Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq
xo'jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq
to'lash zarurligi, sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi.
Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak,
degan g'oya markaziy o'rinni egallaydi. (Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va
institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring.)
Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni
rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan.
Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-
harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o'g'irliklarga qarshi
kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli
jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan.
Qadimgi Hindistonda yaratilgan
«Veda»
larda ham bir
qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz
olimlarining tadqiqotlariga ko'ra,
zardushtiylik (zoroastrizm)
dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan
Dostları ilə paylaş: