1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Zagotovkalar va ularni ishlash usullarini tanlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

8.12. Zagotovkalar va ularni ishlash usullarini tanlash 
 
Zagotovka,
bu – ishlab chiqarish predmeti. Bundan uning shakl va 
o‘lchamlarini, materiali xossalarini hamda yuza g‘adir-budirligini o‘zgartirib detal 
yasaladi yoki ajralmas yig‘uv birligi - uzel olinadi. 
Zagotovka shakli va o‘lchamlari iloji boricha detal shakli va o‘lchamlariga 
yaqin bo‘lishi kerak. Zagotovka shakli detal konstruksiyasidan kelib chiqadi va 
uning o‘lchamlari va materiali detalning mashinadagi ishlash sharoiti (statik, 
dinamik kuchlanishda, harorat ta’sirida) bilan aniqlanadi. 


170 
Zagotovkani tanlash – bu uning ratsional ko‘rinishini aniqlash, ya’ni, 
zagotovka konfiguratsiyasini, qiyaliklarini, devor qalinligini, teshiklar o‘lchamini, 
ishlashga qiytimlarni, zagotovka o‘lchamlarini, ishlash aniqligini, quyimlarini, 
texnik sharoitlarni va jihozlarni tanlashni ifodalaydi. 
Tayyorlash sexi texnologi mexanika sexi texnologi bilan birgalikda detalni 
ishchi chizmasi asosida zagotovkaning dastlabki chizmasini yaratishadi. 
Keyinchalik bu chizma asosida uni ishlash texnologik jarayoni yaratiladi va 
texnologik jihozlarni (shtamplarni, press shakllarini, modellarni va h.k.) 
loyihalashda ishlatiladi. Bu chizma zagotovkaga mexanik ishlov berish texnologik 
jarayonini ishlab chiqishda dastlabki hujjat hisoblanadi. Detalning ishchi chizmasi 
butun ish jarayonida asosiy texnologik hujjat bo‘lib qoladi. 
Zagotovkani tayyorlash-ishlash jarayonini va usulini tanlashga ta’sir 
qiluvchi faktorlar yoki omillar: 
1. Materialning texnologik harakteristikasi, uning xossalari, ya’ni, quyishni, 
plastik deformatsiyani, payvandlashni, kukun metallurgiyasini qo‘llash imkonini 
aniqlaydi. 
2. Shakllarni o‘zgarishi davrida materialning fizik-mexanik xossalari. Bu 
xossalarni ko‘tarish uchun jarayonga yaxshilash usullari kiritiladi: pokovkalarni 
mayda donali va yo‘naltirilgan to‘qimali (voloknistiy) struktura olish
yo‘naltirilgan kristallanish; va boshqa strukturani o‘zgartiruvchi usullar kiradi. 
3. Detalni konstruktiv shakllari, o‘lchamlari, uning massasini olishni ilg‘or 
usullarini qo‘llashda hal qiluvchi ahamiyatga ega: bosim ostida quyish, kokilga 
(metal qolip) quyish, erib ketadigan modellar asosida quyish, issiq holda hajmiy 
shtamplash va h.k. 
4. Ishlab chiqarish hajmi. Donali va mayda seriyali ishlab chiqarishda 
quymalar, ko‘pincha qum gildan yasalgan qoliplarda olinadi; pokovkalar 
bolg‘alash usulida olinadi. Bular hammasi katta qiytimga ega. Zagotovka 
materialini narxi detal tannarxining 10 % tashkil etadi.
Keng seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda mahsus usullar bilan olingan 
zagotovkalar ishlatiladi va mexanik ishlashga qiytimlar 25-30% ga kamayadi.


171 
5. Texnologik jihozlarning mavjudligi, quyma, bolg‘alash, payvandlash va 
boshqa zagotovkalarni mahsuslashtirilgan zavodlardan olish.

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin