1. So‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari 5


Grammatika va so‘z yasalishiga oid mashqlar va tahlil turlari



Yüklə 134,85 Kb.
səhifə7/11
tarix07.01.2024
ölçüsü134,85 Kb.
#210226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash

4. Grammatika va so‘z yasalishiga oid mashqlar va tahlil turlari


Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid materiallarni ma’lum darajada bilmasdan turib o‘zlashtirish mumkin emas. Grammatik nazariya imlo qoidalariuchun poydevor hisoblanadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos bo‘ladigan Grammatik nazariyaga bog‘liq holda o‘rganiladi. Masalan, shakl yasovchi qo‘shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar “Ot”, “Sifat”, “Son”, “Fe’l”, “Kishilik olmoshlari” mavzulari ichiga kiritilgan. Materialning bunday joylashtirilishi grammatika bilan orfografiyani bir-biriga bog‘liq holda o‘rganishni ta’minlaydi.Fonetik tamoyil asosidagi asos va qo‘shimchalar imlosidagi ayrim qoidalar 3-4-sinfda fe’l yasovchi qo‘shimchalar o‘rganilganda, son so‘ziga fe’l yasovchi -a qo‘shimchasi qo‘shish bilan yasalgan so‘zning sona emas, sana tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishi, -a, -la fe’l yasovchi qo‘shimchasi o‘rganilganda, yuqoridagi so‘zlar kabi yosh, ot so‘zlarining talaffuziga muvofiq yasha, ata tarzida yozilishi o‘rgatiladi. Ong so‘ziga fe’l yasovchi –la qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan so‘z onga emas, amgla tarzida talaffuz qilinadi va yoziladi.
O‘yin – o‘yna, sariq – sarg‘ay, ulug‘ – ulg‘ay so‘zlari fe’l yasovchi –a, -ay qoshimchasi qo‘shilishi bilan yuzaga kelishi, tara, bo‘ya so‘zlariga ot yasovchi –q qo‘shimchasini qo‘shish bilan yuzaga kelishi, tara, bo‘ya so‘zlariga ot yasovchi –q qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan so‘z taroq ,bo‘yoq tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishini o‘rganadilar. 4-sinf egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan otlarning imlosi o‘rganilganda og‘iz, qorin, o‘rin, singil, ko‘ngil, burun, shahar kabi so‘zlar o‘zagidagi i,u,a unlilari talaffuzda tushib qoladi va shunday yozilishi o‘rgatilganda, yuqoridagi fonetik tamoyil asosida o‘zak-negiz va qo‘shimchalar imlosiga asoslaniladi (og‘iz+im=og‘zim, qorin+im=qornim, o‘rin+im=o‘rnim, singil+im=singlim, ko‘ngil+im=ko‘ngli, burun+im=burnim, shahar+im=shahrim)
Adabiy tilda jo‘nalish kelishigining –ga qo‘shimcha shakli qabul qilingan. Ba’zan bu shakl –ka,-qa tarzida eshitiladi. Masalan: bilakka, go‘dakka, qishloqqa kabi. Ko‘rinib turibdiki, so‘z q yoki k undoshi bilan tugaganda jo‘nalish kelishigi –qa, -ka shaklini olyapti. Og‘zaki talaffuzda so‘z qanday tovushlardan tashkil topgan bo‘lsa, bu tovushlar yozuvda ham shu tovushlarga mos harflar bilan aks ettiriladi. Bu imlo qoidasiga 4-sinfda “Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi” mavzusi o‘rganilganda asoslaniladi. Bu so‘zlar fonetik tamoyilga ko‘ra yozilsa, lekin tog‘ so‘ziga ­–ga shaklida qo‘shiladi, bunda morfologik tamoyilga ko‘ra yoziladi.Men, sen olmoshlariga –ni, -ning qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi tushirib aytiladi va shunday yoziladi: meni, sening. Bu imlo qoidasiga ham4-sinfda qo‘shimchalarning asosiy qismi morfologik tamoyil asosida yozilishi, ya’ni kelishik qo‘shimchalari og‘zaki nutqda maktabta, ishtan tarzida aytilsa ham, maktabda, ishdan; fe’llardagi –di shaxs-son hamda yaqin o‘tgan zamon qo‘shimchasi –ti tarzida (aytipti, aytti) aytilsa ham, aytdi kabi yozilishi shu qoidasi asosida o‘rgatiladi.1-2 sinfda uning cho‘ziq-qisqaligi orqali farqlash, ya’ni so‘zlarda unlinking cho‘ziqligini tutuq belgisi orqali ifodalash, so‘zlarning ma’nosini tutuq belgisiga ko‘ra farqlash (tana-ta’na, surat-sur’at, qala-qal’a) kabilar o‘rgatiladi. Bunda differensial tamoyilga asoslangan imlo qoidalariga tayaniladi. Boshqaboshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida so‘z ma’nosini farqlash: xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol, holat) kabilar 1-sinfdan boshlab 4-sinfga qadar o‘rgatiladi.Imlo qoidasi bevosita Grammatik nazariya elementlaridan so‘ng o‘rganiladi. Masalan, otlarning kelishiklar bilan turlanishi o‘rganilgach, kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqidagi ko‘nikma shakllantiriladi. “Sifat” mavzusini o‘rganish –roq qo‘shimchasining va qip-qizil, yum-yumaloq kabi sifatlarning yozilishiga, “Fe’l” mavzusini o‘rganish bo‘lishsizlik -ma va o‘tgan zamon –di qo‘shimchalarining yozilishiga zamin yaratadi. Imlo qoidalarini o‘rgatishda bunday yondashish boshlang‘ich sinflarda barcha orfografik materiallarni o‘rganishda tipik hisoblanadi.Imlo qoidalari ustida ishlash – murakkab jarayon, qoidaning mohiyatini ochish, o‘quvchilarning qoida ifodasini o‘rganib olishlari, qoidani yozuv tajribasiga tatbiq etish uning asosiy komponentlari hisoblanadi.
Qoida mohiyatini ochish qoida so‘zning qaysi qismi, qaysi so‘z turkumi yoki Grammatik shaklni yozishni boshqarishini, bunda qaysi belgilar yetakchi ekanini tushuntirish demakdir. O‘quvchilarni qoida bilan tanishtirish uchun material tanlashda o‘qituvchi bu yetakchi belgilarni albatta hisobga oladi.
Qoida ifodasi ustida darslik bo‘yicha ishlanadi. Bunda o‘quvchilarning qoida tarkibini anglab yetishlari ahamiyatlidir. Shuning uchun darslikdagi qoida qismlarga bo‘linadi. O‘quvchilar o‘rganilgan qoidaga misol aytish va xilma-xil mashqlarni bajarish yo‘li bilan uni yangi til materialiga, ya’ni yozuv tajribasiga tatbiq etadilar. Qoida ustida ishlash metodikasi shu qoidaniing xarakteriga qarab tanlanadi. Masalan, bo‘lishsizlik qo‘shimchasi –ma ning yozilishini deduktiv yo‘l bilan o‘rgatish mumkin. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi –ga ning oxiri –k bilan tugagan otlarga –ka, -q bilan tugagan otlarga –qa shaklida qo‘shilishi haqidagi qoidani induktiv yo‘l bilan tushuntirish maqsadga muvofiq.
O‘quvchilar qoidadagi asosiy fikrni ajratishga yordam beradigan vazifalarni bajarsalar, uni o‘zlashtirish xiyla qulay bo‘ladi. Chunki bolalar aniq material bilan ishlaydilar va uni tahlil qilish vaqtida qoidaning muhim qismlarini ajratadilar va uni tahlil qilish vaqtida qoidaning muhim qismlarini ajratadilar, qoidaniongli o‘zlashtiradilar. Nimanidir, masalan, so‘zlarning talaffuzi va yozilishini, so‘z turkumlarini, so‘z qismlarini bir-biriga taqqoslash o‘quvchilarning aqliy faolliginioshiradi. Bunda yana qoidaning ajratilgan belgisini aniq yozib ko‘rsatish ham ahamiyatli hisoblanadi. Qoidada aks ettirilgan muhim fikrni ajratishga o‘qituvchining savollari yordam beradi. Bu savollar, o‘z navbatida, qoidani shakllantirish rejasi ham hisoblanadi.
Qoida ustida jamoa bo‘lib ishlash bilan birga, darslikdan foydalanib, mustaqil ishlash usulini qo‘llash ham mumkin.yangi qoidani o‘zlashtirishda o‘rganilgan bilimlarga suyaniladi. Buning uchun yangi qoida ilgari o‘rganilgan qoidalar bilan bog‘lanadi. Bunda qarshi qo‘yish yoki taqqoslash usulidan foydalaniladi va o‘shash tomonlari aniqlanadi. Masalan, tushum kelishigi qo‘shimchasining yozilishini o‘zlashtirishda u ilgari o‘rganilgan qaratqich kelishigi qo‘shimchasining yozilishi bilan taqqoslanadi va tushunm kelishigi qo‘shimchasi otning fe’l tomonidan boshqarilishini bildirishi aniqlanadi.
Qoidani bilib olish o‘quvchilarda u haqidagianiq tasavvurning mavjudligiga bog‘liq . qoida asosida hosil bo‘lgan aniq tasavvur so‘zlarda ifodalanadi. Shuning uchun o‘quvchilardan qoidani quruq yodlab berish talab etilmasligi, balki so‘zni tog‘ri yozishdagi xususiyatlar aniq material misolida qayta tushuntirilishi lozim.

Yüklə 134,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin