1. So‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari 5



Yüklə 134,85 Kb.
səhifə10/11
tarix07.01.2024
ölçüsü134,85 Kb.
#210226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash

XULOSA


Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o‘ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning o‘ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo‘lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan Grammatik tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki materialning o‘zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko‘nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig‘indisini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Ko‘pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O‘quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o‘sganligiga bog‘liq.
Muammoli ta’lim deyilganda, o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi.
huningdek, muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va oquv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi.
Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob toppish jarayonida alohida obyekt, hodisa va qonunlarni tahli qilish ko‘nikmalarini va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.
Shunday qilib, muammoli ta’lim o‘quvchilar bilim tizimlari va aqliy hamda amaliy faoliyatlarida samarali o‘zlashtirishga yordam beradi, o‘zlashtirgan yangi bilimlaridan kelakajdagi vaziyatlarda unumli foydalana olishni, ta’lim muammolarini yecha bilish, mustaqil izlanishga o‘rgatish, ijodiy tajribaga ega bo‘lish va uni rivojlantirish, ta’lim jarayonining vazifalarini tahlil qilish, muammoli ta’limni aniqlash imkoniyatlarini ochib beradi. Ko‘chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so‘z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo‘ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtrishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o‘stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi.



Yüklə 134,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin