1. So‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari
Boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan ot, sifat, son, fe’l, kishilik olmoshi tushunchalarini; sintaksisdan gap, ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘lak, uyushiq bo‘lak, undalma kabi tushunchalarni; so‘z tarkibi yuzasidan asos, qo‘shimcha, asosdosh so‘zlar, so‘z yasovchi qo‘shimchalar, so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi qo‘shimchalar kabi tushunchalarni shakllantirish ustida amaliy ishlar olib boriladi.
O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish shakllari va uni boshqarishni bilishi, o‘quvchilarni aqliy faoliyatga yo‘llashning eng muvofiq metod, usul va vositalarini tanlay olishi ularni amalda qo‘llash orqali o‘quvchilarning tilni amaliy ishlar olib boriladi.
O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini tashkil etish shakllari va uni boshqarishni bilishi, o‘quvchilarni aqliy faoliyatga yo‘llashning eng muvofiq metod, usul va vositalarini tanlay olishi, ularni amalda qo‘llash orqali o‘quvchilarning tilni amaliy o‘zlashtirishini ta’minlashi lozim. Grammatika grammatikaning nazariyasini bilishga emas, grammatika o‘quvchining nutqini so‘zlar bilan boyitishga, nutq qurilishining ta’sirchanligini oshirishga, fikrini og‘zaki va yozma shaklda savodli ifodalashga xizmat qilishi lozim.
Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o‘zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko‘rsatadi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o‘ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning o‘ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo‘lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan Grammatik tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki materialning o‘zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko‘nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig‘indisini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Ko‘pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O‘quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o‘sganligiga bog‘liq.
Garmmatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o‘rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining psixologik-didaktik xususiyatlarini, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy o‘sishi birbirini taqozo etishini, Grammatik bilimning nutqdagi o‘rnini asos qilib oladi.
Grammatik tushunchalarda til hodisalarining muhim belgilari umumlashtiriladi. Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayonida o‘rganiladigan tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida muayyan til materiali analiz qilinadi. Masalan, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha uchun quyidagi ikki muhim belgi xarakterli:
1)So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha –so‘zning o‘zgaradigan qismi;
2) So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha sintaktik vazifani bajaradi, ya’ni gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
O‘quvchilarning o‘rganilgan grammatik tushunchalarni amalga keng tadbiq etish va ulardan jonli nutqda aloqa maqsadida bevosita foydalanishlari uchun ularda mavhumlashtirishni va so‘zlar uchun xarakterli bo‘lgan umumiy Grammatik belgilarni sintezlashni o‘stirish zarur, shuningdek, ular so‘zning leksik ma’nosini chuqur bilishlariga erishish muhimdir. Bular o‘quvchilarning nutqini o‘stirish mohiyatini aks ettiradi, ya’ni o‘quvchilar nutqda so‘zlardan amaliy foydalanishga, so‘zning leksik ma’nosini tor tushunishdan chuqurroq tushunishga o‘tadilar, so‘zning leksik va grammatik ma’nolari bir-biriga ta’sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda so‘zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi.
Bilimni o‘zlashtirishning natijasi ma’lum darajada o‘qitish metodlariga bog‘liqdir. Bayon metodi asosan o‘quvchilarning eslab qolishiga mo‘ljallanadi va ularning bilish faoliyatini faollashtira olmaydi, shuning uchun kutilgan natijani bermaydi. Grammatik tushunchani shakllantirishda izlanish vaziyati o‘qituvchi bergan vazifa va uni jamoa bo‘lib bajarish vaqtida yaratiladi.Izlanish vaziyati o‘quvchilarni yangilikni bilishga qiziqtiradi va vazifani bajarish usulini mustaqil ravishda ijodiy tanlashga undaydi. Masalan, o‘quvchilarni so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan tanishtirishda o‘qituvchi xattaxtaga gul – gulchi, g‘alla – g‘allakor, traktor – traktorchi kabi so‘zlarni ikki ustun tarzida yozadi.O‘quvchilarga “Ikki ustun shaklida yozilgan s’zlarni kuzating, ma’nolaridagi farqini o‘ylab ko‘ring. Shu so‘zlarning ma’nosini farqlashga xixmat qilayotgan qismini toping” topshirig‘i beriladi. Birgalikda o‘tkazilgan muhokamadan so‘ng o‘quvchilar quyidagicha xulosaga keladilar:
- “Gul” so‘zi o‘simlikning bir turini, gulchi esa gullarni parvarish qiluvchi kishi ma’nosini bildiradi; g‘alla – o‘simlik, g‘allakor – g‘alla yetishtiruvchi kishi; traktor so‘zi qishloq xo‘jalik mashinasini, traktorchi esa traktorda ishlovchi kishi ma’nosini bildiradi. So‘zning –chi, -kor qismi ikki so‘zning ma’nosini farqlashga xizmat qiladi; -chi,-kor alohida kelganda ma’no anglatmaydi, bular qo‘shimcha; so‘zga qo‘shilganda ishlovchi, shug‘ullanuvchi kishi ma’nosini anglatyapti, ya’ni yangi ma’noli so‘z hosil bo‘lyapti; demak, -chi, -kor so‘z yasovchi qo‘shimcha.
Muammoli vaziyatni orfografik mavzu bilan tanishtirish jarayonida ham yaratish mumkin. Masalan, o‘qituvchi “Hayvonlarga qo‘yilgan nomning bosh harf bilan yozilishi” mavzusini tushuntirish uchun o‘quvchilarga “Kim qanday uy hayvonlarini boqadi? Uarga o‘zingiz nom qo‘yganmisiz? Qanday nom qo‘ygansiz?” kabi savollarni beradi. O‘quvchilar tartib bilan o‘zlari boqayotgan hayvonlari va unga qo‘ygan nomlarini aytadilar (mushuk – Mosh, kuchuk – Olapar, sigir – Targ‘il, ot – Lochin kabi); o‘qituvchi ikki ustun shaklida xattaxta ga yozib boradi. O‘qituvchi “Ikki ustun shaklida yozilgan so‘zlarni o‘qing, ularni taqqoslang. Ularning yozilishida qanday farq bor? Nima uchun? Fikringizni asoslang” topshirig‘ini beradi. Bu savol-topshiriqlar bolalalrni o‘ylashga, izlanishga majbur qiladi. Ular birinchi ustundagi so‘zlar kichik harf bilan ikkinchi ustundagilar esa bosh harf bilan yozilganini aytadilar, ammo nima uchun shunday yozilganini isbotlashga ularning bilimlariyetishmaydi. Shunday qilib, muammoli vaziyat yaratiladi.O‘quvchilar yangi materialni o‘rganish zarurligini sezadilar. Bu metodda eng muhim jihat muammoli vaziyat yaratish, til hodisalarini tahlil qilish, o‘zaro taqqoslash omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish hisoblanadi. Suhbat-muhokama jarayonida muammoni o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zlari hal qilishlari yoki o‘qituvchi tomonidan hal qilinishi ham mumkin.Muhokamaning borishi bilimlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol aqliy faoliyatni talab qiladi.