173
qilinadigan usul. Bu usulda yetarli aniqlik va yuza silliqligi olinadi. Mexanikaviy
ishlov faqat tegib turadigan yuzalarga beriladi. Agar shtampovka usuli bilan
olingan zagotovkalarni bu usul bilan olingan zagotovkalar bilan solishtirilsa, metal
sarfi 55-75%ga, mexanik ishlov berish sig‘imi 60% gacha, detal tannarxi 20% ga
kamayadi. Aniqlik kvaliteti 12-15, yuza g‘adir-budirligi 2,5-20 mkm.
Metal qoliplarga quyish (kokil).
Tub ma’nosi metaldan yasalgan bitta
qolip ko‘p marta ishlatiladi. Kokil turg‘unligi ko‘p faktorlarga bog‘liq:
quyish
davridagi metal haroratiga; kokil materialiga; quyma zagotovka o‘lchamlariga,
uning massasiga va shakliga bog‘liq. Bu usulning xususiyatlaridan
biri - qolip
bilan quyma orasidagi issiqlik o‘tkazishning jadalliligidir; ya’ni suyuq metalning
tez qotishligidir.Buni quyma devorlari qalinligini belgilashda e’tiborga olish kerak.
Shuning uchun alyumin va magniy qotishmalari devorlari qalinligi 3-4 mm;
cho‘yan va po‘latlar devorlari qalinligi 8-10 mm olinadi. Quyma strukturasi mayda
donali, mexanik-fizik xossalari qum-gil qoliplarnikiga nisbatan 15-30% yuqori,
kuyundi yo‘q hisobda, yaroqsiz detallar 5-25% dan ko‘p emas, shaklni yig‘ish-
buzish yo‘q, oson avtomatlashtiriladi. Aniqlik kvaliteti 12-15, yuza g‘adir-budirligi
2,5-40 mkm.
Dostları ilə paylaş: