1. So‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari 5


Ot: 1.So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi. Sifat



Yüklə 134,85 Kb.
səhifə6/11
tarix07.01.2024
ölçüsü134,85 Kb.
#210226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash

Ot: 1.So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi.
Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi.
Fe’l: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi.
Og‘zali tahlil namunasi: Mevali daraxtlar gulladi. Mevali – sifat, qanday – mevali; daraxtlar – ot, nimalar? – daraxtlar, ko‘plikda; gulladi – fe’l, nima qildi – gulladi, bo‘lishli.
4-sinfda o‘rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz to‘ldiriladi va quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Ot: 1. So‘z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi.
4. Egalik qo‘shimchasi, uning shaxs-soni. 5. Kelishigi. 6. Ot yasovchi qo‘shimchasi.
Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. 4. Sifat yasovchi qo‘shimchasi.
Son: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi.
Olmosh: 1. Kishilik olmoshi: 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Shaxs-soni. 5. Kelishigi.
Fe’l: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi. 4. Shaxs-soni. 5. Zamoni. 6. Fe’l yasovchi qo‘shimchasi.
“So‘zlarning so‘z turkumlari bo‘yicha tahlil tartibi” jadvali sinfga ilib qo‘yiladi. So‘z turkumiga ko‘ra tahlil og‘zaki va yozma tarzda o‘tkaziladi: uni mustaqil ish sifatida topshirish ham mumkin. To‘liq bo‘lmagan morfologik tahlildan darsning yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham tashkil qilinadi.
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o‘zbek tilida so‘z qanday ma’noli qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil 3-sinfdan boshlanadi. Bu sinfda o‘quvchilarga asosdosh so‘zlar, asos asosdosh so‘zlarning umumiy qismi ekani, so‘z yasovchi qo‘shimchalar va gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi (shakl yasovchi) qo‘shimchalar haqida elementar ma’lumot beriladi.

3.Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash


So‘zning tarkibiga ko‘ra tahlil quyidagicha tashkil qilinadi:
1.So‘zga so‘roq berish va u nimani anglatishini izohlash.
2. So‘zning asosini aniqlash. So‘zga asosdosh so‘zlar tanlash. Asosdosh so‘zlarni taqqoslash va umumiy qismini (asosni) tegishlicha belgilash.
3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlash va hosil bo‘lgan so‘zning ma’nosini izohlash orqali so‘z yasovchi qo‘shimchaning vazifasini izohlash.
4. Gapda so‘zlarni bog‘laydigan (shakl yasovchi) qo‘shimchalarni aniqlash va uning yangi ma’nodagi so‘zni hosil qilmasligini izohlash. Gapda bir so‘zni boshqa so‘zga bog‘lashini (gapni amaliy birikmalarga ajratib) asoslash.
3-sinfda “so‘zning tarkibi” mavzusi to‘liq o‘rganilgach, gulzor tarzidagi so‘zni so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
1.Qaysi so‘z turkumi ekanini bilaman. Gulzor so‘zi nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, narsani bildiradi, bu – ot.
2.Asosni aniqlayman. Buning uchun asosdosh so‘zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, gulla. Ularni taqqoslab, umumiy qismini topaman - gul. Bu –asos.
3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman, gulzor so‘zi gul so‘ziga – zor so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan.
4.Bu so‘zda so‘zlarni bir-biriga bog‘laydigan qo‘shimcha yo‘q.
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlildan so‘ng shunday ko‘rinish hosil bo‘ladi: gulzor.
4-sinfda paxtakorga so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha:
1.Paxtakorga – ot.
2.Asosni aniqlayman. Buning uchun asosdosh so‘zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Taqqoslayman. Umumiy qism - paxta. Bu – asos.
3.So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman: paxtakor so‘zi paxta so‘ziga -kor so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan.
4. So‘zlarni bir-biriga bog‘laydigan (shakl yasovchi) qo‘shimchalarni aniqlayman: -ga qo‘shimchasi – so‘zlarni bir-biriga bog‘lagan, kelishik qo‘shimchasi.
4-sinfda ishladim so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil tartibi:
1.Ishladim – fe’l.
2.Asosni aniqlayman. Asosdosh so‘zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, ishchan. Taqqoslayman. Umumiy qism – ish. ish – asos.
3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman: ishla fe’li ish so‘ziga –la qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan. –la – fe’l yasovchi qo‘shimcha.
4. So‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi (shakl yasovchi) qo‘shimchani aniqlayman: -di – o‘tgan zamon qo‘shimchasi, -m – shaxs-son qo‘shimchasi, I shaxs, birlik; ishladim.
So‘zni tarkibiga ko‘ra tahlilni mustaqil ish sifatida tashkil qilish ham mumkin. so‘zni morfologik tahlil qilish uning lug‘aviy ma’nosini tushunishda, morfemalarni to‘g‘ri yazishda o‘quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir.
Boshlang‘ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so‘zni tovush-harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so‘zda tovushlarning tartibini, ularning xususiyatlarini, tovushlar va harflar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1.So‘zda nechta bo‘g‘in bor?
2.So‘zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko‘p bo‘lsa, sababini aytish)
3.Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi?
4.Har bir tovush so‘zda qaysi harf bilan ifodalangan?
Masalan, kitob so‘zi quyidagicha tahlil qilinadi:
1.So‘zda ikki bo‘g‘in bor: ki-tob.
2.So‘zda beshta tovush, beshta harf bor.
3.So‘zda ikkita unli tovush, uchta undosh tovush bor.
4. k – undosh, jarangsiz undosh tovush, yozuvda k harfi bilan ifodalangan.
i – unli tovush, i harfi bilan ifodalangan.
t – undosh tovush, jarangsiz undosh tovush, yozuvda t harfi bilan ifodalangan
o – unli tovush, o harfi bilan ifodalangan.
b – undosh tovush, jarangli undosh tovush, b harfi bilan ifodalangan.
So‘zning tovush-harf tahlilidan so‘zning yozilishini tushuntirishda ham, orfoepik to‘g‘ri talaffuzni o‘rgatish maqsadida ham foydalaniladi. Masalan, maktab so‘zi oxirida b undoshi p tarzida talaffuz qilinadi, jufti bor undosh, tekshiramiz:
aktabim – maktab, b harfi yoziladi.
“So‘zlarning so‘z turkumlari bo‘yicha tahlil tartibi” jadvali sinfga ilib qo‘yiladi. So‘z turkumiga ko‘ra tahlil og‘zaki va yozma tarzda o‘tkaziladi: uni mustaqil ish sifatida topshirish ham mumkin. To‘liq bo‘lmagan morfologik tahlildan darsning yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham tashkil qilinadi.
O‘qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik yoshdagi o‘quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgilaydi.Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To‘g‘ri yozuv – maxsus nutq faoliyati. Yozuv ham murakkab harakat bo‘lib, uning asosida nutq yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, so‘zni uslubiy aniq qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi.Imloviy malaka murakkab malaka bo‘lib, uzoq davom etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so‘zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniqlash ko‘nikmasi kabilarga asoslanadi. Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatlashish o‘rganilgan imlo qoidasining oson yoki qiyinligiga bog‘liq. Imloviy malaka o‘z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka asosiga qo‘yilgan ko‘nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshilanadi (harakat tezlashadi, aniq va to‘g‘ri bo‘la boshlaydi, ishonarli va tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzilmasi qayta quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo‘shilgan birliklar bilan ishlashga o‘tadi (masalan, so‘zni harflab ko‘chirish, bo‘g‘inlab ko‘chirish bilan, keyin so‘zni yaxlit ko‘chirish bilan, so‘ngra u gapni ko‘chirish bilan almashadi). Bir imlo malakasi avtomatlashadi, imloga oid boshqa hodisa o‘rganiladi va asta-sekin so‘zni to‘g‘ri yozish malakasi hosil bo‘ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat sifatida ongli jarayonligicha qoladi.To‘g‘ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o‘quvchidan fikrlash faoliyati talab etiladi. Biroq to‘g‘ri yozuv hodisasini o‘zlashtirish uchun o‘quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tatbiq etiladi. Bunda Grammatik va imloviy hodisalarning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlah uchun taqqoslash usulidan foydalanish hamda so‘z va so‘z shakllarini ma’lum Grammatik yoki grafik guruhlarga ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydalanish muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilarda imloviy malakalar grammatikaga bog‘lab o‘rgatiladi. Imlo qoidalari bir so‘znigina emas, balki umumiylik mavjud bo‘lgan butun so‘zlar guruhining yozilishini tartibga solidi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir so‘zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib, belgilangan me’yorga muvofiq butun so‘zlar guruhini yozish imkonini yaratadi.
Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so‘zlarning yozilishini bir xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengillashtiradi va imlo qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi.

Yüklə 134,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin