миллат фаровонлиги. «Маърифат», 1997. 10 декабрь.  



18

 Абдурауф Фитрат. Оила. Т.: Маънавият, 1998, 8 - бет  



Fitrat o’z fikrini davom ettirib, “Agar bir mamlakat aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy 

munosabatlarni  zaiflashtirib  yuborsa  va  intizomsizlikka  yo’l  qo’ysa,  shunda  bu  millatning  saodati 

va hayoti shubha ostida qoladi”

19

, deb yozadi. 



Muallif  oilaviy  hayot  o’z  qonun  va  qoidalariga  ega  ekanligini,  bu  qonunlarga  rioya  qilish 

orqaligina odamlarni jaholatdan qutqarish mumkinligini bayon etadi.  

Oila institutining barqarorligi jamiyatning barcha sohalariga o’z ta’sirini o’tkazadi G’arb olimlari 

tadqiqotlarida  oilaning  inqirozi  xususidagi  nuqtai-nazarlar  keng  bayon  etilmoqda.  Xususan,  1859 

yilda “Boston Kuaterli Revyu” jurnali shunday deb yozgan edi: “Eski ma’nodagi oila hayotimizdan 

yo’qolmoqda  va  bu  nafaqat  institutlarimizning  erkin  xarakteriga  xavf  ostida  qoldiradi”.  Bunday 

fikrlar  ko’pgina  G’arb  mamlakatlari  bo’ylab  aks-sado  berib  o’tdi.  1980  yilda  Britaniyada 

konservatorlar partiyasi oila tushunchasini siyosiy jihatdan muhokama qildi. 1986 yilda Angliyada 

bosh  vazir  lavozimida  ishlagan  Margaret  Tetcher  konservatorlar  partiyasi  konferentsiyasida: 

“Bizning  siyosatimiz  oiladan,  uning  erkinligidan  va  uning  xotirjamligidan  boshlanadi”

20

  dedi. 


Boshqa tomondan, oilaning tanqidchilari oila institutining tushkunligini va hatto bora-bora yo’qolib 

ketishini bashorat qiladilar.  

Oilaning  yo’qolishi  to’g’risida  hali  asoslanmagan  holda  shunchalik  ko’p  gapirildiki,  bunday 

umumiy mulohazalarga tanqidiy yondoshish lozim.

21

  

Tabiiyki, oila instituti bugungi kunda fundamental o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ammo, 



G’arb  dunyosida  yuz  berayotgan  ijtimoiy  o’zgarishlarni  o’z  holicha  Sharq  olamiga,  xususan 

O’zbekiston turmush tarziga aynan ko’chirib talqin etish to’g’ri emasdir.



 

     Oila  millat    sharafini    yuqori    martabaga     ko’taradigan mehr-muruvvat va madaniyat  

o’chog’i        ham          hisoblanadi.          Mohiyat    e’tiboriga  ko’ra  esa,  oila  ikki  jinsga  mansub 

insonlarning  ya’ni,  erkak  va  ayolning  o’zaro  hamjihatlikda  yashay  boshlashi,  muhabbati,  bir-

birlarini anglagan holda turmush kechirishi va ko’payish istagining, jamiyatni to’ldirish, avlodlarni 

muntazam  yangilab  turish,  eng  muhimi,  “uni  ham  iqtisodiy,  ham  ma’naviy  –  axloqiy  jihatdan 

mukammallashtirish yo’lida birgalikda qiladigan harakatining hosilasidir”.

22

     



Oilaning  mustahkamligi  jamiyat  va  davlat  barqarorligi  bilan  mantiqiy  uyg’un  hodisa  sanaladi. 

Xalqimizning  murakkab  tarixiy-madaniy  tajribasi  mobaynida  yuz  bergan  voqea-hodisalar 

mohiyatini 

jamiyatning  ilk  bo’g’ini  bo’lgan  oiladan  izlash  tendentsiyasini  ko’plab 

mutafakkirlarimiz asarlarida uchratamiz.  

Millatimiz boshiga tushgan ko’pgina achchiq qismatlar dastavval oila tarbiyasidagi kamchiliklar 

okibati  ekanini  ma’rifat  ahillari  yaxshi  anglashgan.  Bundan  xalos  bo’lishda  oila  tarbiyasi  hal 

kiluvchi ahamiyat kasb etadi, deb umid qilishgan. Fitratning “Oila yoki oilani boshqarish tartiblari” 

asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari suriladi.  

“Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq, 

- deb yozadi u. – tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila 

mustaqilligi  kuchli    intizom  va  tarbiyaga  tayansa,  mamlakat  va  millat  ham  shuncha  kuchli  va 

muazzam bo’ladi”. Bu muddao amalida, tabiiyki,  oila boshlig’inig ibrati alohida o’rin tutadi.  Oila 

a’zolari o’rtasida o’zaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sog’lom muhitni  yaratadi. Zero, 

sog’lom tarbiya oila a’zolari o’rtasida yakdillik, maqsadlar birligini yuzaga keltiradi. Aks holda esa 

ichdan emirilish, ma’naviy inqiroz holatlari yuz beradi, bu esa har qanday tashqi ziyonlardan ko’ra 

talofatliroqdir. 

Fitrat oilani millat manfaatiga xizmat qiluvchi, shu ruhni tarbiyalovchi beshik ekanligini alohida 

ta’kidlaydi.  Oiladagi  ijtimoiy  foydali  tarbiya  esa  jamiyatni  mustahkamlovchi  omil  bo’lib,  uning 

uyg’oqligi, harakatchanligi, ma’rifiy komilligiga taqalishini ta’kidlaydi. “Qaysi millatning umumiy 

                                                 

19

 Абдурауф Фитрат. Оила. Т.: Маънавият, 1998, 8 - бет 



20

 ªаранг: Энтони Гидденс. Социология: олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма, Илмий муҳаррирлар: 

А.Бегматов ва М.Бекмуродов, - Т.: Шарқ, 2002. – 459 – бет.        

21

 ªаранг: Энтони Гидденс. Социология: олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма, Илмий муҳаррирлар: 



А.Бегматов ва М.Бекмуродов, - Т.: Шарқ, 2002. – 459 – бет.        

22

 О.Сафаров, М.Маҳмудов. Оила маънавияти. -Т.: Маънавият, 1998. 20-21- бетлар.   



sa’y  –  harakati  va  amali  ko’p  bo’lsa,  kuch  –  qudrat  va  izzati  ham  shuncha  salmoqli  va  buyuk 

bo’ladi”,  deydi  u  va  yurtdoshlarini  shunga  da’vat  etadi.  Tabiiyki  o’sha  davrda  hamma  ham  buni 

anglab etmagan, bu yo’lda jonbozlik ko’rsatadigan fidoiylarga yo’l berilmagan, istibdod siyosati esa 

milliy  yakdillikning  barcha  ko’rinishlari  rivojiga  monelik  kilgan.  Shu  boisdan  ham  Fitrat  Vatanu 

mamlakatni  dildan  sevuvchi,  uning  sha’ni  sharafini  himoya  kiluvchi  fidoiy  farzandlarni  ko’plab 

tarbiyalab voyaga etkazish lozim, degan fikrni asoslab beradi.  

 Fitrat  jamiyat  a’zolarining  fidoiyligi  va  ongliligi  milliy  taraqqiyotga,  el-yurt  obodligiga  olib 

kelishiga  ishongan.  Fitrat  XX  asr  boshlarida  Turkistonda  amal  qilgan  tarqoqlik  xurofot  va 

aqidalarni,  mutelik  va  parokandalikni  inkor  etuvchi,  jamiyatni  sog’lomlantiruvchi  kuch  sifatida 

odamlarni  oilaga  yangicha  bir  ko’z  bilan  karashga  undaydi.  Ota-onaning  birlamchi  vazifasi-

farzandini  jamiyatga  nafi  tegadigan  kilib  hayotga  tayyorlash,  uni  ongli  va  hushyor  shaxs  qilib 

jamiyatga  qo’shishdan  iborat,  “Xalqning  harakat  qilishi,  davlatdmand  bo’lishi,  jahongir  bo’lishi, 

zaif  bo’lib  xo’rlikka  tushishi,  faqirlik  jomasini  kiyib,  baxtsizlik  yukini  tortib  e’tibordan  qolishi, 

o’zgalarga tobe, qul va asir bo’lishi – bolalikdan o’z ota-onalaridan olgan tarbiyaga bog’liq”, deb 

biladi u.

23

   


Demokratik    jamiyat    qurishning    muhim  tamoyillaridan  biri  bu  -  erkin    fuqaro  shaxsini 

shakllantirish  bilan  bog’liqdir.                                                                  Erkinlik  esa  oiladagi  ijtimoiy  tarbiya  

yo’nalishining  mahsulidir.  Ana  shu  jarayon  xalqimizning  turmush  tarzi,  demografik  holatiga  ham 

bog’liqdir.  Bu  boradagi  muhim  muammo  -  o’zbek  oilalarining  ko’p  farzandliligidir.  Chunki 

aholining  ko’payib  borishida,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotida  oiladagi  serfarzandlik  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

O’zbekistonda  nikohdan  o’tish,  oila  qurish  hollarining  yuqoriligi  ham  oila  sonining 

ko’payishiga, bu esa, o’z navbatida, tug’ilishning o’sishiga bog’liq. 1960 yilda respublika bo’yicha 

oila  a’zolarining  o’rtacha  soni  4,7  kishini  tashkil  qilgan  bo’lsa,  1992  yilda-5,5,  1994  yilda  5,4 

kishini tashkil etdi.

24

  2000 yil ma’lumotlariga ko’ra esa, oila a’zolarining o’rtacha soni 5,2 kishidan 



iboratdir.  

Mamlakatimizda  1998  yilning  “Oila  yili”  deb  e’lon  qilinishi  va  shu  munosabat  bilan  oila 

manfaatlarini  ta’minlash  borasida  amalga  oshirilayotgan  tadbirlarni  amaliyotga  tatbiq  etilishi, 

respublikamizda  oila,  onalik  va  bolalikni  ijtimoiy  muhofaza  qilish,  demokratik  qadriyatlarning 

shakllanishida muhim  o’ringa ega bo’lmoqda. Mustaqillik  yillarida oila  masalalarini ilmiy-amaliy 

o’rganishda milliy va diniy qadriyatlarimizning ahamiyatiga katta e’tibor berilishi esa bu boradagi 

katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Bu imkoniyat oila a’zolari ma’naviyatini yuksaltirishga, 

ularning  huquqiy  va  tibbiy  ongini  shakllantirishga,  sog’lom  turmush  tarzini  yaratishga  xizmat 

qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarimizda oilaviy hayotga bo’lgan hurmat oshmoqda. 

Ayollarning  ijtimoiy  hayotdagi  maqomini  oshirishga  qaratilgan  barcha  imkoniyat  va  sa’y-

harakatlarni birlashtirish, ularni  turmush sharoitlarini  yaxshilash  orqali jamiyatning  yangilanishida 

ayollar  ishtirokini  kuchaytirish  uchun  sharoit  yaratish  ustuvor  vazifalaridan  biri  bo’lib  qolmoqda. 

Ma’lumki,  mamlakatimizda  I.A.Karimov  tashabbusi  bilan  1999  yilni  “Ayollar  yili”  deb  e’lon 

qilingan  edi.  Ayollar  yili  munosabati  bilan  qabul  qilingan  Davlat  dasturi  mamlakatning  siyosiy, 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  hayotida,  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  hamda  jamiyatning  ma’naviy-

ma’rifiy asoslarini mustahkamlashda ayollarning maqomi, o’rnini mastahkamlashga qaratildi.                    

O’zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov  oila  omiliga,  imkoniyatlariga  alohida  to’xtalib  “Vatan 

tuyg’usi oilaviy mehrdan boshlanadi” deb ta’kidlagan edilar. 

Oilada  vatan  tarbiyasi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Vatanga  bo’lgan  mehr  dastavval  ota-onaga, 

aka-ukalarga, yaqin qarindoshlarga, qo’shnilarga bo’lgan munosabatdan boshlanadi.  

                                                 

23

  Соғлом  авлод  бизнинг  келажагимиз:  туплам.  Тахрир  ҳайъати:  М.Мухаммад  Дўст,  О.Мусурмонова, 



Т.Рисқиев  ва  бошқа.  -Т.:  Абу  Али  ибн  Сино  номидаги  тиббиёт  нашрёти,  2000.-  272-б.  Г.Хотамовнинг  

“Маърифатпарварлар армони” маколасидан.     

24

 ªаранг: Инсоний тараққиёт бўйича ҳисобот. -Т.: Ўзбекистон, 1995.  47-бет.   



Tabiiyki, mustaqillikka erishilgandan so’nggi o’n uch yil yangi qadriyatlarga o’tish, o’zlashtirish 

va  bu  qadriyatlar  asosida  boshqacha  yashashdan  iborat  murakkab  jarayonlarni  boshdan  o’tkazish 

davri  bo’ldi.  Birgina  madhiya  misolini  olaylik.  Tarixiy  manbalarning  guvohlik  berishiga  ko’ra, 

gimnlar vatan yo’lida yakka-yolg’iz jonini tikib, qurbon bo’lgan fidoiy-qaxramonlar ruhiga alqov, 

bag’ishlov, yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak, tantanali marsiyadir. Tabiiyki, marsiya aytiladigan 

paytda  arvohlar  ruhining  hurmati  uchun  odamlar  o’z  o’rinlaridan  turib,  jo’r  bo’lib  marsiyani  ijro 

etishgan.  

Amerika  oilalaridagi  erkin  fuqaro  shaxsini  shakllantirishda  demokratik  qadriyatlarning  qaror 

topishini  quyidagi  misolda  ham  ko’rish  mumkin.  Ma’lumki,  Amerika  oilalarida  gimn  ijro  etilgan 

paytda  hamma  o’rnidan  turib,  qo’lini  ko’ksiga  qo’yib,  birga  ixlos  bilan  jo’r  bo’lishadi.  Endi  shu 

holatning  ko’rinishini  O’zbekistonda  bir  tasavvur  qilaylik.  Ertalabki  nonushta  yoki  kechki  ovqat 

paytida televizorda madhiya ijro etilib qolsa, biror kishi ham o’rnidan turishni xayoliga keltirmaydi. 

Agar  masalaga  shunday    yondashaversak,  befarqlik  namoyish  etadigan  bo’lsak,  gimn  qadriyatini 

mustaqillik ramzi sifatida qalbimizga jo etishimiz qiyin. Shu boisdan ham Amerika oilalaridagi kabi 

mazkur qadriyatlarning shakllanish o’chog’larini oilalarga ko’chirish Vatan tuyg’usini samaraliroq 

shakllantirish imkoniyatlari kengayadi.                                                   

Uzoq  yillar  mobaynida  amalga  oshirilgan  kuzatishlar,  xalqimiz  tarixining  sinchkovlik  bilan 

qilingan  tahlili  shundan  guvohlik  beradi-ki,  oilada  ota-onaning  farzandlar  bilan  qancha  ko’p  vaqt 

birga  bo’lishi,  o’zaro  muloqotlar,  o’rgatilgan  bilim  va  kasb-korlar  mehr  tuyg’usining  shuncha 

mustahklanishiga  olib  keladi.  Mehr  tarbiyasi  o’zbek  oilalarida  turli  darajada  ekanligi  o’tkazilgan 

sotsiologik  tadqiqotlar  hamda  kuzatuvlardan  ravshan  ko’rinadi.  Shu  narsa  e’tiborga  loyiq-ki, 

respublikamiz turli hududlarida istiqomat qiluvchi ziyolilarning (o’qituvchilar, vrachlar, injenerlar, 

boshqaruv  tuzilmalari  vakillari,  oliy  ma’lumotli  tijoratchilar)  o’z  farzandlari  bilan  bir  kundagi 

muloqotlari  hajmi  o’rtacha  10-15  minut  atrofidagi  ko’rsatkichni  ifodalayotganligi  tashvishlanarli 

holdir.  Ma’lumki,  hayotga  endigina  kirib  kelayotgan  o’smirda  atrof-muhit,  odamlarda  yuz 

berayotgan o’zgarishlar borasida har kunda o’nlab savollar, jumbokli holatlar yuzaga keladi. O’smir 

bunday  savollarni  vaqt  defitsiti  sababli  ota-onaga  bera  olmaganligi  va  malakali  javobga  ega 

bo’lmaganligidan  jumboqlarning  echimini  tasodifiy  shaxslardan,  aksariyat  hollarda  o’z 

tengdoshlaridan  izlashga  majbur  bo’ladilar.  Natijada,  kichik  yoshdagi  bolalar,  o’smirlar  har 

tomonlama  to’g’ri,  jamiyat  va  shaxs  uchun  ijtimoiy  foydali  bo’lgan  malakali  javoblarga  ega 

bo’lmaydilar. Buning oqibatida esa yoshlar tarbiyasi muayyan izdan chiqib, umumiy axloq, milliy 

an’analar ruhiga zid bo’lgan holatlar yuzaga keladi. 

  Tarbiya  tizimida  oila  tarkibi,  tug’ilajak  farzandlarning  yosh  farqlari  ham  muhim  ahamiyatga 

egadir.  Ko’p  yillik  kuzatishlar,  huquqiy  idoralar  hujjatlari,  voyaga  etmagan  yoshlar  tomonidan 

qilingan  jinoiy  xatti-harakatlar,  tartibbuzarlik  holatlarining  asl  sabablarini  o’rganish  shundan 

guvohlik  beradi-ki,  oila  muhitida  tinchlik,  totuvlik,  o’zaro  mehrga  chanqoq  bo’lganlik,  ota-

onalarning  o’zaro  adovati,  aka-ukalar  o’rtasidagi  mehrsizlik  tufayli  aksariyat  yoshlarning  jinoyat 

ko’chasiga  kirib  qolishlari  ma’lum  bo’ldi.  Aka-ukalar  o’rtasidagi  mehrsizlik  dastavval  ota-

onalarning  o’z  farzandlariga  e’tibor  bermasliklari,  bu  ishga  juda  kam  vaqt  ajratishlari  bilan 

izohlansa,  ikkinchi  tomondan  esa  farzandlar  tug’ilishida  biri  va  ikkinchisi  o’rtasidagi  yosh  farqi 

masalasiga xalqimizda umuman ahamiyat berilmasligi ham jiddiy masaladir. Ruhiyatshunoslik ilmi 

nuqtai  nazardan  o’tkazilgan  tadqiqotlar  natijalariga  ko’ra,  agar  bola  1  dan  3  yoshgacha  bo’lgan 

vaqtda ikkinchi farzand tug’ilsa, bolalar o’rtasida ona va otaga egalik qilish, suyukli bo’lish, erkalik 

qilish  borasida  bir  qarashda  kichik  fakt  tuyulsa-da,  ammo  bu  faktning  ong  ortida 

mujassamlashuviga  ko’ra  jiddiy  hodisa-o’zaro  raqobat  holati  tarkib  topadi.  Agar  tug’iladigan 

bolalar  o’rtasidagi  farq  4-5  yosh  bo’lsa,  katta  farzand  tomonidan  o’z  ukasini  himoya  qilish  ruhi 

shakllanib  o’z  ota-onasidan  ukasini  qizg’anmaslik  holati  tarkib  topadi.  Bu  bilan  esa,  aka-ukalar 

o’rtasida  juda  nozik  bo’lgan  mehrning  biologik  omillar  orqali  rahna  topishining  oldi  olinadi. 

Xalqimizda unchalik e’tibor berilmaydigan, ammo, mehr tuyg’usiga rahna soluvchi yana bir jihat - 

bu aka-ukalar o’rtasidagi o’zaro janjallar hodisasidir.    

  Aka  va  uka  o’rtasidagi  bahslar  agar  verbal  darajada,  ya’ni  faqat  so’z  talashlari  fikr-qarashlar 

tortishuvi tarzida yuz berish bilan cheklanilsa, mehri-tuyg’usi jiddiy zarar ko’rmaydi. Mobodo, bu 



bahs  musht  tushirish  darajasiga  etgudek  bo’lsa,  kichiklarning  kattalarga  bo’lgan  ukalik  mehr 

ildiziga  jiddiy  zarba  beriladi.  Shu  narsa  e’tiborga  loyiqki,  musht  urgan  tomon  mehrini  saqlashi 

mumkin  bo’lsa-da,  tayoq  egan  tomon  o’z  akasiga  nisbatan  mehr  tuyg’usini  teran  his  eta  olmay 

qoladi.  Yaqin  qarindoshlar,  er  va  xotin  o’rtasidagi  munosabatlarda  zo’ravonlik  qilish,  urish 

hodisasining  nechog’li  zararli  ekanligi  bois,  mukaddas  kitobimiz  bo’lgan  Qur’oni-Karimda  ham 

zo’ravonlik  qilmaslik,  insonni  o’z  yaqinlariga  va  ayniqsa  xotinlarga  zinhor-bazinhor  qo’l 

ko’tarmaslik zarurligi, to’g’risida alohida kayd etiladi. (Qur’oni Karim, G’oshiya surasi, 22-oyat). 

  Xalqimiz  tarixidan  ulug’  va  qudratli  saltanatlarning  asosan  ichki  omillarga  ko’ra,  oilaviy 

tarbiya muammolari, otalar va bolalar, akalar va ukalar, opalar va aka-ukalar o’rtasidagi mehrsizlik, 

o’zaro  nifoqlar,  yakdillik  ruhining  sustligi  sababli  zavol  topganligini  bilamiz.  Taassufki,  ayni  shu 

sabablarga ko’ra Qoraxoniylar, Xorazmshohlar,  Temuriylar boshqa davlatlar inqirozga  yuz tutgan 

edi. Shu boisdan ham yurtboshimiz mamlakatdagi umumiy barqarorlik biri-biriga bog’liq va tizimiy 

xususiyatga  ega  ekanligini  ta’kidlab,  “agar  oila  sog’lom  va  mustahkam  bo’lsa,  mahalla  tinch  va 

hamjihat,  agar  mahalla  mustahkam  bo’lsa  davlat  osoyishta  va  barqaror  bo’ladi”  deb  ta’kidlagan 

edilar.  (I.A.  Karimov.  O’zbekiston  respublikasi  Konstitutsiyasining  besh  yilligiga  bag’ishlangan 

majlisdagi tabrik so’zidan, 1997 yil 5 dekabr). 

 

      Oila  barqarorligi  va  vatan  salohiyatini  oshirishda  ona  omilining  roli  beqiyosdir.                                         



Darhaqiqat,  ona  mukaddas  va  cheksiz  e’zoz-ehtiromga  munosib  zotdir.  Xalqimiz  onaga  bo’lgan 

cheksiz  hurmati,  samimiy  muhabbati  borasida  ko’pgina  xalqlarga  namuna  bo’larli  an’ana  va 

odatlar,  marosimlar  tizimiga  ega.  Mushtipar  onalarimiz  farzandni  hayotga  keltirganidan  so’ng,  to 

o’z vafotiga qadar faqat jigarbandi taqdirini o’ylab, unga omonlik, tinchlik, rizq-ro’z, baraka tilab 

yashab  o’tadi.  Onalarning  farzandlariga  yaxshilik  tilab,  Yaratgandan  panoh  so’rashi,  o’zi  emay 

bolasiga beruvchilik, o’zi kiymay kiydirishi, o’zi ko’rmay o’tsa-da bolasi ko’rishiga orzumandligi 

ayni haqiqat va chuqur ta’zim, tahsinga sazovordir. 

  Ammo,  bugun  kun  sur’atlari,  shiddatkor  zamon  uchun  farzandlarning  faqat  miqdoran  ko’p 

bo’lishi,  ularning  sog’-omon  yurishini  ta’minlashning  o’zigina  etarli  bo’lmay  qoldi.  Zamona  shu 

shiddatkor  sur’atlarga  xos  va  mos  yuksak  ma’rifatli,  bunyodkor,  tinib-tinchimas  avlodni 

tayyorlashni  talab  etmoqda.  Bu  esa  davlat  va  jamiyat  zimmasiga,  eng  avvalo  oilaga,  ona  omiliga 

ko’p  narsalarni  bog’liq  qilib  qo’ymoqda.  Onaning  maqsadlari,  turmush  tarzi,  hayot  mantig’i 

mazmunida davr ruhiga mos bo’lgan tamoyillar ya’ni, farzandlarga ta’lim, tarbiya berishni tubdan 

yaxshilash,  ularga  yondashuv  uslublarini  o’zgartirish  zarurligini  kun  tartibiga  qo’ymoqda.  Bu 

borada  bugungi  holat  manzarasi  o’zbek  oilalarida  turli  daraja  va  ko’rinishlarda  bo’lib,  ularni 

quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir.  

Farzandlarini  aniq  maqsadlarni  ko’zlab  turli  vositalar  ko’magida  hayotga  faol  tayyorlavchilar 

toifasi.  Bu  toifaga  mansub  oilalarda  ona  barcha  o’zgarishlarning  uyg’unlashtiruvchi  va 

yo’naltiruvchisi  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Farzandlar  o’z  vaqtida,  aniq  belgilangan  reja  va  rejim 

asosida maktabda o’qiydilar yoki universitetlarda tanlagan ixtisosliklarini puxta o’zlashtirish ishlari 

bilan  band  bo’ladilar.  Rejaviy  ta’lim  qo’shimcha  bilim  olishlar  usuli  (repetitsiya,  to’garaklar, 

uyushmalar)  bilan  muntazam  ravishda  uyg’unlashtiriladi.  Ta’lim  olish  holati  va  mutaxassislikni 

egallash  muammolari  oila  muhitida  muhokama  etib  boriladi,  uyda  dars  tayyorlash  qat’iy  tarzda 

muntazam amalga oshiriladi. Urf-odat va an’analarga me’yor doirasida ratsional amal qilinadi 

Oila  muhitida  tarbiya,  odob-axloq  masalalariga  ta’lim  ishlaridan  ko’ra  ustunroq  ahamiyat 

beruvchilar  toifasi.  Bunday  toifa  vakillari  oilaviy  muhitda  tinchlik,  osoyishtalik,  o’zaro  hurmat 

saqlanishi,  mahalla-yurtda  mavqe-e’tiborda  bo’lish,  an’ana  va  urf-odatlarga  qat’iy  amal  qilish, 

uydagi  gap  ko’chaga  chiqmasligiga  jiddiy  ahamiyat  qaratib  yashaydilar.  Bunday  oilalar 

farzandlarning  ertangi  kuni,  ularni  faol  va  bunyodkor  shaxs  sifatida  hayotga  tayyorlashning  aniq 

rejalariga  ega  bo’lmasalarda,  o’z  bolalarini  jamiyatga  bezarar  qilib  o’sishidan  ogoh  bo’lib 

yashaydilar. 

Oilada  ota-ona  va  farzandlar  o’rtasidagi  munosabatlarda  masofa  mavjud  bo’lgan  toifa.  Mazkur 

toifaga mansub oilalarda ota va ona farzandlari tarbiyasi va ta’lim olish saviyasi uchun maktablar 

mas’ul  va  majbur  hisoblaydilar.  Maktablar  va  boshqa  ta’lim  muassasalari  bilan  hamkorlik 



qilmaydilar,  ota-onalar  majlislariga  kelmaydilar.  Farzandlarining  ahloqiy  va  ma’rifiy  holatlarini 

nazorat qilmaydilar. Bunday oilalarda har kim asosan o’zi uchun yashaydi. 

Respublikamizdagi  huquq  tartibot  idoralari  ma’lumotlariga  ko’ra,  voyaga  etmagan  yoshlar 

o’rtasidagi  tartibbuzarlik,  jinoyatchilik  ko’chasiga  kirib  qolish  holatlarining  o’ndan  to’qqiz  qismi 

ayni shunday toifadagi oilalar muhitida yuzaga chiqmoqda. 

Mazkur  tasnifga  ko’ra,  birinchi  toifaga  mansub  oilalar  miqdorining  bugungi  kun  talablari 

darajasida faol ortib borishini ta’minlash o’ta muhimdir. 

Oila  muhitida  ota  va  onalarning  farzandlar  taqdiri  uchun  favqulodda  mas’ulligi  masalasi 

rivojlangan  barcha  mamlakatlarda  doimiy  ravishda  kun  tartibida  turadi.  Xususan,  Yaponiyada 

o’tkazilgan  tadqiqotlarga  ko’ra,  o’zaro  tanish  ayollarning  bir-birlari  bilan  uchrashib,  o’tkazadigan 

suhbat, muloqotlari majmuida o’ttiz foizgacha vaqt o’z farzandlarining o’qish va ishlaridagi ahvoli, 

yigirma foiz vaqt shaxsiy takomillashuv, ya’ni, o’zlashtirgan yangi kasb-korlari, o’qigan kitoblari, 

ko’rgan  filmlari  haqida  va  faqat  yigirma  foizgacha  vaqt  tanish-bilishlarning  maishiy  holati, 

kayfiyatlari, sog’ligi, turmush o’rtog’ining muammolari masalalari band etar ekan. 

Taqqoslash  uchun  O’zbekiston  ayollari  o’rtasida  Toshkent  davlat  Madaniyat  instituti 

“Sotsiologiya”  kafedrasi  olimlari  tomonidan  o’tkazilgan  tadqiqotda  esa  ziyoli  ayollar  orasida  10 

foiz, tijoratchilar o’rtasida 5-7 foiz, qishloq ayollari orasida 3-5 foizgina vaqt farzandlarning ta’lim 

borasidagi  o’zlashtirishlari  ahvoliga  ajratilar  ekan.  Ayni  chog’da,  ayolarimiz  suhbatlari  majmuida 

40  –  50  foizgacha  vaqt  maishiy  hayot  tashvishlari,  qo’shnilar  muammolari,  dugona  va  tanish-

bilishlar taqdiri singari masalalar tahliliga bag’ishlanishi aniqlandi. 

Bir qarashda uncha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli tuyulmaydigan mazkur qiyosiy tahlil onalarning 

o’z farzandlari tarbiyasi, ularni katta hayotga maqsadli tayyorlab borish ishlaridagi o’rnini, pirovard 

natijada  esa  mamlakatning  umumiy  taraqqiyoti  holatiga  bo’lgan  bevosita  hamda  bilvosita  ta’sirini 

belgilab beradi.  

Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda oila institutiga katta ijtimoiy ahamiyat berib kelinmoqda. 

Uning  isboti  sifatida  mamlakatimizda  an’anaga  aylangan  har  bir  yilga  asosiy  diqqat-e’tibor 

qaratilayotganligi katta ahamiyatga ega bo’lgan. Shuningdek,  “Oila yili” deb e’lon qilinishi mazkur 

masalaga bevosita va “Sog’lom avlod”, “Onalar va bolalar”, “Obod mahalla” yillari mobaynida esa 

bilvosita  tarzda  doimiy  e’tibor  qaratib  qelinmoqda.  Ayniqsa,  2004  yilning  «Mehr-muruvvat»  yili 

deb  e’lon  qilinishi  oilaning  jamiyat  taraqqiyotidagi  o’rnining  ortib  borayotganligining  yana  bir 

isbotidir.  

 


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin