1-mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy goyalari


«Avesto» ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli  «Ovasta») da ham muhim  iqtisodiy fikrlar bayon etilgan



Yüklə 167,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix07.01.2024
ölçüsü167,33 Kb.
#202834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY GOYALARI.

«Avesto»
ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli 
«Ovasta»)
da ham muhim 
iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. 
 
Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik 
yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin 
so'ymaslik, unga zug'um qilmaslik, tuproq sharoitini 
yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalni 
II ming yillik oxiri - I
Avesto 
ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy 
yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi).
Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo'lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, 
Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II 
ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo'lgan «Avesto»ning to'liq asl 
nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy 
yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o'zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim 
bo'laklari «San'at», «O'zbek tili», «Fan va turmush» jurnallarida e'lon qilindi. 
Zoroastrizmning asosiy g'oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan Yaxshilik va 
rug'lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan vuzlik va Qorong'ilik (xudosi 
Anxra Manu) kuchlari o'rtasidagi kurashdir.
Inson xo'jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog'liq deb 
uqtiriladi, ammo insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan 
bo'lib, u Yaxshilik yoki monlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi 
kerakligi aytiladi.
Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g'oya, yaxshi so'z va yaxshi ishlar bilan 
bog'langan bo'lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko'paytirish erug dunyodagi yaxshi 
ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli «Avesto» matnlarida natural-xo'jalik 
faoliyati keng targ'ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas.
Avestoda «O'z hayoti davomida go'zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo'lida 
xizmat qilgan odam parso va hakgo'y, pok va adolatli bo'lib, mehmonlarni beg'araz 
kutgan. Xotinini sevib erni mollarni parvarish qilgan, odamlarning molu mulkiga 


ko'z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham 
bitmas-tuganmas rohat va farog'atga burkanadi» deb yoziladi.
Ko'chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo'lgan mollar sonini saqlash 
qo'llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g'oya 
ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini 
oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg'u berilgan. Buning 
uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, em-xashak bilan ta'minlash eng yaxshi 
faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan 
bo'lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o'g'irlash yoki tortib olish, 
turar joylarni xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g'alabasiga olib 
keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo'ylab erkin harakat 
qilishga va'da beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu «erkin 
harakat» ta'minoti muhimdir, aks holda o'zaro to'qnashuv va urushlar ro'y bergan.
Ma'lum qonun-qoidalarga bo'ysunish kuchli hokimiyat va mo''tadillik bilan 
bog'liq edi. O'zaro shartnomalarga bekamu-ko'st amal qilish zarurligi, ayniqsa 
o'zaro moddiy yordam berish kerakligi targ'ib etiladi.
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib 
olish mumkin. Bu davrda urug' jamoasi emirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo 
bo'lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, 
ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo'lgan. Aholi ko'proq yarim 
ko'chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik etakchi edi.
Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo'lib, uningcha erdan shunday 
joyni topish yoki yaratish kerakki, u erda ko'p ovqat pishirilishi, doim katta bo'lak 
go'sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g'ildiraklari jarangi chiqishi, 
qamchilar doim ko'tarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag'i tinmaydigan (ovqat 
eyishda), ziravorlar etarlicha yashirib qo'yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, 
yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab ko'p miqdorda 
saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan. 
«Avesto» bo'yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo 
qilish qo'llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda ham bu g'oya 
katta o'rinni tutadi).
«Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan, 
chorvadorlar hamkori 
Yim
to'g'risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo'ylarning 
mo'l-ko'lligi haqida so'z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, kor 
va suv to'fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun «varu» (qo'rg'on) 
qurdirib, unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha 
o'simliklar urug'i va yonib porlab turgan olovni keltiradi (
Nuh 
payg'ambar bilan 
solishtiring). Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani 
aytiladi.
«Avesto»ning 3-bobi (fargard) 
«Vandidot» 
bo'lib, nisbatan keyingi davr 
voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulug'lanadi 
(avvalgi boblarda chorva etakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o't, 
mevali ekinlar o'stiriladigan, suvsiz joylarni sug'oradigan, suvi ortiqcha erlar 
quritiladigan (sug'orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto erlarga 


ko'p go'ng solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish 
tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko'rinib turibdi.
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish, g'allakorlik 
ulug'lanadi. Aholini qunt bilan don etishtirishga undaladi, hatto g'allakorlar 
e'tiqodni olg'a suruvchilar deb talqin etiladi. 
«Dehqonchiliksiz mo'l-ko'lchilik yo'q»

degan aqida ilgari suriladi (fiziokratizm ta'limoti bilan solishtiring). «Kimda-kim 
zaminni chap va o'ng qo'l bilan, o'ng qo'l va chap qo'l bilan shudgor qilsa, zamin 
unga farovonlik baxsh etadi. U go'zal va pokiza qizga o'xshaydi. Bu qiz er 
xonadoniga kirib borib, o'z to'shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug'ib beradi. 
Zamin ham mo'l-ko'l mevalarini in'om etadi», deyilgan, bunda erni tobora 
madaniylashtirish va undan ko'proq naf olishi haqida gap boradi.
Xo'jalikning barcha tarmoqlari orasida g'allakorlikka eng yuksak baho 
beriladi. Zoroastrizm qashshoqlikni yo'qotish yoki unga yo'liqmaslik uchun 
ziroatchilikini rivojlantirish, yangi erlarni ochish bo'yicha faol siyosat olib borish 
kerakligini uqtiradi. Ammo 
inson erni tashlasa, unga qaramay qo'ysa, unday odam 
o'zgalar eshigi
oldida turgan doimiy gadoyga aylanadi
, deyilgan bu kitobda 
(hozirgi davr ta'limotlari bilan solishtiring).
Asketizm to'g'ridan-to'g'ri qoralanadi, chunki bu odat monlik bilan kurashda 
insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol qilgan odam na din, na 
xo'jalik (qishloq xo'jaligi) ishlari, na farzand (ayniqsa o'g'il bolalar) ko'paytirish 
faoliyati bilan kerakli darajada shug'ullana olmaydi; insonlar sonini ko'paytirish 
ham muhim vazifa deb belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini ko'paytiradi, 
Yaxshilik g'alabasiga ko'maklashadilar. Bu g'oyalarning ahamiyati hozirgi kunda 
ham juda muhimdir.
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa Qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat 
diniga aylandi. M.a. VI-V asrlarda Dariy I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik 
boshqa davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha bo'lgan davrda respublikamiz 
aholisining asosiy qismi bu dinga e'tiqod qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham 
qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga 
chiroq yoqish va boshqalar).
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu 
mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda paydo bo'lgan. 
Konfutsiylik 
g'oyasi muhimdir. Uning muallifi 

Yüklə 167,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin