1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Asbob va uskunalarni turlarini aniqlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

9.4. Asbob va uskunalarni turlarini aniqlash 
 
Mexanik ishlov berishni nomlarini va mazmunini oydinlashtirish stanokni 
to‘g‘ri tanlashga imkon beradi (pasporti yoki katalogi bo‘yicha). Ishlash usuliga 
qarab, stanok guruhi aniqlanadi. Ma’lumki, 9 ta guruh mavjud: 1-tokarlik, 2-
parmalash va h.k. 
Stanokni vazifasiga, uni kompanovkasiga, avtomatlashtirish darajasiga, 
ishlatilayotgan keskich ko‘rinishiga qarab stanok turi aniqlanadi: bir shpindelli 
tokarlik, ko‘p shpindelli tokarlik, tokar-revolverli, tokar-revolverli yarim avtomat, 
vertikal frezerlash konsolli, vertikal-frezerlash konsolsiz va h.k. Albatta, stanok 
tanlashda, ishlangan yuza sifatida olinish imkoniyati hisobga olinadi. Stanok 
tanlashda quyidagi faktorlar hisobga olinadi. 
1. Stanokni asosiy o‘lchamlarini ishlanayotgan zagotovka o‘lchamlariga 
to‘g‘ri kelishi yoki bir vaqtda bir necha zagotovkalar ishlanishligi. 
2. Stanokni mehnat unumini detalni ishlab chiqarish yillik dasturiga to‘g‘ri 
kelishligi, ishlab chiqarish turini hisobga olish. 
3. Stanokni vaqt va quvvati bo‘yicha to‘la ishlatish imkoniyati. 
4. Ishlashga eng kam vaqt sarflash (stanok vaqtini minimalligi). 
5. Ishlash tannarxini eng kamligi. 
6. Stanokni sotish narxini eng kamligi. 
7. Stanokni sotib olishni real imkoniyati. 
8. Bor stanoklardan foydalanish zarurligi. 
Har bir oldindan tanlangan ishlab chiqarish turi aniq bo‘lgan stanoklarni 
tanlashda quyidagi tavsiyalarni bersa bo‘ladi. Yakka-donali ishlab chiqarishda, 
o‘zining universalligi va moslanuvchanligi bilan ajralib turadigan, ishlanayotgan 
yuzaning chekka o‘lchamlariga keng va to‘g‘ri keladigan stanoklar qo‘llaniladi. 
Bular qatoriga qo‘l bilan boshqariladigan universal stanoklar kiradi: tokar vint-


185 
kesar, tokar karusel, vertikal hamda radial parmalovchi, konsolli gorizontal 
frezerlash, dumaloq jilvirlovchi va h.k. Mayda va o‘rta seriyali ishlab chiqarishda 
kamroq universal, lekin yuqori mehnat unumli va boshqaruvi avtomatlashtirilgan 
stanoklar ishlatiladi: tokar-revolver yarim avtomatlar, bitta va ko‘p shpindelli 
parmalovchi yarim avtomatlar, baraban-frezerlash, raqamli dastur bilan 
boshqariluvchi (RDBli) tokar vint-kesar stanoklar, bundan boshqa RDBli vertikal 
parmalovchi stanoklar va h.k. Katta seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishga tor 
mutaxassislik, yuqori mehnat unumi va yuqori avtomatlashtirish darajasiga ega 
bo‘lgan stanoklar qo‘llash tavsiya qilinadi: agregat stanoklar, raqamli dastur bilan 
boshqariladigan stanoklar, RDBli avtomatik tizimlar, agregat va mahsus 
stanoklardan tuzilgan avtomatik tizimlar. 
Stanoklarni tanlash bilan bir vaqtda stanok moslamalarini ham belgilab olish 
zarur. Agar moslamalar stanokka tegishli bo‘lsa, (pasporti bo‘yicha) ularni faqat 
nomi ko‘rsatiladi: kulachokli patron, lyunet, tiski, vtulka va h.k. Agar bu 
operatsiya uchun mahsus moslama kerak bo‘lsa, u holda texnolog odatda 
moslamaning faqat sxemasini yaratadi yoki uning ishlash prinsipini ko‘rsatadi. 
Albatta yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishda universal moslamalar 
qo‘llaniladi: tiskilar, universal bo‘luvchi kallaklar, aylanuvchi stollar, standart 
qisuvchi qurilmalar komplekti va h.k. Agar mahsus moslama ishlatilishi ko‘zda 
tutilsa, u holda, birinchi navbatda uning qo‘llanishining iqtisodiy maqsadga 
muvofiqligi aniqlashtiriladi. 
Katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda, albatta, mahsus moslamalar 
qo‘llaniladi, bu asosiy va yordamchi vaqtni qisqartiradi va yuqori aniqlikni 
ta’minlaydi. 
Stanok va moslamalarni tanlashda har bir operatsiya uchun qirqish asbobini 
aniqlash zarur. Keskich yuqori mehnat unumini, talab qilingan aniqlikni hamda 
ishlangan yuza sifatini (g‘adir-budirligini) ta’minlashi zarur. Marshrut kartasida 
keskich nomi, material markasi va standart nomeri ko‘rsatiladi. Agar keskich 
mahsus bo‘lsa, uning konstruksiyasini chizmasi yaratiladi. 


186 
U yoki bu keskichni qo‘llanishi quyidagi faktorlarga bog‘liq: stanok turi; 
ishlash usuli; ishlanayotgan zagotovka materiali; zagotovka o‘lchamlari hamda 
konfiguratsiyasi; talab qilingan aniqlik va ishlangan yuza g‘adir-budirligi; ishlab 
chiqarish turi. 
Navbatda o‘lchov asbobini tanlanadi. Marshrut kartasiga uning nomi, tipi va 
o‘lchamlari yoziladi. Bu yerda ham, donali va mayda seriyali ishlab chiqarishda 
universal o‘lchagichlar ishlatiladi: shtangensirkullar, chizg‘ichlar, mikrometrlar, 
ichki yuzalar o‘lchagichlari, chuqurlik o‘lchagichlari va h.k. Seriyali va ommaviy 
ishlab chiqarishda mahsus o‘lchagichlar ishlatiladi: kalibrlar, probkalar, shablonlar, 
mahsus o‘lchagichlar, mahsus o‘lchov moslamalari va h.k. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin