1. Tannarx tushunchasi Tannarxning turlari Mahsulot tannarxini hisoblash


yarim tayyor mahsulotlar va sotib olinadigan buyumlar



Yüklə 3,78 Mb.
səhifə3/3
tarix22.12.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#190231
1   2   3
mahsulot tannarxi va tarkibi

yarim tayyor mahsulotlar va sotib olinadigan buyumlar. Chetdan sotib olinadigan va mahsulotni tayyorlashda ishlatiluvchi buyumlar. Masalan, javon tutqichlari, ular eshigiga o‘rnatilgan qulflar shular jumlasidandir;
  • 4) yonilg‘i va energiya. Ishlab chiqarish jarayonida ko‘mir, neft, benzin kabi yonilg‘i, elektr, gaz, bug‘ kabi energiya manbalaridan foydalanish mumkin;
  • 5) asosiy vositalar amortizatsiyasi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalarning eskirgan qismi mahsulot tannarxiga qo‘shilib boradi;
  • 6) ish haqi va sug‘urta ajratmalari. Ishchilarga to‘langan ish haqi va unga nisbatan hisoblangan sug‘urta ajratmalari mahsulot tannarxiga qo‘shiladi;
  • 7) mahsulot sotish xarajatlari. Mahsulotni qadoqlash, tashish va reklama qilish xarajatlari ham mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
    • MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH IMKONIYATLARI
    • Mahsulot tannarxini aniqlash va uning tarkibini tahlil qilish tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.
    • Umumiy holda tannarxni pasaytirish imkoniyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
    • – asosiy kapitaldan samarali foydalanish;
    • – aylanma kapitaldan samarali foydalanish;
    • – ishlab chiqarishni samarali tashkil etish;
    • – tashqi imkoniyatlar.
    • Asosiy kapitaldan samarali foydalanishning quyidagi yo‘llari mavjud: ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash; ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga tushirish.
    • Aylanma kapitaldan samarali foydalanish quyidagilarni taqozo etadi: materiallardan yo‘qotishlarning oldini olish; ularni tejamli ishlatish; material sarflarini me’yorlar asosida amalga oshirish.
    • Ishlab chiqarishni samarali tashkil etish quyidagi chora-tadbirlardan iborat bo‘lishi mumkin: ishlovchilarning malakasini oshirish; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; mehnatni me’yor asosida tashkil etish va rag‘batlantirish.
    • Mahsulot tannarxini pasaytirishning tashqi imkoniyatlari sifatida xomashyo va materiallar narxini pasaytirish; soliq yukini qisqartirish; ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiya kabilarni ko‘rsatish mumkin.

    Yüklə 3,78 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin