178
9.2. Zagotovkalarni o‘rnatish sxemasini tanlash
Zagotovkani stanokda ishlashdan oldin
uni stanokka bazalash va
mahkamlash, ya’ni o‘rnatish zarur. Zagotovkani o‘rnatish uni ishlash marshrutiga
bog‘liq. Buni tanlash uchun zagotovkani ishlashni umumiy ko‘rinishini yaqqol
tasavvur qilish kerak.
Keyingi bosqichlarda marshrutni aniqlashtiriladi. O‘rnatish
sxemasini
tanlashda dastlabki ma’lumotlar sifatida detal ishchi chizmasi,
zagotovka ishchi
chizmasi,
detal
yasash
uchun
texnik
talablar,
texnologik
jarayonni
avtomatlashtirish darajasi kerak bo‘ladi. Dastlab texnologik bazalar va o‘rnatishni
prinsipial sxemasi tanlanadi, ya’ni, detalni
va zagotovkani shakllari bilan,
ishlanayotgan yuzalar joylashishi, hamda ularni koordinatli (o‘lchamli) o‘zaro va
ishlanmayotgan yuzalarga nisbatan joylashishi bilan aniqlanadi.
Bunda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak.
1. Ishlashga mo‘ljallangan yuzalarga qirqish asbobini keltirish imkoniyati.
2. Zagotovkani o‘rnatish va so‘ngra bo‘shatib olish qulayligi, osonligi.
3. Mahkamlash kuchi qo‘yilgan joylarda
mahkamlash ishonchliligi va
qulayligi.
4. Tanlangan mahkamlash sxemasi bo‘yicha mahkamlash davrida
zagotovkani egilib deformatsiyalanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Zagotovkaning geometrik shakllariga qarab har xil o‘rnatish
sxemalari
qo‘llaniladi. O‘rnatish sxemalari bir-birlaridan texnologik bazalarning shakli va
joylashishi;
tayanch nuqtalarning soni; erkinlik darajasi yo‘q qilinganlik soni;
zagotovkani mahkamlash sxemalari bilan farq qiladi.
Zagotovkalarni o‘rnatish sxemasini tanlash uchun ma’lumotnomadan
namunaviy bazalash sxemalarini ishlatish yo‘li bilan olinadi.
Bularni batafsil
ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: