1. So‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari 5


Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni



Yüklə 134,85 Kb.
səhifə4/11
tarix07.01.2024
ölçüsü134,85 Kb.
#210226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash

2. Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni


Darsda foydalanish uchun ko‘rgazma material tanlashda o‘qituvchi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra o‘quvchilar nimai bilib olishlarini aniq ko‘z oldiga keltirishi kerak. Bir ko‘rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so‘zning leksik ma’nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O‘quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o‘qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasi topshiradi. O‘quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o‘z nutqlarida sifatlardan foydlanadilar. Bu – tabiiy. O‘qituvchi “Predmetni tasvirlashda siz qaysi so‘zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?” kabi savollar berib, bolalar diqqatini o‘rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o‘rind sifatning) belgilariga qaratadi. O‘quvchilar predmetni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko‘rgazmali materialdan nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o‘quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o‘tadilar.Tushunchani shakllantirish uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu ko‘rgazmalardan ko‘proq tushuncha belgilari ajratilgandan so‘ng mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi.Shunday qilib, grammatik tushunchani o‘zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar o‘quvchilarni aqliy faollashtirish, yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o‘quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o‘quvchilarga til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi.
Maktabda tildan nazariy bilimni o‘rganishdan maqsad fikrni og‘zaki va yozma tarzda grammatik to‘g‘ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo‘llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o‘rgatib borish talab etiladi.
Mashqlar tizimi tushunchani o‘zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o‘quvchilar mustaqilligi o‘sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko‘zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan

Yüklə 134,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin