1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Detalni ishlash marshrutini tuzish



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

9.3. Detalni ishlash marshrutini tuzish 
 
Konstruktorlik ishini yagona tizimi (ЕСТД-ЕСКД) asosida texnologik 
jarayonning marshrut bayoni bajariladi. Bunda marshrut kartasida bajarilish ketma-
ketligida barcha texnologik operatsiyalar (o‘tishlar va texnologik rejimlar 
ko‘rsatilmasdan) qisqacha bayon qilinadi (uskunalar - stanoklar turi ko‘rsatiladi). 
Texnologik jarayonni marshrut bayoni donali va mayda seriyali ishlab chiqarishda 
asosiy hujjat hisoblanadi. Qolganlarida hamroh - qo‘shimcha hujjat hisoblanadi. 
Marshrutli texnologiyani yaratish uchun dastlabki materiallar detal chizmasi texnik 
talablari bilan; zagotovka chizmasi texnik shartlari bilan; oldindan aniqlangan - 
belgilangan ishlab chiqarish turi; detal konstruksiyasini texnologikligini oldindan 
ko‘rilgan natijalari; ayrim yuzalarini ishlashni oldindan aniqlangan marshrutlari; 
ilk tanlangan texnologik bazalar, zagotovkani ishlashni oldindan belgilangan rejasi 
bilan yaratiladi.
 
Ishlash ketma-ketligini belgilashda (normal geometrik aniqlikdagi detallarni 
yasashda) quyidagi mulohazalarga rioya qilinishi lozim: 
1. Birinchi navbatda toza (ishlangan) texnologik bazalarga qabul qilingan 
yuzalarni ishlash lozim. 
2. Ishlash ketma-ketligi o‘lchamlarni qo‘yish tizimiga bog‘liq. Marshrut 
boshiga ko‘pchilik boshqa yuzalar unga qaram qilingan. Masalan, 9.2-rasmda 
qo‘yilgan o‘lchamlar tizimi bo‘yicha birinchi bo‘lib yuza 1 ishlanishi lozim; 
so‘ngra 2 va 3,4, 5 lar hamda qolgan yuzalar. 


183 
9.2-rasm. O‘lchamlarni qo‘yish tizimi va zagotovka 
yuzalarini ishlash ketma-ketligi. 
3. Zagotovka aniqligi unchalik yuqori bo‘lmagan holda uning qaysi 
yuzasidan eng qalin qatlam-qiytim olinsa, o‘sha yuzani birinchi navbatda ishlash 
lozim. Bunda quymakorlik va boshqa nuqsonlarni aniqlanadi. Yuza aniqligi qancha 
aniqroq bo‘lsa, u shuncha keyinroq ishlanishi kerak. Chunki, har bir yuza 
ishlanishi o‘zidan oldingi aniqlikni buzishi mumkin. 
4. Ikkinchi darajali yuzalarni ishlashda, (mayda teshiklarni parmalash, faska 
olish, kanavka chiqarish, zirapchalarini yo‘qotish va h.k.) ular, asosiy parametrlar 
aniqligiga ta’sir qilmaydi. Muhim yuzalarni oxirgi operatsiyalarda bajarish lozim. 
Marshrutni oxiriga oson shikastlanadigan yuzalarni qoldirish lozim: tashqi 
rezbalar, shlitsalarni tashqi yuzalari va h.k. 
5. Termik ishlash natijasida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalarni 
yo‘qotish maqsadida, uni to‘g‘rilash operatsiyasini yoki talab qilingan aniqlikni va 
yuza sifatini ta’minlovchi qayta ishlashni ko‘zda tutish kerak. Ximik-termik va 
galvanik 
ishlashlar 
texnologik 
jarayonni 
murakkablashtiradi. 
Masalan, 
sementitlash zagotovkaning ayrim yuzalari uglerod bilan to‘yintiriladi. Qolgan 
qismi mis bilan qoplanib himoyalanadi yoki qiytim qoldirilib keyinchalik mexanik 
usulda ishlanadi. Toblashga qadar bu ishlar bajariladi. 
Yuqori aniqlikdagi (pretsizionniy) detallarni mexanik ishlash davrlari 
dastlabki - qora ishlash; oraliq - toza ishlash; yakuniy - sayqallovchi ishlashlarga 
bo‘linadi. Birinchisida metalning barcha yuzalar bo‘yicha asosiy qismi qiytim 


184 
sifatida qirqiladi. Ikkinchisida yuza aniqligi asta ko‘tariladi: Uchinchisida 
belgilangan aniqlik va yuza qatlami sifati ta’minlanadi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin