1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Ultratovush vositasida tozalash prinsipial sxemasi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

13.17-rasm. Ultratovush vositasida tozalash prinsipial sxemasi. 
 
Detal va uzellarni tozalash organik eritmalarda yoki ishqor va sintetik yuza 
aktiv moddalarining suvdagi eritmalarida olib boriladi. 
13.19. Ultratovush vositasida payvandlash 
 
Ultratovush bilan payvandlash elektrokontakt payvandlash kabi nuqtaviy, 
chokli, uchma-uch va bosim ostida bo‘lishi mumkin. Bir necha sxemalar 
qo‘llanilishi mumkin. 
13.18-rasmda ultratovush payvandlash sxemalari ko‘rsatilgan. Metallarni 
nuqtaviy payvandlashda elektrod sifatida to‘lqin uzatgich uchi ishlatiladi. Payvand 
birikma quyidagicha hosil bo‘ladi. Mahsulot 1, payvandlovchi to‘lqin uzatgich 
uchligi 2 va prijim 4 orasida qisiladi (13.18-rasm, a). Shu davrda magnitostriksion 
o‘zgartirgich 3 chulg‘anmasidan yuqori chastotali tok o‘tkaziladi. 


(
5
.
3
)
327 
13.18-rasm. Ultratovush payvandlash sxemalari. 
a- tebranishlarni tangensial berish bilan; b- to‘lqin uzatgichlarni uzunasiga-ko‘ndalangiga 
tizimi bilan; c- chokli. 1- mahsulot, 2- payvand uchligi; 3- magnitostriksion o‘zgartirgich; 
4- prijim;5- konsentrator; 6- to‘lqin uzatgich. 
 
Bu sxema har xil metallarni nuqtaviy payvandlashda ko‘proq qo‘llaniladi. 
Uzunasiga va ko‘ndalangiga to‘lqin uzatgichlar bilan payvandlaganda 
(13.18-rasm, b) detallar 1 tegib turgan yerlarida siljish kuchlanishi paydo bo‘ladi 
va shuni hisobiga payvandlanadi. Siljish kattaligi magnitostriksion tebranish 
chastotasiga bog‘liq. To‘lqin konsentratori 5 ko‘ndalang to‘lqin uzatgich 6 ga 
mustahkam biriktirilgan. 
Uzluksiz chokli payvandlash roliklar yordamida olinadi. Bu holda 
ultratovush quvvati aylanuvchi o‘zgartirgich va konsentrator orqali rolikka 
uzatiladi. Yupqa listlar 10 m/min tezligida payvandlanish mumkin. Plastmassalarni 
payvandlashda siljish emas normal kuchlanish hosil bo‘ladi. 
Payvand 
birikma 
sifatida 
payvand 
rejimiga, 
materiallarning 
payvandlanuvchanligiga, materiallar qalinliklarining nisbatiga, payvandlanuvchi 
uchlik materiali va konstruksiyasiga, hamda boshqa faktorlarga bog‘liq. Shu bilan 
bir qatorda chok sifati erish haroratiga ham bog‘liq. Shuning uchun 
payvandlashdan oldin, materiallarni qizdirish juda foydali. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin