10-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish Reja



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə10/12
tarix04.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#92985
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
10 (1)

Alifbe nomli elektron darslik
To‘rtburchak ramkaga solingan harflarning bittasi «sichqoncha» yordamida ikki marta bosilsa, oyna ochiladi va bu oynadagi harflami bolalar tarbiyachi yordamida takrorlaydi. «Bosh menyu» ga qaytsak, dastuming uchinchi «Qiziqarli o‘yinlar» deb nomlangan qismiga kiriladi. Ekranning chap qismida ramkada hayvonning surati, o‘ng qismidagi ramkada esa, hayvon haqida ma’lumot berib o‘tilgan. Dasturning chap bo‘limiga kirganda yog‘och doskada mevaning shakli berilgan, doskaning atrofida , daraxtning atrofida turli mevalarning surati mavjud. «Sichqoncha» orqali mevaning shaklini mo‘ljallab bola kerakli mevani ochsa, meva uchi borib doskadagi mevaning qolipiga joylashadi.
0 ‘yin shu tariqa davom ettiriladi. To‘g‘ri topilgan meaning evaziga rag‘batlantiruvchi smayliklar hosil bo‘ladi. Multimediali slaydimiz ana shulardan iborat. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarni savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg‘ulotlaming samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi:
--maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlarini samarali, davlat ta’lim standartlari asosida amalga oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan tuzilgan «Bolajon» tayanch dasturida savodga o‘rgatishga doir mavzular bilan bola shaxsida zarur sifat va hissini tarbiyalash
imkoniyati bo‘ladi;
--maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari orasida bolalarni tarbiyalashda katta tajriba orttirganlari ham bor. Biroq ko‘pchilik tarbiyachilar bolalaming yaxshi o‘zlashtirishi, ta’lim-tarbiya ishlariga faol ishtirok etishni ta’minlashga e’tibor berib, alohida bola,
uning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari, munosabatlari ta’siri;
-- maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishda katta imkoniyatlarga ega;
-- maktabgacha ta’lim muassasida texnik vositalar bilan ta’minlash va tarbiyachilaming kompyuter bilimlarini oshirish;
-- maktabgacha tayyorlov gumhlari bolalarining yoshlarini hisobga olib, yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlarda kompyuterlardan bevosita dialog metodi asosida foydalanish;
--maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga о‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanilgan holda mashg‘ulotni amalga oshirish;
-- mashg‘ulotlami amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarining yoshiga va ta’lim dasturiga mosligi e’tiborga olingan holda, multimedia texnologiyasi asosida tashkil etish va maktabgacha ta’lim muassasalarining maktabga tayyorlov guruhlari o‘quv rejasi asosida olib borish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin