21-MAVZU. O’quvchilarni chizma standartlari bilan tanishtirish va chizmani taxt qilishga o’rgatish Chizma standartlari bilan lanishtirishda o‘quvchilarga standartlashlirish tarixi, rivojlanishi va turmushda qollanilishiga aloqador qiziqarli va ishonchli m isóllar keltirilib o‘tilishi kerak. Materialni bayon qilishni «standart» so ‘zining ma’nosi - norma, namuna so‘zlarin¡ tushuntirishdan boshlanadi. Standartlashtirish — bir xil vazifani bajarish uchun m o‘Jja!)angan har xiJ mahsulotlami kam sonli namunalar ko‘rinishiga keltirish dem ak. Standartlashtirish prinsiplari mahsulot namunalari va www.ziyouz.com kutubxonasi uning qismlari qaerda ishlatilishidan q at'iy nazar bir xii xossalarga ega bo‘lib, o ‘zaro almashtirilishiga imkon berishini talab qiladi. Aks holda buyumlaming îshdan chiqqan qism iarini afmashtirish, ta'm irlash mum kin boMmay qolar edi. Oldingi. eskirgan mahsulotlar o'm iga yangidan tak lif qiünadigan va loyihalanadigan m ahsulotlam i «hayotga yoMlanma olishi uchun» maxsus hujjatlar - standartlar ishlab chiqilgan. Standartlarda mahsuíotga qo‘yiladigan barcha talablar bayon qiiinadi. Sanoat va xalq xo‘jaligi turli sohalarining mahsulotlari, o ‘lchov birliklari, atama va belgilashlar, ishlab chiqarish jarayonlari, sinov va o'Ichov metodlari kabilar standartlashtirish obyektlari hisoblanadi. Standart hamma uchun majburiy bo'lib, unga qattiq amal qilinishi shart. Shuning uchun ham u qonun kuchiga ega hujjat sifatida chiqariladi. Masalan: KHYT (konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi)ning asosiy vazifasi konstruktorlik hujjatlari (chizm alar)ni taxt qilish. m uom alaga kiritishning yagona qoidalarini belgilashdan iborat. Standartlar bo‘yicha tayyorlangan dastlabki mashinasozlik detallan boit va gaykalar boMgan. VIII asrdayoq mayda hunarmandchilik o 'm ig a zavod ishlab chiqarishi keng kirib ketishi bilan boit va gaykalam i har bir zavod ixtiyoriy shakl va o ‘lchamiarda tayyorlashi oqibatida bir mashinaning boit ham da gaykalari ikkinchisiga to‘g‘ri kelmay boshladi. Shuning uchun ham keng tarqalgan bir xil detallar (boit, gayka, shponkalar) uchun o ich am i, shakli va materialini bir xil qilib tayyorlashga o ‘zaro kelishilgan, y a ’ni standartiashtirilgan. Shundan keyin o‘qituvchi o ‘quvchilarga KHYT tom onidan chizmalami bajarish uchun har xil chiziqlar belgilanganini va ulam ing turiari ham da qoMIanilishi sohalarini tushuntirishi mumkin. KHYT konstruktorlik hujjatlari (KH)ni tayyorlashga tegishli keng koMamdagi masalalami o‘z ichiga oladi. U 0 dan 9 gacha boMgan (nuqtadan keyingi birinchi raqam) 10 ta klassifikatsion guruhga bo‘linadi. Nolinchi guruh - DST 2.001-93 va keyingilari umumiy qoidalam i belgilaydi. DST 2.001-93 davlatlararo standart hisoblanadi. U 12 ta M DH davlatlarining standartlashtirish, m etrologiya va sertifikatsiya bo‘yicha Davlatlararo Kengashi tomonidan qabul qilingan va O 'zbekiston Respublikasida ham bevosita D avlat standarti sifatida am alga kiritilgan. U KHYT standartlarining asosiy vazifasi KH bajarish, taxt qilish va muomalaga kiritishning yagona, qulay qoidalarini belgilaydi. U shbu D ST tomonidan konstruktorlik hujjatlari m ahsulotga aloqador barcha norm ativ - huquqiy talablarga javob berishi zarur. Birinchi g u ru h - DST 2.101.68.... -utnum iy qoidalar; ikkinchi guruh - D ST 2.201-80.... - KH va mahsulotlaming belgilanishi; uchinchi g u ru h -D S T 2.301-68....-chizm alam i bajarishning umumiy qoidalari; to ‘rtinchi guruh - DST 2.401.... - mahsulotlar chizmalarini bajarish qoidalari; beshinchi guruh - D ST 2.501-88.... - KHni hisobga olish va foydalanish; oltinchi guruh - DST 2.601-68.... - ekspluatatsion va ta’mirlash hujjatlari; yettinchi guruh - DST 2.701-84.... -sxem alam i bajarish qoidalari; sakkizinchi guruh - D ST 2.801-74.... - loyihalashning maket metodi; D ST 2.850-75.... - t o g ‘ grafikasi hujjatlari; to ‘qqizinchi guruh - boshqa standartlar. Chizm achilik kursida asosan uchinchi guruh standartlari, birinchi. to ‘rtinchi va yettinchi guruhlardan ayrim standartlar tanlab o ‘rganiladi. K ishilam ing mehnat faoliyati'obyektlarini standartlashtirishga b o igan intilishlari qadim zam onlardan boshlangan. Qadimgi M isrda o 'q yoy va o ‘qlar standartlashtirilgan, standart oMchamdagi toshlardan piramidalar bunyod qilingan. 0 ‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar, qadimiy qo‘lyozmalar 0 ‘zbekiston hududida bundan 2000-2500 yil ilgari ham. standartlashtirish yuksak darajada bo‘lganligidan daloiat beradi. Eramizgacha b o ig a n birinchi ming yillik boshida, ayniqsa m ill.a w . VII-VI asrlarda hozirgi 0 ‘zbekiston hududida shahar qurilishi va m e’inorchilik yuksak darajada rivojlangan. Mamlakatimiz hududidagi ilk davlatchilik shakli - qadimiy Xorazm davlatining shakllanishini ham tadqiqotchilar shu davrga bogiaydilar. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, Aleksandr Makedonskiyning 0 ‘rta O siyoga yurishi davrida (m ill.aw . IV asr) Qadimiy Xorazmda markazlashgan davlat shakllanib u o‘zining davlat tili va yil hisobiga ega boigan. Aleksandr M akedonskiy qo‘shinlari 0 ‘rta Osiyoda paydo boigan davrda, Qadimiy Xorazm da mahalliy kalendar (taqvim)ga asosan X asr hukm surayotgan edi (Beruniy. «Qadimiy xalqlaryodgorliklari»). Eski Termiz, Qadimiy S o ‘g ‘d va Xorazmning « o iik » vohalaridagi q al'alarda o ‘tkazilgan arxeologik qazilmalar ko'satishicha, eramizdan avvalgi IV asrdan boshlab shaharlar aniq to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lib, o ‘zining mudofaa devorlariga, uy-joylaming va ko‘chalaming tartibli rejalashtirilishiga ega b o ig a n . Ushbu davrdagi qurilish texnikasi www.ziyouz.com kutubxonasi ham yetarlicha rivojlangan. Devorlar 40x40x10 sm. o'lcham dagi yirik loy g'ishtlardan ko‘tarilgan. O'zbekiston hududida standartlashtirishning rivojlanishi dastlab qurilish, irrigatsiya inshootlarini barpo qilishda yaqqol ko'zga tashlansa. keyinchalik u xalq hunarmandchiligi sohalari va qurol-aslaha tayyorlashga ham kirib borgan, masalan, milliy do4ppilar, cholg'u asboblari, gilamchilik, o ‘q-yoy va shunga o‘xshash ko‘plab mahsulotlar hunarmandlar tomonidan qat’iy belgilab tayyorlangan qoliplar va olcham lar asosida tayyorlangan. Lekin bu standartlashtirish nisbatan shartli bo‘lib, kishilaming turmush tarzi hamda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalariga bog‘liq holda har bir hududda o ‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan va o'zgarib turgan. 1798-yiIda fabrikant Uitni AQSh Kongress! yig'ilishiga 10 ta miltiqni olib kelib, ularni qismlarga ajratib aralashtirib tashiaydi va ulam i qaytadan yig'ib sifatini tekshirib ko‘rishni taklif qiladi. Ushbu sana standartlashtirishning eng zarur qismi bo‘!gan o ‘zaro a/mashuvchanlikka asos solingan kun hisoblanadi.