1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Tekshiruv savollari 
1.
Texnologik jarayonni o‘zi nima? 
2.
Tipli texnologik jarayon nima bilan harakterlanadi? 
3.
Gruppali texnologik jarayon tipli texnologik jarayondan nima bilan farq 
qiladi? 
4.
Kompleks texnologik jarayonni mazmuni nimada? 
5.
Texnologik jarayonni yaratish uchun qanday materiallar lozim? 
6.
Mexanik ishlov berish texnologiyasini yaratish uchun qanday materiallar 
lozim? 
7.
Texnologik jarayonni yaratishni ketma-ketligi nimadan iborat? 
8.
Ishlab chiqarish turi qanday aniqlanadi? 
9.
Detal konstruktsiyasinitexnologikligi nima? 
10.
Konstruktsiyaga qo‘yiladigan texnologik talablar qanday? 
11.
Bosim bilan olinadigan zagotovkalarga qo‘yiladigan asosiy texnologik 
talablar nimadan iborat? 
12.
Qirqib ishlanadigan zagotovkalarni texnologikligini oshirish uchun 
qanday qoidalarga rioya qilish kerak? 
13.
Zagotovkalarni olish usullarini harakteristikasi nimadan iborat? 


177 
I
X BOB 
TEXNOLOGIK JARAYONNI MARSHRUTINI TUZISH 
 
Detalga qo‘yilgan sifat, uni o‘lchamlarini aniqligi, yuza sifati ketma-ket 
navbati bilan bajariladigan operatsiyalar bilan olinadi. Bunda qo‘yilgan talablar 
asta-sekin ko‘tarilib boradi va bir qancha ishlash usullari qo‘llaniladi. Shuning 
uchun, detal ishlash marshrutini tuzishdan oldin, zagotovkani ayrim yuzalarini 
ishlash marshruti aniqlanadi. Bu esa, o‘z navbatida zagotovkani o‘rnatish 
sxemasini tanlashni talab qiladi. 
9.1. Ayrim yuzalarni ishlash marshrutini aniqlash
Detal aniqligini oshirishdagi har bir operatsiyalar (yoki texnologik o‘tishlar) 
yuzalarni ishlash marshrutini tashkil etadi. Bu marshrutlar mexanik ishlash uchun 
oraliq va umumiy qiytimni hisoblash zarur. Bu oraliq o‘lchamlarni ham aniqlashga 
xizmat qiladi. Ishlash marshruti detal va zagotovka chizmalariga qo‘yilgan texnik 
talablar asosida belgilanadi. 
Aniqlik 
va 
yuza 
g‘adir-budirligi 
jadvallari, 
ishlanayotgan 
yuza 
konfiguratsiyasi, materiali, massasi va boshqa faktorlar asosida yakuniy 
(“finishniy”) ishlash usuli belgilanadi. Xuddi shu singari, zagotovka olish usuli 
ma’lum holda, birinchi ishlash usuli ham tanlanadi. Bundan so‘ng boshqa ishlash 
usullari tayinlanadi. 
Albatta, ishlash marshruti yaratilishida, har bir ishlash usuli o‘zidan oldingi 
usulidan aniq bo‘lishi qonuniga rioya qilinadi. Ishlash bosqichlari jami soni faqat 
o‘lchamlar aniqligiga emas, balki ularning geometrik shakllarining nisbiy 
aniqligiga (yumaloqlik, silindrlik, tekisliklariga belgilangan quyimlik) ham 
bog‘liq. Bosqichlar hajmi zagotovka aniqligiga ham bog‘liq. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin