1. mavzu. Umumta’lim va kasb-hunar maktablarining chizmachilik fani dasturi, darsligi, standartlari va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishish


-MAVZU. Umumta’lim maktablarida chizmachilikni chuqurlashtirib o’rgatish



Yüklə 73 Kb.
səhifə12/25
tarix16.05.2023
ölçüsü73 Kb.
#114732
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
1.mavzuiar

16-MAVZU.
Umumta’lim maktablarida chizmachilikni chuqurlashtirib o’rgatish.
Hozirgi kunda Respublikamizdagi umumta’lim maktablarining ko'pchiligida chizmachilik fanini o‘rganish asosan fan dasturida ko‘rsatilgan materiallami o‘rganish bilan chegaralanib qolmoqda. Chizmachilikni o‘quvchilarga chuqur o‘rgatishning eng maqbul yo‘li, bu chizmachilik chuqur o‘rganiladigan maxsus sinflaming tashkil qilinishi hîsoblanadi. Bunday maxsus sinflardagi o‘qishiar o‘quvchilami biror tor mutaxassislik yo‘nalishiga tayyorlashni ko‘zlamaydi. Bunda ta’lim qobiliyatli va grafika fanlariga qiziqish bildirgan o‘quvchilami grafik tasvirlar nazariyasi bilan chuqurroq tanishtirish, ulaming chizma bajarish va o‘qish malakalarini rivojlantirishga yo‘nalîiriladi. Bunday tayyorgarlik keyinchalik o‘quvchilarning kasb tanlashlarida ham yordam berishi mumkin. Fanlarni chuqur o*rganadigan sinflardagi o‘quvchilar soni 8-sinflarda 30, 9-sinflarda 25 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘Imasligi tavsiya qilinadi. Chizmachilik chuqur o‘rganiladigan sinflarda ta’limni ikki bosqichda tashkil qilish mumkin. Birinchi bosqichda kursning asosiy mazmuni chuqurlàshtirib o‘rganiladi va uning amaliy qoMlanilish sohalariga ko‘proq e'tibor qaratiladi. Ikkinchi bosqichda o‘quv materialida o'rganiladigan nazariy yo'nalishlami birmuncha kengaytirish, amaliy qoMIash sohalari bilan keng tanishish, murakkab grafïk topshiriqlar bajarish va olingan bilimlami amaliyotda muslaqil qo‘llash bilan bog‘üq boMgan ijodiy xarakterdagi topshiriqlami bajarish ko'zda tutiladi. Bunday sinf (maktab)lardagi tarbiyaviy ishlar shaxsni har tomonlama rivojlantirish va kasbga yo'naltirishni hisobga olib tashki! qilinishi zarur. Tarbiyaviy ishlar tarkibiga to'garak mashg‘ulot!ari, olimpiadalar. tanlovlar, fan va texnika namoyondalari, madaniyat xodimlari, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlami o‘tkazishlar ham kirishi kerak. Bunday sinflardagi chizmachilik kursida proeksion, mashinasozlik. arxitektura-qurilish va texnik rasm boMimlarini chuqurlashtirib o'rganish maqsadga muvofiq. «Proeksion chizmachilik» bo'limi geometrik yasashlar va «Chizma geometriya elementlari»da o'rganiladigan qator mavzular: proyeksiyalash usullari, geometrik elementlaming proyeksiyalari, sirtlaming tekislik va to‘g‘ri chiziq bilan kesishishlari, sirtlaming o'zaro kesishishlarini o'rganishni hamda texnik detal chizmalarini bajarishni o‘z ichiga oladi. «Mashinasozlik chizmachiligi» bo‘limi konstruktorlik hujjatlarini o'rganish, detal va ylg'ish birligining chizmalarini bajarish, aksonometrik proyeksiyalami o^rganish, eskiz va texnik rasmlami bajarish, sxemalami o'qish, texnologiya va konstruksiyalash hamda kompyuter grafikasi elementlarini ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. «Arxitektura-qurilish chizmachiligi» bo‘limida o‘rganiladigan materiallarga arxitektura va o‘zbek milliy amaliy san’ati buyumlarida uchraydigan geometrik yasashlami bajarish, arxitekturaqurilish chizmalarini bajarish, arxitekturaviy kompozitsiya chizmalarini bajarish, arxitektura grafikasi va soyalar nazariyasi elementlarini o‘rganish, amaliy va grafik ishlami bajarishlami kiritish mumkin. «Texnik rasm» bo‘limida qalamda ishlash texnikasi, aksonometrik proyeksiya va perspektiva nazariyalarini chuqurlashtirib o‘rganish, turli buyumlar shakllarini hisobga olgan holda texnik rasmlarini bajarish, buyumlaming shakliga ko‘ra hajmini tasvirda ko'rsatish, obyekt texnik rasmini konstruksiyalash elementlari bilan bajarish hamda kinematik sxemalar rasmlarini yasashlami o‘rganish mumkin. Chizmachilik chuqur o‘rganiladigan sinflardagi ta’lim jarayoni va mazmuni bo‘yicha keltirilgan yuqoridagi metodik tavsiyalar maslahat xarakterida bo‘lib, fan o'qituvchisi unga mahalliy sharoitlar va xususiyatlami hisobga olib qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritishî ham mumkin. Keltirilgan har bir bo'limning mavzularini o'rganishning o'ziga xos tashkiliy-metodik talablarini shu fantaming dasturlaridan olib mahalliy sharoitga moslashtirish mumkin


Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin