1-mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy goyalari



Yüklə 167,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix07.01.2024
ölçüsü167,33 Kb.
#202834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY GOYALARI.

 «Guan-TSzi»
(m.a. IV a.) asarida ham xo'jalikni davlat tomonidan tartibga 
solishning tizimlari ancha mukammal bayon etilgan. Bunda legistlardan farqli, 
tovar-pul munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu munosabatlarni o'rganib, 
undan xo'jalikni barqarorlashtirishda ma'lum mexanizm sifatida foydalanish taklif 
etiladi. Xalq xo'jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish 
g'oyasi ilgari suriladi. Davlat hokimi non, pul, metallni tartibga solish yo'lini 
qo'lida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham 


agrar soha, ayniqsa donchilikka alohida urg'u berilgan. Agar legistlar 
hunarmandchilik, ayniqsa savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo'lsalar, bu 
asarda esa o'sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan. «Erni boshqarish» uchun 
davlat erning tabiiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Er maydonlari nisbatan 
tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb 
etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab (er unumiga bog'liq ravishda) bo'lishi taklif 
etilgan. Bu erda gap Er kadastrini tuzish to'g'risida boradi, ya'ni bu ishda hisob-
kitob bo'lishi qayd etiladi. Asarda er va suv (tog' va dengiz) larni davlat ixtiyoriga 
o'tkazish va ulardan daromad yo'lida foydalanish, baholarni tartibga solish yo'li va 
boshqa ko'pgina iqtisodiy g'oyalar ilgari suriladi. Bu g'oyalar amalda ham 
qo'llanildi va yaxshi samara berdi.
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida daosizm (aynan - yo'l) g'oyalari alohida 
o'rinni egallaydi, uning asoschisi 
Lyao-TSzi
bo'lib, Konfutsiy davrida yashab, ijod 
etgan (e.a. IV-III asrlar). U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi, 
qonunlar ko'pligi tufayli «
xalq kambag'allashmoqda
», degan edi u. Daosizm 
g'oyalari konfutsiylikka qarama-qarshi bo'lib, insoniyat avvalgi majburiyatlaridan 
voz kechishi, oddiy tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu 
g'oyaga ko'ra inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangi mehnat qurollaridan 
foydalanmasligi kerak. Ko'rinib turibdiki, unda reaktsionlik elementlari bor, ammo 
bu g'oyada xalq ommasining noroziligi ham aks etgan, chunki tsivilizatsiya 
yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi. Bunda 
kurashdan voz kechish, davlatning xalq hayotiga aralashuvini inkor etish fikrlari 
ustun kelgan. 

Yüklə 167,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin