1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix07.11.2019
ölçüsü1,08 Mb.
#29546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ozbekistonda demokratik jamiyat 5334770958


 

 

 

 

 

 

5 – mavzu. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning  milliy 

va umumbashariy tamoyillari. 

REJA: 

1.Demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy 

   tamoyillarning o’rni.  

2.Prezident I.A.Karimov asosrlarida demokratik jamiyat qurishda  

    milliy qadriyatlar va umumbashariy tamoyillar to’g’risidagi  

    nazariyalar.  

3. Demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy 

   tamoyillarning ahamiyati.  

 

         O’zbekistonda  demokratik   jamiyat qurishning   milliy,  umumbashariy  tamoyillari   va   



qadriyatlarining metodologik   asoslari,   ilmiy   va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari, 

nutqlarida keng hamda chuqur  yoritilgan. Ma’lumki,  «tamoyil» tushunchasi  -  yo’nalish, rus tilida 

qo’llaniladigan  «tendentsiya»  so’zi  esa,  asli  lotinchadan  kelib  chiqqan  bo’lib,  «tamoyil» 

atamasining  muqobolidir.  Prezident  I.A.Karimov  asarlarida  “tamoyil”  va  “yo’nalish”  so’zlari 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. -Т.: «Ўзбекистон», 1993, 39-бет. 



sinonim  sifatida  qo’llanib  kelinmoqda.    Agar  bu  so’zlarning  ma’nosiga  e’tibor  qaratilsa,  ular 

jamiyatning  turli  jabhalarida  ob’ektiv,  takrorlanuvchan,  ustuvor  hodisa  sifatida  ko’zga  tashlanadi. 

Demak,  jamiyat  hayotida  “tamoyil”  yoki  “yo’nalish”  ma’lum  bir  jarayondagi  qonuniyatni  o’zida 

aks ettiradi.  

  Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizning  etakchi  olimlari  tomonidan  ijtimoiy-siyosiy  fanlarida 

demokratiyaning  milliy,  umumbashariy  tamoyillarini  har  bir  xalqning  qadriyatlari  bilan 

uyg’unlashtirish va to’ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Shunga qaramay, mamlakatimizda 

demokratik  jamiyat  barpo  etish  jarayonida  ularning  o’zaro  bog’liqligi  va  namoyon  bo’lish 

xususiyatlari jiddiy o’rganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof 

etgan asosiy tamoyillari mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir;  

-erkin va adolatli saylovlar; 

-ochiq va hisobot beruvchi hukumat; 

-inson huquqlarining ustuvorligi; 

-hokimiyat organlarining saylanib qo’yilishi; 

-so’z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar 

 bilan kafolatlanishi

-qonun ustuvorligi; 

-fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi; 

-tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining  saylab 

 qo’yiladigan organlar oldida hisob berish  burchliligi; 

-ko’ppartiyaviylik tizimining mavjudligi; 

-umummilliy masalalarning hal etilishida  referendumlarning 

 o’tkazilishi; 

-mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini 

 kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi; 

-siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko’rsatishi; 

  jamiyatda  plyuralizm,  ya’ni  fikrlar  xilma-xilligi,  rang-barangligini  kafolatlovchi  qonunlarning 

mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi. 

Ma’lumki,  O’zbekiston xalqi o’z mustaqilligiga  erishgach, Er sharining  ko’pchilik  aholisi  kabi 

ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik  jamiyatni  barpo  etishni  o’z 

oldiga maqsad qilib qo’ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni  shakllantirishda, avvalambor, O’zbekiston 

taraqqiyotining o’ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan 

uyg’unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak. 

O’zbekiston  aholisining  bozor  iqtisodiga  asoslangan  demokratik  jamiyat  qurishida 

istiqlolimizning  dastlabki  yillaridayoq  Prezident  I.A.Karimov  quyidagi  milliy  tamoyillarga 

jamoatchilik diqqatini qaratdi. Bu milliy tamoyillar I.A. Karimovning 1992 yilda yozilgan “Istiqlol 

yo’li;  muammolar  va  rejalar”  hamda  “O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li”  asarlarida 

ilmiy  jihatdan  har  tomonlama  asoslab  berildi.  Keyinchalik  Yurtboshimiz  bu  tamoyillarni  turli 

hayotiy misollar va dalillar asosida yoritib berdi. “Bozor iqtisodiyotiga o’tar ekanmiz, milliy tarixiy 

turmush  tarzimizni,  xalqimiz  urf-odatlarini,  an’analarimizni,  kishilarning  fikrlash  tarzini  hisobga 

olamiz. O’zbek xalqi azaldan jamoa tuyg’usiga moyil”,

8

 - deb yozgan edi I.A.Karimov. Bu birinchi 



tamoyil  bo’lib,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishda  o’zbek  xalqining  o’ziga  xosligi,  uning  boy  tarixiy 

an’analari,  o’ziga  xos  fikrlash  tarzining  qadimgi  davrlardan  boshlab  jamoa  sifatida  ahil  bo’lib 

yashash mentalitetini ko’rsatib turibdi.  

Ikkinchi tamoyil    haqida  I.A.Karimov  shunday deb  yozadi: “Mustaqil davlatimizning siyosatini 

belgilab  olar  ekanmiz,  islom  dinimizni  albatta  nazarda  tutishimiz  kerak,  negaki  din  turmush 

tarzimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga o’zining o’chmas muhrini bosgan.”

9

 



Uchinchi  milliy  tamoyil  sifatida  Prezidentimiz  “O’zbekistondagi  demografik    vaziyatni  albatta 

hisobga olish zarur”

10

  deb  uqtiradi.  Ma’lumki  yurtimizda  aholining  tabiiy  o’sish  sur’ati  juda  katta 



                                                 

8

 



Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-т. -Т.: Ўзбекистон, 1996, 11-бет 

9

 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-т. -Т.: Ўзбекистон, 1996, 12-бет 



10

 Ўша манба, 12-бет 



bo’lib, mehnat resurslarining ortib borishi darajasi ham shunga mos keladi. Qolaversa, aholining 60 

foizidan ko’prog’i qishloqlarda istiqomat qilishadi. 



To’rtinchi tamoyil bu - O’zbekistonning ko’p millatli davlat ekanligi. Unda 120 dan ortiq millat, 

elatlar yashaydi va ular 15 diniy konfessiyalarga mansub. 

  Beshinchi  tamoyil,  bu  O’zbekistonning  geosiyosiy  jihatdan  qulay  makonda  joylashganligi, 

qadim  karvon  yo’llarining  bizning  Vatanimiz  hududidan  o’tganligi,  turli  tsivilizatsiyalarning 

Markaziy  Osiyoda  tutashganligi  hamda  bugungi  kunda  ham  mintaqamizning  Sharq  bilan  G’arb 

dunyosi o’rtasida muhim bo’g’in ekanligidadir. 



Oltinchi  tamoyil  “O’zbekistonda  islohotlar  o’tkazishga  mavjud  tabiiy  iqlim,  shart-

sharoitlari”ning katta ta’sir ko’rsatishidan iborat.

4

 

Ettinchi  tamoyil  -  “O’zbekiston  o’zining  siyosiy  va  iqtisodiy  mustaqilligini  ta’minlash  uchun 



etarli  salohiyatga  ega”

5

.  Yana  bir  muhim  tamoyil  sifatida  I.A.Karimov  “keyingi  o’n  yillar 



mobaynida  ma’lum  qadriyatlarga  ega  bo’lgan  kishilarning  muayyan  ijtimoiy  ongi  shakllanishini 

ham  e’tiborga  olmaslik  mumkin  emas”,  deb  uqtiradi.  Gap  shundaki,  mustaqillikdan  oldingi  130 

yildan  ko’proq  davr  mobaynida  xalqimiz  o’zining  milliy,  madaniy,  moddiy  boyliklaridan 

begonalashdi.  Jahon  hamjamiyatidan  butunlay  ajralib  qoldi.  Shu  sababli,  O’zbekistonning  jahon 

hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida bu vaziyatni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. 

Yuqoridagi  tamoyillar  yoki  omillarni  chuqur  o’rganib,  Prezidentimiz  I.A.Karimov  istiqlolning 

dastlabki yillarida islohotlarning ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqdi. Bu O’zbekistonning 

o’ziga  xos  aql-idrokka  asoslangan  taraqqiyot  yo’li  jahon  afkor  ommasi  tomonidan  haqli  ravishda 

taraqqiyotning  o’zbek  modeli”  degan  nom  oldi.

1

  Aynan  ana  shu  tamoyillarda  bir  tomondan 



milliylik,  ikkinchi  tomondan  umuminsoniylik  yo’nalishlari  uyg’unlashdi  yoki  ularning  dialektik 

mutanosibligi  o’z  aksini  topdi.  “Birinchi  tamoyilimizda,  -  deb  yozgan  edi  I.A.Karimov,  -  avval-

iqtisod,  keyin  siyosat  degan  shiorni  olg’a  surdik”

2

.  Boshqacha  qilib  aytganda,  iqtisodiyotning 



siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur. 

Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi ekanligi. Yangilanish va o’zgarishlar siyosatini 

ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o’z zimmasiga oladi. 

Uchinchi  tamoyil,  o’z  navbatida  jamiyat  hayotida,  barcha  sohalarda  qonunning  ustuvorligi 

ta’minlanadi.  Aynan  O’zbekiston  Respublikasining  1992  yil  8  dekabrda  qabul  qilingan 

Konstitutsiyasi  ham  umuminsoniy  va  milliy  tamoyillarning  mujassamlashgan  yorqin  namunasi 

hisoblanadi. 

To’rtinchi  tamoyil,  bu  aholining  demografik  vaziyati,  ayniqsa,  uning  60  foizidan  ko’prog’ini 

yoshlar tashkil etganligi, kam ta’minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaxo’rlarni ijtimoiy himoyalash 

maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi. 

Beshinchi  tamoyil  -  bu  xalqimiz  an’analari,  urf-odatlari  hamda  bozor  iqtisodiyotining  ob’ektiv 

qonun-qoidalarini  hisobga  olgan  holda  unga  «shok  terapiyasi»  asosida  emas,  balki  evolyutsion 

tadrijiy asosda, puxta o’ylab bosqichma-bosqich o’tish nazarda tutiladi.

3

 



  Shunday  qilib,  ushbu  tamoyillar  yoki  taraqqiyotning  «o’zbek modeli»  O’zbekistonda huquqiy 

demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatiga  o’tishining  hamda  uning  jahon  hamjamiyati  bilan 

izchillik asosida integratsiyalashuv kontseptsiyasining negizini tashkil etadi. 

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  1995  yil  23  fevralda  I  chaqiriq  Oliy 

Majlisining I sessiyadagi ma’ruzasi “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 

tamoyillari”  deb  nomlanishi  bejiz  emas.  Mazkur  ma’ruzada  Yurtboshimiz  Sharqda,  qolaversa 

O’zbekistonda dunyoviy, demokratik jamiyat barpo qilishning uch muhim tamoyili ustida to’xtab, 

ularni  ilmiy  jihatdan  asoslab  berdi.  Xo’sh,  O’zbekistonda  qurilayotgan  demokratik,  adolatli 

                                                 

4

 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-т. -Т.: Ўзбекистон, 1996, 13-бет 



5

 Ўша манба, 13-бет. 

1

 М.С.Гафарли, И.А.Касаев.  Ривожланишнинг «ўзбек модели»: тинчлик ва барқарорлик - тараққиёт асоси. -



Т.: «Ўзбекистон», 2001. –430 б. 

2

 Каримов И.А. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: «Ўзбекистон» 2001, 36-38 бет., 



177 бет. 

3

 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2 Т., -Т.: «Ўзбекистон», 1996, 177-180 бетлар. 



fuqarolik  jamiyatining  shaklu-shamoyili  qanday  bo’lishi  kerak?  “Sharqda,  -  deb  yozadi 

I.A.Karimov,  -  demokratik  jarayonlarning,  qadimdan  shakllangan  o’ziga  xos  va  o’ziga  mos 

xususiyatlari  bor.  Sharqda  demokratik  jarayonlar  uzviy  ravishda  va  asta-sekin  taraqqiy  topadi.  Bu 

sohada inqilobiy o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. 

Inqilobni  g’arb  olimlari  ham  “ijtimoiy  taraqqiyotning  ibtidoiy  va  yovvoyi  shakli”  deb  ataganlar. 

Tabiiyki,  bunday  yo’l  bizga  aslo  to’g’ri  kelmaydi”

1

.  Shu  o’rinda  demokratik  jamiyat  qurishning 



milliy,  umumbashariy  tamoyillarida  sharqona  qadriyatlar  qanday  o’rin  egallaydi?,  degan  savol 

tug’iladi.  Agar  e’tibor  bilan  qaralsa,  bu  o’rinda  jarayonlar  so’zi  tamoyillar  ma’nosini  ham 

anglatmoqda.  To’g’ri,  ikkinchi  tamoyilni  Prezidentimiz  demokratlashtirishning  “ikkinchi  muhim 

sharti”  deb  nomlagan.  “Jamiyatni  demokratlashtirishning  ikkinchi  muhim  sharti  odamlarning 

tafakkuri  va  ijtimoiy  saviyasi  bilan  demokratik  o’zgarishlar  darajasi  va  sur’atlari  bir-biriga 

qanchalik  mutanosib  bo’lishiga  bog’liqdir”

2

.  Fikrimizcha,  mazkur  tamoyil  umumbashariy 



tamoyildir.  “Uchinchidan,  -  deb  ta’kidlagan  edi  I.A.Karimov,  -demokratik  jarayonlar  xalqimiz 

milliy  madaniyatining  o’ziga  xos  jihatlarini,  uning  tabiatini  o’zida  mujassam  etmog’i  kerak. 

Ma’lumki,  G’arb  namunasi  ko’p  hollarda  individualizm  falsafasiga  tayanadi  va  ommani  haddan 

tashqari  siyosiylashtirishga  olib  keladi”

3

.  Demak,  milliy  tamoyillar  bilan  birga  mintaqaviy 



tamoyillar  ham  mavjud.  Ko’rinib  turibdiki,  I.A.Karimovning  ta’kidlashicha,  demokratiyani 

shakllantirishda  O’zbekiston  uchun  G’arb  namunasi  emas,  ko’proq  Sharq  tajribasi  qo’l  keladi. 

“Osiyo”  mintaqasi  va  musulmon  Sharqidagi  demokratik  qadriyatlar  va  o’zgarishlar  rivojining 

tajribasi  o’ziga  xos  xususiyatlar,  o’ziga  xos  an’analarga  ega.  Sharqda  demokratiya  tushunchasi 

hamjihatlik g’oyasi, jamoatchilikning fikricha, ustuvorlik zaminida shakllanadi”

1

. Osiyo mintaqasi 



va musulmon Sharqining boy tarixiy tajribasiga asoslanib, I.A.Karimov O’zbekistonda demokratik 

tamoyillarning  rivoji  to’g’risida  nihoyatda  muhim  xulosaga  keladi:  ”Bizning  mamlakatimizda,  -

deydi  Yurtboshimiz,  -  demokratik  jarayonlar  xalqimizning  qonunni  hurmat  qilish,  qonunga  itoat 

etish  kabi  fazilatlariga  mos  ravishda  rivojlanishi  zarur.  Ahloqiy,  ma’naviy  qadriyatlar  siyosiy 

munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor”

2



          Demokratik   jamiyat   kontseptsiyasida milliy,   umuminsoniy     qadriyatlar  bilan       bir        

qatorda,      diniy  qadriyatlarning     o’rniga      alohida e’tibor  qaratilmoqda. Negaki, ular o’rtasida 

qat’iy  chegara  yo’q.  Bunday  fikr  bildirishimizga  muayyan  tarixiy  sharoitlarda  ob’ektiv  zaruratlar 

tufayli  jamiyat  rivojlanishi  uchun  milliy  qadriyatlar  diniy  qarashlar  bag’rida  shakllanganligidir. 

Shunga  ko’ra  bizning  milliy  qadriyatlarimiz  faqat  islom  zaminida  vujudga  kelmagan,  balki 

zardushtiylik,  buddaviylik  kabi  dinlardan  ham  ko’p  narsalarni  olgan.  Binobarin,  har  qanday 

qadriyatlarning  bosh  manbai  ijtimoiy  hayotdir.  Buning  isboti  sifatida  hozirgi  davrda 

mamlakatimizda  ko’pgina  tarixan  din  bilan  bog’liq  qadriyatlar  o’zlarining  diniy  mazmunini 

o’zgartirib, dunyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir. Ayni paytda, demokratik jamiyatni barpo 

etishda din har doim ham uning tarafdori bo’lavermaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab o’tish davrida 

islom  g’oyalari  va qarashlaridan bir-biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar  yo’lida foydalanishga 

urinishlar jonlangan bir paytda, ana shu omilning o’rnini alohida tahlil etish zarur.  

Uning  zaruratini  Prezident  I.A.Karimov  alohida  va  bir  necha  marta  ta’kidlab  kelmoqda. 

«Mustaqillik  yillarida  eng  katta  qo’lga  kiritgan  yutuqlarimizdan  biri  tarixiy,  milliy  va  axloqiy 

qadriyat  hamda  an’analarning,  muqaddas  dinimizning  jamiyatni  ma’naviy  yuksalishidagi  o’rni  va 

ahamiyatini  qayta  tiklanganligidir.  Ayni  zamonda,  tajovuzkor  aqidaparast  kuchlar  islom  dini 

xalqimiz  uchun  muqaddas  qadriyat  ekanligidan  foydalanib,  O’zbekistonni  demokratik,  ma’rifiy 

taraqqiyot  yo’lidan  og’dirishga  intilmoqdalar».  Keyingi  yillarda  dunyo  miqyosida  islomdan 

qarama-qarshi maqsad yo’lida foydalanishlar yaqqol namoyon bo’lmoqda. 

O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi 

qadriyatlar  ham  alohida  o’ringa  egadir.  Mustaqillik  tufayli  unga  bo’lgan  yangicha  yondashuvlar 

                                                 

1

 Каримов И.А Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3 Т., -Т.: «Ўзбекистон» 1996, 8-9 бетлар. 



2

 Ўша манба. 8-9 бетлар. 

3

 Ўша манба. 9-бет. 



1

 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т3. –Т.: «Ўзбекистон» 1996, 9-бет. 

2

 Ўша манба, 9-10 бетлар. 



Prezident  I.A.Karimovning  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar  to’g’risidagi  metodologik  ilmiy 

mulohazalari  hamda amaliy faoliyatlaridagi  ko’rsatmalari,  tashabbuslari bunning  yorqin misolidir. 

Milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar  to’g’risida  bir  qator  mamlakatimiz  olimlarining  fikr  va 

mulohazalarini  umumlashtirish  lozim.  Negaki,  O’zbekistonda  barpo  etilayotgan  huquqiy 

demokratik  davlat  va  ochiq  fuqarolik  jamiyati  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  bir  qatorda,  milliy 

qadriyatlarimizga asoslanadi. 

Shu  nuqtai  nazardan,  qadriyat  tushunchasining  ijtimoiy-falsafiy  adabiyotlarda  ko’pgina    ilmiy 

ta’riflari  mavjud.    Berilgan  ta’riflarni  tahlil  etish  bir  tomondan  turli  xil  yondashuvlarning 

mavjudligini,  ikkinchi  tomondan  esa,    ularning  butunlay  bir-birini  inkor  etishi  hollarining  mavjud 

ekanligini  ko’rsatadi.  Masalan,  ”Falsafiy  entsiklopediya”ning  beshinchi  jildida  qadriyatlar 

quyidagicha tavsiflangan: ”Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, bir ob’ektning 

ijobiy  yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati 

(sub’ektiv qadriyatlar  yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi”

1

. Rus tilidagi  “tsennost” ya’ni qadriyat 



tushunchasiga, kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, ma’naviy dunyoqarashiga ijobiy yoki salbiy 

ta’sir ko’rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan.   

Ana shunga yaqin nuqtai nazar boshqa ilmiy manbalarda ham bayon etilgan: “Qadriyat (falsafa, 

sotsiologiyada)  -  voqelikdagi  muayyan  hodisalarning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma’rifiy  ahamiyatini 

ko’rsatish  uchun  qo’llaniladigan  tushuncha.  Qadriyatlarning  mazmuni  va  xarakteriga  ko’ra, 

progressiv  va  reaktsion  tiplarga  ajratish  mumkin”  deyilgan.  Fikrimizcha,  bunday  ta’riflar  mazkur 

kategoriyani  o’ta  sig’imdor  qilish  bilan  birga,  uning  asli  mohiyatini  aniqlashda  bir  qator  ilmiy 

chalkashliklarni  keltirib  chiqarmoqda.  Shunga  ko’ra  uning  mazmuni,  tuzilishi,  asosiy  shakllari 

namoyon  bo’lish  xususiyatlari  va  umuminsoniy  qadriyatlar  tizimi,  bu  tizimdagi  asosiy  qadriyat 

shakllarining o’rni va ahamiyatini ilmiy tahlil qilish bilan bog’liq bir qator masalalarga e’tibor kam 

ekanligini ko’rsatib o’tish lozim. 

“Qadriyat  deyilganda  inson  va  insoniyat  uchun  ahamiyatli  bo’lgan  millat,  elat  va  ijtimoiy 

guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib

qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim

2

. Rus, ingliz, 



nemis,  frantsuz  va  chex  tillarida  Rossiya  Fanlar  Akademiyasining  akdemigi  G.V.Osipov 

muharrirligida  chop  etilgan  “Sotsiologicheskiy  entsiklopedicheskiy  slovar”  da  qadriyatlarni 

baholash,  qadriyatlar  tizimi,  ijtimoiy  qadriyatlar,  qadriyatlar  yo’nalishi  va  umuman  qadriyatlarga 

ta’riflar  berilgan

1

.  Qadriyatlar  tushunchasiga  “Mustaqillik  izohli  ilmiy-ommabop  lug’ati”da  ham 



alohida o’rin ajratilgan.  

“Qadriyatlar — jamiyatda kishilar o’rtasida obro’ga,  e’tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga 

ega kishilar munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi”

2

 degan ta’rif 



berilgan.  Qadriyatlarni  bunday  ta’riflash  uning  mohiyatini  ancha  yorqin  ifodalasada,  lekin 

qadriyatlarga  berilgan  ta’riflar  ichida    o’zining  ilmiyligi  bilan  boshqa  ta’riflardan  ajralib  turadi, 

degan fikrdamiz. Bizningcha, “umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega 

bo’lgan, insoniyatning mavjudligi, o’tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo’nalishlari, 

qonun-qoidalarini,  talab  va  tartiblarini,  odamlarning  eng  azaliy  orzu-umidlari  va  ideallarini  o’zida 

aks  ettiradigan  qadriyatlarining  umumiy  shakllarini  ifodalaydi.  Umuminsoniy  qadriyat 

tushunchasining ob’ektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz xayotini 

va  turmush  tarzini  umumlashtiradigan  jamiyatdir”.  Darxaqiqat  “umuminsoniylik”  tushunchasida 

qadriyatlarni  tirik  tabiatning  bir  qismi  bo’lgan  odam  zotining  hayoti  va  kamoloti  uning  tarixiy 

taraqqiyoti,  siyosiy  va  boshqa  birliklar  uchun  ahamiyati  o’z  ifodasini  topishi  kerak.  Shu  o’rinda 

insoniyatning  eng  umumiy  jamoasi  bo’lgan  jamiyatgina,  umuminsoniy  qadriyatlarning 

                                                 

1

 Философская энциклопедия, М., 1970, Т 5, с. 462 



2

 ªадриятлар ва ижтимоий тараққиёт (илмий ишлар тўплами), -Т., Ўзбекистон, 1997, 198 б. 

Т.Комилова, С.Абидова Миллий ахлоқий қадриятлар ва уларнинг тарбиявий аҳамияти, ЎзФА, “Фан”наш., 

2000, 20 б. Б.С. Ерасов Культурология, 2-е изд., М.:”Аспект-Пресс”,1997, 591 б. 

Н. Ортиқов Маънавият: Миллий ва умуминсоний қадриятлар, -Т., “Ўзбекистон”, 1997, 48 б. 

1

 Г.В.Осипов. Социологический энциклопедический словарь, М. 2000, 402-403 с. 



2

 Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. А. Жалолов ва ª. Хоназаров умумий таҳририда. –Т.: “Шарқ”, 

1998, 279-бет 


yaratguvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko’lamli va serqirra 

tushuncha. Uning zaminida eng avvalo ozodlik, erkinlik, tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan 

inson  baxt-saodati  kabi  umumijtimoiy  ma’no  va  mazmun  kashf  etadigan  qadriyatlardan  iborat, 

deyish  mumkin.  Qadriyatlarni  faqat  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar  sifatida  tushunish  va  uni 

shunday izohlash ham ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri emas.  

Yuqoridagi  adabiyotlarning  tahlillari  shuni  ko’rsatadiki,  o’tmishdagi  barcha  ijtimoiy-falsafiy 

ta’limotlarda  qadriyatlarning  mohiyati  va  ularning  jamiyat  taraqqiyotida  tutgan  o’rni  masalasiga 

katta  e’tibor  berishgan.  Agarda  qadimgi  dunyo  ijtimoiy-falsafiy  ta’limotlarida  umuminsoniy 

qadriyatlar  inson  aqliy  taraqqiyotining  mahsuli  deb  qaralgan  bo’lsa,  Turondagi  ijtimoiy-falsafiy 

fikrlar tarixida “Avesto”dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat 

haqidagi fikrlar uning tarixiy ildizlarini tashkil etadi. 

   Har   bir   millat   o’z   qadriyatiga  ega. Binobarin,  uning  har  bir mamlakat, har  bir  xalq  

rivoji    uchun  imkoniyatlaridan    qay    darajada    foydalanish  –  demokratik  jamiyatni  barpo  etishda 

muhim  o’rin  egallaydi.  Hozirgi  davrda  qadriyatlarning  muhim    xususiyatlaridan  biri  ham  ana 

shundadir.  Mustaqillikdan  keyin  milliy  qadriyatlarning  demokratik  jamiyat  qurishdagi  o’rnini 

aniqlash  borasida  jiddiy  ilmiy  izlanishlar  ham,  amaliyot  bilan  bog’liq  muammolar  ham  davlat 

siyosati darajasiga ko’tarildi.  Negaki,  biron-bir jamiyat  ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida 

ma’naviy  va  axloqiy  qadriyatlarni  rivojlantirmay  hamda  mustahkamlamay  turib  o’z  istiqbollarini 

tasavvur eta olmaydi. Ayniqsa, bizning sharqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari uning uchun 

qudratli  ma’naviyat  manbai  bo’lib  xizmat  qilgan.  Xalqimizning  yaqin  o’tmishidagi  uzoq  vaqt 

davom  etgan  kuchli  mafkuraviy  tazyiqqa  qaramay,  O’zbekiston  xalqi  avloddan-avlodga  o’tib 

kelgan  o’z  tarixiy  va  madaniy  qadriyatlarini  hamda  o’ziga  xos  an’analarini  saqlab  qolishga 

muvaffaq  bo’lganligi  sababi  ham  ruhida,  qalbida  doimiy  ravishda  umumbashariy  qadriyatlarga 

sodiq  bo’lganligidir.  «Biz,  deb  ta’kidlaydi  I.A.Karimov,  -  ma’naviy  qadriyatlarni  tiklashni  milliy 

o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan 

iborat  uzviy,  tabiiy  jarayon  deb  hisoblaymiz»

1

.  Demak,  O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  barpo 



etishning  milliy,  umumbashariy  tamoyillarini  har  bir  xalqning  qadriyatlarisiz,  alohida  ajratib 

bo’lmaydi.  Shu  o’rinda  xo’sh,  «qadriyat»  so’zi  nima  ma’noni  anglatadi  degan  tabiiy  bir  savol 

tug’iladi. «Qadriyat» atamasi bizga arabcha «qadri» so’zidan kirib kelgan bo’lib, bugungi kunda bu 

tushuncha «borliq va jamiyatdagi biror bir narsa va hodisaning kishilar o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy 

munosabatlardagi  tutgan  muhim  ahamiyatni  ifoda  etish  uchun  qo’llanilmoqda.  Bu  masalaning  bir 

tomoni. Uning ikkinchi tomoni shundan iboratki, «qadriyat» so’zi qadim zamonlarda paydo bo’lgan 

va  barcha  xalqlar  tillarida  mavjuddir.  Demak,  bu  tushuncha  bir  necha  ming  yillik  tarixga  egadir. 

Fikrimizning  isboti  sifatida  qadimgi  dunyoda  «aksiologiya»  degan  atamaning  mavjud  bo’lishidir. 

Aksiologiya  aslida  falsafaning  muhim  yo’nalishlaridan  biridir.  Faqat  bu  tushuncha  XIX-XX 

asrlarga kelib, Evropa mamlakatlari falsafasida rivojlantirildi. Uning tarixi demokratiya tarixi bilan 

bog’liqdir.  Binobarin,  Evropa  mamlakatlarida  ham  demokratik  jamiyatni  barpo  etishda 

qadriyatlarga asoslanish ustuvor bo’lgan. 

  Ammo  biron-bir  narsa  va  hodisa,  xoh  u  moddiy  bo’lsin,  xoh  ma’naviy  bo’lsin,  qadriyatga 

aylanishi uchun ma’lum bir vaqt, davr o’tishi kerak. Demokratiyani milliy va umuminsoniy qadriyat 

sifatida  shakllanishi  ham  shunday  bosqichlarni  bosib  o’tgan.  Shunga  o’tmishdagi  barcha  narsalar 

ham  milliy  qadriyat  hisoblanavermaydi.  Uning  milliy  qadriyatga  aylanishi  uchun  o’zini  ko’rsata 

olishi  shart.  Demak,  biz  demokratik  jamiyat  qurishdagi  o’tmishimizdagi  barcha  narsalarimizni 

to’laligicha ololmaymiz. Negaki u hamma uchun ibratli emas.  

Shu  o’rinda  Prezident  I.A.Karimovning  quyidagi  fikrlari  o’ta  muhim  ahamiyat  kasb  etadi  «… 

o’tmish  qadriyatlarga,  an’analarga  va  turmush  tarziga  betartib  ravishda,  orqa-ketini  o’ylamay 

qaytish boshqa bir keskinlikka  - hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini 

inkor  etishga  olib  kelishi  mumkin»  edi.  Ayni  shu  inkor  etish  onlarida  ekstremistik  ruhdagi 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 



кафолатлари. -Т.: Ўзбекистон, 1997. 137-б. 

muxolifatning  vujudga  kelish  xavfi  tug’ildi.  U  aslini  olganda,  ma’naviyatga  qarshi  muxolifat 

bo’lishi mumkin edi

1

. Ba’zan shunday ham bo’ladi. 



  O’zbekistonda 

demokratik  jamiyat  qurishda  milliy  qadriyatlardan  tashqari  diniy 

qadriyatlarimizga  ham  alohida  o’rin  berilayotganligi  tasodifiy  hol  emas.  Chunki  milliy  va  diniy 

qadriyat o’rtasida qat’iy chegara yo’q. Ular doimiy ravishda o’zaro bog’liq holda namoyon bo’ladi, 

bir-biri  bilan  muloqotda,  birgalikda  mavjud  bo’ladi.  Milliy  va  diniy  qadriyatlar  mutelikdan,  fikr 

qaramligidan  qutulish,  milliy  o’zlikni  anglashga  xizmat  qilishi  bilan  ular  jamiyatda  demokratik 

umumbashariy tamoyillarining qaror topishiga zamin yaratadi.  

  Demokratik        qadriyatlarning        muayyan  sharoitlarda        shakllanishi.      Ularning  mahalliy,    

milliy,    mintaqaviy    va umuminsoniy shakllarda namoyon bo’lishi.   Demokratik  jamiyat   barpo 

etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mutanosibligi hamda rivoji. O’zbekistonda adolatli 

demokratik jamiyat barpo etishda milliy qadriyatlarning ma’lum ma’noda umumbashariy ahamiyat 

kasb etishi. Milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirilishi. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin