1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Elektr uchqun usuli bilan ishlash sxemasi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

13.13-rasm. Elektr uchqun usuli bilan ishlash sxemasi. 
Tok ulanganda kondensator C zaryadlanadi, kuchlanish ortib, elektrodlar 1 
va 3 orasida yorib o‘tadigan elektr zaryadi o‘tadi. Bunda chiqqan issiqlik 
t
0
=10000-12000
0
C gacha yetadi. Albatta, bu haroratda zagotovka anod erib bug‘ga 
aylanadi va chuqurcha hosil bo‘ladi. Otilib chiqqan metal zarrachalari dielektrik 
suyuqlikda qotadi; zarracha diametri d=(0,01-0,005) mm. 
Keyingi impulsda yana shuncha metal yemirilib, chuqurcha o‘yiladi. 
Qayerda elektrodlar orasidagi masofa kam bo‘lsa, shu yerda yemirilish ko‘p 
bo‘ladi. Shu tariqa sikl qaytarilaveradi. Impuls davom etish vaqti (20÷200) mks. 
Suyuqlik sifatida odatda mineral yog‘, kerosin, suv qo‘llaniladi. 
Suyuqlik vazifalari: 
1.
Elektrodlarni sovitib turish; 
2.
Chiqindilarni ushlash, yig‘ish va chiqarib tashlash; 
3.
Chiqindi zarrachalarini asbobga tegmasligini ta’minlash; 
4.
Asbob va zagotovka yon biqinlari orasida elektr yoyi hosil bo‘lmasligini 
ta’minlash. 


(
5
.
3
)
322 
Asbob asosan mis va grafitdan yasaladi. 
Bu usul bilan barcha tok o‘tkaziladigan materiallarni ishlash mumkin. Lekin, 
iqtisod nuqtai nazaridan, asosan, qiyin ishlanadigan qattiq qotishmalar (VK, TK, 
TTK), qiyin ishlanadigan metallar (Ta, Mo, Ti, W) va ularning qotishmalari va 
hokazo ishlanadi. 
Bu usul bilan murakkab va xilma-xil teshik va yuzalarni olish mumkin: 
13.14-rasm. 
13.14-rasm. Katod va elektrod shakllarini anodga o‘tishga misollar. 
 
13.15. Elektroimpulsli ishlash usuli
Bu usulda mahsus generatorlardan olinadigan elektr impulslardan 
foydalaniladi. Bu generatorlar bir qutbli impuls beradi; shakli mo‘tadil. 
Davri kattaroq: (500-10000) mks. Ishlash davrida yoy (razryad) vujudga 
keladi. 
Usulning elektr uchqun usulidan farqi: asbob anod zagotovka katod 
vazifasini o‘taydi. Elektrod grafitdan yasalgan va yemirilishi kamroq bo‘ladi. 
Bu usulning mehnat unumi elektr uchqun usuliga nisbatan (8÷10) barobar 
ko‘proq. 
Bu usul bilan shtamplar, lopatkalar ishlanadi. O‘tga chidamli qotishmalarda 
murakkab teshiklar ochishda qo‘llaniladi. 


(
5
.
3
)
323 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin