1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va


-mavzu. Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O’zbek modeli”



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


3-mavzu. Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O’zbek modeli”. 

REJA: 

1.   Demokratik jamiyat qurishning turli xil modellari.  

2.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda “O’zbek modeli” va uning tamoyillari. 

3. Demokratik jamiyat qurishning modellari va ularning o’ziga xos  xususiyatlari. 

 

  Mustaqil  taraqqiyot  yo’liga  chiqqan  O’zbekiston  uchun  eng  asosiy,  bosh  masala  milliy 



davlatchilik  poydevorini barpo etish,  mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini 

yaratish  edi.  Mazkur  masalaga  mustaqillikka  erishgan  barcha  mamlakatlar  turli  davrlarda  duch 

kelishgan  va  ular  bu  masalani  turlicha  hal  etishgan.  Shu  sababli  ilmiy  adabiyotlarda  ijtimoiy 

taraqqiyotning  «Shved  modeli»,  «Amerika  modeli»,  «Yapon  modeli»  kabi  tushunchalar 

ishlatilmoqda.  Mazkur  tushunchalar  zamirida  muayyan  mintaqa  yoki  mamlakatlar  ijtimoiy 

taraqqiyotida  siyosiy-iqtisodiy  islohotlarni  qaysi  yo’l  bilan,  qay  yo’sinda  amalga  oshirilishi  bilan 

bir-biridan farqlanadi. 

Jumladan,  «Amerika  modeli»da  bozor  munosabatlari  nihoyatda  liberalligi  bilan  xarakterlansa, 

«Yapon  modeli»    iqtisodiy  munosabatlarda  davlatning  etakchi  o’rni  bilan  belgilanadi.  «Shved 

modeli»da iqtisodiyotning ijtimoiy yo’naltirilganligi ustuvordir. 

Shuningdek,  Sharqiy  Evropa  mamlakatlarining  o’z  modeli,  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi 

mamlakatlaridagi modellar ham o’ziga xos jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 

O’zbekiston o’z mustaqilligiga  erishgach, milliy  davlatchilik  poydevorini barpo etish, mustaqil 

taraqqiyot  yo’lini  belgilab    olish  maqsadida  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasini  chuqur  o’rganib, 

mamlakatimizning  tarixiy-milliy  xususiyatlari  va  geografik-demografik  shart-sharoitlariga  mos 

bo’lgan  o’ziga  xos  modelni  yaratish  zarur  edi.  Sobiq  totalitar  tuzumdan  juda  ko’plab  iqtisodiy, 



ijtimoiy, muammolar meros bo’lib, o’tganligiga qaramasdan, respublika rahbariyati mustaqillikning 

dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz taraqqiyotining o’ziga xos yo’lini aniq belgilab oldi. 

Bu  yo’ldagi dastlabki  eng  asosiy  vazifa:  «Eski  ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, unga muvofiq 

bo’lgan  hokimiyat  va  boshqaruv  organlarini  tugatish,  shuningdek,  yangi  davlatchilikning  siyosiy-

huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish»

1

 edi. 



Mazkur vazifani sobitqadamlik bilan hal etish natijasida eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimining 

ustunlari  bo’lgan  hokimiyat  va  boshqaruv  organlari  barham  toptirildi.  Jumladan,  Sobiq 

Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo’yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski 

tizimi tugatildi. 

    

  Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlangan  keng  ko’lamli  islohotlar  mamlkatimiz 



taraqqiyotining strategik  maqsadi  –  demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga  asoslangan 

adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi.  

  Mazkur  islohotlar  mamlakatimiz  rahbari  I.A.Karimov  tomonidan  yaratilgan  beshta  tamoyilga 

asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: 

  -  Iqtisodiyot  siyosat  ustidan  hukmron  bo’lishi,  u  har  qanday  mafkuradan  ozod  bo’lishi  lozim. 

Iqtisod o’z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak

- Iqtisodni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqsodiyotiga o’tilayotganda, davlat bosh islohotchi 

bo’lib, uning boshqaruv tizimini qo’ldan chiqarmaslik kerak; 

-Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya 

etishi kerak; 

-Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng muhim vazifadir

-Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  shoshma-shosharliksiz,  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilmog’i 

lozim.

2

  



Mazkur tamoyillar «O’zbek modeli» sifatida jahonda e’tirof etilgan O’zbekiston mustaqil 

taraqqiyot yo’lining g’oyaviy-nazariy negizi bo’lib xizmat qildi. 

Iqtisodiyotning  siyosatdan  ustuvorlik  tamoyili  jahon  tajribasida  sinalgan  erkin  bozor 

iqtisodiyotining  ob’ektiv  qonunlari  ijtimoiy  taraqqiyotda  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  ekanligini 

asoslab  beradi.  Bozor  itisodiyotiga  o’tish  sharoitida  iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilmalari,  xo’jalik 

yurituvchi  sub’ektlarning  erkin  iqtisodiy  faoliyat  yuritishi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Chunki, 

iqtisodiyotning  siyosat  va  mafkuradan  ustuvorligi,  iqtisodiy  faoliyat  erkinligi  barpo  etilayotgan 

adolatli fuqarolik jamiyatining moddiy asosi bo’lib xizmat qiladi.  

Yangi  demokratik  jamiyatga  va  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitida  davlatning  bosh 

islohotchilik  vazifasi  mamlakatda  olib  borilayotgan  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  islohotlarni  tashkil 

etish va amalga oshirishda tashabbuskor bo’lishni nazarda tutadi. Bu tamoyil avvalo, mamlakatimiz 

taraqqiyotining  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  bo’lib,  milliy  davlatchiligimiz  tarixiy 

tajribasiga  asoslanadi.  O’zbek  davlatchiligi  taraqqiyotining    barcha  davrlarida  davlat  jamiyat 

hayotini  tashkil  etuvchi,  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlarni  amalga  oshiruvchi  etakchi  kuch  bo’lgan. 

Davlatga va uning rahbariga katta ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’lish o’zbek xalqining 

turmush tarzidagi muhim siyosiy qadriyat bo’lib kelgan. Milliy davlatchiligimizdagi mazkur an’ana 

mustaqillik sharoitida o’zining mantiqiy ifodasini  topdi va  yangi  mazmun  bilan boyitildi.  Tarixan 

qisqa muddat ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy-siyosiy islohotlar davlatning bosh 

islohotchilik rolini yaqqol ko’rsatib berdi. 

     Bozor iqtisodiyotiga o’tishning murakkabligini hisobga olgan holda, shuni ta’kidlash zarurki, 

bu o’tish davrida bir qator salbiy holatlar, jumladan, ishsizlik, qonunbuzarlik, jinoyatchilik kabilar 

yuzaga  kelganda  davlatning  tartibga  solish,  nazorat  qilish  va  boshqarishdagi  roli  yanada  ortadi. 

Garchi  fuqarolik  jamiyatining  shakllanishi  bilan  davlatning  vazifasi  biroz  qisqarsada,  lekin 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсајасида: хавфсизликка таідид, барєарорлик шартлари ва тараєєиёт 



кафолатлари. -Т. Ўзбекистон, 1997. 152-бет. 

2

 Каримов И.А. Ўзбекистон иєтисодий ислоіотларни чуєурлаштириш йўлида. -Т. Ўзбекистон. 1995. 11-б. 



jamiyatdagi  ijtimoiy  bo’hronlarni  oldini  olishda,  ijtimoiy  munosabatlarni  muvofiqlashtirishda, 

ijtimoiy adolatni qaror topishida davlatning o’rni va roli saqlanib qolaveradi. 

Konstitutsiya  va  qonun  ustunligi  tamoyilining    mohiyati  mamlakatimiz  hayotining  hamma 

sohalarida  qonun  ustuvorligini  ta’minlash,  qonunga  itoatkorlikni  shakllantirishdan  iboratdir.  Bu 

tamoyilni  davlatimiz  rahbari  I.A.Karimov  shunday  ifodalaydi:  «Butun  yangilanish  va  taraqqiyot 

jarayoni  qonunga  asoslanmog’i  zarur.  Iqtisodiy  o’zgarishlar  sanalgan,  amaliy  kuchga  ega  bo’lgan 

qonunga tayangandagina, bu o’zgarishlar sezilarli natijalar berilishi muqarar bo’lishi mumkin»

3

 



Ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  qonunning  ustunligi  huquqiy  davlatning  asosiy  belgisi 

sanaladi.  Garchi,  huquqiy  davlat  nazariyasi  G’arbiy  Evropada  XVII-XVIII  asrlarda  yaratilgan, 

degan  fikr  mavjud  bo’lsada,  huquqiy  davlat  an’analari  milliy  davlatchiligimiz  tarixiy  tajribasida 

o’rta  asrlardayoq  mavjud  bo’lgan.  Jumladan,  o’zbek  davlatchiligining  buyuk  namoyondasi  Amir 

Temur  o’zi  barpo  etgan  juda  katta  davlatni  «Kuch  adolatdadir»  degan  shior  bilan  idora  etgan. 

Temur  davrida  maxsus  tuzuklarga  amal  qilingan.  Ana  shu  tuzuklarda  jamiyat  a’zolarining  axloq-

odob  qoidalari,  mansabdor  shaxslar  va  hukmdorlarning  burchlari,  davlat  va  qo’shinni  boshqarish 

qoidalari aniq ifoda etilgan. 

Qonun  ustuvorligi  tamoyili,  avvalo  davlatning  asosiy  qonuni  hisoblangan  Konstitutsiyaning 

ustuvorligini  ta’minlashni  nazarda  tutadi.  Bu  tamoyil  mamlakatimiz  Konstitutsiyasining  15-

moddasida  quyidagicha  ifodalangan:  «O’zbekiston  Respublikasida  O’zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi  va qonunlarning ustunligi   so’zsiz tan olinadi.  Davlat, uning organlari, mansabdor 

shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar»

4



 Kuchli  ijtimoiy  siyosat    yuritish  tamoyili  ham  o’zbek  davlatchiligi  an’analariga  hamda  milliy 

qadriyatlarimizga  mos  bo’lib,  bu  tamoyil  mohiyati  shundan  iboratki,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish 

sharoitida davlat aholini ijtimoiy himoya qilishni o’z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyotiga  o’tish 

doimo  murakkab  jarayon  bo’lib,  bu  davr  o’ziga  xos  qiyinchiliklarni  keltirib  chiqaradi.  Shunday 

sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini o’z himoyasiga olish davlatning muhim 

vazifalaridan biri hisoblanadi.  

Zaif  va  yordamga  muxtoj  kishilarga  mexr  va  muruvvat  ko’rsatish,  ularni  moddiy  va  ma’naviy 

qo’llab-quvvatlash  xalqimiz  turmush  tarzidagi  qadimiy  an’ana,  azaliy  milliy  qadriyat  sifatida 

davlatchilik  tajribasida  ham  o’z  ifodasini  topgan.  Masalan,  buyuk  davlat  arbobi  Amir  Temur  o’z 

«Tuzuklarida»  davlatni  boshqarishda o’n ikkita  qoidaga amal  qilgan. Shu qoidalarda, jumladan:  - 

Davlat, saltanat ustunlarini, aholining barcha qatlamlari bilan quvvatlash va ularning manfaatlarini 

himoya qilish;  

Mamlakatdagi  demografik  shart-sharoitlarni,  aholining  turmush  darajasini  hisobga  olib, 

O’zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitida  davlat  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  orqali 

kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirmoqda. 

Ra’iyat ahvolidan ogoh bo’lish, ulug’larini og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rish5.  

Bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich,  o’tish  tamoyili  milliy  xususiyatlarimizga,  o’zbek 

davlatchiligi  an’analariga  mos  bo’lib,  bu  tamoyil  o’tish  davrining  murakkab  xarakterini  hisobga 

olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni puxta o’ylab, ijtimoiy larzalarsiz, tadrijiy tarzda amalga 

oshirishni taqozo etadi. 

«O’zbek  modeli»ni  bugungi  kunda  demokratik  jamiyat  barpo  etish  muhim  o’ziga  xos  modeli 

ekanini  dunyoning  juda  ko’plab  siyosatshunos  etakchi  olimlari  o’rganmoqda  va  uni  tahlil 

qilmoqdalar

1

.  Masalan,  rossiyalik  tadqiqotchilar  Gafarli  M.S.,  Kasaev  A.G.,  germaniyalik 

L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlatskiy uni  yuksak baholashgan. 

                                                 

3

 Каримов И.А. Ўзбекистон иєтисодий ислоіотларни чуєурлаштириш йўлида. -Т.: «Ўзбекистон», 1995   



4

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т. Ўзбекистон. 1992. 11-бет  

5

 «Темур тузуклари».-Т.,Ғофур  Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.1991.53-54,б  



1

 Қаранг: Гафарли М.С., Касаев А.Г.. Ривожланишнинг ўзбек модели: тинчлик ва барқарорлик – тараққиёт 

асоси. Т.: Ўзбекистон, 2001. –430 б.  

Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Т.: Ўзбекистон, 2000. 368-б.  

Дональд Карлайл Ўзбекистон Ўрта Осиё, истиқболдаги ўтмиш ва ҳозирги замон ва бошқалар. 


 «KPSS»  deb  atalmish aslida esa ulkan bir hududni  o’z  qo’lida  ushlab  turgan partiya-davlat    

mashinasining      so’nggi  s’ezdida  (1990  yil  iyul)  ham  Prezidentning  masalaga  jiddiy  e’tibor 

berganligi  O’zbekistonning  mustaqillik  e’lon  qilganligi  shunchaki  bir  his-hayajonni  to’kib  solish 

emas, balki ortga qaytmaydigan strategik maqsad yoki akt ekanliginining yorqin isboti hisoblanadi. 

Shu  nuqtai  nazardan,  1991  yilning  31  avgust  kunida  O’zbekiston  Respublikasi  mutloq 

mustaqilligining  e’lon  qilinishini  unga  qadar  amalga  oshirilgan  o’ziga  xos  siyosiy  tayyorgarlik, 

umumxalq safarbarlikning qonuniy natijasi va keng miqyosli demokratik o’zgarishlar uchun sharoit 

yaratgan buyuk tarixiy voqea deb qarash to’g’ri bo’ladi. Aynan shundan e’tiboran, O’zbekistonning 

mustaqilligi,  hududimizdagi  barcha  tarkibiy  qismlarda;  ya’ni  davlat  hokimiyatining  quyidan 

yuqorigacha  barcha  bo’g’inlari,  er  osti  va  er  usti  resurslari,    davlat  boshqaruvi  muassasalarining 

barcha  tarmoqlari,  millatning  moddiy  va  intellektual  salohiyati  va  tashqi  aloqalarning  barcha 

yo’nalishlarida  tanho  hokimligi  e’lon  qilinganligi  amalda  to’la  milliy  mustaqillikni  bildirar  edi. 

Uning  xalqaro  munosabatlarda  sub’ektlar  oladi.  Endilikda  O’zbekistonga  nisbatan  dunyodagi 

barcha  davlatlari  to’laqonli  mustaqil  sub’ekti  sifatida  va  tub  manfaatlarining  birdan  bir  rasmiy 

ifodachisi  ekanligini  tan  olgan  o’zaro  samarali  munosabatlar  o’rnatishga  munosib  xalqaro 

siyosatning mustaqil, daxlsiz sub’ekti sifatida munosabat bildirishlari uchun zarur huquqiy-siyosiy 

asos  yaratildi.  Mustaqil  davlatimiz  g’oyalarining  nazariy  va  huquqiy  asoslarini  yaratish  hamda 

uning shakllanishida – sobiq ittifoqda birinchi bo’lib, 1990 yil 24 martda (12-chaqiriq Oliy   

Sovetining birinchi  sessiyasi)  O’zbekistonda Prezidentlik institutini  ta’sis etish to’g’risidagi  qarori 

bo’lgan  edi.  Ma’lumki,  o’sha  sessiyada  I.A.Karimov  O’zbekiston  SSRning  Prezidenti  etib 

saylangan  edi.  Mamlakatimizda  Prezidentlik  institutining  ta’sis  etilishi  nafaqat  davlatchiligimiz 

milliy  g’oyasini,  balki  xalqimizning  bosqichma-bosqich  siyosiy  va  iqtisodiy  mustaqilligi  uchun 

kurashning o’ziga xos yo’nalishining boshlanishi ham edi.  

Prezidentlik  institutining  tashkil  etilishi  uzoq  yillar  mobaynida  Respublikamizda  ijtimoiy-

iqtisodiy,  siyosiy,  ma’naviy  va  madaniy  sohalarda  to’planib  qolgan  muammolarni  hal  etishning 

birdan-bir to’g’ri echimi edi. 

Ma’lumki,  dunyo  davlatchiligi  tarixiy  rivojlanishida  boshqaruvning  asosan  ikki  shakli  – 

monarxiya  va  respublika  usullari  mavjud.  Respublika  boshqaruvi  o’z  navbatida  parlamentar  va 

prezidentlik  respublikalari  ko’rinishlariga  ega.  Prezidentlik  Respublikasi  hozirgi  kunda  eng  ko’p 

tarqalgan davlat boshqaruvi shaklidir. 2000 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, BMTga a’zo 192 davlatdan 

146 tasida Prezident lavozimi mavjud

1



Ularning  aksariyat  ko’pchiligi  prezidentlik  respublikalari  hamdir.  Bular  AQSh,  Argentina, 

Braziliya, Meksika, Frantsiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalardir.  

Davlatchilik  g’oyalarining  nazariy  asoslari  va  ularning  shakllanishi  jarayonlarini  prezidentlik 

institutining  ta’sis  etilishi  haqida  batafsil  fikr  yuritishimizning  asosiy  sababi  –  Prezidentlik 

hokimiyatining  manbai  xalq  ekanligi  to’g’risidagi  tarixiy  tajribaning  O’zbekistonga  mos  va 

zarurligi hamda davlat boshqaruvidagi eng samarali shakli ekanligining o’z isbotini tapayotganligi 

bilan belgilanadi. 

 

Prezident  I.A.Karimov  aholining  siyosiy  faolligini  kuchaytirish,  jamiyatda  manfaatlar  va 



qarama-qarshi  kuchlar  o’rtasida  muvozanatni  ta’minlaydigan  kuchli  mexanizmlarni  shakllantirish 

zarurligiga  alohida  e’tibor  berib  kelmoqda.  Bu  mexanizm  eng  avvalo,  jamiyatni  erkinlashtirish 

orqali fuqarolarning har bir saylovga mamlakat taqdiri uchun siyosiy tanlash sifatida taqozo etadi. 

Odamlar  o’z  manfaatlari  va  maqsadlarini  amalga  oshirish,  haq-huquqlarini  himoya  qilish  uchun 

saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglashi zarur bo’ladi.  

Inson  huquqlari va erkinliklarini himoya qilish,  uning ehtiyojlarini qondirishda davlat qurilishi, 

boshqaruv  tizimi  va  jamiyatni  erkinlashtirish  alohida  ahamiyatga  ega.  Bu  borada  Prezident 

I.A.Karimov  mustaqillikning  dastlabki  yillaridayoq  mamlakatning  uzoqqa  yo’naltirilgan 

maqsadlarini aniq va ravshan ifodalab berdi va davlat vakolatlarini asta-sekinlik bilan, bosqichma-

bosqich  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlari  zimmasiga  o’tkazish,  fuqarolarning  o’z-o’zini  boshqarish 

organlarining  ya’ni  mahallalarning  rolini  oshirib  borish  orqali  demokratik  jarayonlarni 

                                                 

1

 Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. Тошкент – 2000. 41-б. 



chuqurlashtirish zarurligini aytgan edi. Ana shu tamoyilning o’zi fuqarolarning bir jihatdan erkinligi 

va  ozodligini  ta’min  etsa,  ikkinchi  tomondan  o’z  hayotlarini  izga  solishga,  demak-ki,  jamiyatni 

boshqarishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Shaxs o’zini jamiyat hayotining hamma sohalariga daxldor, 

uning oldida burchli va mas’uliyatli ekanligini anglab boradi.  

Prezident  I.A.Karimov  milliy  taraqqiyot  tamoyillarini  ishlab  chiqar  ekan,  O’zbekistonning 

birinchi  navbatda  insonparvarlik  qoidalariga  asoslangan,  millati,  dini,  ijtimoiy  ahvoli,  siyosiy 

e’tiqodlaridan  qat’i  nazar,  fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlab  beradigan  davlat 

bo’lishiga  katta  umid  bog’lamoqda.  Bugungi  bosqichda  u  demokratik  institutlar  faoliyatlari 

ko’lamlarini kengaytirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish, 

jamiyatda  manfaatlar,  turli  xil  qarashlar,  siyosiy  va  e’tiqodiy  raqobatlar  o’rtasidagi  muvozanatni 

ta’minlash,  jamoat  birlashmalarining  hozirgi  bosqichdagi  ijtimoiy  mavqeini  oshirish,  siyosiy 

partiyalar  faoliyatini  takomillashtirish,  iqtisodiy  hayotni  erkinlashtirish,  davlat  qurilishini 

erkinlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish,  hokimiyat  bo’linishi  printsipining  insoniyat 

tomonidan  umume’tirof  etilgan  tamoyillarini  amalda  qo’llash,  davlat  hokimiyati  organlarining 

vakolatini  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlariga  o’tkazish  masalalarini  strategik  vazifa  darajasida 

anglashi kerak bo’ladi.  

Agar O’zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatga mansub turli dunyoqarash va turmush tarziga 

ega  bo’lgan  aholi  yashaydigan,  10  dan  ortiq  diniy  konfessiyalar  faoliyat  ko’rsatayotganligini 

nazarda tutadigan bo’lsak, ko’p millatli mamlakatda millatlararo murosa muhitini yaratish bo’yicha 

amalga  oshirilayotgan  ishlar  jiddiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Darhaqiqat,  jamiyatda  turli  diniy  va 

g’oyaviy  qarashdagi  aholi  tabaqalari  intilishlarini  uyg’unlashtirish,  ularni  mamlakat  taraqqiyotini 

belgilaydigan  g’oya  atrofida  birlashtirib,  yo’naltirish  favqulodda  katta  salohiyat  taqozo  etishi 

ravshan.  Ayni  chog’da  umumiy  fikrlarga  kelish  har  bir  inson  erkinligi,  shaxsiy  talablari  va 

rag’batini  bo’g’ish  hisobidan  bo’lmasligi  ham  zarur.  Zero,  inson  ilohiy  va  tabiiy  qismatiga  ko’ra 

mutlaq betakror hodisadir. Shu boisdan, ulug’ allomalarimiz ham  mazkur masalaga alohida urg’u 

berib insonga berilgan muqaddas huquqlardan biri ixtiyoriy tanlov, me’yoriy muvozanatga intilish 

va  haqni  o’z  rag’batiga  ko’ra  topa  bilish  salohiyati  ekanligini  alohida  ta’kidlaganlar.  Holbuki, 

millatidan, irqidan va dunyoqarashidan qat’iy nazar, mamlakat fuqarosi o’z ehtiyojlarini qondirish 

uchun  barcha  imkoniyatlarga  ega  bo’lishi,  o’z  hayotini  ixtiyoriy  tanlov  asosida  yo’lga  qo’yilishi, 

jamiyatda  barqarorlik  muvozanatini  saqlash,  murosaga  kelish  va  bir-birini  tushunish,  o’zaro 

hamjihatlik va demokratik ishtirok makonini qaror toptirish uchun keng ko’lam yaratadi.  

Xulosa  o’rnida  shuni  yana  bir  bor  ta’kidlash  joizki,  yurtimizda  mustaqillikning  birinchi 

kunlaridan  e’tiboran,  uning  izchil  va  shuning  bilan  bir  qatorda  o’ziga  xos  va  mos 

demokratiyalashish  bilan  chambarchas  bog’liq  ekanligini,  barcha  sohalarda  xalqning  mutloq 

suvereniteti tamoyili qaror topishi, va nihoyat, ularning barchasi ijtimoiy jarayonlarda qaysi millat 

yoki  konfessiyaga  mansubligidan  qat’iy  nazar  xalqning  faol  ishtirokini  taqozo  etishi  xalqimiz  va 

siyosiy rahbariyat tomonidan endilikda chuqur his etilmoqda. 

O’zbek  davlatchiligining  o’ziga  xos  milliy  xususiyatlaridan  biri  bo’lgan,  davlatchilik 

taraqqiyotining  inqilobiy  sakrashlarni  chetlab,  tadrijiy  tarzda  takomillashib  borganligini  Prezident 

I.A.Karimovning quyidagi fikrlari bilan asoslashimiz maqsadga muvofiqdir:  «Sharqda demokratik 

jarayonlarning  qadimdan  shakllangan  o’ziga  xos  va  o’ziga  mos  xususiyatlari  bor.  Buni  aslo 

nazardan  qochirib  bo’lmaydi.  Ya’ni,  sharqda  demokratik  jarayonlar  uzviy  ravishda  va  asta  sekin 

taraqqiy  topadi.  Bu  sohada  inqilobiy  o’zgarishlar  yasashga  urinishlar  g’oyat  noxush,  hatto  fojiali 

natijalarga olib keladi.  Inqilobni G’arb olimlari  ham  «ijtimoiy taraqqiyotning iptidoiy va  yovvoyi 

shakli»  deb  atashganlar.  Tabiiyki,  bunday  yo’l  bizga  aslo  to’g’ri  kelmaydi»

6

  degan  fikrlarning 



naqadar asosli ekanligini ijtimoiy taraqqiyot ham ko’rsatib turibdi. 

Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  yangi  asosda  tiklana  boshlagan  milliy  davlatchiligimiz 

o’zining demokratik siyosiy maqomiga ega bo’lib,  ijtimoiy taraqqiyotda tadrijiy rivojlanib  kelgan 

milliy davlatchilikning qonuniy davomi sifatida namoyon bo’ldi. 

                                                 

6

  Каримов  И.А.  Ўзбекистоннинг  сиёсий-ижтимоий  ва  иєтисодий  истиєболининг  асосий  тамойиллари      -Т.: 



Ўзбекистон. 1995. 10-11 бетлар. 

O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy 

taraqqiyot  dasturi  bo’lib,  bu  dastur  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  islohotlarning  g’oyaviy-nazariy 

negizini  tashkil  etadi.  Mazkur  islohotlar  mustaqillik  yillarida  bir  nechta  bosqichlarni  bosib  o’tadi. 

Jumladan,  islohotlarning    dastlabki  bosqichida    eski  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi  tugatildi  va 

milliy  davlatchilikning  siyosiy-huquqiy  poydevori  barpo  etildi.  Keyingi  bosqichda  ijtimoiy-

iqtisodiy  islohotlarning  huquqiy  asosi  yaratildi,  iqtisodiyotning  barqarorlashuviga  erishildi. 

Islohotlarning navbatdagi bosqichida davlatimiz rahbari I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga 

intilmoqda» nomli  dasturiy asarida belgilab berilgan olti  ustuvor vazifalar  oshirila boshlandi.  Bu 

vazifalar quyidagilardan iborat:   

Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish; 

Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish; 

Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati; 

Xalq  turmush  darajasining  izchil  va  barqaror  o’sishi,  aholini  yanada  kuchli  ijtimoiy  himoya 

qilish; 


Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash; 

Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, 

mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash;

7

 



Jamiyatning  siyosiy  hayotini  erkinlashtirish  avvalo,  aholining  siyosiy  faolligini  kuchaytirishni, 

hokimiyat  vakolatlarini  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlariga,  fuqarolarni  o’zini-o’zi  boshqarish 

organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni taqozo etadi. 

  Iqtisodiyot sohasini  yanada erkinlashtirish vazifasi xo’jalik  yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy 

erkinliklarini  kengaytirish,  mulkdorlarning  mavqei  va  huquqlarini  mustahkamlashni  o’z  ichiga 

qamrab oladi.  

  Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish masalasida o’z haq- huquqlarini taniydigan, mustaqil 

fikrlay  oladigan,  iymon-irodasi,  e’tiqodi  mustahkam,  shaxsiy  manfaatlarini  mamlakat  va  xalq 

manfaatlari  bilan  uyg’unlashtiradigan,  erkin,  har  jihatdan  barkamol  insonlarni  tarbiyalash  muhim 

ahamiyat kasb etmoqda.  

  Huquqiy,  demokratik  davlat,  erkin  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  kadrlar  tayyorlash  Milliy 

dasturini  amalga  oshirishni,  mamlakatimizning  kelajagini  ta’minlovchi  etuk  mutaxassislar 

etishtirishni taqozo etadi. 

  Aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-

iqtisodiy  islohotlarning  barcha  bosqichlariga,  «O’zbek  modeli»ning  mazmuni  va  mohiyatiga  mos 

bo’lgan muhim bir mezon bo’lib kelmoqda. 

  Iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o’zgarishlarni  ta’minlash  iqtisodiy  islohotlarning  mazkur  bosqichiga 

xos  bo’lib,  bunda  bozor  infratuzilmasini  rivojlantirish,  eksportga  moslashgan  va  import  o’rnini 

bosuvchi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  oshirish,  moliya  va  bank  tizimi  faoliyatini 

takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.  

  Jamiyatdagi  barqarorlik,  tinchlik,  millatlar  va  fuqarolararo  totuvlikni,  mamlakatimiz  hududiy 

yaxlitligini ta’minlash mazkur bosqichdagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifa jahondagi 

globallashuv sharoitida, turli mintaqalardagi vaziyatning keskinlashuvi O’zbekistonning suveriniteti 

va  barqaror  taraqqiyotiga  xavf  solishi  mumkin  bo’lgan  tahdidlarga  munosib  javob  qaytaradigan 

xavfsizlik tizimlarini yaratishni taqozo etadi. Mazkur bosqichda bunday tizim yaratildi. 

  O’zbekistonning  o’ziga  xos  va  o’ziga  mos  yo’li  bo’lgan  «O’zbek  modeli»  mamlakat 

taraqqiyotining  har  bir  bosqichida,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  islohotlarning  xususiyatlaridan 

kelib chiqib, ijodiy rivojlantirilmoqda. 

Umuman, «O’zbek modeli» O’zbekistonning o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’li bo’lib, bu yo’l 

mamlakatimizning  tarixiy  –  milliy  xususiyatlarini,  geografik  va  demografik  shart-sharoitlarni 

hisobga  olgan,  respublikaning  bosh,  strategik  maqsadi  sari  yo’naltirilgan,  islohotlarning  har  bir 

bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturi-amaldir. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin