sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini
ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik
va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfutsiy «
buyuk jamoa mulki
» (dehqonlar
jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so'nggisini ko'proq
qo'llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi
va uni tabiiy hol, deydi. Boylikning manbai mehnat bo'lib,
hokimlar boyligi xalq
boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni
ko'proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.
Syun-TSzi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning
boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo
inson bir vaqtning o'zida ko'p kasb egasi bo'la olmaydi, degan fikr paydo bo'ldi,
ya'ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g'oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir).
Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:
1.
Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;
2.
Xalq to'qligini ta'minlash;
3.
Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi.
Etarlicha ta'minot tamoyili insonning jamiyatdagi o'rniga bog'liq holda
belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qo'llab-quvvatlanadi,
jamiyatda hammaning o'z aniq joyi bo'lishi kerak, deyilgan, ya'ni hukmdor, tobe',
ota, o'g'il. Boshqarish ma'lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo'yicha
bo'lishi, og'ir soliq va majburiyatlar bo'lmasligi ta'kidlanadi.
Miloddan
avvalgi VI-III asrlarda
legistlar (
qonuniy degani) oqimi paydo
bo'ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish
tarafdori edilar (namoyandalari TSzi-Chap, Li-Kuy),
markaziy davlat kuchli,
mamlakat esa yagona birlashgan bo'lishini qo'llab-quvvatlashgan. Legistlar (Shan
Yan) ayniqsa qishloq xo'jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida
e'tibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan
Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush
(atrofdagi erlarni bosib olish). Dehqonlar ro'yxatini o'tkazish, qonun yo'li
bilan
yig'ilgan don miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun
yo'li bilan turli «ishyoqmaslar»ni «erga qaytarish», ya'ni dehqonchilik bilan
shug'ullanishga, ya'ni mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo'llash kerak
deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro'y bergan madaniy inqilob davrida shu
siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan savdo
qilishni qat'iy cheklash ham talab qilingan (go'yoki savdogarlar bundan katta foyda
olishlari mumkin).
Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari
kerak.Erkin sohibkorlik taqiqlangan, umumiy er egaligi
va javobgarlik joriy
etilgan(m.a.351 y.)
Dostları ilə paylaş: