11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi



Yüklə 365,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix14.12.2023
ölçüsü365,42 Kb.
#179083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'ruza matn

Birinchi bosqich 
(birinchi sintez).
Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish 
asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. 
Ikkinchi bosqich
(analiz).
Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining 
bog‘lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy 
xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar 
kompozistiyasini ochish (tugun, kulminastion nuqta, echim), asarning aniq mazmunini tasviriy 
vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani 
tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
 
Uchinchi bosqich
(ikkinchi sintez).
Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi 
shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, 
asarning g‘oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san’at asari sifatida baholash 
(qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldik, asar nimaga o‘rgatadi, muallif o‘z fikri va taassurotlarini 
qanday qilib aniq, ravshan va ta’sirli tarzda etkazadi va hokazo)dan iboratdir. 
Ikkinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o‘tkaziladi. 
Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o‘quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish 
ular uchun ijodiy jarayondir. 
Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik 
Asarni o‘qishga kirishishdan oldin o‘quvchilarni badiiy asarni o‘qishga tayyorlash lozim 
bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum 
tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi.
Ma’lumki, sinfda o‘qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O‘quvchilarni 
matn bilan tanishtirish o‘qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi. 
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o‘quvchilarni asarda 
tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko‘p ma’noli 
so‘zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Agar 
asar yil fasllari haqida bo‘lsa, tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o‘qish 
muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda 
o‘quvchilarning faolligini oshiradi: 
1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o‘ylaysiz? 
2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti-harakatini ma’qullaysiz? Qaysi birining 
fe’l-atvori, o‘zini tutishi sizga yoqmadi? 
3. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz? 
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar: 
1. O‘quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish
matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan 
dalillarni o‘quvchilarning o‘z hayotida kuzatganlari bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish. 
2. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg‘otish. 
Masalan,
4-sinfda Zafar Diyorning 
hayoti va ijodi haqida quyidagicha ma’lumotlar berish mumkin: 
Zafar Diyor Namangan 
viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. Ota-onasi dehqon bo‘lgan. Ular kambag‘allikda kun 
kechirishgan. Zafar Diyor to‘rt yoshga to‘lganda uning oilasi Toshkentga ko‘chib keladi. Onasi 
bosmaxonada ishlaydi. Shoirning o‘zi esa eski maktabda o‘qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7- 
bolalar uyida tarbiyalanadi. Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 21 yoshida bosilib chiqadi. 
3. O‘quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash.
 
4. Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so‘zlarning lug‘aviy ma’nolarini 
tushuntirish. 
Masalan,
4-sinf “O‘qish kitobi”dagi “Xarita” matni ustida ishlaganda so‘z va iboralar 
lug‘ati quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

Yüklə 365,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin