Ta’limiy diktantlarni o‘tkazish vaqtini, o‘rnini, turini o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o‘quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Ta’limiy diktantda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beradi. Har qanday yo‘l bilan xatoning oldini olish chorasi ko‘riladi. Masalan, 1-sinfda a va o unlilari o‘rganilayotgan darsda bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili o‘tkaziladi. Baho, bahor so‘zlarining birinchi bo‘g‘inida a harfi yozilishini o‘quvchilar bilib olgach o‘quvchilardan biri shu so‘zlarni xattaxtaga yozadi. So‘ng so‘z o‘chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi.
Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Ta’kidiy diktant.
2.O‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti
3.Izohli diktant.
4.Saylanma diktant.
5.Erkin diktant
6.Rasmli diktant
7.Lug‘at diktant
8.Ijodiy diktant
Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o‘zgarishlar bilan yoziladi.
Ta’qidiy diktantdan qoidani tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o‘quvchilar so‘zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar. Ta’kidiy diktant matni namunasi:
Egizaklar Hasan va husan – egizaklar. Ular 4-sinfda o‘qishadi. Hasan va Husan bir partada o‘tirishadi. Ikkisi ham a’lochi. Hamma o‘rtoqlari ularni hurmat qilishadi.
Diktantni yozdirishdan oldin o‘quvchilar h harfi yoziladigan so‘zlarni eshitish orqali topadilar. Uning talaffuzini izohlaydilar. So‘ng o‘qituvchi “Hasan, Husan, hamma, hurmat so‘zlarini h harfi bilan yozasiz” deb ta’kidlaydi. O‘quvchilar diktantni yozib bo‘lishgach, doskadagi namunaga qarab yozganlarini tekshiradilar.
Boshlang‘ich sinflar o‘quv dasturida “onatili, o‘qish bolalarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim omilidir”1, deyiladi. Bu vazifalar Grammatik mavzularni o‘rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug‘aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi.Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilningjamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til – aloqa vositasi, chunki so‘zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro‘yobga chiqqan fikrni anglaydi.Ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni o‘qib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning Grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Lug‘at ustida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo‘llangan har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilanqarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozoz etishini belgilab olishi kerak. Diktantni yozdirishdan oldin o‘quvchilar h harfi yoziladigan so‘zlarni eshitish orqali topadilar. Uning talaffuzini izohlaydilar. So‘ng o‘qituvchi “Hasan, Husan, hamma, hurmat so‘zlarini h harfi bilan yozasiz” deb ta’kidlaydi. O‘quvchilar diktantni yozib bo‘lishgach, doskadagi namunaga qarab yozganlarini tekshiradilar.
Tekshirish o‘quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning yangi materialni o‘rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo‘llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga, ish metodlariga ayrim o‘zgaririshlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o‘quvchilar uchun, birinchidan, to‘g‘ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o‘z-o‘zini tekshirishni o‘stiradi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan bilim, ko‘nikma, malakalar og‘zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo‘yiladi. Bunda o‘quvchilarning grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so‘zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O‘quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib boriladi.
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so‘z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv ko‘chirib yozishdan foydalaniladi.
Diktantni yozdirishdan oldin o‘quvchilar h harfi yoziladigan so‘zlarni eshitish orqali topadilar. Uning talaffuzini izohlaydilar. So‘ng o‘qituvchi “Hasan, Husan, hamma, hurmat so‘zlarini h harfi bilan yozasiz” deb ta’kidlaydi. O‘quvchilar diktantni yozib bo‘lishgach, doskadagi namunaga qarab yozganlarini tekshiradilar. Ko‘chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so‘z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo‘ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtrishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o‘stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi.
Boshlang‘ich sinflar o‘quv dasturida “onatili, o‘qish bolalarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim omilidir”2, deyiladi. Bu vazifalar Grammatik mavzularni o‘rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug‘aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi.Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilningjamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til – aloqa vositasi, chunki so‘zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro‘yobga chiqqan fikrni anglaydi.Ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni o‘qib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning Grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Lug‘at ustida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo‘llangan har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilanqarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozoz etishini belgilab olishi kerak. Ko‘chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so‘z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo‘ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtrishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o‘stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi.