1. So‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari 5



Yüklə 134,85 Kb.
səhifə5/11
tarix07.01.2024
ölçüsü134,85 Kb.
#210226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash

Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko‘ra tasnif qilinadi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo‘linadi:

  1. Morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar ham kiradi)

  2. Sintaktik mashqlar.

Agar o‘quvchilar faoliyatining xarakteri, ya’ni mashq jarayonida o‘quvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo‘linadi.
Mashqning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchun yuqoridagi ikki asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so‘zlardan gap tuzishni va gap bo‘laklarini ajratsihni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko‘ra sintaktik mashq, faoliyat xarakteriga ko‘ra sintetik-analitik mashq hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam qo‘llaniladi, shuning uchun ham vazifaning yetakchi tomoni hisobga olinadi. Masalan, matnga mazmunga mos otni qo‘yish, qaysi kelishik ekanini ko‘rsatish talab etilsa, bu leksik-morfologik mashqdir. O‘quvchi otning qaysi kelishikda ekanini aniqlash uchun u bog‘langan so‘z (fe’l yoki ot)ni aniqlashi (so‘z birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko‘ra bu mashq sintaktik mashq hisoblanadi.
Grammatik tahlil analitik mashqqa kiradi. Grammatik tahlil so‘z turkumiga ko‘ra (morfologik) tahlilni, gap bo‘laklariga ko‘ra (sintaktik) tahlilni o‘z ichiga oladi.Gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil o‘quvchilar o‘zlashtirgan sintaktik bilimlarning me’yoriga qarab chuqurlashib boradi.Amaldagi dasturga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari ega va kesim atamalaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapning bosh bo‘laklarini amaliy ravishda topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar, ya’ni gap yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘z (ega)ni, u haqida nima deyilganini anglatgan so‘z (kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni terdilar gapini tahlil qilishda o‘quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar: “Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? – bolalar (so‘zning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar – gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar) – olmalarni”.
2-sinfda 1-sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan, 2-sinf o‘quvchisi “Chiroyli gullar adirlarni bezadi” gapini quyidagicha tahlil qiladi: “Gap gullar haqida aytilgan. Nimalar? – gullar – ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan? Ochildi – nima qildi – kesim (tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadi). Qayerlarni? (bezadi) – adirlarni – ikkinchi darajali bo‘lak, gapni to‘ldiryapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) – chiroyli (gullar) ikkinchi darajali bo‘lak, egani izohlayapti. Gullar bezadi – gapning asosi. Chiroyli gullar, adirlarni bezadi – so‘z birikmasi”.
3-4-sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o‘zgarmaydi. Ammo so‘z birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi.
Morfologik tahlilning mohiyati so‘zning qaysi so‘z turkumi ekani, gapda qanday grammatik shaklda kelganida ifodalanadi.
To‘liq morfologik tahlilda o‘quvchi so‘z turkumining o‘zi o‘rgangan belgilarini aytadi. Masalan, 1-sinf o‘quvchisishu so‘z qanday savolga javob bo‘lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi, harakati).
3-sinfda so‘z turkumlari o‘tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

Yüklə 134,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin