1-mavzu. Umumiy fizika faniga kirish Reja


-mavzu. Dinamika asoslari



Yüklə 14,95 Mb.
səhifə9/34
tarix20.12.2023
ölçüsü14,95 Mb.
#187263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
2 5244694615092627428

5-mavzu. Dinamika asoslari
Reja:

  1. Dinamika.

  2. Nyutonning I-qonuni. Inersiyal sanoq tizimlari.

  3. Kuch va massa. Nyutonning II- qonuni.

  4. Nyutonning III-qonuni.

  5. Massaning additivligi.


Kinematika - kuchish va vaqt orasida aloqa urnatgan bulsa, dinamika u yoki bu kuchishni yo’zaga keltiruvchi sababni urganadi. Tajribadan ko’rinadiki, Yerda yoki uni sirtiga yakin masofada harakatlanuvchi xar qanday jism o’z-o’zicha tuxtaydi. Uning harakatini doim birday davom ettirish uchun unga ta’sir kursatib turish kerak. Bu nuqtai-nazar Aristotelь zamonidan Galiley (1564-1642) gacha o’z kuchini sakladi. Galiley, birinchi bo’lib, harakatni tuxtashi ishqalanish natijasi ekanini kursatdi. U jism o’zaro ta’sirsiz to’g’ri chiziqli va tekis harakatida bo’lishini, agar jismga ta’sir kursatilsa u tezlanish olishini seza bildi.
Quyidagi rasmlarda turli ob’ektlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari ko’rsatilgan25.



Nyuton 1687 yil bosilgan "Natural falsafani matematik asoslari" kitobida Galiley fikrlarini umumlashtirib, tuldirdi va dinamikani uchta qonuni taklif etdi.

1 - qonuni : Har qanday jismga boshka jismlar ta’sir etmasa u o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. (F=0, V=0 yoki V=const ) ; jismning bunday kobiliyati inertsiya (faoliyatsizlik) deyiladi



Nyutonning birinchi qonunining aks tasdig’i: Agar biz to’g’ri chiziqli tekis o’zgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan jismni ko’zatganimizda uni harakatlantiruvchi kuchlar yig’indisi nolga teng bo’ladi26.
SHuning uchun 1-qonunni ko’pincha inertsiya qonuni deyiladi. Nyuton o’z qonunini berishda harakatni nisbiy xarakterda bo’lishiga e’tibor bermagan. Biz tinchlik va harakat nisbiy tushunchalar ekanini bilamiz. Jismni tinch xolati yoki to’g’ri chiziqli tekis harakati nisbiy bo’lib, u sanoq sistemasiga bog’liq. Nyutonning 1-qonuni bajariladigan sanoq sistemasi inertsiyal sanoq sistemasi deb, aks holda noinertsiyal sanoq sistemasi deb yuritiladi. Ularni farkini bilaylik. Agar koordinata sistemasi, ichida odam bo’lgan poezd bilan boglangan bulsa poezd tinch turgan yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat kilganda 1-qonun inertsiya qonuni bo’ladi. Demak, poezd bilan boglangan koordinata sistemasi inertsiyal sanoq sistemasi bo’ladi. Agar poezd silkinsa (tezlashsa yoki sekinlashsa), odamni fikricha poezdga ta’sir kursatilmasa xam, predmetlar tusha boshlaydi. Bunday harakatda poezd bilan boglangan sistema inertsiyal bulmaydi. Ammo, Yerdagi ko’zatuvchi (va Yer bilan boglangan sanoq sistemasi uchun) poezddagi hodisa inertsiya qonuniga buysungan xolda bo’ladi.
Inertsiyal sistemaga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat kiluvchi xar qanday sistemani o’zi xam inertsiyal, tezlanish bilan yoki egri chiziqli harakatlanuvchi sistema noinertsiyal bo’ladi.
O’z navbatida Galiley berk sistemani ichida turib utkazilgan mexanik tajribalar bilan shu sistema tinch turibdimi yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat kilayaptimi bilib bulmasligini ya’ni nisbiylik prinsipini kursatgan edi.





Klassik mexanikada ayni vaqtda jismga boshka jismlar tomonidan kursatilayotgan ta’sirning kattaligini va yunalishini xaraktYerlash uchun kuch tushunchasi kiritiladi.
Bir jism ikkinchi jismga ta’sir etib uning xolatini (tezlanish berish, deformatsiyalash) o’zgarishiga sabab buluvchi fizik kattalik kuchdir.
Kuch fizikada asosiy kattaliklardan bo’lib, u qo’yilish nuqtasi, kattaligi va yo’nalishi bilan belgilanadi.
B u misolda , o’ng tarafga yo’nalgan kuchlar uchun musbat qiymatlar va chap tarafga yo’nalgan kuchlar uchun esa manfiy qiymat olingan. Saksafonning ushbu qismlariga shu kuchlar ta’sir etadi . Kuchlarning son qiymatlari saksafonning kuch qo’yilgan nuqtalari to’g’risida hech qanday ma’lumot bermaydi27



Yüklə 14,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin